Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti
13,000
Talabalar
85
Xorijiy talabalar
881
O'qituvchilar
5
Fakultetlar
52
Kafedralar
1918
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti (Toshkent davlat texnika universiteti) (2017-yildan Islom Kariomov nomi berilgan),(1973-2017-yillarda Beruniy nomidagi) Markaziy Osiyodagi eng yirik texnika oliy oʻquv yurtlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda 8 ta fakultet mavjud: Mexanika, Mashinasozlik, Muhandislik texnologiyalari, Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya, Elektronika va Avtomatlashtirish,Elektr Energetika, Issiqlik Energetikasi va Neft-gaz texnologiyalari. Kadrlar tayyorlash bakalavriat (76 yo‘nalish) yo‘nalishlari bo‘yicha 4 yil va magistratura yo‘nalishlari (77 mutaxassislik) bo‘yicha 2 yil davomida olib boriladi. Universitetda 67 ta kafedra mavjud.
Ularda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 7 nafar akademigi, 91 nafar fan doktori, 284 nafar fan nomzodi va fan nomzodi, 500 nafardan ortiq katta o‘qituvchi va assistentlar mehnat qilmoqda. Universitetda 22 mingga yaqin bakalavriat va magistratura talabalari tahsil oladi. Bugungi kunda universitetning 2ta filiali mavjud Olmaliq filiali (Toshkent viloyati, Olmaliq shahri), Qo‘qon filiali (Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri).
TDTU turli xil muhandislik, texnologiya, tabiiy fanlar, iqtisod fanlar bo‘yicha bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarini taklif etadi. Universitet amaliy ko'nikmalar va tadqiqotga yo'naltirilgan ta'limga katta e'tibor berish bilan mashhur bo'lib, talabalarni tanlagan sohalarida muvaffaqiyatli martaba tayyorlashga qaratilgan.
Innovatsiyalar va modernizatsiyaga e'tibor qaratgan holda, TDTU akademik almashinuv, ilmiy hamkorlik va texnologiyalar transferini rivojlantirish uchun sanoat hamkorlari va xalqaro institutlar bilan hamkorlik qiladi. Ushbu yondashuv talabalarga real dunyo muammolari va imkoniyatlari bilan tanishishga yordam beradi, ularning global mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshiradi.
Bundan tashqari, TDTU o'z talabalari va professor-o'qituvchilari o'rtasida akademik mukammallikni, ijodkorlikni va tadbirkorlikni rivojlantirishga intiladi. Universitet o'qitish, o'qitish va tadqiqot faoliyatini qo'llab-quvvatlash uchun eng zamonaviy jihozlar, laboratoriyalar va resurslar bilan ta'minlaydi.
Umuman olganda, Toshkent davlat texnika universiteti mintaqada texnik ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shib, O‘zbekistondagi yetakchi o‘quv yurti bo‘lib qolmoqda.
Xorijiy talabalar uchun
Til tushunish va integratsiya: Chet ellik talabalar uchun til tushunish va o'zlarini integratsiya qilish imkoniyatlarini ta'minlaydigan sharoitlar juda muhim. Bu, ulardagi o'qish-ko'rish jarayonini osonlashtiradi va o'zlarini universitet jamoatiga kirisha olishi va muhitga mosalasha olishi uchun asosiy omillidr. Shuningdek universitetda "Chet tillari" hamda "Amaliy ingliz tili" kafedralari faoliyat yuriotib kelmoqda.
Qulay yashash va o'qish sharoitlari: Universitetda chet ellik talabalarga qulay yashash imkoniyatlarini ta'minlash, o'qish va yashashga qulay sharoitlar yaratish maqsadida universitetning talabalar turar joyida alohida xorijiy talabalar uchun xonalar ajratilgan.
Undan tashqari mazkur talabalar uchun:
Rivojlanib borayotgan IT sohalarida o'z bilim va ko'nikmalarini uzluksiz oshirib borishlari uchun kompyuter zallari;
Sog'lom turmush tarzini tadbiq etish va o'zlarining yoqtirgan sport turi bo'yicha shug'illanish uchun sport zallari;
Imiy va umumiy ma'lumotlar bo'yicha keng qamrovli manbalar, o'qish, tadqiqot qilish, ma'lumot olish va yangi xilma-xil bilimlarni egallashlari uchun kutubxonalar;
Amaliy bilimlarni o'rganish, nazariy bilimlarni amalga oshirish va ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun muhim o'quv va ilmiy laboratoriyalar;
Xorijiy va mahallaiy talabalarning o'zaro aloqa muhitini yaxshilash, ularning darslardan bo'sh vaqtlarida mazmunli dam olishlari uchun bam olish maskanlari universitet hududida joylashgan yashil bog' tun-u kun xizmat ko'rsatib kelmoqda.
Oʻzbekistonga vizaviy jarayon haqida maʼlumot:
🟢 **Vizasiz kirish**
2025-yil may oyidan boshlab Oʻzbekiston 90 dan ortiq mamlakat fuqarolariga 30 kungacha vizasiz kirish imkoniyatini beradi, jumladan:
* Rossiya
* Yevropa Ittifoqi davlatlari
* Buyuk Britaniya
* Kanada
* Avstraliya
* Janubiy Koreya
* Yaponiya va boshqalar
Iltimos, mamlakatlar roʻyhati yangilanib turishi mumkinligi sababli, hozirgi roʻyxatni tekshirib oling.
🟡 **Elektron visa (e-visa)**
Agar siz vizasiz mamlakat fuqarisi boʻlmasangiz, elektron visa uchun ariza topshirishingiz mumkin:
* Veb-sayt: [https://e-visa.gov.uz](https://e-visa.gov.uz)
* Visa turlari: turistik, biznes, tranzit
* Amal qilish muddati: 30 kun (bir marta, ikki marta yoki uch marta kirish)
* Oʻzlashtirish muddati: 3 ish kunigacha
* Narxi: kirishlar soniga qarab \$20 dan \$60 gacha
**Kerakli hujjatlar:**
* Pasport (kamida 6 oy muddati bor)
* Raqamli fotosurat
* Turistik marshrut yoki mehmonxona broni (baʼzan talab qilinadi)
🔴 **Oddiy visa (elchixona orqali)**
Agar siz elektron visa uchun huquqga ega boʻlmasangiz yoki uzoqroq vaqt qolmoqchi boʻlsangiz (masalan, oʻqish yoki ish uchun), Oʻzbekiston elchixonasi yoki konsulligi orqali ariza topshirishingiz kerak.
**Kerakli hujjatlar:**
* Toʻldirilgan ariza shakli
* Pasport
* 3.5×4.5 sm oʻlchamdagi fotosurat
* Taklifnoma (agar talab qilinsa, Oʻzbekiston fuqarosi, tashkiloti yoki universitetidan)
* Visa toʻlovi
TDTU maʼmuriyati chet ellik talabalarga hujjatlar topshirish jarayonida qisman yordam koʻrsatadi. Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun elektron pochta orqali biz bilan bogʻlaning.
---
TDTUga qabul uchun zarur hujjatlar
Bakalavriat:
-
3×4 sm o‘lchamdagi fotosurat
-
Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi attestat
-
Pasport nusxasi (skan nusxa)
Qabul TDTU tomonidan o‘tkaziladigan kirish imtihonlari asosida amalga oshiriladi.
Magistratura:
-
Akademik baholar varaqasi (transkript)
-
3×4 sm o‘lchamdagi fotosurat
-
Bakalavr diplomi
-
Pasport nusxasi (skan nusxa)
Qabul TDTU tomonidan o‘tkaziladigan kirish imtihonlari asosida amalga oshiriladi.
Doktorantura:
-
Akademik baholar varaqasi (transkript)
-
3×4 sm o‘lchamdagi fotosurat
-
Bakalavr va magistr darajasidagi diplomlar
-
Pasport nusxasi (skan nusxa)
Qabul TDTU tomonidan o‘tkaziladigan kirish imtihonlari asosida amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun iltimos, biz bilan elektron pochta orqali bog‘laning.
Xalqaro hamkorlik
Universitetning xalqaro hamkorlik qilishi uni o'quvchilarga, o'qituvchilarga va ilmiy xodimlarga dunyo bo'ylab bo'lgan o'quv, tadqiqot va boshqa faoliyatlar uchun imkoniyatlarni kengaytirishni o'z ichiga olgan. Universitetda esa bu hamkorlikning bir nechta muhim ko'rinishlari mavjud:
-
Akademik Almashinuv: Universitetning xalqaro hamkorliklari o'quv jarayonini o'zida kuchaytiradi. Bu masofaviy o'quvchilarga akademik almashish, ko'nikmalar almashish, birgalikda tadqiqotlar olib borish va ko'p yillar davomida davom ettirish imkoniyatlarini ta'minlaydi.
-
Ilmiy Tadqiqotlar: Xalqaro hamkorliklar ilmiy tadqiqotlar uchun juda muhimdir. Shu bois universitetlar dunyo bo'ylab boshqa OTM lar, institutlar va laboratoriyalar bilan birgalikda ilmiy ko'rgazmalar, loyihalar yaratish, shu jumladan ilmiy maqolalar yozishni ko'rib chiqish imkoniyatlarini amalga oshirishadi.
-
Talabalar almashinuvi: Talabalar almashinuv dasturlari va o'quv dasturlarini taklif etishga imkon beradi. Bu, o'quvchilarga turli mamlakatlar va madaniyatlar bilan tanishish va ularga chet elda o'qish va stajjar yuritish uchun imkoniyatlar ochadi.
Shuningdek universitet Osiyo, Yevropa, Amerika qit'asining nufuzli OTM lari bilan o'zaro ikki tomonlama shartnomlar imzolagan bo'lib. Unga asosan hozirda Talabalar alamashinuvi dasturi bo'yicha har yili yuzlab talabalar o'qishga yuboriladi.
Universitetning xalqaro miqyosidagi o'rnini mustahkamlash va yukasltirish maqsadida YevropaIttifoqi tomonidan tashkil etilgan Erasmus+ dasturiga a'zo hisoblanadi.
Mazkur dastur asosida hozirgi kunda bir qator loyihalar ustida o'zaro xorijiy OTM lar bilan o'zaro hamkorlik aloqalariham yo'lga qo'yilgan
Til kurslari
{Rus tili, Ingliz tili, Yapon tili}
Talabalar uchun imkoniyatlar
<>
Fakultetlar
Elektr energetikasi fakulteti 1920-yilda Turkiston davlat universiteti tarkibida tashkil topgan bo’lib, 1923-yilda birinchi injener-elektrik mutaxassislar tayyorlangan. Energetika fakultetining tashkil etilishida asos solgan va energetik injener kadrlarni tayyorlashda jonbozlik ko’rsatgan olim akademik A.G.Aleksandrov bo`lgan.
Energetika fakultetining kengayishi va rivojlanishida dekanlar: professor G.F.Grushkin, A.V.Sorokin, dotsentlar N.I. Toperverx, P.V.Karpenko, M.L.Aronov, X.M.Asimov, professorlar: B.U.Umarov, A.S.Karimov, T.M.Kodirov, K.R.Allayev, O.O.Xoshimov, B.X. Yunusov, A.A. Alimov, T.Sh. Gayibov va boshqalar katta xizmat ko`rsatishgan. 2015-yildan professor J.B. Toshov fakultet dekani sifatida boshqarib kelmoqda.
Energetika sohasining rivojlanishida va malakali energetik-muxandislar tayyorlashda akademiklar: X.F.Fozilov, M.Z.Xamudxonov, T.X.Nosirov, R.A.Zoxidov, muxbir-a'zo G.R.Raximov, professorlar: K.R.Allayev, B.U.Umarov O.O.Xoshimov, T.M. Kodirov, X.G. Karimov, N.X.Bozorov, M.Muxammadiyev, D.N.Muxiddinov, M.I.Ibodullayev, dotsent B.X.Yunusov va boshqalarning hissasi katta.
80-yillarga kelib mamlakatimiz xalq xo’jaligi uchun energetik-muhandis mutaxassislarga bo’lgan ehtiyoj oshishi munosabati bilan 1983-yilda Energetika fakulteti asosida: Elektroenergetika va Sanoat energetikasi fakultetlari tashkil etildi. 1993 yilda esa shu fakultetlar negizida Energetika markazi tashkil etilib, markaz prorektori etib prof. K.R.Allayev tayinlandi.
2005-yilda Energetika fakulteti O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishiga asosan qayta tashkil etildi. Hozirda fakultet tarkibi, 4 ta yo’nalish bo’yicha bakalavrlar va 9 ta mutaxassislik bo’yicha magistrlar tayyorlab kelinmoqda.
Institut qoshida DAK "O’zbekenergo" va boshqa yirik korxona, tashkilot rahbarlari va injener-texnik xodimlarining malakasini oshirish kurslari tashkil etildi.
Energetika fakultetida ilmiy-tadqiqot ishlari davlat grantlari va korxonalar bilan tuzilgan xo’jalik shartnomalar asosida olib boriladi. Fakultetda barcha doktorant, magistratura hamda bakalavriat ta'lim yo’nalishlarida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalar davlat grantlari va xo’jalik shartnomalari asosida bajariladigan ilmiy ishlarga jalb etilgan.
Fakultetimiz yotoqxonasida talabalarning yashashi va dam olishlari uchun ham barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Talabalar turar joyida muntazam ravishda ma'naviyat xonasi faoliyat ko’rsatadi. U yerda doimo yangi gazeta-jurnallar mavjud. Ma'naviyat xonasida tez-tez turli davra suhbatlari, tadbirlar, uchrashuvlar o’tkazilib boriladi. Fakultetimizda taniqli olimlar, fan arboblari, professorlar, kafedra mudirlari va dekanat xodimlari bilan davra suhbat o’tkazilib boriladi. Bundan tashqari yotoqxonada yashayotgan talabalar bilan huquq targ’ibot organlari xodimlari va universitetning raxbariyati bilan uchrashuvlar o’tkaziladi.
1921-yil professor M.M. Protodyakonov tashabbusi Turkiston davlat universitetining texnika fakulteti tarkibida konchilik bo‘limi ochilib, Markaziy Osiyoda ilk bor konchi muhandislar tayyorlashga asos solindi.
1930- yilda O‘rta Osiyo davlat universitetining konchilik-geologiya bo‘limlari va kafedralari zaminida O‘rta Osiyo geologiya-qidiruv instituti tashkil etilib, 1931-yilda u O‘rta Osiyo konchilik institutiga aylantirildi. 1933- yilda u qurilish va energetika institutlari bilan birlashib, O‘rta Osiyo industrial institutining dastlabki uchta: konchiiik-geologiya, qurulish va energetika fakultetlarini tashkil etildi.
Konchilik fakulteti 1952-yilga qadar O‘rta Osiyo politexnika instituti tarkibida konchilik va geologiya-qidiruv muhandislari tayyorlash bo‘yicha faoliyat olib borib, shu yili u konchilik va geologiya-qidiruv fakultetlariga ajratildi. Bu ikki fakultet 1996-yilga qadar mustaqil faoliyat olib bordilar va shu yili yagona-konchilik-geologiya fakulteti maqomida birlashtirildi.
2016-yilda fakultet Muhandislik geologiyasi va konchlik ishi fakultetiga aylantirildi. 2018- yilda mazkur fakultet bazasida 2 ta yangi fakultet : konchilik ishi va metallurgiya hamda geologiya-qidiruv fakultetlari tashkil etildi.
Konchilik fakultetining dekani lavozimida turli yillarda A.S. Uklonskiy, S.V. Grigoryans, N.F. Bezobrazova, G‘.O. Mavlonov, L.G. Gertman, V.L. Dmitriyev, N.V. Mishchenko, X.M. Maqsudov, U.A. Isamuxamedov, I.I. Inog‘amov, O.D. Rusanova, V.R. Raximov, X.X. Shomirzayev , G.M.Mirsaidov, X.S.Xodjayaev, F.Y.Umarov, O‘.F. Nosirov va boshqalar ishlab keldilar.
Hozirgi kunda PhD. dot. S.B Gaibnazarov Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib bormoqda.
1978 yil Toshkent politexnika instituti tarkibida “Neft va gaz” fakulteti tashkil etilgan. 1978-1988 yillar g.-m.f.d., professor Z.S. Ibragimov birinchi bo’lib fakultetga rahbarlik qilgan. 1988-1994 yillar esa t.f.n., dotsent M.S. Mirzaraximov fakultetga rahbarlik qilgan. 1994-1999 yillar g.-m.f.n., dotsent I. Xolismatov fakultetga rahbarlik qilgan. 1999-2001 yillar t.f.n., dotsent A.M. Aminov fakultetga rahbarlik qilgan. 2001-2005 yillar t.f.n., dotsent M.S. Mirzaraximov fakultetga rahbarlik qilgan. 2005-2008 yillar t.f.d., professor B.A. Aliyev fakultetga rahbarlik qilgan. 2008-2009 yillar t.f.n., dotsent A.M. Aminov fakultetga rahbarlik qilgan. 2009-2010 yillar t.f.n., professor N. Zayniddinov fakultetga rahbarlik qilgan. 2010-2011 yillar t.f.n., dotsent N.N. Mahmudov fakultetga rahbarlik qilgan. 2011-2016 yillar t.f.n., dotsent M.N. Musaev fakultetga rahbarlik qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 maydagi OTM faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarori bilan TDTUning Neft va gaz fakulteti talabalar kontingenti Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahri filialiga o‘tkazildi va fakultet faoliyati yakunlandi.
Oradan 5 yil muddat o’tgandan so’ng ya’ni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 22 iyundagi “2021/2022 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalarida o’qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to’g’risida” PQ-5157 son qarori, 2021 yil 26-avgust kuni ToshDTU kengashining 1-son qarori va universitetning 31.08.2021 yil №10/9-05-626 buyrug’i bilan “Neft va gaz” fakulteti tashkil etilgan.
“Neft va gaz” fakulteti 2021 yil avgust oyida qayta tashkil etilgan so’ng texnika fanlari doktori, professor O’rinov Ulug’bek Komiljonovich dekan sifatida faoliyat olib bormoqda.
Hozirgi kunda fakultetda jami asosiy shtatda 43 nafar professor-o’qituvchilar, jumladan 3 nafar fan doktorlari, professorlar, 14 nafar fan nomzodlari, dotsentlar va 8 nafar katta o’qituvchi va 18 assistentlar faoliyat olib bormoqdalar. Ilmiy salohiyat – 40 %.
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti Elektronika va avtomatika fakulteti 1962 yil Toshkent politexnika institutining “Injiner fizika” fakulteti sifatida tashkil etilgan. 1972 yil fakultetdan “Avtomatlashtirilgan tizimlarini boshqarish” fakulteti ajralib chiqqan. Bu fakultetlarni tashkil etilishi, rivojlanishida hamda elektronika va kibernetika sohasidagi oliy ma’lumotli injiner kadrlarni tayyorlashda taniqli akademiklardan U.A.Aripov, S.V.Starodubtsov, M.Z.Xamudxonov, V.K.Kabulov, G.R. Rahimov va professor B.U. Umarovlar xizmat ko‘rsatgan.“Injener fizika” fakulteti ni turli yillarda taniqli professorlar B.U.Umarov, G.R.Rahimov, A.K.Shakirov, X.Sh.Sharipov, I.R. Rashidov, akademik X.Z.Igamberdiyev, professorlar N.F.Zikrillayev, A.Nazarov, B.E.Umurzoqov, A.O‘.Mirisayev, O.O.Zaripov, dotsent Q.Abidov, M.Tursunovlar boshqarib kelgan.“Avtomatlashtirilgan tizimlarini boshqarish” fakultetini turli yillarda dotsent G.N. Raximov, akademik N.R.Yusupbekov, dotsent V.N.Kogay, professorlar P.F.Xasanov va S.S.Qosimovlar boshqarib kelgan. 2017 fakultetga boshlab yildanfizika-matematika fanlari nomzodi X.F.Zikrillayev rahbarlik qilmoqda.
Bugungi kunda fakultetda 9 ta ta’lim yo‘nalishi va 12 ta magisturatura mutaxasisligi bo‘yicha jami 1824 nafar talaba, shulardan, 1745 nafar bakalavriat, 81 nafari magistratura bosqichida hamda 20 dan ortiq doktorantlar tahsil olmoqda.2018-2019 o‘quv yilida 3 nafar talaba “Beruniy” stipendiyasiga sazovor bo‘ldi. Fakultetda jami 8 ta kafedra mavjud bo‘lib, ularda 100 dan ortiq professor-o‘qituvchilar ta’lim beradi. Ulardan 3 nafari O‘zbekiston Respublikasi fanlar Akademiyasi akademiklari (o‘zlarining ilmiy maktabiga ega bo‘lgan akademik N.R Yusupbekov, akademik M.K.Baxadirxanov, akademik X.Z.Igamberdiyev), 20 nafari fan doktori, 22 nafari fan nomzodlaridir. Elektronika va avtomatika fakulteti Respublikaning “O‘zbekkimyo” AJ, “Foton” AJ, “Artel” AJ, “Biokimyo” AJ, “Maxam Chirchik” AJ, “Maxam Ammofos” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati”, “Farg‘ona Azot”AJ, “NavoiAzot”AJ, “Olmaliq tog‘- metallurgiya kombinati” AJ, Buxoro va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodlari, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi, Sho‘rtan, Muborak, Ustyurt gazni qayta ishlash zavodlari, Dexqonobodkaliy o‘g‘itlari zavodi, Ustyurt soda zavodi, “Ximavtomatika” AJ, «Eriel» QK, “Intel Engineering” AJ QK va iqtisodiyotning turli sanoat korxonalari uchun elektronika va kibernetika sohasidagi mutaxasislar tayyorlab beradi.Dunyoning yetakchi davlatlari Germaniya Federetiv Respublikasi, Yaponiya, Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Janubiy Koreya Respublikasi va ko‘pgina MDH davlatlarining yetakchi universitetlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan fa’ol hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Hozirda fakultetda asosiy shtatda 142 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar, shundan 16 nafar fan doktorlari, professorlar, 39 nafar fan nomzodlari, dotsentlar. Ilmiy salohiyat 39 %.
Fakultetda 7 ta bakalavriatura ta’lim yo‘nalishi: Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi; Metallar texnologiyalari(metallarga bosim bilan ishlov berish); Metallar texnologiyalari(prokatlash texnologiyasi); Metallar texnologiyalari(quymakorlik texnologiyalari); Texnologik mashinalar va jihozlar (sovutish mashinasozligi); Tеxnоlоgik mаshinаlаr vа jihоzlаr (mаishiy tеxnikа vа jihоzlаrini ishlаb chiqаrish); Payvandlash texnologiyasi va jihozlari bo‘yicha bakalavrlar va 9 ta magistratura mutaxassisligi: Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi; Metallurgiya mashinalari va jihozlari(ta’mirlash ishlab chiqarish); Metallurgiya mashinalari va jihozlari(quymakorlikda); Metallarga bosim bilan ishlov berish (metallarni prokatli ishlab chiqarish); Metallarga bosim bilan ishlov berish(metallarga ishlov berish); Sovutish, kriogen texnikasi va mo‘ta’dillash tizimlari mashinalari hamda agregatlari; Quymakorlik ishlab chiqarishi texnologiyasi; Kukunli metallurgiya, kompozitsion materiallar, qoplamalar; Payvandlash ishlab chiqarish texnologiyasi va jihozlari bo‘yicha magistrlar tayyorlab kelinmoqda.
Mexanika fakultetida ilmiy-tadqiqot ishlar davlat grantlari va korxonalar bilan tuzilgan xo‘jalik shartnomalar asosida olib boriladi. Fakultetda barcha doktorant, magistratura mutaxassisliklari hamda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan iqtidorli talabalar davlat grantlari va xo‘jalik shartnomalari asosida bajariladigan ilmiy ishlarga jalb etilgan.
Fakultetda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar doirasida taniqli olimlar, fan arboblari, professorlar, kafedra mudirlari va dekanat xodimlari bilan davra suhbatlari o‘tkazilib boriladi.
Fakultetga qarashli 56-Talabalar turar joyida talabalarning yashashi va dam olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Talabalar turar joyida muntazam ravishda ma’naviyat xonasi faoliyat ko‘rsatadi. Ma’naviyat xonasida turli davra suhbatlari, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy dam olish tadbirlari, uchrashuvlar o‘tkazilib boriladi. Bundan tashqari talabalar turar joyida yashayotgan talabalar bilan IIB xodimlari va universitet rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazilib boriladi.
Ta'lim yo'nalishlari
| Axborot tizimlari va texnologiyalari 60610100 | Bakalavr |
| Biotexnologiya 60710200 | Bakalavr |
| Biotexnologiya 70710201 | Magistr |
| Biotibbiyot muhandisligi 60711100 | Bakalavr |
| Dizayn 60210400 | Bakalavr |
| Elektr izolatsiyali va kabelli texnika 70710502 | Magistr |
| Elektr ta’minoti 70710407 | Magistr |
| Elektronika va asbobsozlik 60710700 | Bakalavr |
| Gidroenergetika 60710600 | Bakalavr |
| Iqtisodiyot 60410100 | Bakalavr |
| Korporativ boshqaruv 70410804 | Magistr |
| Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi 61020200 | Bakalavr |
| Menejment 60410800 | Bakalavr |
| Neft va gaz ishi 60721100 | Bakalavr |
| Neft va gaz konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi 70720902 | Maktab Kollej Bakalavr Magistr Tayyorlov dasturi |
| Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi 60720600 | Bakalavr |
| Qayta tiklanuvchi energiya manbalari | Bakalavr |
| Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi. 60810700 | Bakalavr |
| Qurilish muhandisligi 60730300 | Bakalavr |
| Radioelektron qurilmalar va tizimlar | Bakalavr |
| Robototexnika 70711002 | Magistr |
| Sun'iy intellekt 60610500 | Bakalavr |
| Sun’iy intellekt 70610501 | Magistr |
| Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish 60710900 | Bakalavr |
| Texnologik mashinalar va jihozlar 60720400 | Bakalavr |
| Transport vositalari muhandisligi 60711400 | Bakalavr |
| Transport vositalari muhandisligi. 70711401 | Magistr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti
Korporativ boshqaruv
17 794 000 so'm
yiliga
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti
Transport vositalari muhandisligi
15 252 000 so'm
yiliga
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti
Elektr izolatsiyali va kabelli texnika
17 794 000 so'm
yiliga
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti
Menejment
15 252 000 so'm
yiliga
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti
Iqtisodiyot
15 252 000 so'm
yiliga
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
15 252 000 so'm
yiliga
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
15 252 000 so'm
yiliga
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi
15 252 000 so'm
yiliga
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti
Neft va gaz ishi
15 252 000 so'm
yiliga
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti
Texnologik mashinalar va jihozlar
15 252 000 so'm
yiliga
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti
Biotibbiyot muhandisligi
15 252 000 so'm
yiliga
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi.
15 252 000 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
Islom Abdugʻaniyevich Karimov
Botir Erkinovich Zokirov
Sherzod Xotamovich Shermatov
Narimon Majitovich Umarov
Sardor Rahimxon
Ulugʻbek Ilyosovich Inoyatov
Talabalar fikri
Yigitaliyev Jaloliddin