Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi
Dastur haqida
Bizning maqsadimiz:
O‘zbekistonda ishlatilayotgan uglevodorod konlarida jadallashtirish va qatlamlarning komponent beraolishini oshirishning yangi texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan neft olish su’ratlarini va qoldiq zaxiralarini chiqarib olish darajasini oshirish bilan shug’ulanadigan kadrlar tayyorlsh.
Bizning vazifamiz:
Respublika va xalqaro miqyosda ilmiy tadqiqotlarga asoslangan holda davlatning barqaror rivojlanishi uchun innovatsion texnologiyalarni yaratish va tadbiq qilish hamda innovatsion ta‘limni rivojlantirish orqali jamiyatni kadrlar bilan ta‘minlashga hissa qo'shish.
Kafedra haqida:
2021-2022- o‘quv yilida Neft va gaz fakulteti ochilishi munosabati bilan “Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish” kafedrasi yangidan tashkil etilgan.
Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, “Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish” kafedrasi 1963-yildan boshlab Toshkent politexnika institutida “Neft va gaz konlarini ishlatish kompleks texnologiyasi va mexanizatsiyasi” nomi bilan faoliyatini boshlagan va kafedraga 1963-1978- yillarda professor S.N.Nazarov rahbarlik qilgan. S.N.Nazarov yirik ilm-fan namoyondasi sifatida kafedra ishlari va anʼanalarini shakllantirishda katta hissa qoʼshgan.
Professor S.N.Nazarovdan keyin kafedraga 1978-1983- yillarda dots. V.N.Charushnikov; 1983-2005- yillarda dots. B.Sh.Akramov; 2005-2009- yillarda dots. M.U.Shousmonov; 2009-2011- yillarda dots. N.N.Maxmudov; 2011-2012- yillarda dots. B.Sh.Akramov; 2012-2014- yillarda dots. M.A.Tursunov; 2014-2016- yillarda dots. A.A.Zakirov, 2021-2022-o‘quv yilidan yangi taskil etilgan “Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish” kafedrasiga dots. A.X.Qarshiyev mudirlik qilib kelmoqda.
Kafedrada A.X.Agzamov, U.S.Nazarov, D.V.Lyugay, N.N.Maxmudov, A.A.Zakirov, A.U.Nazarov, F.Sh.Sobirov, N.X.Ermatovlar tomonidan doktorlik dissertatsiyasi va 20 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi.
Kafedra bitiruvchilaridan U.S.Nazarov, K.Q.Ernazarov, T.O.Omonov, H. Turdiev, Q.Qurbonov, А.S.Mustafaev, Sh.J.Shamsiev, R.Tangriev, R.Ch.Sherovlar va boshqalar “O‘zbekneftgaz” АJ va neft hamda gaz sohasining yirik ishlab chiqarish korxonalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritishmoqda.
Kafedra bitiruvchilari “O‘zbekneftegaz” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, “O‘zbekgeofizika” AJ, “O‘zLITIneftgaz” AJ, “Sho‘rtanneftgaz” QCHB, “Muborakneftgaz” QCHBlarida soha bo‘yicha turli lavozimlarda faoliyat yuritib , neft va gaz konlarini ishlatish, konlardagi zaxira miqdorlarini hisoblash kabi masalalarni yechish borasida xizmat qilishmoqda.
Shuningdek, kafedrani bitirgan mutaxassislar qator davlatlardagi (Xitoy, Germaniya, Suriya, Yaman, Iroq, Jazoir, Kuba, Afg‘oniston va b.) neft va gaz kompaniyalarida faoliyat yuritib, yangi UV konlarini aniqlashga va ularni ishga tushirib, ishlatishga salmoqli hissa qo‘shganlar.
Hozirgi kunda “Lukoyl”, “Gazprom” (Rossiya), “CNPC” (Xitoy), “CNOC” Janubiy Koreya), “PETRONAS” (Malayziya), “ERIELL” (Chexiya) kompaniyalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishmoqda.
Mustaqillik yillaridan keyin kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 15 dan ortiq monografiya, 40 dan ortiq darslik, o‘quv qo‘llanmalar, 100 dan ortiq o‘quv uslubiy ko‘rsatmalar, 1000 dan ortiq maqolalar chop etilgan. 30 dan ortiq mualliflik guvohnomasi va patentlar olingan.
O'xshash dasturlar
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Meva-sabzavotchilik va uzumchilik
10 049 550 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi
13 000 000 so'm
yiliga
Astraxan davlat texnika universitetining O'zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatidagi filiali
Oziq-ovqat texnologiyasi.
15 252 000 so'm
yiliga
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Meva-sabzavotchilik va uzumchilik
11 586 540 so'm
yiliga
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi.
11 586 540 so'm
yiliga
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi
11 586 540 so'm
yiliga