WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Bizning maqsadimiz


O‘rta Osiyo mintaqasidagi eng yaxshi xalqaro miqyosda tan olingan, energiya mashinasozligi (ichki yonuv dvigatellari) yo‘nalishi bo‘icha kadrlar tayyorlash va shu sohaga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqot markaziga aylanishdir.


Bizning vazifamiz


Respublika va xalqaro miqyosda ilmiy tadqiqotlarga asoslangan holda davlatning barqaror rivojlanishi uchun innovatsion texnologiyalarni yaratish va tatbiq qilish hamda innovatsion ta‘limni rivojlantirish orqali jamiyatni kompetentli kadrlar bilan ta‘minlashga hissa qo‘shish.

 

Kafedra haqida


“Ichki yonuv dvigatellari” kafedrasi 1990-yilda ToshDTUning “Mexanika-mashinasozlik” fakulteti tarkibida tashkil qilingan. Muhandis mutaxassislarning birinchi guruhi 1989-yilda “Ichki yonuv dvigatellari” mutaxassisligi bo‘yicha tayyorlandi. O‘sha paytda bu kafedra O‘rta Osiyoda yagona edi, hozirgi vaqtda esa Respublikada yagonadir. Kafedra mudiri lavozimiga t.f.n. dotsent Bekmurod Tulayev tayinlangan, professor-o‘qituvchilar tarkibida K.I.Afanasyev, L.Sharipov, B.Muxamedjanov va S.Ismoilov faoliyat ko‘rsatganlar.

Kafedra jamoasi dotsent B.R.Tulayev rahbarligida pedagogik faoliyat bilan birgalikda “Ichki yonuv dvigatellari”ni konstruksiyasi va ishchi jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishdi.

1994-yilning aprel oyidan 1995-yilning oktyabr oyigacha kafedraga t.f.d., prof. Sh.V.Saidov rahbarlik qildi. Bu davrda ichki mexanik yo‘qotishlari kam deb hisoblangan shatunsiz ichki yonuv dvigatelini yaratishga kafedra jamoasining ilmiy potensiali jalb qilindi. Bu ilmiy mavzu 2001-yilgacha kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoldi.

1995-yilning oktyabr oyidan boshlab kafedra jamoasiga yana dotsent B.Tulayev rahbarlikka tayinlandi. O‘qitish jarayoniga eʼtibor kuchaytirildi, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni o‘qitish jarayoniga tadbiq etilishi talabalar o‘zlashtirish darajasini sezilarli yaxshiladi, ularning ilmiy-tadqiqot ishlariga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirdi. Kafedra tarkibiga iqtidorli yosh o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar jalb qilindi, kafedrada yangi ustivor yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish jadallashdi. Bu ishlar natijasida yangi “Energomashinasozlik” taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar va “Issiqlik dvigatellari” ixtisosligi bo‘yicha magistrlar tayyorlana boshlandi.

Dotsent B.Tulayev “Ichki yonuv dvigatellari” kafedrasiga 2007-yilgacha rahbarlik qildi. Bu yillarda kafedra «Energomashinasozlik» deb nomlandi (2005-2007 yy.).

2007-yilda “Energomashinasozlik” va “Mashinasozlik sohalari bo‘yicha muhandis pedagogika” kafedralari birlashtirildi, hamda kafedra “Kasb taʼlimi va energomashinasozlik” deb nomlandi.

2007-2009-yillarda “Kasb taʼlimi va Energomashinasozlik” kafedrasiga dotsent B.Tulayev rahbarlik qildi. 2008-yilda kafedra nomi yana o‘zgardi va hozirgi kunda ham «Energiya mashinasozligi va kasb taʼlimi” deb ataladi.

2009-2011 yillarda kafedrani O.O.Daminov boshqardi.

2012-yildan 2013-yilgacha t.f.n. dotsent F.M.Matmuradov kafedra mudiri lavozimini bajardi.

2013-yildan 2018-yilgacha t.f.n. B.T.To‘rayev kafedra mudiri lavozimini bajardi.

2018-yilning 15 oktyabridan hozirgi kunga qadar PhD, dotsent J.O.Xakimov kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

 

O'xshash dasturlar