WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi.

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

“Xizmat ko‘rsatish texnikasi” kafedrasi Toshkent davlat texnika universitetining strukturaviy tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritilishi munosabati bilan universitet Kengashining 2017-yil 17-iyuldagi №12–sonli bayonnomasi asosida Mashinasozlik fakulteti tarkibida “Xizmat ko‘rsatish texnikasi” kafedrasi tashkil etildi va t.f.n. Mirzayev Qahramon Qarshiboyevich kafedra mudiri etib tayinlangan. 2018-2019-o‘quv yilining 24-avgust kunidan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining rektorining 03/09-402 sonli buyrug‘iga asosan “Xizmat ko‘rsatish texnikasi” kafedrasi mudiri etib dotsent Sultanova Shaxnoza Abduvaxitovna tayinlandi. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektorining 2022 yil 14-noyabrdagi 03/09-629 sonli buyrug‘iga asosan “Xizmat ko‘rsatish texnikasi” kafedrasi mudiri etib PhD, dotsent Samandarov Doston Ishmuhammat o‘g‘li tayinlandi.

Bizning maqsadimiz: Markaziy Osiyo mintaqasida yetakchi va xalqaro miqyosda tan olingan ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot markaziga aylanish, transport vositalari muhandisligi (transport vositalariga xizmat ko‘rsatish), texnologik mashinalar va jihozlar (oziq-ovqat sanoati), qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi yo‘nalishlarida yuqori malakali, zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega, xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, shuningdek, ushbu sohalarda ilg‘or ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, innovatsion texnologiyalar va muhandislik yechimlarini yaratish hamda ularni ishlab chiqarishga joriy etishdir.

Bizning vazifamiz: Respublika va xalqaro miqyosdagi ilg‘or ilmiy tadqiqotlar asosida innovatsion texnologiyalarni yaratish va amaliyotga joriy etish, zamonaviy va innovatsion ta’limni rivojlantirish hamda yuqori malakali, raqobatbardosh va ilg‘or fikrlaydigan kadrlarni tayyorlash orqali mamlakatning barqaror rivojlanishi va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zamonaviy usullarda saqlash, qayta ishlash, sifat va xavfsizligini ta’minlash hamda innovatsion oziq-ovqat mahsulotlarini yaratish bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Talabalar ilg‘or qayta ishlash texnologiyalari, sifat nazorati, mahsulot yo‘qotishlarini kamaytirish, resurs va energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Bitiruvchilar oziq-ovqat va qayta ishlash korxonalari, agrosanoat majmualari, sifat nazorati laboratoriyalari hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida yetakchi mutaxassis sifatida faoliyat yuritish imkoniyatiga ega

O'xshash dasturlar