Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti
Neft va gaz ishi
Dastur haqida
Bizning maqsadimiz
O‘rta Osiyo mintaqasidagi eng yaxshi xalqaro miqyosda tan olingan, neft-gaz kimyo texnologiyasi va neft-gazni qayta ishlash sanoati obyektlarini loyihalashtirish va qurish yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash va shu sohaga yo'naltirilgan ilmiy tadqiqot markaziga aylanishdir.
Bizning vazifamiz
Respublika va xalqaro miqyosda ilmiy tadqiqotlarga asoslangan holda davlatning barqaror rivojlanishi uchun innovatsion texnologiyalarni yaratish va tadbiq qilish hamda innovatsion ta‘limni rivojlantirish orqali jamiyatni kadrlar bilan ta‘minlashga hissa qo'shish.
Kafedra haqida
“Neft-gazni qayta ishlash obyektlari” kafedrasi 2019-yilda Toshkent davlat texnika universitetining rektori prof. S.M. Turabdjanov tashabbusi bilan tashkil etilidi.
2019-2021-yillarda “Neft-gazni qayta ishlash obyektlari” kafedrasini prof. t.f.d. Urinov Ulug‘bek Komiljonovich boshqardi.
2021-yil 30-avgustdan boshlab “Neft-gazni qayta ishlash obyektlari” kafedrasiga t.f.n. Nazarbekov Maxmudbek Qosimbekovich rahbarlik qilib kelmoqda.
Kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishi neft-gaz sanoatida neft va gazlarni tashish, saqlash va qayta ishlash, texnologik jarayonlaridagi muammolarni ilmiy asoslab ularning yechimini izlashda ilmiy tadqiqotlar olib borishdir. Shuningdek kafedra ilmiy kadr (bakalavr va magistr) larni tayyorlaydi.
Hozirgi vaqtda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan gazni transport qilish va saqlash jarayonida ikkilamchi energiya resurslardan foydalanish, neft mahsulotlarini saqlash, uglevodorod yoqilg‘ilarni ushlab qolish texnologiyasini yaratish hamda takomillashtirish, neft mahsulotlarini tozalash jarayonini maqbullashtirish, yangi turdagi yoqilg‘ilar olish, gazni yer ostida saqlash inshootlarida qatlamlardagi yo‘qotilishlarni o‘rganish va tahlil etish, tabiiy gazni tozalash va quritish qurilmalarida dietilenglikol moddasini tuzsizlantirish samaradorligini oshirish, gazni yer ostida saqlash inshootlarini ishlatishda monitoring qoidalarini ishlash mavzulari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Ilmiy ishlar natijalari O‘zbekneftgaz, O’ztransgaz va Hududgazta’minot AK qarashli ishlab chiqarish korxonlarida joriy etilmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, ma’ruza matnlari, tajriba va amaliy ishlarga o‘quv-uslubiy ko‘rsatmalar, kurs ishlarini bajarish uchun qo‘llanmalar, JN, ON va YANlar o‘tkazishga savolnoma va test topshiriqlari tayyorlangan.
O‘qitish jarayoniga yangi informatsion va pedagogik texnologiyalar joriy etilmoqda, EXMlardan foydalanilmoqda. «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» (klaster) kabi zamonaviy pedagogik usullari professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv jarayoniga joriy etilmoqda.
Kafedraning moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilash, ilmiy yutuqlarni amaliy, tajriba mashg‘ulotlarda va ma’ruzalarda qo‘llash dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Iqtidorli talabalar ilmiy ishlarga jalb etilmoqda, ular talabalarning ilmiy anjumanlarida ma’ruzalar bilan ishtirok etmoqdalar, olingan ilmiy natijalar respublika ilmiy jurnallarida chop etilmoqda.
Keyingi yillar davomida kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan monografiya, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari, amaliy va tajriba mashg‘ulotlari uchun uslubiy ko‘rsatmalar va 50 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi. “Ziyonet” saytiga ko‘plab manbalar: darslik, o‘quv qo‘llanmalarning elektron versiyalari kiritildi.
Oxirgi yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bir qancha monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanmalar tayyorlanib chop etilgan.
O'xshash dasturlar
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Meva-sabzavotchilik va uzumchilik
10 049 550 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi
13 000 000 so'm
yiliga
Astraxan davlat texnika universitetining O'zbekiston Respublikasi Toshkent viloyatidagi filiali
Oziq-ovqat texnologiyasi.
15 252 000 so'm
yiliga
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Meva-sabzavotchilik va uzumchilik
11 586 540 so'm
yiliga
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi.
11 586 540 so'm
yiliga
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi
11 586 540 so'm
yiliga