Viza
Talaba visasini olish tartibi
|
19. STD. Talabalar kirish vizasi (oliy ta’lim muassasalararo almashish asosida — vaqtincha ta’lim olish davriga) O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida qisqa muddatda (oliy ta’lim muassasalararo almashishga binoan yoki oliy ta’lim muassasalararo o‘zaro aloqalar doirasida vaqtincha asosda) ta’lim oluvchi xorijiy talabalarga 1 yilgacha muddatga beriladi, o‘z tasarrufida ta’lim muassasasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi. |
|
20. А-1. O‘quv kirish vizasi (doimiy asosda — ta’lim davriga) O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi xorijiy talabalarga 1 yilgacha muddatga beriladi, o‘z tasarrufida ta’lim muassasasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi. |