Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika universiteti
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
Dastur haqida
Bizning maqsadimiz
Hozirgi zamonaviy ishlab chiqarish va texnologiyalarning davriga mos keladigan kadr yetishtirish hamda ularni tayyorlashda mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, favqulodda vaziyatlar va turli ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarning oldini olishda bilim va ko‘nimalarga ega mutaxassislarning shu sohalar boyicha Respublikada yetakchilikka egalik qilishidan iborat.
Bizning vazifamiz
Respublika va xalqaro miqyosda ilmiy tadqiqotlarga asoslangan holda davlatning barqaror rivojlanishi uchun innovatsion texnologiyalarni yaratish va tadbiq qilish hamda innovatsion ta‘limni rivojlantirish orqali jamiyatni kadrlar bilan ta‘minlashga hissa qo'shish.
Kafedra tarixi
Toshkent politexnika instituti rektorining №18 sonli buyrug‘iga asosan 12 fevral 1962 yilda “Xavfsizlik texnikasi va yong‘inga qarshi texnika” kafedrasi tashkil qilindi. Respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 20 sentyabr 1965 yildagi №238 sonli buyrug’iga asosan 1966 yildan boshlab kafedra “Mehnatni muhofaza qilish” kafedrasi sifatida nomlana boshladi. Kafedrada olib boriladigan o’quv ishlardan tashqari uslubiy va ilmiy izlanishlar ham olib boriladi, 6 kishi nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.
1999 yildan boshlab kafedra maxsus ixtisoslashgan bitiruvchi kafedra 5860100 ta’lim yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlashni yo’lga qo’ygan va 2003 yilda birinchi marotaba bakalavrlar malakaviy bitiruv ishlarini yoqlab, iqtisodiyot tarmoqlarining turli jabxalarida ishlash uchun yuborildi.
Hozirda 61020100-Hayotiy faoliyat xavfsizligi hamda 61020200-Mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish va tehnologik jarayonlar xavfsizligi yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda.
Kafedrada barcha o’qitilayotgan fanlardan tajriba xonalari mavjud bo’lib, ular ish qurilmalari, o’lchov asboblari bilan ta’minlanganligi talabalarning olgan nazariy bilimlari bilan bir qatorda amaliy ko’nikmalari ham ortib borish imkonini beradi. Bu esa sanoat korxonalari talablariga javob berradigan mutaxassislar tayyorlash imkoniyatlarini beradi.
O'xshash dasturlar
Termiz davlat universiteti
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
8 140 000 so'm
yiliga
Farg‘ona davlat texnika universiteti
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
13 614 560 so'm
yiliga
Buxoro davlat texnika universiteti
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
14 400 000 so'm
yiliga
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
Hayot faoliyati xavfsizligi.
7 400 000 so'm
yiliga
Qarshi davlat universiteti
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo‘yicha)
14 400 000 so'm
yiliga
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti
Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi
16 000 000 so'm
yiliga