Bakalavriat va magistratura
Bakalavriat
Bakalavriat — bu toʻrt yil davom etadigan oliy taʼlimning birinchi bosqichi boʻlib, talabalarga tanlangan yoʻnalish boʻyicha nazariy va amaliy bilim berishga qaratilgan. Bakalavr dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar davlat attestatsiyasi natijasiga koʻra “bakalavr” darajasiga ega boʻladilar hamda davlat namunasidagi diplom bilan taqdirlanadilar.
Bakalavr darajasiga ega boʻlgan bitiruvchilar oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishlash yoki taʼlimni keyingi bosqichda – magistraturada davom ettirish imkoniyatiga ega.
Magistratura
Magistratura – bakalavr bosqichidan keyingi ikki yil davom etadigan oliy taʼlim bosqichi boʻlib, tanlangan yoʻnalish boʻyicha chuqurlashtirilgan nazariy va amaliy bilimlar berishga moʻljallangan. Ushbu bosqichga faqat bakalavr diplomiga ega boʻlgan shaxslar tanlov asosida qabul qilinadi.
Magistratura oʻqishini tamomlagan talabalar davlat attestatsiyasi komissiyasining yakuniy xulosasiga asosan, aniq mutaxassisligi koʻrsatilgan “magistr”lik darajasi va davlat namunasidagi diplom bilan taqdirlanadilar.
Diplom va Imkoniyatlar
Davlat namunasidagi bakalavr va magistr diplomlari egalariga:
✅ Mutaxassislik boʻyicha ishlash
✅ Ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanish
✅ Oʻqishni keyingi bosqichda (PhD) davom ettirish
✅ Xalqaro va mahalliy tashkilotlarda ishlash imkoniyatini beradi.
Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari xorijiy talabalar uchun ham keng imkoniyatlar taqdim etadi. Taʼlim jarayoni xalqaro standartlarga moslashtirilgan boʻlib, xalqaro diplomlar bilan integratsiyalashgan dasturlar mavjud.