Milliy taomlar
O‘zbek oshxonasi uzoq tarixga ega va uning asosiy taomlarini tayyorlash jarayoni haqiqiy marosim bo‘lib, uning har bir elementi aniq tartibga solinadi.
Shimolda palov, qovurilgan go‘sht, xamir mahsulotlaridan qilingan taomlarni hush ko‘rishadi. Janubda esa guruch va sabzavotlardan juda ko‘p murakkab taomlar, shuningdek, ajoyib shirinliklar tayyorlaydilar. Mahalliy dasturxonda qo‘zichoq, ot go‘shti, ko‘p sabzavotli sho‘rvalar, sut mahsulotlari va non muhim o‘rinni egallaydi. Mamlakatning asosiy ichimligi choy hisoblanadi.
O‘zbek taomlari
O‘zbek taomlari Markaziy Osiyodagi eng rang-barang ovqatlardan biridir. Mintaqada istiqomat qiluvchi o‘troq va ko‘chmanchi millatlarning bir necha asrlar davomida to’plangan oshpazlik an’analari bugungi kunda yagona va hammamizga tushunarli bo‘lgan o‘zbek oshxonasining mazali taomlari majmuasida mujassamlashgan.

Biz O‘zbekistonga gastronomik sayohatga borishni Sizga taklif etamiz. Bu yerda mazali ta'om ta’mini biladiganlar va sharqona mehmondo‘stlikni tushunadiganlar uchun taomlar tayyorlanadi. Ta'tib ko‘rishni tavsiya qilamiz!