Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
13,589
Talabalar
1
Xorijiy talabalar
119
O'qituvchilar
2
Fakultetlar
6
Kafedralar
2022
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti (ATMU) Qarshi shahrida joylashgan zamonaviy va nufuzli oliy ta’lim muassasasidir. 2022-yilda tashkil etilgan universitetimiz axborot texnologiyalari va boshqaruv yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan. ATMU o‘zining innovatsion o‘qitish uslublari, ilg‘or ilmiy tadqiqotlari va eng zamonaviy texnologik infratuzilmasi bilan ajralib turadi.
ATMUda talabalar axborot texnologiyalari, kompyuter fanlari, dasturiy ta’minot muhandisligi, tarmoq texnologiyalari, raqamli marketing, boshqaruv, filologiya, arxitektura va boshqa fanlar bo‘yicha xalqaro standartlar va talablar asosida ta’lim olish imkoniyatiga ega.
ATMU xalqaro standartlar asosida ta’lim beradi, talabalarga nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy tajriba ham taqdim etadi. Universitet ilg‘or laboratoriyalar, zamonaviy kompyuter sinflari va raqamli texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, bitiruvchilarimizni jahon mehnat bozorida muvaffaqiyatga erishishga tayyorlaydi. Shuningdek, ATMU xalqaro hamkorlik aloqalarini faol kengaytirmoqda, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini amalga oshirmoqda.
Bizning maqsadimiz - kelajak texnologiyalarini shakllantiruvchi yetakchi mutaxassislarni tayyorlashdir!
Xorijiy talabalar uchun
ATMU – Kelajak Innovatorlari Uchun Global Markaz!
Axborot Texnologiyalari va Menejment Universiteti (ATMU) — 2022-yilda Qarshi shahrida tashkil etilgan zamonaviy va nufuzli oliy ta’lim muassasasi. Universitet axborot texnologiyalari, kompyuter fanlari, dasturiy ta’minot muhandisligi, tarmoq texnologiyalari, raqamli marketing, boshqaruv, arxitektura, filologiya va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi.
Nega aynan ATMU?
-
🎓 Xalqaro standartdagi ta’lim
ATMU o‘quv dasturlari xalqaro mezonlar asosida ishlab chiqilgan. Talabalar nazariy bilimlar bilan bir qatorda, amaliy ko‘nikmalarni ham egallaydilar. -
🏢 Zamonaviy infratuzilma
Universitetda ilg‘or laboratoriyalar, zamonaviy kompyuter xonalari va raqamli texnologiyalar bilan boyitilgan o‘quv muhiti mavjud. -
🌍 Xorijiy talabalar uchun qulay sharoitlar
Chet ellik talabalar uchun xavfsiz va arzon narxlardagi shinam yotoqxonalar taqdim etiladi. -
💰 Arzon kontrakt to‘lovi
ATMU boshqa OTMlarga nisbatan juda qulay va raqobatbardosh kontrakt narxlarini taklif etadi. -
🤝 Xalqaro hamkorlik
ATMU dunyo bo‘ylab nufuzli universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi dasturlari mavjud.
Sizning kelajagingiz bu yerdan boshlanadi!
ATMU kelajak texnologiyalarini yaratadigan yetakchi mutaxassislarni tarbiyalashga intiladi. Bizning safiga qo‘shiling va zamonaviy, global akademik muhitda o‘zingizni kashf eting!
Xalqaro hamkorlik
Xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish tartibi
Axborot Texnologiyalari va Menejment Universitetida (ATMU) xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish tartibi 2023-yil 5-yanvardagi rektorning 1/M-sonli buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
1. Qabul tartibi
-
Xorijiy fuqarolar Universitetga ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ajratilgan asosiy kvotadan tashqari, ya’ni to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
-
Har bir abituriyent Universitet qabul komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan suhbatda ishtirok etadi.
-
Suhbat natijalari asosida Universitet rektori tomonidan rasmiy buyruq chiqariladi va nomzod o‘qishga qabul qilinadi.
2. Kontrakt to‘lovi
-
Xorijiy fuqarolar uchun o‘qitish qiymati Universitet ta’sischilari tomonidan belgilanadi.
-
Kontrakt miqdori har yili yangilanib, rasmiy e’lon qilinadi. Bu qiymat boshqa oliy ta’lim muassasalariga nisbatan iqtisodiy jihatdan qulay va raqobatbardosh hisoblanadi.
3. Yashash va boshqa sharoitlar
-
Chet ellik talabalar uchun shinam va xavfsiz yotoqxonalar ajratiladi.
-
ATMU xorijiy talabalarga xalqaro muhitda ta’lim olish, zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash, hamda ko‘p madaniyatli muhitda rivojlanish imkoniyatini yaratadi.
4. Suhbat uchun talablar
-
Suhbat odatda mutaxassislik bo‘yicha bilim darajasi, asosiy muloqot ko‘nikmalari va motivatsiyani aniqlashga yo‘naltiriladi.
-
Suhbat oflayn yoki onlayn formatda o‘tkazilishi mumkin (resurs va sharoitlarga qarab).
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA KIRISHDA VIZA OLISH TARTIBI
Umumiy ma’lumot
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasiga faqat viza asosida kirishlari va tranzit o‘tishlari mumkin. Bunga O‘zbekiston Respublikasining vizasiz rejim belgilangan davlatlari fuqarolari kirmaydi. Vizasiz kirish mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxati va muddatlari alohida ko‘rsatilgan.
Viza rasmiylashtirish tartibi
Viza berish organlari:
-
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari;
-
“Toshkent” xalqaro aeroportidagi TIV viza sektori (ba’zi hollarda).
Taklifnoma asosida viza olish:
Viza O‘zbekistondagi yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan taqdim etilgan taklifnoma-ariza asosida rasmiylashtiriladi. Taklifnoma TIV Konsullik-huquqiy departamentida tasdiqlanishi lozim.
Jismoniy shaxslar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar:
-
Viza talabnomasi (belgilangan namunada);
-
evisa.mfa.uz saytidan elektron anketa;
-
Taklif qilinayotgan va qilayotgan shaxslarning pasport nusxalari;
-
Ichki ishlar organlaridan olingan ruxsatnoma asl nusxasi;
-
Aeroportda viza olish holatida — aviachipta yoki bron nusxasi.
Diplomatik vakolatxonalarga topshiriladigan hujjatlar:
-
Pasport (viza tugashidan keyin kamida 3 oy amal qilish muddati bilan);
-
2 dona to‘ldirilgan viza talabnomasi;
-
2 ta 35x45 mm rangli fotosurat.
Aeroportda viza olish tartibi:
O‘zbekiston Respublikasining vakolatxonasi mavjud bo‘lmagan davlat fuqarolari Toshkent aeroportida viza olishlari mumkin. Buning uchun oldindan taklif qiluvchi tomon TIVga murojaat qilib, viza tasdiqini (shtamp) oladi va uni taklif qilinuvchiga yuboradi.
Konsullik yig‘imlari
Bir martalik vizalar:
-
7 kungacha — 40 USD
-
15 kungacha — 50 USD
-
30 kungacha — 60 USD
-
3 oygacha — 80 USD
-
6 oygacha — 120 USD
-
1 yilgacha — 160 USD
Har bir qo‘shimcha kirish uchun 10 USD qo‘shiladi.
Ko‘p martalik vizalar:
-
6 oygacha — 150 USD
-
1 yilgacha — 250 USD
-
2 yilgacha — 300 USD
-
3 yilgacha — 350 USD
Guruh vizalari (kamida 5 kishi, 16 yoshgacha bo‘lmagan bolalar bundan mustasno):
-
15 kungacha — 15 USD (har bir kishi uchun)
-
30 kungacha — 25 USD (har bir kishi uchun)
Elektron vizalar:
-
Bir martalik — 20 USD
-
Ikki martalik (30 kungacha) — 35 USD
-
Ko‘p martalik (30 kungacha) — 50 USD
-
Guruh elektron viza (30 kungacha) — 20 USD (har bir kishi uchun)
Qo‘shimcha yig‘imlar viza rasmiylashtirilayotgan joyga qarab belgilanadi.
Ta’lim maqsadida vizalar
STD viza turi – Talabalar vizasi (vaqtincha)
-
Muddat: 1 yilgacha
-
Asos: Oliy ta’lim muassasalararo almashinuv yoki vaqtincha ta’lim olish
-
Beriladi: O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalari, vazirliklar va idoralar iltimosnomasiga asosan
A-1 viza turi – O‘quv vizasi (doimiy)
-
Muddat: 1 yilgacha
-
Asos: Doimiy asosda ta’lim olish
-
Beriladi: O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalari, vazirliklar va idoralar iltimosnomasiga asosan
Til kurslari
{}
Talabalar uchun imkoniyatlar
ATMU – Kelajak Kasblari Sizni Kutmoqda!
Axborot Texnologiyalari va Menejment Universiteti (ATMU) – Qarshi shahrida joylashgan zamonaviy va nufuzli oliy ta’lim muassasasi! Bu yerda siz kelajak kasblarini o‘zlashtirasiz, orzularingiz sari dadil qadam qo‘yasiz!
ATMU axborot texnologiyalari, dasturiy ta’minot muhandisligi, kompyuter fanlari, tarmoq texnologiyalari, raqamli marketing, menejment, filologiya, pedagogika, arxitektura va boshqa istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro standartlarga mos ta’lim beradi.
Bizda har bir talaba uchun innovatsion yondashuv, amaliy mashg‘ulotlar va zamonaviy bilim olish imkoniyati yaratilgan. ATMU o‘zining ilg‘or laboratoriyalari, raqamli texnologiyalar bilan jihozlangan kompyuter sinflari va barcha qulayliklarga ega zamonaviy o‘quv binolari bilan ajralib turadi.
Shuningdek, xalqaro hamkorlik dasturlari orqali talabalar xorijiy tajriba orttirish, almashinuv dasturlarida ishtirok etish va global raqobatga tayyorlanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
ATMU – bu nafaqat o‘qish joyi, bu – kelajakni bugun boshlash maskani!
Kelajak kasblarini tanlang, ATMU bilan muvaffaqiyat sari yura boshlang!
Fakultetlar
“Raqamli texnologiyalar” fakulteti Axborot texnologiyalari va menejment universiteti tarkibida zamonaviy raqamli iqtisodiyot va texnologiyalarni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan. Fakultetning tashkil etilishi, mamlakatda raqamli transformatsiyani jadallashtirish, IT-sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashga bo‘lgan ehtiyoj asosida shakllangan. Uning faoliyati bugungi kunda nafaqat respublika miqyosida, balki xalqaro darajada ham dolzarb hisoblanadigan sohalarni qamrab oladi.
Fakultet tashkil topganidan beri qisqa vaqt ichida jadal rivojlanishga erishdi. Dastlabki bosqichda bir nechta ixtisosliklar bo‘yicha ta’lim yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, hozirda fakultet tarkibida 3 ta kafedra faoliyat olib bormoqda: Axborot texnologiyalari, Iqtisodiyot va Matematika. Ushbu kafedralar doirasida 10 ta bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.
Fakultetning asosiy maqsadi – zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, iqtisodiy tahlil, dasturiy ta’minot, moliyaviy innovatsiyalar va injiniring bo‘yicha raqobatbardosh, xalqaro mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashdir. Shu maqsadda fakultetda ilg‘or o‘quv dasturlari, zamonaviy texnik vositalar, amaliyotga yo‘naltirilgan interaktiv metodikalar joriy etilgan.
Fakultet tashkil topganidan beri yurtimizdagi IT sohasi, bank-moliya, raqamli boshqaruv, arxitektura va muhandislik tizimlarida faoliyat yuritayotgan bir qator kompaniyalar bilan hamkorlik o‘rnatildi. Ular orqali talabalar amaliyot o‘tash, loyihalarda ishtirok etish va ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.
Fakultet nafaqat ta’lim, balki ilmiy-tadqiqot faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratadi. Har yili talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, hakatonlar, startap tanlovlari tashkil etiladi. Iqtidorli talabalar prezident va davlat stipendiyalariga nomzod sifatida tayyorlanadi.
Fakultetda tyutorlik tizimi samarali yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, har bir akademik guruhga mas’ul tyutor biriktirilgan. Talabalarning ijtimoiy faolligi, ma’naviy-ma’rifiy holati doimiy nazoratda bo‘lib, ularning o‘qishdan tashqari sohalarda ham faol ishtirok etishlari qo‘llab-quvvatlanadi.
Bugungi kunga kelib, “Raqamli texnologiyalar” fakulteti o‘zining barqaror ta’lim muhiti, malakali pedagog kadrlari, zamonaviy infratuzilmasi va xalqaro hamkorlik aloqalari bilan universitetning yetakchi fakultetlaridan biriga aylangan.
Ta’lim yo‘nalishlari (Bakalavriat)
- 60610100 – Axborot tizimlari va texnologiyalari
- 60612100 – Kiberxavfsizlik injiniringi
- 60610600 – Dasturiy injiniring
- 60410100 – Iqtisodiyot
- 60410800 – Menejment
- 60540100 – Matematika
- 60410500 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar
- 60410600 – Bank ishi
- 60610300 – Kompyuter injiniringi
- 60730100 – Arxitektura
Hamkorlik va integratsiya
Fakultetda fan-ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani ta’minlash maqsadida sohaga oid korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan. Ularning tajribali mutaxassislari o‘quv jarayoniga jalb qilingan hamda kafedralarda faoliyat olib bormoqda.
Iqtidorli talabalar bilan ishlash
Har bir guruhga tyutorlar biriktirilgan bo‘lib, axborot va murabbiylik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Iqtidorli talabalar ro‘yxati shakllantirilib, ular Prezident stipendiyasi va boshqa davlat stipendiyalariga tayyorlanmoqda. Shuningdek, fakultet talabalari xorijiy oliy ta’lim muassasalariga akademik mobillik dasturi asosida bir semester davomida tahsil olish imkoniyatiga ega.
Ijtimoiy fanlar fakulteti ta’limning turli sohalari uchun zamonaviy mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini amalga oshiradi. Fakultet zamonaviy ta’limni rivojlantirish maqsadida talabalar va o‘qituvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi, innovatsion muhit yaratishga intilib kelmoqda. Fakultet talabalarning potentsialini oshirishga va ularning kelajakka tayyor bo‘lishiga yordam berishga asoslangan o‘ziga xos Osiyo va jahon tajribasini taklif etadi. Fakultetda yangi bilimlarni olish bilan bir qatorda olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan. Talabalar universitetni biturgunga qadar bo‘lgan vaqt mobaynida ko‘plab ham nazariy ham amaliy bilim va ko‘niklmalarga ega bo‘ladilar. Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalarga nafaqat har tomonlama bilim olishga, balki talabalik hayotini to‘liq his qilishga yordam beradi.
Fakultet tarkibida bugungi kunda 3 ta kafedra faoliyat ko‘rsatadi.
• Pedagogika
• Tarix
• Filologiya
“Ijtimoiy fanlar” fakultetida 8 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi:
60110400-Boshlang‘ich ta’lim
60230100-Filologiya va tillarni o‘qitish (rus, ingliz, arab tillari)
60220300-Tarix
60110300-Maxsus pedagogika
60110200-Maktabgacha ta’lim
60110700-O‘zbek tili va adabiyoti
60111100-Milliy g‘oya, va ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
60310300-Psixologiya
Ta'lim yo'nalishlari
| Arxitektura 60730100 | Bakalavr |
| Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60610100 | Bakalavr |
| Axborot xavfsizligi 60610200 | Bakalavr |
| Bank ishi 60410600 | Bakalavr |
| Boshlang‘ich ta’lim 60110400 | Bakalavr |
| Dasturiy injiniring 60610400 | Bakalavr |
| Defektologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) 60110400 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 | Bakalavr |
| Iqtisodiy nazariya 70310101 | Bakalavr |
| Iqtisodiyot 60310100 | Bakalavr Magistr |
| Kiberxavfsizlik injiniringi 60612100 | Bakalavr |
| Kompyuter injiniringi 60610300 | Bakalavr |
| Lingvistika (ingliz tili) 70230101 | Magistr |
| Maktabgacha ta’lim 60110200 | Bakalavr |
| Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi 60110300 | Bakalavr |
| Matematika 60540100 | Bakalavr |
| Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha) 70540101 | Magistr |
| Matematika va informatika 60110600 | Bakalavr |
| Menejment 60410800 | Bakalavr |
| Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 60111100 | Bakalavr |
| Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410500 | Bakalavr |
| Ona tili va adabiyot : o'zbek tili 60110800 | Bakalavr |
| Psixologiya (amaliy psixologiya) 60310900 | Bakalavr |
| Tarix 60220300 | Bakalavr Magistr |
| Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) 70110501 | Magistr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
Boshlang‘ich ta’lim
—
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
Boshlang‘ich ta’lim
—
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
Boshlang‘ich ta’lim
10 000 000 so'm
yiliga
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
12 000 000 so'm
yiliga
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
12 000 000 so'm
yiliga
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
Maktabgacha ta’lim
10 000 000 so'm
yiliga
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
Maktabgacha ta’lim
10 000 000 so'm
yiliga
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
Defektologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)
10 000 000 so'm
yiliga
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
Maktabgacha ta’lim
10 000 000 so'm
yiliga
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
12 000 000 so'm
yiliga
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
Maktabgacha ta’lim
10 000 000 so'm
yiliga
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
Psixologiya (amaliy psixologiya)
10 000 000 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
Kamolova Sabrina
Azimova Rushаna
Alimova Aziza
Yakubova Saida
Talabalar fikri
Sunnatov Zafar Ubaydullaevich