Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
Dastur haqida
|
Fan/modul kodi KrePed106 |
O‘quv yili 2024-2025 |
Semestr 2 |
Kreditlar 4 |
||
|
Fan/modul turi Tanlov |
Ta’lim tili O‘zbek |
Haftadagi dars soatlari 4 |
|||
|
1. |
Fanning nomi |
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat) |
Mustaqil ta’lim (soat) |
Jami yuklama (soat) |
|
|
Kreativ pedagogika
|
30 |
90 |
120 |
||
|
2. |
I. Fanning mazmuni Fanning o‘qitishdan maqsad –talabalarga ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari va strategiyasi, tanqidiy va ijodiy fikrlash, yangiliklarini o‘zlashtirish, ularni amaliyotda sifatli qo‘llash, to‘ldirish va yangilash qobiliyatiga ega bo‘lishga yo‘naltiradigan nazariy va amaliy ma’lumotlar berishdan iborat. Fanning vazifasi - talabalarni kreativ pedagogika asoslariga oid bilimlar bilan qurollantirish; metodik jihatdan pedagogik jarayonni kreativ samarali tashkil etish uchun zarur ko‘nikmalarni egallash; kreativ pedagogika fanini o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda zamonaviy yangi texnologiyalarni keng doirada qo‘llay olishga yo‘naltirish; pedagogik faoliyatni amalga oshirishda ijodiy va metodik savodxonlikni oshirish; yangiliklarni yaratadigan ijodiy shaxsni shakllantirishdan iborat.
II.Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi. 1-mavzu. Kreativlik” va “kreativ pedagogika” tushunchalarining mohiyati va pedagogik kreativlikning dolzarbligi. “Kreativlik” va “kreativ pedagogika” tushunchalarining mohiyati. Kreativ pedagogikaning maqsadi, vazifalari. Kreativ pedagogikaning tarkibiy tuzilmasi va asosiy kategoriyalari. Kreativ pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari. 2-mavzu. Kreativ pedagogika fanini o‘qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida. Pedagoglarga xos kreativ sifat va ijodiy-pedagogik faoliyat malakalari. Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirishning samarali yo’llari. Pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar va tamoyillar. 3-mavzu Hozirgi zamon o‘qituvchisining kreativ pedagogik faoliyati. O‘qituvchining ta’lim jarayonida kasbiy omilkorligi. O‘qituvchining ta’lim jarayonidagi faoliyati va darsga tayyorgarligi. Nazariy va amaliy mashg‘ulotlar uchun materiallarni to‘plash va ularni saralashda kreativ yondoshuvning ahamiyati. 4-mavzu. Kreativlik va Kasbiy kompetentlilik. Kompetentlik” tushunchasining mohiyati. Pedagogik kasbiy kompetentlik va unga xos sifatlar. Pedagogik mahorat kasbiy kompetentlilikning asosi. Kreativlik pedagogik ijodkorlikning asosi sifatida. 5-mavzu. Kreativ pedagogika fanini o‘qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish. Pedagogik kreativlikni oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalarining axamiyati Ta’lim-tarbiya jarayonida kompyuter imkoniyatlaridan foydalanish.O‘qituvchida zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish malakalarini shakllantirish. 6-mavzu. Pedagogik kreativlik- pedagogik qobiliyat. O‘qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat. Pedagogik qobiliyatning asosiy turlari. Ta’lant, Iste’dod, iqtidor tushunchalarining mohiyati. Intellekt va kreativlik nazariyalari. 7-mavzu. Kreativ pedagogikada pedagogning kasbiy mahorati Pedagogik mahorat” tushunchasi va asosiy tarkibiy qismlari. Pedagogik mahoratni o‘qituvchi faoliyatida tutgan o‘rni. Pedagogning kasbiy mahorati, pedagogik imkoniyatlari va ularning tarkibiy asoslari. 8-mavzu. Pedagoglarga xos kreativ sifat va ijodiy-pedagogik faoliyat. Talabalarda kreativlikni rivojlantirish shartlari. Pedagoglarning kreativlik imkoniyatlari va ularning tarkibiy asoslari. Pedagoglarda kreativ faoliyatni tashkil etishga imkon beradigan malakalar guruhlari. 9-mavzu. Kreativ tafakkurni shakllantirishning pedagogik asoslari. Kreativ tafakkurning ahamiyati. Kreativ tafakkur tizimi haqida tushuncha. Kreativlikni tarbiyalashning mezonlari. Intellektuallikning ahamiyati. 10-mavzu. Pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantirish. Pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar va tamoyillar.Pedagoglarning kreativlik imkoniyatlari va ularning tarkibiy asoslari.Pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantirishning samarali yo'llari. Pedagoglarning kreativlik imkoniyatini aniqlovchi mezonlar va ularning darajalari.
III. Seminar mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar. Seminar mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi: Seminar mashg‘ulotiarida magistrlar ilmiy ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanib fan sohasidagi yangilikiar bilan amaliy mashg‘ulotlarini mazmunini boyitadilar.
Seminar mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnalogiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq. IV.Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Talaba mustaqil ta’limni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: • darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish; • tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish; • nazariy material bo‘yicha misol va masala yechish, • avtomatlashtirilgan o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash; • maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘lganimlari yoki mavzulari ustida ishlash; • masofaviy ta’lim. Magistrlarga mustaqil ta’Iimning mavzulari beriladi, bu mavzular bo‘yicha egallanishi kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar, muddati va topshirish shakli aytiladi. Ko‘rsatilgan muddatda nazariy material konspekti, referati ko‘riladi, test yoki savol-javob o‘tkaziladi. Amaliy xarakterdagi topshiriqlar yechimi ko‘rsatiladi va o‘xshash misollar yordamida tekshiriladi.
Tavsiya etilayotgan mustaqil ta’limning mavzulari
|
||||
|
3. |
V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
|
||||
|
4. |
VI. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
|
||||
|
5. |
VII. Kreditni olish uchun talablar: Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar va tushunchalar haqida mustaqil mushohada yuritish, joriy va oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha variantlar asosida yozma topshiriqlarni bajarishi zarur. |
||||
|
6. |
Asosiy adabiyotlar 1. M.Usmonboyeva., A.To'rayev Kreativ pedagogika asoslari. T.: 2016. 2. G.Ernazarova., M. Yakubova., Sh. Oblaqulov Kreativ pedagogika asoslari. O‘quv qo‘llanma Toshkent - 2022.162 bet. Qo‘shimcha adabiyotlar 1.Mirziyoyev Sh. “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi”. 2017-yil 7-fevral, PF-4947 sonli qarori. 2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabr “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni. 3. O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risida qonuni. Toshkent. 2020-yil 23-sentabr, O’RQ-637-son. 4. N.Muslimov., M.Usmonboyeva., D.Sayfurov., A.To'rayev Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari. - T.: Sano-standart. 2015. 5.Утемов В., Зиновкина М., Горев П. Креативная педагогика. - М., 2019. Axborot manbaalari:
|
||||
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti
Maxsus pedagogika (faoliyat turlari bo‘yicha)
25 290 000 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
Maxsus pedagogika (logopediya)
—
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
Maxsus (defektologik) ta’lim. Sog‘lig‘i bo‘yicha imkoniyati cheklangan shaxslarni psixologik-pedagogik reabilitatsiya qilish
20 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
44.04.02 — Psixologik-pedagogik ta’lim. Ta’limda shaxs shakllanishini psixologik qo‘llab-quvvatlash
20 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
Psixologik-pedagogik ta’lim. Maktabgacha ta’limda metodik qo‘llab-quvvatlash
20 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
44.04.01 — Pedagogik ta’lim. Boshlang‘ich maktabda ta’lim jarayoni sifatini boshqarish
20 000 000 so'm
yiliga