Dastur haqida
|
Fan/modul kodi: EMTSHM204 |
O‘quv yili 2024-2025 |
Semestr 2 |
ECTS - Kreditlar 5 |
||
|
Fan/modul turi majburiy |
Ta’lim tili O‘zbek |
Haftadagi dars soatlari 5 |
|||
|
1. |
Fanning nomi |
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat) |
Mustaqil ta’lim (soat) |
Jami yuklama (soat) |
|
|
Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi |
60 |
90 |
150
|
||
|
2. |
Fanning mazmuni Fanni o`qitishdan maqsad - bo`lajak mutaxassislarni maktabgacha ta`lim yo`nalishidagi umumkasbiy va maxsus fanlar tizimidagi, bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish fani va uning predmeti, tadqiqot obyekti, tadqiqot usullari, qonuniyatlari va tamoyillarini amaliyotda tatbiq etish ko`nikmasini hosil qilishdan iborat. Fanning vazifasi - bo`lajak mutaxassislarning kelgusi kasbiy faoliyatlari uchun bolalarga elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish yuzasidan puxta nazariy asos yaratish, axborotlardan (jumladan INTERNET tizimi)dan foydalanish, mutaxassislik fanini o`qitishda zamonaviy texnologiyalarni qo`llay olish, mazkur fan yuzasidan ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, pedagogik faoliyatga tayyorlash, pedagoglik kasbining insonparvarlik ahamiyatini ochib berish. II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) II.1. Fan tarkibiga quyidagi ma’ruza mavzular kiradi: 1-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik rivojlanishining nazariy asoslari. Maktabgacha ta’limni 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi talablarini amalga oshirishda matematik ta‘limning ahamiyati. Bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish fanining predmeti va uning asosiy komponentlari. Bolalarni matematikaga o‘qitish mazmuni va yo‘llarining umumiy tavsifi. Bolalarda matematik tasavvurlarini shakllantirish fanini o‘qitishdan maqsadi. Bolalarda matematik tasavvurlarini shakllantirish fanini o‘qitish uchun belgilangan vazifalar. Bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish fanining shakllanish tarixi. Bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish fanining hozirgi holati. Bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish fanining zamonaviyligi. 3-mavzu: Sharq matematik olimlarining asarlarida arifmetikaning rivojlanishi. Muhammad ibn Muso-al Xorazmiy asarlarida arifmetikaning rivojlanishi haqida dastlabki ma’lumotlar. Mirzo Ulug‘bek asarlarida arifmetikaning rivojlanishi haqida dastlabki ma’lumotlar. Jamshid G‘iyosiddin al-Koshiy asarlarida arifmetikaning rivojlanishi haqida dastlabki ma’lumotlar. 4-mavzu: O‘zbekistondagi MTT elementar matematik tasavvurlami shakllantirish metodikasi asoslarining rivojlanishi O‘zbekistondagi MTM elementar matematik tasavvurlami shakllantiris metodikasi asoslarining rivojlanishi. Elementar matematik tasavvurlami shakllantirish metodikasi asoslarining rivojlanishi. Niyoziy Toshmuhammad Niyozovich faoliyati. V. I.Romanovskiy matematik ishlari natijalari. 5-mavzu: Bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirishda ta’limning asosiy didaktik tamoyillari Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirishda ta’limning asosiy didaktik tamoyillarining mohiyati. Matematik tasavvurlarni shakllantirishda ta’limning asosiy didaktik tamoyillarining o‘zaro bog‘liqligi. Matematik tasavvurlarni shakllantirishda ta’limning asosiy didaktik tamoyillari tavsifi. Matematik tasavvurlarni shakllantirishda ta’limning asosiy metodlari. Miqdor, miqdor haqida tushuncha. Maktabgacha yoshdagi bolalarga miqdor tushunchasi shakllantirishning shakl va usullari. Maktabgacha yoshdagi bolalarda miqdoriy tasavvurlarni rivojlantirish. 7-mavzu: Son, sanoq tushunchalari. Sanash faoliyatining rivojlanish bosqichlari. Son-matematikaning asosiy tushunchalaridan biri sifatida. Son tushunchasining paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi. Son tushunchasining tarkibiy klassifikatsiyasi. Butun musbat (natural) sonlar, cheksiz natural sonlar qatori tushunchasi kelib chiqishi. 8-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar ongida natural sonlar qatori tizimining tarkib topishi. Natural sonlar - buyumlarni hisoblash, raqamlash va ro‘yxatlashning asosi sifatida.Natural sonlar to‘plami bir qator xususiyatlarga ega. Natural sonlar nazariyasi yo‘llarining aksiomalari 9-mavzu: O`lchash haqida tushuncha. Maktabgacha yoshdagi bolalarni shartli o`lchovlarga o‘rgatish. Bolalarning turli o`lchamlarni o`lchash haqidagi tasavvurlarni shakllantirish. O‘lchov - inson faoliyatining turli turlarida qo‘llaniladigan tushuncha sifatida. O‘lchash vositalari o‘z o‘ziga xos tasnifi. O‘lchov asboblari haqida ma’lumot. 10-mavzu: Shakl va uning asosiy xususiyatlari. Turli yosh guruh bolalarini shakl va predmetlar shakli bilan tanishtirish metodikasi. Shakl va uning asosiy xususiyatlari. Ikki o‘lchovli geometrik shakllarning asosiy turlari Uch o‘lchovli geometrik shakllar Geometirik shakllarning turlari va mazmuni Turli yosh guruh bolalarini shakl va predmetlar shakli bilan tanishtirish metodikasi. 11-mavzu: Kattalik, kattalik haqidagi tushunchalarni turli yosh guruh bolalariga targ‘ib qilish metodikasi. Kattalik haqida tushuncha va kattalikning turlari Kattalikni o‘lchash to‘g‘risida asosiy ta’riflar, tushunchalar. Kattalikning birliklari haqida ma’lumot. Kattalik haqidagi tushunchalarni turli yosh guruh bolalariga targ‘ib qilish metodikasi. 12-mavzu: Vaqt tushunchasi va uning asosiy komponentlari. Vaqt va uning o‘ziga xos xususiyatlari.Maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan vaqtni idrok qilish. Bolalarni vaqt haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarni vaqtni qilishini rivojlantirish. Kalendar, soat bilan tanishtirish. Bolalarda vaqt tasavvurlarini rivojlantirishga qaratilgan ta’limiy o‘yinlarni tashkil etish. 13-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarda vaqt tasavvurlarni shakllantirish uslubiyoti. Kichik guruh bolalarining vaqt tasavvurlarini shakllantirish metodikasi.O‘rta guruh bolalarining vaqt tasavvurlarini rivojlantirish komponentlari Katta guruh bolalarining vaqt tasavvurlarini shakllantirish uslubiyoti.Tayyorlov guruh bolalarining vaqtni tushunishi va boshqara olishi haqida 14-mavzu: Fazo va fazoviy tushunchalar. Fazoviy tushunchalarning ilmiy tahlili. Fazo haqida tushuncha. Bolalarda fazoda mo‘ljal olish tushunchasining tahlili. Har bir yosh guruhda fazoni idrok etishning o‘ziga xos xususiyatlari. Tevarak-atrofga nisbatan mo‘ljal olishga belgilangan tavsiyalar. 15-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarda fazoviy tasavvurlarni shakllantirish metodikasi. Kichik guruh bolalarining fazo haqidagi tasavvurlarini shakllantirish metodikasi.O‘rta guruh bolalarining fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish komponentlari Katta guruh bolalarining fazoviy tasavvurlarini shakllantirish uslubiyoti.Tayyorlov guruh bolalarining fazoda mo‘ljal olishni o‘rganishi va boshqara olishi haqida.
III.Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
1-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik rivojlanishining nazariy asoslari. 2-mavzu: Muhammad ibn Muso al Xorazmiy, Nasriddin Tusiy, Jamshid Giyosiddin al Koshiy asarlarida arifmеtikaning rivojlanishi 3-mavzu: O`zbekistonda bolalarning elementar matematik savodxonligini oshirish masalalarining tarixiy taraqqiyoti 4-mavzu: O`zbekistonda bolalarning elementar matematik savodxonligini oshirish masalalarining zamonaviy tendensiyalari 5-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni matematikaga o`rgatishning zamonaviy metodlari 6-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni matematikaga o`rgatishda xorijiy tajribalar 7-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarda miqdoriy tasavvurlarni rivojlantirish. 8-mavzu: Bolalarning turli o`lchamlarni o`lchash haqidagi tasavvurlarni shakllantirish. 9-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni shartli o`lchovlarga o‘rgatish. 10-mavzu: Turli yosh guruh bolalarini narsa va predmetlar shakli bilan tanishtirish metodikasi. 11-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarda vaqt tasavvurlarni shakllantirish uslubiyoti. 12-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarda fazoviy tasavvurlarni shakllantirish metodikasi 13-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni elementar matematikaga o‘rgatish metodikasi faniga olid ilmiy adabiyotlar tahlili. 14-mavzu: Bolalardagi elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi faniga oid mashg‘ulot ishlanmalarni tuzish va joriy qilish. 15-mavzu: Bolalardagi elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi faniga oid mashg‘ulot ishlanmalarni tuzish va joriy qilish. Talabalar “Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi” amaliy mashg‘ulotlarda o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga ega. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va metodik qo‘llanmalar, tarqatma materiallar, elektron materiallardan foydalaniladi. Ma`ruza, amaliy va seminar mashg‘ulot mavzulariga mos ravishda ilg‘or pedagogik texnologiyalar tanlanadi. Fanni o‘qitishda «Tarmoqlar», «Aqliy hujum», «Bumerang», «Tarozi», «Klaster», «Venn halqachalari» kabi pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. Bunda har bir mavzuning o‘ziga xosligi hisobga olinadi. Shuningdek, audio, video, kompyuter texnikasidan foydalaniladi.
V. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar Mustaqil ta’limdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar – bu talabalarda mustaqil bilim olish ko‘nimalarini shakllantirish.
Mustaqil ta’lim Talaba mustaqil ishni tayyorlashda “Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi” fanining xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
tinglovchining kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan modul mavzularni chuqur o‘rganish.
|
||||
|
3. |
V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba: - Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalarini – fanning maqsad va vazifalari o‘zlashtirgandan so‘ng uning mazmuni shakl va usullari, maktabgacha yoshdagi bolalarni yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’limn tizimli ravishda tashkil etish va zamonaviy ta’lim usullaridan foydalanish to‘g‘risida bilimga ega bo‘lish; -Asosiy matematik tushunchalarni, shakllantirishning shakl va metodlari, maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab hamkorligidagi ishlarni, turli ta;lim muassasalarida turli sharoitda pedagogik jarayonni o‘ziga xos xususiyatlari va mazmunini tashkil etishni bilishi, ko‘nikma hosil qilishi; -Ta’lim jarayonini rejalashtirish, uning natijalarini tahlil qilish va baholash. Har kungi ta’lim va tarbiyaviy ishni dastur asosida tashkil etish, pedagogik diagnostika ishni tashkillashtirish. Bolalani matematik jihatdan bilim olishlari uchun shart-sharoit yaratish malakalariga ega bo‘lishi lozim. |
||||
|
4. |
|
||||
|
5. |
VII. Kreditlarni olish uchun talablar: Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish. |
||||
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Pedagogika
62 937 500 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Koreys tili
24 384 000 so'm
yiliga
Jizzax davlat pedagogika universiteti
O'zbek tili va adabiyoti
11 250 000 so'm
yiliga
Osiyo xalqaro universiteti
Maktabgacha ta’lim
17 000 000 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili
—
Qo‘qon Davlat Universiteti
Maxsus pedagogika (logopediya)
—