Dastur haqida
|
Fan/modul kodi: TFO’M1305 |
O’quv yili: 2025/2026 |
Semestr: 3 |
ECTS-kreditlar: 5 |
|||||
|
Fan/modul turi: Majburiy |
Ta’lim tili: O’zbek |
Haftadagi dars soatlari: 4 |
||||||
|
1. |
Fanning nomi |
Auditoriya mashg’ulotlari (soat) |
Mustaqil ta’lim (soat) |
Jami yuklama (soat) |
|
|||
|
Bolalarni tasviriy faoliyatga o‘rgatish |
60 |
90 |
150 |
|
||||
|
2. |
Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarga maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyati haqida tushuncha; maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyatga o‘rgatish nazariyasi va texnologiyalari; maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyati turlari va o’ziga xosligi; rasm, loy, applikatsiya, qurish-yasash orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy ijodkorligini rivojlantirish; maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini rejalashtirish va tashkil qilish; maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy san’at asarlari bilan tanishtirish usullari; tasviriy faoliyat mashg’ulotlarida bolalarni maktabga tayyorlash; maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy qobiliyatni rivojlanganlik darajasini aniqlash kabi masalalar yoritilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini to’g’ri tashkil etish va o’tkazish texnologiyasini egallab boradilar. Fan bo’yicha talabalarni bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba: - maktabgacha yoshdagi bolalarga tasviriy faoliyatga o’rgatish texnologiyasining asoslarini; - maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyati haqida tushuncha; - maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyati nazariyasi va metodlari; - maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyati turlari va o’ziga xosligi; -rasm, loy, applikatsiya, qurish-yasash orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy ijodkorligini rivojlantirish; -maktabgacha yoshdagi bolalar tasviriy faoliyatining turlari, tasviriy faoliyatga o’rgatish metod va usullari to’g’risida bilimga ega bo’lishi; -maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini rejalashtirish va tashkil qilishni; - maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy san’at asarlari bilan tanishtirish usullari; -maktabgacha yoshdagi bolalar bilan tasviriy faoliyat mashg’ulotlarida ta’lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishni; -mashg’ulotdan tashqari vaqtlarda tasviriy faoliyatni tashkil qilish; -maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy qobiliyatni rivojlanganlikni aniqlashni bilishi, ko’nikma hosil bo’lishi; -tasviriy faoliyat mashg’ulotlarida bolalarni maktabga tayyorlash; -maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy qobiliyatni rivojlanganlik darajasini tashxislash usullari; -maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini o’tkazish va taxlil qilish malakaga ega bo’lishi kerak. II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari) II.1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-mavzu. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy qobiliyati va ijodkorligini rivojlantirish. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyati.Tasviriy qobiliyatlarni aniqlovchi tushuncha va rivojlantirish bosqichlari. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyatlarining o’ziga xos xususiyatlari. 2-mavzu. Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda tasviriy faoliyatning ahamiyati. Tasviriy faoliyat estetik tarbiyaning zaruriy vositasi sifatida. Bolalarni har tomonlama rivojlantirishda tasviriy faoliyatning ahamiyati. Tasviriy faoliyat badiiy madaniyat shakllanishining asosi. 3-mavzu. Tarbiyachining bolalarni tasviriy faoliyatga o’rgatish jarayonidagi o’rni. Zamonaviy pedogogning imidji. Tarbiyachining tasviriy faoliyat mashg’ulotlaridagi pedagogik va kasbiy mahorati. Tarbiyachining tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini tashkil qilishdagi kompetentligi. 4-mavzu. Tasviriy faoliyatga o`rgatishning maqsadi va dastur tamoyillari. Tasviriy faoliyatga o`rgatishning maqsadi. Dastur tamoyillari. Tevarak atrofni tasvirlash asosida bolalarning tasviriy faoliyati. 5-mavzu. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy faoliyat jarayonidagi idrokini rivojlanishi. Bolalar tasviriy faoliyatida idrok qilishning rivojlanishi. Predmetlarni kuzatish metodlari. Bolalarni idrok qilishiga rahbarlik. 6-mavzu.Tasviriy faoliyatga o`rgatishning metod va usullari. O`rgatishning ko’rgazmali metod va usullari. O`rgatishning og’zaki metod va usullari. O’yin orqali o’rgatish usullari. 7-mavzu. Tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini tashkil qilish. Tasviriy faoliyat mashg’ulot turlari. Maktabgacha ta’lim tashkilotida mashg’ulotlarni tashkil qilish. 8-mavzu. Mashg’ulotdan tashqari vaqtlarda tasviriy faoliyat. Bolalarda faollikni oshirish usullari. Mustaqil tasviriy faoliyat jarayoni. 9-mavzu.MTTda rasm mashg’ulotini tashkil qilish usullari Turli yoshdagi bolalar guruhida rasm mashg`ulotlarini tashkil qilish. Turli yoshdagi bolalar guruhida rasm mashg`ulotlarini tashkil qilish metodlari. 10-mavzu.Maktabgacha yoshdagi bolalarni applikatsiya ishlariga o’rgatish. Applikatsiya – amaliy san’at turi sifatida. MTTda applikatsiya turlari. Applikatsiya ishlari uchun ashyo va jihozlar. 11-mavzu.Maktabgacha ta’lim tashkilotida loy mashgulotlari. Loy va plastilindan o’yinchoqlar yasashning sensor asoslari. MTTning yosh guruhlarida bolalarni loy ishiga o’rgatish metodlari. 12-mavzu.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qurish-yasash. Maktabgacha yoshdagi bolalarni qurish-yasash faoliyatining o`ziga xosligi. MTTda qurish-yasash turlari. Bola shaxsini shakllanishida qurish-yasashning ahamiyati. 13-mavzu. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy san’at asarlari bilan tanishtirish usullari. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy san’at asarlari bilan tanishtirish usullari. Katta va tayyorlov guruh bolalarini rassomlar va san’at asarlari bilan tanishtirish. 14-mavzu. Turli yoshdagi bolalar guruhida tasviriy faoliyatni tashkil qilish. Turli yoshdagi bolalar guruhida tasviriy faoliyat mashg`ulotlarini tashkil qilish. Turli yoshdagi bolalar guruhida tasviriy faoliyat mashg`ulotlarini tashkil qilish metodlari. 15-mavzu. MTTda tasviriy faoliyat mashg’ulotlari jihozlariga qo’yilgan talablar. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy qobiliyatlarini, ijodkorligini rivojlanganlik darajasini aniqlash. MTTda tasviriy faoliyat mashg’ulotlari jihozlari. Turli yoshdagi bolalar guruhida tasviriy faoliyat mashg’ulotlari uchun jihozlar tayyorlash. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy qobiliyatlarini,ijodkorligini rivojlanganlik darajasini aniqlash usullari. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijodkorligini rivojlanganlik darajasini aniqlovchi testlar. III. Amaliy va mashg’ulotlari bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar Amaliy mashg’ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi: 1-Mavzu: Bolalarni har tomonlama rivojlantirishda tasviriy faoliyatning ahamiyati. 2-Mavzu: Tasviriy qobiliyatlarni aniqlovchi tushuncha. 3-Mavzu: Tasviriy faoliyat turlari. 4-Mavzu: Tevarak-atrofni tasvirlash asosida bolalarning tasviriy faoliyati. 5-Mavzu: Tasviriy faoliyatni o`rgatishning metod va usullari. 6-Mavzu: Tasviriy faoliyat va o’yin. 7-mavzu: Mustaqil tasviriy faoliyatning mazmuni. 8-mavzu: MTTda tasviriy sa’nat asarlari bilan tanishtirish. 9-Mavzu: Maktabgacha ta’limda rasm mashg’uloti. 10-Mavzu: MTTda aplikatsiya turlari. 11-Mavzu: Loy va plastilindan o’yinchoqlar yasashning sensor asoslari. 12-Mavzu: Bola shaxsini shakllanishida qurish-yasashning ahamiyati. 13-Mavzu: MTTda tasviriy faoliyat mashgulotlari jihozlari. 14-Mavzu: Zamonaviy pedagogning imidji. 15-Mavzu: MTTda tasviriy qobiliyatlarni, ijodkorlikni rivojlantirish bo’yicha ishni tashkil etishga ma’sul bo’lgan shaxslar. IV.Mustaqil ta`lim va mustaqil ishlar. 1.Tasviriy qobiliyatlarni anshuyuvchi tushuncha.Tasviriy qobiliyatlarini rivojlantirish bosqichlari. 2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy faoliyatlarining o’ziga xos xususiyatlari. 3. Zamonaviy pedagogning imidji. Tarbiyachining tasviriy faoliyat mashg’ulotlaridagi pedagogik va kasbiy mahorati. 4. Tarbiyachining tasvirii faoliyat mashgulotlarini tashkil qilishdagi kompetentligi. 5. Tasviriy faoliyat turlari. Bolalarni har tomonlama rivojlantirishda tasviriy faoliyatning ahamiyati. 6. Tasviriy faoliyatga o’rgatishning maksadi. Dastur tamoyillari.Tevarak atrofii tasvirlash asosida bolalarning tasviriy faoliyati. 7. Bolalar tasviriy faoliyatida idrok kilishning rivojlanishi. Bolalarni idrok qilishiga rahbarlik. 8. O’rgatishning kurgazmali metod va usullari. O’rgatishning ogzaki metod va usullari. O’yin orqali o’rgatish usullari. 9. Tasviriy faoliyat mashgulot turlari. Mashgulotlarni tashkil kilish. Mashgulotdan tashqari vaqtlarda tasviriy faoliyat. 10. Katta guruhda bolalarni rasm chizishga o’rgatish metodlari. Maktabga tayyorlov guruhda bolalarni rasm chizishga o’rgatish metodlari. Turli yoshdagi bolalar guruhida rasm chizishga o’rgatish metodlari. 11. Bolalarni noan’anaviy ashyolar va texnik usullar yordamida rasm chizish texnikasiga o’rgatish. 12. Loy va plastilindan o’yinchoklar yasashning sensor asoslari. Loy va plastilindan o’yinchoklar yasash mashgulotlarida bolalar ijodkorligini rivojlantirish. Ilk yosh guruhda bolalarni loy ishiga o’rgatish metodlari. 13. O’rta guruhda bolalarni loy ishiga o’rgatish metodlari. Katta guruhda bolalarni loy ishiga o’rgatish metodlari. Maktabga tayyorlov guruhda bolalarni loy ishiga o’rgatish metodlari. 14. Turli yoshdagi bolalar guruhida loy ishiga o’rgatish metodlari. MTTning turli yosh guruhlarida bolalarni loy ishiga o’rgatish metodlari. 15. Applikatsiya – amaliy san’at turi sifatida. MTTda applikatsiya turlari. Applikatsiyaga o’rgatishning vazifalari. Ilk yosh guruhda bolalarni applikatsiyaga o’rgatish metodlari. 16. O’rta guruhda bolalarni applikatsiyaga o’rgatish metodlari. Katta guruhda bolalarni applikatsiyaga o’rgatish metodlari. 17. Maktabga tayyorlov guruhda bolalarni applikatsiyaga o’rgatish metodlari. Turli yoshdagi bolalar guruhida applikatsiyaga o’rgatish metodlari. 18. Maktabgacha yoshdagi bolalarni qurish-yasash faoliyatining o’ziga xosligi. MTTda qurish-yasash turlari. 19. Bola shaxsini shakllanishida qurish-yasashning ahamiyati. MTTning turli yosh guruhlarida qurish-yasashga o’rgatish metodlari. 20. Ilk yosh guruhda bolalarni qurish-yasashga o’rgatish metodlari. O’rta guruhda bolalarni qurish-yasashga o’rgatish metodlari. 21. Katta guruhda bolalarni qurish-yasashga o’rgatish metodlari. Turli yoshdagi bolalar guruhida qurish-yasashga o’rgatish metodlari. 22. Mustaqil tasviriy faoliyatning mazmuni. Mustaqil tasviriy faoliyatga raxbarlik qilish. 23. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni tasviriy san’at asarlari bilan tanishtirish usullari. 24. Rasm, loy, applikatsiya va qurish – yasash ishlarining o’yin bilan bogliqligi. 25. Rasm, loy, applikatsiya va qurish – yasash ishlarining boshqa mashgulotlar va faoliyat turlari bilan bog’liqligi. 26. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy qobiliyatlarini, ijodkorligini rivojlantirish monitoringini olib borish. 27. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy qobiliyatlarini rivojlantirish. 28. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijodkorligini rivojlanganlik darajasini aniklovchi testlar. 29. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat mashgulotlari jihozlari. Tasviriy faoliyat mashgulotlari jihozlariga qo’yiladigan talablar. 30. Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida tasviriy faoliyatning boshqa faoliyat turlari va mashg`ulotlar bilan bog`liqligi. 31. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy san`at asarlari bilan tanishtirish. 32. O`rta guruhda bolalarni applikatsiyaga o`rgatish. 33. Tayorlov guruhlarida bolalarni applikatsiyaga o`rgatish. 34. Bola shaxsini shakllnishida qurish-yasashning ahamiyati. 35. Maktabgacha ta`lim tashkilotlarining turli yosh guruhlarida qurish –yasashga o`rgatish metodlari. 36. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijodkorligini rivojlanganlik darajasini aniqlash. 37. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy qobiliyatlarini rivojlantirish. 38.Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy qobiliyatlarini, ijodkorligini rivojlantirish monitoringini olib boorish. 39. Tasviriy faoliyat-MTTda bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishning bir qismi sifatida. 40. Haykaltaroshlik va uning xususiyatlari. 41.Tarbiyachining tasviriy faoliyat mashg’ulotlaridagi pedagogik va kasbiy mahorati. 42. MTTda tasviriy qobiliyatlarni, ijodkorlikni rivojlantirish bo’yicha ishni tashkil etishga ma’sul bo’lgan shaxslar. 43. Mudira, uslubchi, tarbiyachi faoliyati. 44. Tasviriy faoliyat mashg’ulotlarida bolalarni maktabga tayyorlash. 45. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy qobiliyatlarini, ijodkorligini rivojlanganlik darajasini aniqlash. |
|
||||||
O'xshash dasturlar
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Pedagogika
62 937 500 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Koreys tili
24 384 000 so'm
yiliga
Jizzax davlat pedagogika universiteti
O'zbek tili va adabiyoti
11 250 000 so'm
yiliga
Osiyo xalqaro universiteti
Maktabgacha ta’lim
17 000 000 so'm
yiliga
Qo‘qon Davlat Universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili
—
Qo‘qon Davlat Universiteti
Maxsus pedagogika (logopediya)
—