WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti

Defektologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

 

Fan/modul kodi

NOR16MBK

O‘quv yili

2024-2025

Semestr

     1-2

ECTS - Kreditlar

                 6,4

Fan/modul turi

Majburiy

Ta’lim tili

O‘zbek/rus

Haftadagi dars soatlari

6

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama

(soat)

Maxsus pedagogikaning klinik asoslari

75,60

105,60

300

2.

І. Fanning mazmuni.

          Fanni o‘qitishdan maqsad Mazkur fan dasturi  talabaning shu fan bo‘yicha egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalari minimumi aniqlangan ya’ni imkoniyati cheklangan bolalardagi nuqsonlarning kelib chiqish sabablari va bola psixik va jismoniy rivojlanishiga ta’siri, inson organizmining umumiy tuzilishi va turli nuqsonlar mavjud bo‘lgandagi holati, bosh miya va asab tizimi faoliyati, ko‘rish, eshitish va nutq sensorlarining faoliyati, fiziologiyasi va patologiyasi, ulardagi turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari va inson umumiy va ma’lum xususiyatlari rivojiga ta’siri kabi masalalarni o‘rganishdan iborat.

          Fanni o‘qitish vazifasi - Maxsus pedagogikaning klinik asoslari fani,  uning pedagogik fanlar tizimida tutgan o‘rni, boshqa fanlar bilan aloqasi haqida bilimlarga ega bo‘lishi kerak.

                           ІІ.  Nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)

ІІ.І. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:

I SEMESTR

 

l-mavzu. Maxsus pedagogikaning klinik asoslari” fanining maqsad va vazifalari.

“Maxsus pedagogikaning klinik asoslari fanining  maqsad va vazifalari. Uning maxsus pedagogik fanlar tizimida tutgan o‘rni, boshqa fanlar bilan aloqasi haqida ma’lumotlar beriladi.

   2-mavzu. Nevrologiya va nevropatologiya haqida umumiy  tushunchalar.

Nevrologiya fani haqida umumiy tushuncha. Nevrologiya fanining rivojlanish tarixi va bugungi holati. Maxsus pedagogika sohasidagi o‘rni va ahamiyati. Nevropatologiya haqida umumiy tushuncha. Uning rivojlanish tarixi va bugungi holati.  Bolalar nevrologiyasi va nevropatologiyasi haqida ma’lumotlar beriladi.

3-mavzu. Inson bosh miyasi anatomiyasi, fiziologiyasi va patologiyasi.

Inson bosh miyasining tuzilishi. Uning fiziologik xususiyatlari. Bosh miya patologiyasining asosiy ko‘rinishlari. Bosh miya patologiyasining inson psixik va jismoniy salomatligiga ta’siri haqidagi tushunchalar beriladi.

 4-mavzu. Inson bosh miyasi postlog‘i. Inson bosh miya asablari anatomiyasi, fiziologiyasi va patologiyasi.

Inson bosh miyasi postlogining tuzilishi. Uning patologiyasi. Zararlanish sindromlari va inson salomatligiga tasiri haqidagi ma’lumotlar beriladi. Bosh miya 12 juft asablarining tuzilishi. Ularning fiziologik xususiyatlari. Patologiyasining asosiy ko'rinishlari va inson salomatligiga tasiri haqida ma’lumotlar beriladi.

5-mavzu. Inson koordinatsion va ekstrapiramidal tizimi. Inson harakatlanish tizimi.

Inson koordinatsion tizimi anatomiyasi. Inson ekstrapiramid tizimi anatomiyasi. Mushaklar koordinatsiyasining asosiy xususiyatlari ochib beriladi. Inson harakatlanish tizimi anatomiyasi. Harakatlanish tizimlari patologiyasi va inson salomatligiga tasiri haqida ma’lumotlar beriladi.

6-mavzu. Inson reflektor tizimi. Inson sezgi organlari  anatomiyasi va fiziologiyasi.

Inson refiektor tizimi haqida urnumiy tushunchalar. Reflektor tizimlari patologiyasi va inson salomatligiga tasiri haqida tushuntiriladi. Insonda sezgi organlari tizimi va vazifalari. Ularning tuzilishi. Sezgi organlari patologiyasi va kasalliklar etiologiyasi haqida ma’lumotlar beriladi.

           7-mavzu.Inson oliy asab tizimini tadqiq qilish metodlari.

Inson asab tizimi tashxisi.Bosh miya asablari (BMA)ni tekshirish usullari.  Hidlashni tekshirish usullari.Eshitishni tekshirish usullari.  Bosh miyaning aralash asablarini tekshirish usullari

 

8-mavzu.Gipertoniya. Markaziy nerv sistemasining asosiy

buzilishlari.

Harakat funksiyalarining buzilishi. Bolalar serebral falaji. Harakat buzilishlarin'mg sindromlari .Spastik diplegiya.

9-mavzu.  Psixopotologiya haqida tushuncha.

Psixopotologiya haqida tushuncha.Psixik patologiyalarning kechishi.Psixik patalogiyalar profilaktikasi.

10-mavzu. Ruhiy kasallikning sabablari.

Nevrotik sindromlar. Affektiv sindrom. Affektiv (emotsional) sindromlar Gallyusinator - vasvasa (paranoye) sindromlar.Ruhiy kasallik profilaktikasi.

 

11-mavzu.Ruhiy rivojlanishi susaygan bolalar va differensial diagnostika masalalari

О‘zlashtira olmaslik va aqlizaiflik. Astenik holat (jismoniy zaiflik). Uyg‘unsiz rivojlanish (ba 'zi bir malakani eplay olmaslik). Uyg‘unsiz rivojlanish (ba 'zi bir malakani eplay olmaslik).

                            12-mavzu.Anomal rivojlanishning asosiy sabablari

Anomal rivojlanishning asosiy sabablari. Bosh miya nervlari.Anomaliyalarning turlari. Asosiy psixopatolgik simptomlar. Idrok etish. Idrok etishn'mg buzilishi. Psixosensor buzilishlar. Metamorfopsiyalar. Illyuziyalar.

13-mavzu. Aqli zaiflikning klinik shakllari.

Endokrin sistemasi buzulishidagi oligofreniya.Demensiya (aqli zaiflikning keyinchalik paydo bo’lishi.Amovratik aqli zaiflik.

 

14-mavzu. Oligofrenaning rivojlanishini o'rganishning zamonaviy bosqichi

Miya  morfologiyasining  xususiyatlari. Oligofreniyaning rivojlanishi. Oligofrenaning o’rganishning zamonaviy bosqichlari. Oligofreniyaning etiologiyasi.

             15-mavzu. Rossiyada revolyutsiyagacha aqli zaiflikni o'rganish

Rossiyada ruhiy kasalliklarning rivojlanishi. Chet ellarda aqli zaiflikning mazmuniga oid boigan bir qator nazariya va qarashlar.

          16-mavzu. Inson eshitish analizatori anatomiyasi va fiziologiyasi.

Inson eshitish organlari tuzilishi va vazifalari. Eshitish organlari fiziologiyasi haqidagi ma’lumotlar beriladi.

17-mavzu.  Inson o‘rta quloq kasalliklari

  O‘rta quloqning o‘tkir yallig‘lanishi. Yosh bolalarda o‘tkir o‘rta otitning kechishi. Antrit haqida tushuncha. Mastoidit haqida tushuncha.

18-mavzu. Inson ichki quloq kasalliklari.

 Ichki quloq anomaliyasi haqida ma’lumot. Labirintit haqida tushuncha. Menyer kasalligining tavsifi.

19-mavzu. Inson eshitish organlari asosiy patologiyasi. Markaziy va pereferik xarakterga ega eshitish kamchiliklari.

Inson eshitish organlari patologiyasining asosiy korinishlari, turlari va darajalari hamda ularning inson salomatligiga tasiri haqida o‘rgatiladi. Eshitish analizatorining periferik qismi funksiyalarining buzilishi va kasalliklari, etiologiyasi.

20-mavzu.  Inson eshitish qobiliyatini o‘rganish metodlari. Yordamchi eshitish apparatlari.

Eshitish qobiliyatini zamonaviy tekshirish usullari. Nutq va kamertonlar bilan tekshirish. Audiometriya. Tashqi va nutqli audiometriya. Otoskopiya. Yordamchi eshitish apparatlarining tasnifi. Zamonaviy yordamchi eshitish apparatlari turlari va ularni tavsiya etish.

21-mavzu.Bolalar nutqining rivojlanishida ko'rish va eshitishning ahamiyati

Bolani erta fiziologik rivojlanishi to‘g‘risida ma’lumot.Nutqni rivojlanishi. Nutqni yuqolishi turi. Shartsiz reflekslar asosida tekshirish

 

22-mavzu. Inson nutq organlari haqida asosiy tushunchalar.

Inson nutqi haqida umumiy tushunchalar. Nutq organlari anatomiyasi va fiziologiyasi. Ovoz va nutqning hosil bo‘lishi. Nutq organlaridagi umumiy patologik buzilishlar sabablari va oqibatlari haqida tasavvurga ega bo‘linadi.

23-mavzu. Inson nutq organlari markaziy va pereferik tizimi.

Inson nutq organlari markaziy tizimi. Uning anatomiyasi va fiziologiyasi haqida ma’lumotlar beriladi.Inson nutq organlari periferik tizimi. Uning anatomiyasi va fiziologiyasi haqida ma’lumotlar beriladi.

24-mavzu.Inson nutqi nuqsonlarini o‘rganish metodlari

Sistemali nutq buzilishlariga ta’rif. Alalik bolalarning kliniko—pedagogik—psixologik tavsifi.  Afaziyali bolalarning kliniko—pedagogik-psixologik tavsifi.

25-mavzu.Nutqida nuqsoni bor bolalar rivojlanishining psixo-fiziologik xususiyatlari

Nutqida nuqsoni bor bolalarning psixik xususiyatlari. Nutqida nuqsoni bor bolalarda diqqat. Nutqida nuqsoni bor bolalarda xotira va tafakkur.

        26-mavzu. Inson korish analizatori anatomiyasi va fiziologiyasi.

Inson korish analizatorlari tizimi. Korish qobiliyati haqida umumiy tushuncha. Insonda ko'rishning o' ziga xos xususiyatlari haqida so‘z boradi.

27-mavzu. Inson ko‘rish nuqsonlarining etiologiyasi. Inson korish analizatori patologiyasi.

Inson korish analizatorlari patologiyasi va kasalliklar kelib chiqish sabablari haqida fikr yuritiladi. Inson korish analizatorlari patologiyasi va kasalliklar turlari, shakllari hamda klinik ko‘rinishlari haqida ma’lumot beriladi.

28-mavzu.Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar fiziologik va psixologik rivojlanishi

Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarning umumiy rivojlanish xususiyatlari. Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar bilan olib boriladigan korreksion tadbirlar

                  29-mavzu. Inson korish qobiliyatini aniqlash metodlari.

Inson korish qobiliyatidagi nuqsonlarni organishning zamonaviy metodlari. Korishdagi nuqsonlarni o'rganish asosida tibbiy va pedagogik choralarni belgilash. Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar psixo-fiziologik  rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari. Ko‘zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalarning umumiy rivojlanish xususiyatlari. Ko'zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar bilan olib boriladigan tibbiy va pedagogik  tadbirlarning umumiy xususiyatlari

                             30-mavzu. Ko‘rish qobiliyati profilaktikasi.

Turli kasalliklarning asoratlari va jarohatlar oqibatlari sifatida ko'rish qobiliyatining yo'qolishi yoki sustlashuvi. Profilaktik va klinik tadbirlar bilan tanishtiriladi.

           

           III. Amaliy mashg’ulotlar bo‘yicha ko rsatma va tavsiyalar

Amaliy mashg'ulotlarni tashkil etish boyicha ko'rsatma va tavsiyalar

  1. “Maxsus pedagogikaning klinik asoslari” fanining maqsad va vazifalarini “Brifing” metodi yordamida yoritish.
  2. “Maxsus pedagogikaning klinik asoslari” fanining maqsad va vazifalarini Keys texnologiyasi, SAN texnologiyasi, Aqliq hujum va boshqa interfaol metodlar yordamida ochish.
  3. Nevrologiya va nevropatologiya haqida umumiy  tushunchalarni muammoli va shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar yordamida ochish.
  4. Nevrologiya va nevropatologiya haqida umumiy  tushunchalarni “Tushunchalar tahlili”, T-jadval, Kalit kabi interfaol metod yordamida izohlash.
  5. Inson bosh miyasi anatomiyasi, fiziologiyasi va patologiyasini og‘zaki bayon etish.
  6. Inson bosh miyasi postlog‘ini kichik guruhlarda loyihalash.
  7. Inson bosh miya asablari anatomiyasi, fiziologiyasi va patologiyasi “Klaster” metodi yordamida yoritish.
  8. Inson asab tizimini tadqiq qilish metodlarini amaliy mashqlarda bajarish.
  9. Inson koordinatsion va ekstrapiramidal tizimi “BBB texnologiya”sida yoritish. 10. Inson harakatlanish tizimini og‘zaki bayon etish.

11. Inson reflektor tizimini “Brifing” metodi yordamida izohlash.

12. Inson sezgi organlari  anatomiyasi va fiziologiyasini “Klaster” metodi orqali yoritish.

13. Eshitish analizatorlari tizimi. Tovush va uning xususiyatlari.

14. Inson eshitish organlari asosiy kamchiliklarini tasniflash. Eshitish organlari fiziologiyasi haqidagi ma’lumotlarni T-jadval, idrok xaritada aks ettirish.

15.Inson eshitish organlari patologiyasining asosiy korinishlari, turlari va darajalari bo‘yicha aqliy hujum va kichik guruhlarning Jamboardda ish faoliyati.

16. Markaziy va periferik xarakterga ega eshitish kamchiliklarini tasniflash.

17. Inson eshitish qobiliyatini o‘rganish metodlarini kichik guruhlarda loyihalash.

18. Yordamchi eshitish apparatlari yuzasidan taqdimot tayyorlash.

19. Inson nutq organlari haqida asosiy tushunchalarni og‘zaki bayon etish.

20. Nutq organlaridagi umumiy patologik buzilishlar sabablari va oqibatlarini KEYS texnologiyasi, “Issiq kartoshka” metodi orqali ochish.

21. Inson nutq organlari markaziy tizimini “Klaster” metodi yordamida yoritish, keyslarni “Akvariumdagi baliqlar” metodi orqali yechimini topish.

22. Inson nutq organlari periferik tizimini “Klaster” metodi yordamida yoritish. Inson nutq organlari periferik tizimi patologiyasini kichik guruhlarda o‘quv loyihalash.

23. Inson korish analizatori anatomiyasi va fiziologiyasini og‘zaki bayon etish.

24. Inson korish analizatori patologiyasini qiyosiy jadvalda izohlash.

25. Inson ko‘rish nuqsonlarining etiologiyasini FSMU metodi yordamida yoritish.

26. Inson ko‘rish analizatorlari patologiyasi va kasalliklar turlari, shakllari hamda klinik ko‘rinishlari yuzasidan idrok xaritasini tuzish, kichik guruhlarning Jamboardda ish faoliyati.  

27. Inson korish qobiliyatini aniqlash metodlarini amaliy mashqlarda bajarish.

28. Ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolalar psixo-fiziologik  rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari haqidagi  videoroliklarning kichik guruhlarda taqdimoti.

29. Ko‘rish qobiliyati profilaktikasi yuzasidan esse yozish.

30. Alohida ehtiyojli bolalarning abilitatsiyasi va reabilitatsiyasini taqdimot tarzida yoritish.

31.Inson nutq organlari haqida asosiy tushunchalar

32.Inson nutq organlari markaziy va pereferik tizimi

33.Inson nutqi nuqsonlarini o‘rganish metodlari

34.Nutqida nuqsoni bor bolalar rivojlanishining psixo-fiziologik xususiyatlari

35.Inson korish analizatori anatomiyasi va fiziologiyasi.

36.Inson ko‘rish nuqsonlarining etiologiyasi. Inson korish analizatori patologiyasi.

37.Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar fiziologik va psixologik rivojlanishi

38.Inson korish qobiliyatini aniqlash metodlari.

                                IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar

       Mustaqil ta’limni baholash – bu talabalarning jamoaviy tartibda va yakka tartibda berilgan amaliy loyihalarni bajarishlari orqali amalga oshiriladi. Bunda har bir talabaga bitta jamoaviy loyiha va ikkita yakka tartibda bajariladigan loyiha beriladi. Talaba berilgan loyihaning maqsad va vazifalarini, mohiyatini tushungan holda qo‘yilgan masalani o‘rganib, izlanishlar olib boradi. Olingan natijalarni tahlil qilib, hulosalari bilan taqdimotlar tayyorlab himoya qiladi. Ishchi fan dasturida loyihalarning soni, mavzusi, mazmuni bajarish usullari va topshirish muddatlari to‘liq ochib beriladi.

                         V. Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:

1.Tanlangan mavzulariga oid milliy va xorijiy adabiyotlar bilan tanishish, ma’lumotlarni tahlil qilish, ro‘yxat va annotatsion-izohli jadval shakllantirish:

2.  OTM kutubxonasi, alisher navoiy nomidagi milliy kutubxonaga a’zo bo‘lish;

3.Elektron manzillar izlash va ro‘yxatini Qr-cod li shaklda jamlash;

4.Muayyan mavzular doirasida adabiyot, manbaalarni tanlash va  ro‘yxat tuzish hamda adabiyotlarni Qr-cod li shaklda jamlash;

5.Tanlangan adabiyot va manbaalarni o‘rganish, ma’lumotlarni tahlil qilish;

6.O‘rgangan ma’lumotlar asosida annotatsion-izohli jadval tuzish va  taqdimot qilish.

7.Fan bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma, malaka  va kompetensiyalarni integrativ namoyon etuvchi  kasbiy-amaliy yo‘naltirilgan yakka loyiha tayyorlash:

8.Fan yuzasidan mavzuni tanlash (qurra tashlash, kafedra  yoki o‘qituvchi taklif etgan boshqa shaklda)

9.Loyiha rejasini tuzish, modellashtirish;

10.Loyiha obyektini tanlash;

11.Tanlangan mavzu bo‘yicha adabiyotlarni izlash, o‘rganish, tahlil qilish; Loyihani amalga oshirish;

12.Mavzuga oid yetakchi tayanch tushunchalar  va nazariyalarni o‘rganish hamda shaxsiy xulosalarni shakllantirish;

13.Tanlangan mavzu bo‘yicha amaldagi test, savol va topshiriqlarni tahlil qilish, takomillashtirish, transformatsiyalash

14.Ispring, Canva, Kahoot, Prezi va boshqa dasturlardan foydalangan holda  savol va topshiriqlarni qayta ishlash;

15.Quiz bot  jomboard, miro va boshqa dasturlardan foydalangan holda  test, savol va topshiriqlarni ishlab chiqish;

16.Tanlangan mavzuni o‘rganish bo‘yicha 15 daqiqali video dars tayyorlash;

17.Loyiha bo‘yicha hisobotni Qr-kod shaklida topshirish.

18.Jamoaviy loyiha tayyorlash

19.Loyiha mavzusini tanlash (mustaqil, kafedra yoki pedagog  tomonidan taklif etilgan);

20.Loyiha rejasini tuzish va modellashtirish;

21.Loyiha obyektni tanlash va hamkorlarni belgilash;

22.Muammoga oid adabiyotlarni izlash va ma’lumotlarni tahlil qilish;

23.Loyihani amalga oshirish;

24.Loyihani joriy tuzatish va o‘zgarishlar bilan to‘ldirish;

25G‘oya, taklif, tavsiyalarni sinovdan o‘tkazish;

26.Loyihaning dastlabki  taqdimoti;

27.Loyihaning yakuniy matni va taqdimotini (planshet, maqola, videorolik yoki boshqa) tayyorlash;

28.Loyiha taqdimotini amalga oshirish;

29.Loyihani OTM saytida yoritish

30.Fanni o‘qitishga oid shaxsiy xulosalari asosida takliflar tayyorlash

3.

VI. Ta’lim natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)

Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:

-Maxsus pedagogikaning klinik asoslari” fanining tushunchasi, -         defektologiyaning klinik asoslari to' g' risidagi umumiy tushunchalar;

-  nevrologiya va nevropatologiya haqida umumiy tushunchalar;

-  inson bosh miyasi anatomiyasi va fiziologiyasi, bosh miya qobig'i;

-  inson bosh miyasi asablari tuzilishi va fiziologik xususiyatlari;

-  inson oliy asab tizimi faoliyati va uni tadqiq qilish metodlari; - inson oliy asab tizimi patologiyasi va kasalliklari etiologiyasi;

-  inson harakatlanish tizimi;

-  inson koordinatsion va ekstrapiramid tizimi;

-  inson reflektor tizimi, sezgi organlari fiziologiyasi va patologiyasi;

-  inson eshitish analizatorlari tizimi anatomiyasi va fiziologiyasi;

-  inson eshitish analizatorlari patologiyasi va kasalliklari etiologiya;   kar va zaif eshituvchi bolałar rivojlanishining psixo-fiziologik xususiyatlari;

-  inson ko'rish analizatorlari tizimi anatomiyasi va fiziologiyasi;

-  inson ko'rish analizatorlari patologiyasi va kasalliklar etiologiyasi;

-  ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi bolałar rivojlanishining psixo-fiziologik xususiyatlari;i amalga oshirish haqida tasavvurga ega bo‘lishi; (bilim)

- inson nutq organlari anatomiyasi va fiziologiyasi;

- inson nutq organlari patologiyasi va kasalliklar etiologiyasi;

-nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar rivojlanishning psixo-fiziologik xususiyatlari;

- bola rivojining psixik xususiyatlari;

- psixik buzilishlar sabablari va bola salomatligiga ta’siri;

- psixik rivojlanishi sust va aqli zaif bolalar rivojlanishning psixo-fiziologik xususiyatlari va ularni aniqlash metodlari haqida bilishi va ulardan foydalana olishi; (ko‘nikma).

-Tibbiy adabiyotlar va hujjatlardan foydalanish, egallagan bilimlarini defektologiya sohasiga oid boshqa bilimlarni o‘zlashtirishda, pedagogik amaliyot va keyinchalik amaliy kasbiy faoliyati jarayonida qo‘llay olish ko‘nikmalariga;

-imkoniyati cheklangan bolalar anamneziga oid ma’lumotlarni shakllantirish va reabilitatsiya va korreksion-pedagogik jarayonlarda ulardan samarali zamonaviy uslublarini qo‘llay olish haqida malakalarga ega bo‘lishi kerak

4.

 VII. Ta’lim texnologiyalari va metodlari:

  • ma’ruzalar;
  • interfaol keys-stadilar;
  • seminarlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar);
  • guruhlarda ishlash;
  • taqdimotlarni qilish;
  • individual loyihalar;
  • jamoa bo‘lib ishlash va hioya qilish uchun loyihalar

O'xshash dasturlar