WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Andijon viloyati Davlat Veb-sayt

14,322

Talabalar

42

Xorijiy talabalar

624

O'qituvchilar

6

Fakultetlar

28

Kafedralar

1931

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

Buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili  Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti Farg’ona vodiysidagi qadimiy ilm-fan va ta’lim maskanlaridan biri bo’lib o‘z tarixini 1931-yildan boshlgan.

Andijon davlat universitetida Filologiya, Kimyo va Biologiya, Tarix va ijtimoy fanlar, Fizika-Matematika-IT, Sport va Madaniyat, Huquq-Iqtisodiyot kabi 6 ta fakultet mavjud. Talabalar bakalavriat bosqichini tamomlagach o’z ilmiy faoliyatini univeritetda tashkil etilgan magistratura mutaxassisliklari hamda ixtisoslik boʻyicha tayanch doktorantura va doktoranturada davom ettirishlari mumkin.

Bugungi kunda talabalarni o’z iqtidorlarini kashf etishlari uchun universitetda Talabalar teatr studiyasi, Raqamli texnologiyalar markazi, Qayta tiklanuvchi energiya manbalari labarotoriyasi, Robototexnika va su’niy intelekt markazi, Coworking zone, Texnopark tashkil etilgan. Talabalarni madaniy dam olishlari uchun esa muntazam tarzda Breyn-ring o’yinlari, musiqiy festivallar, sport musobaqalari, tarixiy shaharlarga hamda yozgi oromgohlarga sayoxatlar muntazam tashkil etiladi.

Universitetning moddiy-texnik bazasi tobora mustahkamlanib bormoqda. Zamonaviy axborot-resurs markazlari, kompyuter xonalari, talabalar turar joylari, oshxonalar, kafelar, ochiq va yopiq sport maydonlari, suzish xovzalari taxsil olayotgan talabalarga xizmat ko’rsatib kelmoqda. Universitet infratuzilmasi talabalar uchun qulay sharoit va muhitni yaratadi.

Andijon davlat universiteti dunyodagi 30 dan ortiq davlatning 100 dan ortiq universitetlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, ulardan 83 tasi bilan faol akademik va ilmiy hamkorlik to’g’risida ikki tomonlama shartnomalar imzolangan.

Kasbiy yutuqlar almamatrasi bo’lgan ushbu universitet zamonaviy jamiyatning turli sohalari uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab kelmoqda. O’qishni muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilar turli xalqaro, davlat va nodavlat tashkilotlarda, oliy, o’rta va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida, xususiy korxonalarda faoliyat olib bormoqda va jamiyat rivoji uchun o’z xissalarini qo’shib kelmoqdalar.

Xorijiy talabalar uchun

Andijon davlat universiteti xorijiy talabalar uchun qulay ta’lim, yashash va madaniy muhitni yaratishga alohida e’tibor qaratadi. Universitetning asosiy maqsadi – xorijiy talabalar uchun xalqaro standartlarga mos ta’lim muhitini shakllantirish va ularning O‘zbekistonda samarali o‘qish hamda yashashlari uchun barcha zarur imkoniyatlarni yaratishdir.

  • Zamonaviy o‘quv binolarida ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida ta’lim oladilar;
  • Ingliz, rus va o‘zbek tillarida o‘qitiladigan dasturlarda tahsil olish imkoniyatiga ega;
  • Talabalar turar joylari bilan ta’minlanadi – yotoqxonalar barcha zarur maishiy sharoitlarga ega (Wi-Fi, oshxona, kutubxona, sport zallari va dam olish xonalari bilan);
  • Universitetning “Xalqaro hamkorlik bo’limi” ularning o‘qish, hujjatlashtirish va kundalik masalalarida amaliy yordam ko‘rsatadi;
  • Xorijiy talabalar uchun madaniy moslashuv dasturlari, til kurslari va talabalar klublari faoliyat yuritadi;
  • Universitet muntazam ravishda xalqaro festivallar, sport musobaqalari, ijtimoiy loyihalar va madaniy tadbirlarni tashkil etadi.

Xorijiy fuqarolarni Andijon davlat universitetiga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi 'Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 169-sonli Qarori asosida amalga oshiriladi. Qaror bilan bu yerda tanishish mumkin.

Andijon davlat universitetiga kirish uchun xorijiy fuqarolari quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

  • rektor nomiga yozilgan ariza;
  • pasport nusxasi;
  • agar mavjud bo‘lsa, so‘nggi viza va ro‘yxatga olish hujjatining nusxasi;
  • ta’lim to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi 
  • chet tilini bilish sertifikati, agar mavjud bo‘lsa;
  • 3.5x4.5 (8 ta) fotosurat

Xalqaro hamkorlik

Andijon davlat universiteti xalqaro hamkorlikni barcha ishtirokchilar – xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy markazlar va xalqaro tashkilotlar bilan teng huquqlilik, o‘zaro manfaat va hurmat tamoyillari asosida rivojlantirib boradi.

Universitetning xalqaro faoliyati rivojlanish strategiyasi, dasturiy maqsadlariga muvofiq tarzda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, u global ta’lim hamjamiyatida Andijon davlat universitetining nufuzini oshirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy va akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun Andijon davlat universiteti xozirda AQSh, Italiya, Portugaliya, Daniya, Ozarbayjon, Belorussiya, Ispaniya, Malayziya, Eron, Tojikiston, Qozog‘ston, Janubiy Koreya, Latviya, Rossiya, Qirg‘iziston, Pokiston, Turkiya oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari hamda institutlari bilan o‘zaro talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirilmoqda, hamkorlikda xalqaro ilmiy anjumanlar, forumlar va simpoziumlar tashkil etilib kelinmoqda.

Til kurslari

O'zbek tili

Rus tili

Ingliz tili

Talabalar uchun imkoniyatlar

Kasbiy yutuqlar almamatrasi bo’lgan Andijon davlat universiteti zamonaviy jamiyatning turli sohalari uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab kelmoqda. O’qishni muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilar turli xalqaro, davlat va nodavlat tashkilotlarda, oliy, o’rta va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida, xususiy korxonalarda faoliyat olib bormoqda va jamiyat rivoji uchun o’z xissalarini qo’shib kelmoqdalar.
Andijon davlat universiteti shoir va yozuvchi, “Faxriy nishon” ordeni sovrindori Saida Zunnunova, Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari Muhammadqodir Abdullayev, Hasanboy Do‘stmatov, Ruslan Nuruddinov va boshqalar kabi bitiruvchilari bilan faxrlanadi.

Fakultetlar

Farg‘ona vodiysida filolog kadrlarga bo‘lgan talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda 1936 yilda Andijon davlat kechki pedagogika institutida o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash uchun baza yaratila boshlandi. 1939 yilda Andijon davlat o‘qituvchilar institutining kunduzgi va sirtqi bo‘limlariga talabalar qabul qilindi. 1992 yil 28 aprelda Andijon davlat pedagogika instituti bazasida Andijon davlat universitetini tashkil qilinishi munosabati bilan qator struktur o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, tarix, filologiya fakulteti bazasida ikkita – tarix va filologiya fakultetlari tashkil qilindi.

Universitet maqomi berilgach, yangi ta’lim yo‘nalishlari ochildi. Jumladan, bu o‘rinda jurnalistika, sharqshunoslik mutaxassisliklari bevosita fakultet faoliyatiga taalluqlidir. Shu bilan bog‘liq ravishda fakultet ma’lum muddat “O‘zbek filologiyasi va jurnalistika”, “O‘zbek filologiyasi va sharqshunoslik” kabi nomlar bilan ham yuritildi.

Filologiya fakulteti nafaqat universitet miqyosida, balki respublikadagi oliy ta’lim muassasalari ichida katta ilmiy potensialga ega bo‘lgan, o‘zbek tilshunosligi, o‘zbek adabiyotshunosligi ilmida katta ilmiy maktab yaratgan fakultetdir. Fakultetdagi jamoatchilik, tashkiliy, tarbiyaviy, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy faoliyatning yanada yuksalishida, rivojlanishida birinchi navbatda, fakultetda faoliyat yuritayotgan 15 nafar fan doktorlari, 40 ga yaqin fan nomzodlari (PhD), 5 nafar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda 1 nafar O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zolari, qolaversa tashkilotchi rahbar, bugungi kunda fakultet dekani sifatida faoliyat yuritib kelayotgan filologiya fanlari doktori, professor Rahmonov Bahodir Mamajonovichning xizmatlari beqiyos.

Bugungi kunda fakultetda 4 ta mutaxassislik kafedralari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bular quyidagilar: o‘zbek tilshunosligi, o‘zbek adabiyotshunosligi, rus filologiyasi hamda ingliz filologiyasi kafedralari.

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti tarkibida 2025-yil tuzilma o‘zgarishlariga muvofiq, ilgari alohida faoliyat yuritgan Matematika va mexanika, Fizik va texnika, IT injeneringi fakultetlari birlashtirilib, ularning negizida Fizika-matematika va IT fakulteti tashkil etildi. Ushbu tuzilma islohoti ta’lim jarayonini integratsiyalash, fanlararo aloqalarni kuchaytirish va zamonaviy raqamli iqtisodiyot ehtiyojlariga mos mutaxassislar tayyorlash maqsadida amalga oshirildi.

So‘nggi yillarida fakultet faoliyati yanada kengayib, o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalar, raqamli ta’lim vositalari, innovatsion dasturlar joriy etildi.

Hozirda fakultet tarkibida 6 kafedra, fizika, mexanika va matematik modellashtirish, matematika, amaliy matematika, kompyuter injeneringi, axborot tizimlari va texnologiyalari, axborot xavfsizligi, dasturiy injiniring, sun’iy intelekt, texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari yo‘nalishlari mavjud. Fakultetda jami 130 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradi. Ulardan 8 nafari fan doktori, 43 nafari fan nomzodi yoki falsafa doktori ilmiy darajasiga ega hisoblanib, ilmiy izlanishlar olib borish, o‘quv-uslubiy adabiyotlar yaratish va iqtidorli talabalarni olimpiadalarga tayyorlash bilan shug‘ullanadilar. O‘quv jarayonlari zamonaviy laboratoriyalar, kompyuter sinflari, elektron ta’lim platformalari va axborot resurslari asosida tashkil etilgan.

Ularning o‘quv jarayoniga dual ta’lim tizimi joriy etilgan bo‘lib, talabalar nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirgan holda ishlab chiqarish korxonalarida tajriba orttirmoqdalar. Ushbu tizim yosh mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini oshirish va mehat bozoriga moslashuvchan kadrlar yetishtirishga xizmat qilmoqda. Fizika-matematika va IT fakulteti bugun o‘zida an’anaviy ilmiy maktablarni va zamonaviy texnologik yondashuvlarni uyg‘unlashtirgan holda, yurtimiz taraqqiyoti uchun intellektual salohiyatli, raqobatbardosh va zamonaviy mutaxassislarni yetishtirib berish yo‘lida izchil faoliyat olib bormoqda.

Fizika-Matematika-IT fakultetida 2300 nafardan ziyod talaba tahsil olmoqda va Respublika hamda xalqaro miqyosdagi olimpiadalar hamda tanlovlarda yuqori natijalar ko‘rsatib kelmoqdalar.

Kimyo va biologiya fakulteti tabiiy fanlar bo'yicha ta'lim dasturlarini taklif etadi. Kimyo, biologiya, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida mutaxassislar tayyorlaydi. Ta'lim jarayoni fundamental nazariy bilimlarni atrof-muhitni muhofaza qilishda amaliy qo'llash bilan birlashtirgan ko'p tarmoqli yondashuvga asoslangan.

O'quv dasturi fundamental biologik va kimyoviy tadqiqotlardan tortib amaliy ekologik fanlargacha bo'lgan keng ko'lamli ixtisoslashuvlarni qamrab oladi. Nazariy asosni rivojlantirish va amaliy laboratoriya ko'nikmalarini egallashni o'z ichiga olgan holda, kasbiy kompetentsiyalarni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratiladi. Bitiruvchilar ta'lim tizimida, ilmiy-tadqiqot institutlarida, atrof-muhitni muhofaza qilish agentliklarida va turli sohalarda ishlashga tayyorlanadi.

Andijon davlat universitetining tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti gumanitar va ijtimoiy fanlar bo'yicha keng ko'lamli oliy ta'lim dasturlarini taklif qiluvchi yirik ilmiy-tadqiqot va o'quv markazidir. Uzoq yillik akademik an'analar va keng ilmiy-tadqiqot tajribasiga ega bo'lgan fakultet tarix, psixologiya, sotsiologiya, pedagogika va ijtimoiy ish bo'yicha mutaxassislarni professional tayyorlash uchun sharoit yaratadi.

Fakultet professor-o'qituvchilari tarkibida ko'plab fan doktorlari (DSc) va falsafa doktorlari (PhD) darajalariga ega bo'lgan yuqori malakali mutaxassislar mavjud. Biz jahon va milliy tarix, arxivshunoslik va muzeyshunoslik kabi fundamental sohalarni, shuningdek, ijtimoiy ish, sotsiologiya va psixologik-pedagogik amaliyot kabi zamonaviy amaliy mutaxassisliklarni qamrab oluvchi bakalavr va magistratura dasturlarini taklif etamiz.

Fakultetdagi o'quv jarayoni chuqur nazariy tayyorgarlikni amaliy tadqiqot ko'nikmalari bilan birlashtiradi. Talabalar tegishli akademik loyihalarda ishtirok etish imkonini beruvchi ixtisoslashtirilgan dissertatsiya kengashlarini o'z ichiga olgan rivojlangan tadqiqot infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatiga ega. Fakultetimiz bitiruvchilariga ta'lim, davlat boshqaruvi, tadqiqot, ijtimoiy himoya va madaniy va tarixiy meros obyektlarini boshqarish sohalarida talab katta.

Andijon davlat universitetining Huquq va iqtisodiyot fakulteti bugungi global va raqamli iqtisodiyotning qiyinchiliklariga tayyor raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan dinamik rivojlanayotgan ko'p tarmoqli markazdir. Fakultet zamonaviy bozor talablariga muvofiq keng ko'lamli modernizatsiyadan o'tdi, XX asr o'rtalarida shakllangan uzoq yillik akademik an'analarni zamonaviy ta'lim texnologiyalari bilan birlashtirdi.

Fakultet iqtisodiyot, menejment, huquq va geografiya kesishmasida keng ko'lamli bakalavr va magistratura dasturlarini taklif etadi. Ta'lim dasturlari quyidagi asosiy yo'nalishlarni qamrab oladi:

• Iqtisodiyot, moliya va raqamli texnologiyalar: O'quv dasturlari yetakchi xalqaro universitetlar standartlariga moslashtirilgan va makro va mikroiqtisodiyot, korporativ moliya, fintech, bank ishi va raqamli iqtisodiyot asoslarini o'rganishni o'z ichiga oladi.

• Zamonaviy menejment va turizm: Innovatsion menejment, raqamli boshqaruv, inson resurslarini boshqarish, shuningdek, mehmondo'stlik sanoati va xalqaro turizm bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash.

• Huquqiy va ma'naviy-axloqiy ta'lim: Ushbu dastur huquqiy madaniyat, fuqarolik ishtiroki va qonun ustuvorligi bilan boshqariladigan demokratik jamiyat qurish uchun zarur bo'lgan pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan.

• Geografiya va geografik axborot tizimlari (GIS): Tabiiy va iqtisodiy geografiya, gidrologiya va kartografiyani zamonaviy raqamli fazoviy tahlil usullari va geografik axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o'rganish.

O'quv jarayoni aniq amaliyotga yo'naltirilgan. Talabalar ishlab chiqarish korxonalarida, bank va moliya muassasalarida, sayyohlik kompaniyalarida, mehmonxona majmualarida, shuningdek, davlat va xususiy tashkilotlarda amaliyot o'taydilar. Fan doktorlari va falsafa doktorlari (PhD) kabi kuchli professor-o'qituvchilar tufayli huquq va iqtisodiyot fakulteti xalqaro abituriyentlarga yuqori sifatli ta'lim beradi va xalqaro biznes, davlat boshqaruvi, konsalting va ilmiy tadqiqotlar sohasida keng martaba istiqbollarini ochadi.

Andijon davlat universitetining sport va madaniyat fakulteti dinamik ta'lim va ijodiy markaz bo'lib, san'at, musiqa va jismoniy tarbiya bo'yicha keng ko'lamli dasturlarni taklif etadi. Fakultet turli madaniyat, badiiy va sport sohalarida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun boy milliy an'analarni zamonaviy ta'lim usullari bilan uyg'unlashtiradi.

Fakultetning yuqori malakali professor-o'qituvchilari, jumladan, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar va fan doktori ilmiy darajasiga ega bo'lganlar tadqiqotlar, nashrlar, milliy va xalqaro ko'rgazmalar va tanlovlarda faol ishtirok etadilar.

Talabalar ixtisoslashtirilgan studiyalarda, sport inshootlarida va madaniyat muassasalarida amaliy mashg'ulotlardan o'tib, kelajakdagi faoliyati uchun zarur tajriba orttiradilar. Fakultet bitiruvchilari ta'lim, madaniyat, sport tashkilotlari, dizayn studiyalari va ijrochilar sifatida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishga tayyor bo'lib, jamiyatning madaniy va sport rivojlanishiga hissa qo'shadilar.

Ta'lim yo'nalishlari

Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti) 70230502 Magistr
Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (kimyo) 70530104 Bakalavr
Arxivshunoslik 60320300 Bakalavr
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi 60611300 Bakalavr
Biologiya (fan yo‘nalishi bo‘yicha) 70510101 Magistr
Biologiya (turlari bo‘yicha) 60510100 Bakalavr
Dasturiy injiniring 60610400 Bakalavr
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60710400 Magistr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili 60230100 Bakalavr
Fizika 60530500 Bakalavr
Folklorshunoslik va shevashunoslik 60230900 Magistr
Geografiya 60530200 Bakalavr
Geografiya 70530201 Magistr
Inson resurslarini boshqarish 60411000 Bakalavr
Iqtisodiyot 60310100 Bakalavr
Kimyo (fan yo‘nalishi bo‘yicha) 70530101 Magistr
Kimyo (turlari bo‘yicha) 60530100 Bakalavr
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) 60610100 Bakalavr
Lingvistika (rus tili) 70230101 Magistr
Matematika 60540100 Bakalavr
Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha) 70540101 Magistr
Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish 61010100 Bakalavr
Menejment 60410800 Magistr
Mexanika va matematik modellashtirish 60530600 Bakalavr
Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish 70310107 Magistr
Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha) 70710411 Bakalavr
Muzeyshunoslik (turlari bo‘yicha) 60212100 Bakalavr
O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish. 60820100 Bakalavr
Professional ta’lim nazariyasi va metodikasi (mutaxassisliklar bo‘yicha) 70112401 Magistr
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari 60712100 Magistr
Rangtasvir (turlari bo‘yicha) 60210500 Bakalavr
Sotsiologiya 60310400 Bakalavr
Sport faoliyati (basketbol) 61010201 Bakalavr
Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) 60220300 Bakalavr
Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha) 70220301 Magistr
Turizm va mehmondo‘stlik 61010100 Bakalavr
Yarim o‘tkazgichlar fizikasi 70530905 Magistr

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Psixologiya

Bakalavr 4 yil uz

15 000 000 so'm

yiliga

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish

Magistr 2 yil uz

12 100 000 so'm

yiliga

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha)

Magistr 2 yil uz

15 000 000 so'm

yiliga

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Professional ta’lim nazariyasi va metodikasi (mutaxassisliklar bo‘yicha)

Magistr 2 yil uz

12 100 000 so'm

yiliga

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi

Bakalavr 4 yil uz

12 100 000 so'm

yiliga

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili

Bakalavr 4 yil ru

15 000 000 so'm

yiliga

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Biologiya (turlari bo‘yicha)

Bakalavr 4 yil uz

15 000 000 so'm

yiliga

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Folklorshunoslik va shevashunoslik

Magistr 2 yil uz

12 100 000 so'm

yiliga

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Turizm va mehmondo‘stlik

Bakalavr 4 yil uz

15 000 000 so'm

yiliga

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Sport faoliyati (basketbol)

Bakalavr 4 yil uz

12 100 000 so'm

yiliga

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha)

Magistr 2 yil uz

15 000 000 so'm

yiliga

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti

Axborot xavfsizligi

Magistr 2 yil uz

15 000 000 so'm

yiliga

Mashhur bitiruvchilar

Mullajonov Rustamjon Vaxobjonovich

2006-yilda amaliy matematika va informatika yo'nalishi bo'yicha magistrlik darajasini olgan Mullajonov Rustamjon Vaxobjonovich hozirda Qo‘qon universitetining Akademik boshqaruv departamentiga rahbarlik qilib kelmoqda.

Xolbutayev Gayratbek Oybek o‘g‘li

Xolbutayev Gayratbek Oybek o‘g‘li 2017-yilda Filologiya va til o'qitish (rus tili va adabiyoti) magistratura dasturini tamomlagan. Hozirda Qo‘qon universitetida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda.

Axmedov Botirjon Ravshanovich

2012-yilda Lingvistika (oʻzbek tili) magistratura dasturini tamomlagan Axmedov Botirjon Ravshanovich hozirda Qoʻqon universitetining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor lavozimida ishlab kelmoqda.

Hasanboy Ma’rufjon oʻgʻli Doʻsmatov

Mashhur oʻzbek professional bokschisi, ikki karra Olimpiya chempioni (2016 va 2024) va ikki karra jahon chempioni Hasanboy Ma’rufjon oʻgʻli Doʻsmatov 2018-yilda Andijon davlat universitetining Sport fakultetini jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodologiyasi boʻyicha magistrlik darajasini oldi. U hozirda jahon sahnasida oʻzining shonli faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda va amaldagi WBA xalqaro super engil vazn toifasidagi chempionlik kamarini qoʻlga kiritmoqda.

Talabalar fikri

Abduraxmanov Muxammadali Abdulazizovich

"Men, 1-kurs talabasi Abduraxmanov Muxammadali Abdulazizovich (Rossiya Federatsiya fuqarosi), Andijon davlat universitetiga kirganimdan juda mamnunman. Universitetda zamonaviy ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilgan, o‘qituvchilarimiz bilimli va doimiy yordamga tayyor. Talabalar uchun kutubxona, kompyuter xonalari va sport inshootlari mavjud. Darsdan tashqari ko‘plab to‘garaklar va tadbirlar orqali o‘z ustimizda ishlash imkoniyatimiz bor. Andijon davlat universiteti menga katta imkoniyatlar eshigini ochdi, bu yerda o‘qiyotganimdan faxrlanaman."