Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti
Turizm va mehmondo‘stlik
Dastur haqida
61010500 – Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili
“Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili” xizmat ko‘rsatish sohalari uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga mo’ljallangan va hozirgi davrda eng zarur bo’lgan ta’lim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu ta’lim dasturida talabalar 4 yil davomida eng yangi va zarur bo’lgan fanlarni o’zlashtirgan holda ko’plab nazariy va amaliy ko’nikmalarga ega bo’ladilar. O’qishni muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilar turli xil xalqaro tashkilotlarda, davlat va nodavlat muassasalarda, ommaviy axborot vositalarida, oliy, o’rta va o’rta maxsus ta’lim tashkilotlarida va xususiy korxonalarda quyidagi yo’nalishlarda faoliyat olib borishlari mumkin:
- ekskursiya bo‘linmasi marketing rejasi va dasturini ishlab chiqish, tannarx strategiyasini belgilash;
- og‘zaki izchil tarjima va sinxron tarjima masalalari, tarjimashunoslik, lingvistikaga oid ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish;
- gid hamrohlik istiqbolini belgilash;
- mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan ilmiy va tarjimonlik sohalariga doir usullar, uslublarni ishlab chiqish;
- turistlar va ekskursantlarni turistik resurslar bilan tanishtirish;
- tarjima tizimini tashkillashtirish bilan bog‘liq kompleks masalalarni yechish;
- tashkiliy boshqaruv;
- muharrirlik, tarjimonlik qilish;
- turagentlik faoliyati bilan shug’ullanish;
- umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining mos ta’lim muassasalarida pedagoglik faoliyat olib borish.
|
Biz bilan Siz turizm va tarjimonlik sohasida muvaffaqiyatli karyera uchun zarur bo’lgan nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lasiz. Tajribali professor-o’qituvchilarimiz Sizning salohiyatingizni oshirishga va yetuk mutaxassis bo’lishingizga yordam beradi. O’z sohangizning professionali bo’lish imkoniyatini qo’ldan boy bermang – hoziroq bizning ta’lim dasturimizga ariza topshiring qo'shiling! |
Mazkur ta’lim dasturida Siz 8 semestr (4 yil) davomida jami 240 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan:
Auditoriya mashg’ulotlari: 6300 soat
Malakaviy amaliyot: 780 soat
Bitiruv malakaviy ishi: 500 soat
|
O’quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
112 |
1 – 8 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish |
|
Malakaviy va pedagokik amaliyot |
13 |
4,6,8 |
|
|
Attestatsiya |
22 |
1 – 8 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
3 |
8 |
|
|
Ta’tillar |
38 |
1 – 8 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
8 |
1 – 8 |
|
|
Jami |
196 |
|
|
Qo’shimcha izoxlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi;
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar turistlik markazlari, muzeylar, tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi;
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Turizm va mehmondo‘stlik
13 000 000 so'm
yiliga
Buxoro innovatsiyalar universiteti
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
16 000 000 so'm
yiliga
Termiz davlat universiteti
Turizm va mehmondo‘stlik
9 372 500 so'm
yiliga
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Turizm va mehmondo‘stlik
24 000 040 so'm
yiliga
Oriental universiteti
Turizm va mehmondo‘stlik
18 000 000 so'm
yiliga
Oriental universiteti
Turizm va mehmondo‘stlik
16 000 000 so'm
yiliga