Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili
Dastur haqida
60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili
|
Til va adabiyot sohasida mutaxassis bo'lishni xohlaysizmi? |
|
Unda “Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili” ta’lim yo’nalishi bo'yicha bakalavr dasturimiz Siz uchun juda mos keladi! |
Ushbu ta'lim yo’nalishidagi talabalar 4 yillik o’qish davomida zamonaviy rus tili olamiga sho’ng’ishadi, uning fonetikasi, leksikologiyasini o’rganadilar, shuningdek, adabiyot va tilshunoslik olamiga kirib boradilar.
Ta’lim dasturi zamonaviy jamiyat uchun filologiya sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Kasbiy faoliyat, shu jumladan o'qituvchilik sohasidagi amaliyot rus tilini o’qitish usullarini o’zlashtirishga qaratilgan. Bundan tashqari, ushbu dastur bo’yicha talabalar o’qish davomida notiqlik, og’zaki va yozma muloqot, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha ko'nikmalarga ega bo’ladilar.
Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagandan bitiruvchilar turli talim muassasalarida rus tili o’qituvchisi, davlat organlari xodimlari, ta’lim, madaniyat va boshqaruv muassasalarining ilmiy xodimlari, ilmiy adabiyotlar nashriyoti ilmiy muharriri, ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy xodimlari, shuningdek, turli xil matnlar bilan ishlash bo’yicha mutaxassislar sifatida ishlashlari mumkin.
|
Ta’lim – muvaffaqiyat kaliti! Bizning dasturimizga qo’shiling va rus tili va adabiyoti sohasida mutaxassis bo’ling! |
Mazkur ta’lim dasturida Siz 8 semestr (4 yil) davomida jami
240 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi.
Jumladan:
Auditoriya mashg’ulotlari: 6420 soat
Malakaviy amaliyot: 360 soat
Bitiruv malakaviy ishi: 420 soat
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
115 |
1 – 7 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish |
|
Malakaviy amaliyot |
19 |
6,8 |
|
|
Attestatsiya |
21 |
1 – 7 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
5 |
8 |
|
|
Ta’tillar |
39 |
1 – 8 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
5 |
1,3,5,7 |
|
|
Jami |
204 |
|
|
Qo‘shimcha izohlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi;
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi;
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Metrologiya va standartlashtirish
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Tarix
—
Farg‘ona davlat universiteti
Agronomiya
8 973 800 so'm
yiliga
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
O‘zbek tili va adabiyoti
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
Lingvistika. Rus tilini chet tili sifatida o‘qitish nazariyasi va metodikasi va madaniyatlararo muloqot
24 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
44.03.01 Pedagogik ta’lim. Chet tili
24 000 000 so'm
yiliga