WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Buxoro davlat universiteti

Buxoro viloyati Davlat Veb-sayt

19,121

Talabalar

60

Xorijiy talabalar

728

O'qituvchilar

8

Fakultetlar

34

Kafedralar

1930

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

Buxoro davlat universiteti — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan 1992-yil 15-martda Buxoro pedagogika instituti (1930) negizida tashkil etilgan. Universitetda 8 ta fakultet (Fizika-matematika va axborot texnologiyalari, Tabiiy fanlar va agrobiotexnologiya fakulteti, Tarix va yuridik fakulteti, Xorijiy tillar fakulteti, Iqtisodiyot va turizm fakulteti, Filologiya fakulteti, San’atshunoslik va pedagogika fakulteti, Jismoniy tarbiya va sport fakulteti), til markazlari, 34 ta kafedralar, ixtisoslashtirilgan akademik litsey, gimnaziya mavjud. , tayyorlash kurslari, kutubxona (nodir qoʻlyozma va toshbosma asarlar bilan), botanika bogʻi, planetariy, kompyuter markazlari, test markazlari, universitet tarixi Arxeologik yodgorliklar, muzeylar, treninglar, sport mashgʻulotlari, sport majmualari, oʻquv va tarbiyaviy ish klublari. Aspirantura, magistratura va doktorantura mavjud. Bundan tashqari, Buxoro davlat universiteti Italiya, Ispaniya, Fransiya, Polsha, Germaniya va AQSH kabi mamlakatlarning turli universitetlari bilan akademik hamkorlikni yoʻlga qoʻygan.

 

Xorijiy talabalar uchun

Hozirgi kunda xorijlik talabalar ehtiyojidan kelib chiqib, Buxoro davlat universitetida o‘zbek tili, rus tili, yapon tili, koreys tili va xitoy tili bo‘yicha maxsus til kurslari tashkil etilgan.

Mazkur kurslar xorijlik abiturientlarga dastlab til bilimini mustahkamlash, akademik muhitga moslashish va tanlangan yo‘nalish bo‘yicha o‘qishga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.

Kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilar universitetda mavjud ta’lim dasturlaridan o‘zlariga mosini tanlab, o‘qishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

 

Xalqaro hamkorlik

Buxoro davlat universiteti 40 dan ortiq davlatlarning 300 dan ortiq yetakchi oliy ta’lim muassasalari va tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Ushbu hamkorliklar doirasida BuxDU professor-o‘qituvchilari va xorijiy hamkorlar ishtirokida qo‘shma tadqiqotlar, ilmiy loyihalar, seminar-treninglar hamda akademik almashinuv dasturlari amalga oshirib kelinmoqda. Shuningdek, BuxDUning 20 ga yaqin tadqiqotchisi dunyoning top-1000 talik reytingidan joy olgan oliy ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. 2025-yilda universitetning 113 nafar talabasi Erasmus+, DAAD va UGRAD kabi xalqaro almashinuv dasturlari asosida grantlarni qo‘lga kiritib, dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari va tadqiqot markazlarida stajirovka hamda malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, 2025-yilda universitetga 80 nafardan ortiq xorijlik professor-o‘qituvchilar uzoq va qisqa muddatli asosda talabalar uchun ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tish maqsadida jalb etildi.

Til kurslari

Buxoro davlat universitetida ta’lim jarayoni asosan o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. Xorijiy talabalar tanlangan ta’lim yo‘nalishiga qarab ushbu tillarda tahsil olish imkoniyatiga ega. Shuningdek, universitetning Xorijiy tillar fakultetida ingliz, fransuz, nemis, koreys, rus, tojik va boshqa tillar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi.

Talabalar uchun imkoniyatlar

🎓 Buxoro davlat universitetiga xush kelibsiz! 🎓
Sizni Buxoro davlat universitetida akademik muvaffaqiyat sari boshlaganingiz bilan tabriklaymiz! Hayotingizning ushbu qiziqarli bobini boshlaganingizda, o'qishingizda muvaffaqiyat qozonish va muvaffaqiyatga erishish uchun barcha vositalar va resurslarga ega bo'lishingizni istaymiz. Buxoro davlat universitetida biz har bir talaba o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishi mumkin bo‘lgan qo‘llab-quvvatlovchi va inklyuziv ta’lim muhitini yaratishga intilamiz. Siz bakalavriat yoki magistratura bosqichida o'qiyotgan bo'lsangiz ham, biz sizni tanlagan sohangizda muvaffaqiyatga tayyorlaydigan boy va to'laqonli ta'lim tajribasi bilan ta'minlashga intilamiz.

Fakultetlar

Fakultet jamoasi faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanda rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarori, 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli Qarori, 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli Qarori va 2019-yil 8-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmonlari hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda olib borilmoqda.

Fakultet faoliyati oliy ta’lim, umumiy o’rta ta’lim hamda ijtimoiy soha uchun zarur bo’lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan. Fakultet Buxoro davlat oliy pedagogika instituti tarkibida 1930-yil tashkil etilgan. Hozirgi kunda fakultetda 84 nafar professor-o’qituvchi ishlaydi. Fakultetda bugungi kunda 1294 nafar talaba tahsil olmoqda.

ILMIY-TADQIQOT VA TA’LIM SOHASIDAGI HAMKORLIK
1) O‘zbekiston Milliy universiteti;
2) Samarqand davlat universiteti;
3) O‘zRFA “Akademasbob” ilmiy tekshirish instituti;
4) Navoiy davlat pedagogika instituti;
5) Nizomiy nomidagi TDPI;
6) O‘zRFA “Kibernetika” instituti;
7) O‘zRFA “Matematika” instituti;
8) O‘zRFA “Energetika va avtomatika” instituti;
9) Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.

ILMIY-TADQIQOT SOHASIDAGI XALQARO HAMKORLIK
1) Bonn universiteti (Germaniya);
2) Berlin texnika universiteti (Germaniya);
3) Bern universiteti (Shveysariya);
4) Rim universiteti (Italiya);
5) Moskva davlat universiteti (Rossiya);
6) Novosibrsk davlat universiteti (Rossiya);
7) Malayziya texnika universiteti (Malayziya).

FAKULTETDA ERISHILGAN YUTUQLAR

Fakultetda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlari, monografiya, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va ishlanmalar hamda o‘qitiladigan fanlarning o‘quv-uslubiy majmualarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratilgan. Yaratilgan elektron majmualar Buxoro davlat universitetining axborot resurslari markazi, ZiyoNet tarmog‘i va fakultet web-saytiga joylashtirib borilmoqda. Professor-o‘qituvchilar tomonidan oxirgi 3 yilda 2 ta darslik, 3 ta monografiya, 4 o‘quv qo‘llanma, 21 o‘quv-usuliy qo‘llanma, 100 dan ortiq maqola va tezislar chop etildi. Xususan, 2018-yilda professor-o‘qituvchilar tomonidan impakt faktorga ega xorijiy jurnallarda 5 ta ilmiy maqola nashr qilinib, universitet reytingiga munosib hissa qo‘shildi. Mazkur yillarda fakultetda 1 ta xalqaro va 3 ta Respublika miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil qilindi. Fakultetda iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 1-1MAT-15-guruh talabasi Z.E.Mustafoyeva 2018-yilda Ulug‘bek nomli Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi. Fakultetning Matematika ta’lim yo‘nalishi  iqtidorli talabalaridan tashkil topgan jamoa 2018-yil 28-30-oktabr kunlari Urganchda bo‘lib o‘tgan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida al-Xorazmiy nomli yosh matematiklarning Xalqaro olimpiadasi”da ishtirok etib, jamoa a’zosi Sobir Boymurodov “Xalqaro olimpiada faxriy yorlig‘i” bilan taqdirlandi.

 

Fakulteti tarixi haqida ma’lumot:

Fakultet jamoasi faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, Respublikamiz Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga amal qilgan holda ish olib bormoqda. Fakultet faoliyati oliy ta’lim, professional ta’lim, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda qishloq xo’jaligi va qayta ishlash sohalari uchun zarur bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.Buxoro davlat universiteti rektorining 2019-yil 3-sentyabr 817-SH buyrug‘iga asosan “Tabiiy fanlar”  fakulteti  ikkiga ajratilib “Tabiy fanlar” va “Agronomiya va biotexnologiya”fakulteti sifatida tashkil etildi. Agronomiya va biotexnologiya fakulteti Buxoro davlat universitetidagi peshqadam jamoalardan biri sifatida faoliyat ko`rsatmoqda va unga 2020-yil fevral oyidan b.f.d., prof. Artikova Hafiza To’ymurodovna boshchilik qilmoqda. Hozirgi kunda fakultetda 4 ta kafedra faoliyat olib boradi: "Botanika va o’simliklar fiziologiyasi" kafedrasi, "Zoologiya va umumiy biologiya" kafedrasi, "Biotexnologiya va oziq ovqat xavfsizligi" kafedrasi, "Agronomiya va tuproqshunoslik" kafedrasi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:

1. 60710200-Biotexnologiya (tarmoqlar bo`yicha)
2. 60811300-Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari boʻyicha)
3. 60810700-Agrokimyo va agrotuproqshunoslik
4. 60810900-Agronomiya(dehqonchilik mahsulotlari turlari bo'yicha)
5. 60811000-Oʻsimliklar karantini va himoyasi
6. 60812000-Issiqxona xo`jaligini tashkil etish va yuritish
7. 60812100-Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi
8. 60820100-O’rmonchilik va aholi yashash joylarini ko’kalamzorlashtirish
9. 60830100-Suv bioresurslari va akvakultura
10. 60510100-Biologiya
11. 60811800-Mevachilik va uzumchilik
12. 60811900-Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik
13. 60811000-O`simliklarni himoya qilish  (ekin turlari bo`yicha)

Magistratura ta’lim mutaxasisliklari:

1. 70810901-Agronomiya
2. 70510101-Tuproqshunoslik (tadqiqot turi bo’yicha)
3. 70811301-Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari bo’yicha) 70510101-Biologiya (fan yo’nalishlari bo’yicha)

Ilmiy-tadqiqot va ta’lim sohasidagi hamkorlik:

1) O‘zbekiston Milliy universiteti;

2) Samarqand davlat universiteti;

3) O‘zRFA “Zoologiya” instituti;

4) Navoiy davlat pedagogika instituti;

5)Samarqand davlat veterenariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali

6) Guliston davlat universiteti;

7)Urganch davlat universiteti;

8) Toshkent davlat agrar universiteti;

9) Buxoro Varnet Issiqxona akademiyasi.

10) Buxoro Agroklaster Mchj

Ilmiy-tadqiqot sohasidagi xalqaro hamkorlik:

1) Tyumen davlat universiteti (Rossiya);

2) Moskva davlat universiteti (Rossiya);

3) Novosibrsk davlat universiteti (Rossiya);

4) Qozon federal universiteti (Rossiya);

5) Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (Rossiya);

6) Qozog’iston milliy agrar tadqiqot universiteti (Qozog’iston)

7) Pragadagi tabiiy fanlar instituti

Fakultetda erishilgan yutuqlar:

Fakultet qoshida CHLORELLA Excel group masuliyati cheklangan jamiyati, BukhSU scientific Biotechnology unitar korxonasi, Fermerlar kengashi, Paxtachilik markazlari tashkil etilgan.  Ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlari, monografiya, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va ishlanmalar hamda o‘qitiladigan fanlarning o‘quv-uslubiy majmualarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratilgan. Yaratilgan elektron majmualar Buxoro davlat universitetining axborot resurslari markazi, ZiyoNet tarmog‘i va fakultet web-saytiga joylashtirib borilmoqda. Professor-o‘qituvchilar tomonidan oxirgi 3 yilda 6 ta darslik, 10 ta monografiya, 10 ta o‘quv qo‘llanma, 18 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 100 dan ortiq maqola va tezislar chop etildi. Xususan, 2021-2023-yilda professor-o‘qituvchilar tomonidan impakt faktorga ega xorijiy jurnallarda 20 ta ilmiy maqola nashr qilinib, universitet reytingiga munosib hissa qo‘shildi. Mazkur yillarda fakultetda 1 ta xalqaro va 3 ta Respublika miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil qilindi. Fakultetda iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 13.3-18-guruh talabasi Atoyeva Dilsora Odilovna 2021-yilda Prezident Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.

Tarix va yuridik fakulteti. 
Tarix fakultetining tashkil etilishi Buxoro davlat pedagogika instituti (hozirgi BuxDU) ochilgan 1930 yil bilan bir vaqtga to‘g‘ri keladi. Fizika–matematika, Ximiya–biologiya, Filologiya, Tarix va jamiyatshunoslik kabi to‘rt bo‘lim ish boshlagan. Institutga  qabul qilingan ilk qaldirg‘ochlar talabalarning bir qismi tarixchi talabalar edi. 1934 yilda “Tarix va jamiyatshunoslik” bo‘limi bazasida mustaqil Tarix fakul’teti tashkil etildi. Fakultetning asosiy maqsadi tarix va jamiyatshunoslik fanlari bo‘yicha o‘rta maktablari uchun o‘qtuvchilar tayyorlash etib belgilandi. Fakultet faoliyatining birinchi yillari, VKP (b) tarixi, SSSR tarixi, Komintern tarixi, umumiy tarix, filosofiya, va pedagogika fanlari o‘qitildi.
1960 yillarning o‘rtalariga qadar Tarix fakulteti qoshida Qarshi va Termiz filiallari faoliyat ko‘rsatib, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining o‘rta, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari uchun ham ko‘plab mutaxassislar yetkazib berdi.
Tarix va madaniy meros fakulteti 2018 yil 5 aprelda Tarix fakulteti negizida tashkil etilgan. 2019 yil 1 avgustdan Jo‘rayev Jamshed Rahmatilloyevich fakultet dekani lavozimida ishlab kelmoqda.
2022 yil avgust oyida Buxoro davlat universiteti Ilmiy Kengashi qarori bilan Tarix va yuridik fakulteti nomiga o’zgartirildi.  Fakultet tarkibida 5 ta kafedra: Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi, Jahon tarixi kafedrasi, Yurisprudensiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi, Islom tarixi va manbashunosligi, falsafa kafedrasi va Psixologiya va sotsiologiya  kafedrasi mavjud bo‘lib, 11 ta ta’lim yo‘nalishi va 7 ta magistratura mutaxassisliklari faoliyat ko‘rsatmokda. Jami 2000 ga yaqin talaba faoliyat ko‘rsatab kelmoqda. 
Buxoro davlat universiteti Tarix va Yuridik (Tarix va madaniy meros) fakultetida  11 ta bakalavriyat va 7 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha yo‘nalishlar mavjud:

Jumladan, 
Bakalavriat:
1.Tarix (jahon mamlakatlari bo‘yicha),
2.Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari, huquq  ta’limi (Faqat 4-bosqich talabalari mavjud)
3.Arxeologiya, 
4.Tarix (islom tarixi va manbashunosligi),
5.Ijtimoiy ish (oila va bolalar bilan ishlash) 
6.Yurisprudensiya (faoliyat turlari buyicha)
7.Siyosatshunoslik
8.Sosiologiya
9.Psixologiya (Oila psixologiyasi)
10.Psixologiya (Amaliy psixologiya)

Magistratura:
1.Tarix (yo‘nalishlar va mamlakatlar bo‘yicha) 
2.Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqotlar usullari 
3.Etnografiya, etnologiya va antropologiya 
4.Arxeologiya 
5.Islom tarixi va manbashunosligi 
6.Advokatura
7.Psixologiya (Umumiy psixologiya)

Ilmiy-tadqiqot va ta’lim sohasidagi hamkorlik:
O‘zbekiston Milliy universiteti;
Samarqand davlat universiteti;
Navoiy davlat pedagogika instituti;
Nizomiy nomidagi TDPI;
O‘zRFA “Arxeologiya” instituti;
O‘zRFA “Tarix” instituti;
O‘zRFA “Falsafa” instituti;
Buxoro muhandislik texnologiyasi instituti.
Ilmiy-tadqiqot sohasidagi xalqaro hamkorlik:
Moskva davlat universiteti (Rossiya);
Janubiy Federal Universiteti (Rossiya);
Kazan Federal Universiteti (Rossiya) ;
Novosibrsk davlat universiteti (Rossiya);
Tomsk Federal Universiteti (Rossiya) ;
Sank-Peterburg davlat universiteti (Rossiya);
Malayziya texnika universiteti (Malayziya).
Turkiyaning Anqara, Istambul, Rajab Tayib universiteti;
Misrning Al-Azhar, Ayn-Shams, Qoxira hamda Tanta universitetlari
Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti 

Fakultetda erishilgan yutuqlar: Fakultetda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlari, monografiya, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va ishlanmalar hamda o‘qitiladigan fanlarning o‘quv-uslubiy majmualarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratilgan. Yaratilgan elektron majmualar Buxoro davlat universitetining axborot resurslari markazi, ZiyoNet tarmog‘i va fakultet veb-saytiga joylashtirib borilmoqda. Professor-o‘qituvchilar tomonidan oxirgi 3 yilda 10 ta darslik, 30 ta monografiya, 20 o‘quv qo‘llanma, 30 o‘quv-usuliy qo‘llanma, 150 dan ortiq maqola va tezislar chop etildi. 
Mazkur yillarda fakultetda 5 ta xalqaro va 10 ta Respublika miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil qilindi. 
Fakultetda iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
2019-2022 yillarda 4 ta Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi. 

Fakultet jamoasi faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanda rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarori, 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli Qarori, 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli Qarori va 2019-yil 8-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmonlari hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda olib borilmoqda.
Fakultet faoliyati oliy ta’lim, umumiy o’rta ta’lim hamda ijtimoiy soha uchun zarur bo’lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan. Fakultet Buxoro davlat oliy pedagogika instituti tarkibida 1930-yil tashkil etilgan. Buxoro davlat universiteti tarkibidagi Xorijiy tillar fakulteti ilk faoliyatini 1962-yilda Chet tillar kafedrasi baʼzasida boshladi. 1967-yilda Chet tillar fakultetida pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Y.Gulkarov dekanlik lavozimini ingliz, nemis va fransuz tillari kafedralari kesimida faoliyat yuritdi.
Hozirga qadar fakultetda ilmiy salohiyat yildan yilga oshib talabalar va bitiruvchilar auditoriyasi kengaymoqda. 


Bugungi kunda fakultetda 157 nafar professor-o‘qituvchi 5 ta kafedrada faoliyat olib bormoqda:
1. Ingliz tilshunosligi
2. Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik
3. Fransuz filologiyasi
4. Nemis filologiyasi
5. Fakultetlaro chet tillar kafedrasi
Shuningdek, fakultetda 5 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishida:
1) filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz, fransuz, nemis tillari;
2) xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili;
3) tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz, fransuz, nemis tillari;
4) maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til: ingliz tili;
5) gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz, fransuz, nemis tillari;
hamda 5 ta magistratura:
1) lingvistika (ingliz tili)
2) lingvistika (fransuz tili)
3) adabiyotshunoslik (ingliz tili)
4) qiyosiy tilshunoslik va lingvistik tarjimashunoslik
5) lingvistika (nemis tili)
bo‘yicha jami 2000 dan ortiq talaba tahsil oladi. 
Ilmiy-tadqiqot sohasidagi xalqaro hamkorlik:


Barchaga ma’lumki, bugungi kunda yurtimizda xorijiy davlatlar bilan aloqalarni yanada rivojlantirish va kengaytirish maqsadida chet tillarga bo‘lgan talab tobora oshmoqda va OTMlarda chet tillarni o‘qitish tubdan takomillashtirilmoqda. 
Fakultet Amerika elchixonasi, Amerika kengashi, Britaniya kengashi, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Alyans Fransuz til o‘rganish markazi, Belgiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Amerikaning Kembridj, Oksford,  Vebster, Oregon, Texas OTM lari,  Angliyaning London metropoliten, Vestminster universitetlari, Germaniyaning Gyote va Myunster universitetlari, Fransiyaning Fransua Rable, Turin, Sarbonna-4, Sarbonna-9, Grenobl Alp universitetlari, Gyote instituti, Hindistonning Dehli universiteti, Turkiyaning Istanbul universiteti, DAAD kabi xorijiy OTM va tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida qator say-harakatlar bilan o‘z faoliyatini olib bormoqda.
Fakultetda xorijiy tillar doirasida yangidan-yangi bakalavr hamda magistratura ta’lim yo‘nalishlarini ochish, xorijiy OTM lar bilan aloqalarni yanada mustahkamlash orqali, Xalqaro va respublika miqyosdagi ilmiy-amaliy, ilmiy-nazariy, ma’naviy-ma’rifiy tadbir, anjuman, vebinar, forum, kongress, seminar-treninglarning yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish singari, shuningdek, talabalar va prfessor-o‘qituvchilarning ta’lim berish sifatini oshirish va yaxshilash maqsadida fakultet jozibadorlini tobora oshirish uchun islohotlar ijrosi sifatida o‘z faoliyatini samarali kengaytirmoqda. Fakultet xorijiy OTM lar bilan hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘ygan. Xorijiy mehmonlar va delegatsiyalar hamda OTM larda faoliyat olib borayotgan yuqori malakali va ilmiy darajali professor-o‘qituvchilarni  universitetga taklif qilgan holda xalqaro hamkorlik aloqalarni mustahkamlab kelmoqda.
2020-yil 5-mart kuni Xorijiy tillar fakultetida Hindiston elchixonasi, Toshkentdagi Javaxarlal Neru nomidagi Hindiston madaniyat markazi homiyligida Hindiston madaniyati xonasi tashkil etildi.


Ilmiy-tadqiqot va ta’lim sohasidagi hamkorlik:
1) O‘zbekiston Milliy universiteti;
2) Samarqand davlat universiteti;
3) O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
4) Navoiy davlat pedagogika instituti;
5) Nizomiy nomidagi TDPI;
6) Samarqand davlat chet tillar instituti
Fakultetda erishilgan yutuqlar:


Fakultetda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlari, monografiya, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va ishlanmalar hamda o‘qitiladigan fanlarning o‘quv-uslubiy majmualarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratilgan. Yaratilgan elektron majmualar Buxoro davlat universitetining axborot resurslari markazi, ZiyoNet tarmog‘i va fakultet web-saytiga joylashtirib borilmoqda. 
Fakultetda iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 2022-2023-o‘quv yilida 11-2 chi 19 guruh talabasi Hamidova Iroda, joriy 2023-2024-o‘quv yilida Xorijiy til va adabiyot yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Askarova Nafisa hamda  Filologiya va tillarni o‘qitish ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Yo’ldosheva Niginabonular Navoi nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.

Xorijiy tillar fakultetida Ingliz tilshunosligi, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik, Nemis filologiyasi, Fakultetlararo chet tillar va Fransuz filologiyasi mavjud. 

 

Ingliz tilshunosligi kafedrasi


Ingliz tilshunosligi kafedrasida 2023 yil universitet reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha Dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi OTMlarida ma’ruzalar (seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar, treninglar) o‘tkazish  14 ta, Hisob yilida fan doktori (DSc) ilmiy darajasini yoki professorlik unvoni olgan professor-o‘qituvchilar 1 nafar, Hisob yilida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini yoki dotsentlik unvonini olgan professor-o‘qituvchilar 4 nafar,  Xalqaro ko‘rsatkichlarga ko‘ra professor-o‘qituvchilarning ilmiy maqolalariga («Web of Science», «Scopus» , Google Scolar yoki boshqa xalqaro e’tirof etilgan bazalarda mavjud bo‘lgan jurnallar bo‘yicha) iqtiboslar soni 5958 ta, Xalqaro («Web of Science», «Scopus» va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK ro‘yxatidagi) ilmiy jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar 131 ta. Shulardan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xalqaro OAK ro‘yxatiga kiritilgan jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar 80 ta, Respublika OAK jurnallarida chop etiladigan maqolalar 51 ta hisoblanadi. Xorijiy ilmiy tadqiqot markazlari grantlari va xorijiy ilmiy fondlari buyurtmalari hisobiga olingan mablag‘lar 999 mln. so‘m. Sohalar buyurtmalari asosida o‘tkazilgan (ilmiy, ilmiy-ijodiy) tadqiqotlardan olingan moliyaviy mablag‘lar 71,5 mln so‘mni, Davlat grantlari asosida o‘tkazilgan tadqiqotlardan olingan mablag‘lar, 151 mln. so‘m, Monografiya 5 ta,  AKT ga oid dasturlar va elektron ma’lumotlar bazalari uchun olingan guvohnomalar, mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan turli materiallar 12 ta, darslik 4ta, O‘quv qo‘llanma 8 ta, dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi OTMlardan o‘quv jarayoniga jalb etilgan xorijiy o‘qituvchilar 1 nafar, xorijiy talabalar ulushi 2 nafar, xorijiy OTMlari bilan akademik almashinuv dasturlari (talabalar tomonidan) 3 nafar, xorijiy OTMlar bilan xalqaro konferensiyalar, seminarlar, ilmiy yoki o‘quv loytihalarda talabalar va o‘qituvchilar ishtiroki etishi 124 nafar, va sport klubiga a’zo bo‘lib, tashkil etilgan sport seksiyalarida jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi sport tasnifi (razryad)ga ega bo‘lgan talabalar soni 7 nafar va ilmiy salohiyatni oshirish 0.29 % tashkil etadi. 
Dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi OTMlarda (PhD) darajasi yoki (DSc) diplomiga ega bo‘lgan asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar mavjud emas Scopus  bazasiga kiritilgan ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar chop ettirilmagan. Ixtiro, foydali model, sanoat namunalari va seleksiya yutuqlari uchun olingan patentlar olinmagan. Xalqaro va respublika olimpiadalarga, nufuzli tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan hamda mukofot (diplom)larga sazovor bo‘lgan talabalar mavjud emas. 
2023 yilgi reja bo‘yicha universitet reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha solishtirganda Ingliz tilshunosligi kafedrasida dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi OTMlarida ma’ruzalar (seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar, treninglar) o‘tkazish 11ta, Xalqaro ko‘rsatkichlarga ko‘ra professor-o‘qituvchilarning ilmiy maqolalariga («Web of Science», «Scopus» , Google Scolar yoki boshqa xalqaro e’tirof etilgan bazalarda mavjud bo‘lgan jurnallar bo‘yicha) iqtiboslar soni 4458 ta, xalqaro OAK ro‘yxatiga kiritilgan jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar 52 ta, respublika OAK jurnallarida chop etiladigan maqolalar 9 ta, AKT ga oid dasturlar va elektron ma’lumotlar bazalari uchun olingan guvohnomalar, mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan turli materiallar 1taga oshgan.
Hisob yilida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini yoki dotsentlik unvonini olgan professor-o‘qituvchilar 2 nafar, Monografiya 2 ta,  darslik 1 ta, o‘quv qo‘llanma 2 ta ga Dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi OTMlardan o‘quv jarayoniga jalb etilgan xorijiy o‘qituvchilar soni 2 nafar va xorijiy talabalar ulushi 4 nafar xorijiy OTMlari bilan akademik almashinuv dasturlari (talabalar tomonidan) mavjud.

 

Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi

Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasida 2023 yil universitet reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha Dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi OTMlarida ma’ruzalar (seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar, treninglar) o‘tkazishlar soni  8 ta, Hisob yilida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini yoki dotsentlik unvonini olgan professor-o‘qituvchilar 8 nafar,  Xalqaro («Web of Science», «Scopus» va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK ro‘yxatidagi) ilmiy jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar 171 ta. Shulardan Scopus  bazasiga kiritilgan ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar soni 6 ta Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xalqaro OAK ro‘yxatiga kiritilgan jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar 93 ta, Respublika OAK jurnallarida chop etiladigan maqolalar 72 ta hisoblanadi. Xorijiy ilmiy tadqiqot markazlari grantlari va xorijiy ilmiy fondlari buyurtmalari hisobiga olingan mablag‘lar $103.000. Sohalar buyurtmalari asosida o‘tkazilgan (ilmiy, ilmiy-ijodiy) tadqiqotlardan olingan moliyaviy mablag‘lar 108,5 mln so‘mni, Monografiya 8 ta,  AKT ga oid dasturlar va elektron ma’lumotlar bazalari uchun olingan guvohnomalar, mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan turli materiallar 5 ta, darslik 9ta, O‘quv qo‘llanma 12 ta, dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi OTMlardan o‘quv jarayoniga jalb etilgan xorijiy o‘qituvchilar 8 nafar, xorijiy OTMlari bilan akademik almashinuv dasturlari (talabalar tomonidan) 4 nafar, xorijiy OTMlar bilan xalqaro konferensiyalar, seminarlar, ilmiy yoki o‘quv loytihalarda talabalar va o‘qituvchilar ishtiroki etishi 112 nafar, ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha xorijiy tilda o‘qitiladigan fanlar soni 100% va xalqaro olimpiadalarga, nufuzli tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan hamda mukofot (diplom)larga sazovor bo‘lgan talabalar 6 nafar, respublika olimpiada, nufuzli tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan hamda mukofot (diplom)larga sazovor bo‘lgan talabalar 4 nafar va ilmiy salohiyatni oshirish 43 % tashkil etadi. 
2023 yilgi reja bo‘yicha universitet reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha solishtirganda Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasida dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi OTMlarida ma’ruzalar (seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar, treninglar) o‘tkazish 4ta, Hisob yilida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini yoki dotsentlik unvonini olgan professor-o‘qituvchilar 3 nafar xalqaro OAK ro‘yxatiga kiritilgan jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar 70 ta, respublika OAK jurnallarida chop etiladigan maqolalar 37ta, Sohalar buyurtmalari asosida o‘tkazilgan (ilmiy, ilmiy-ijodiy) tadqiqotlardan olingan moliyaviy mablag‘lar, 38,5 mln. so‘m, monografiya 2 ta, darslik 7 ta, o‘quv qo‘llanma 2 ta oshgan. Scopus bazasiga kiritilgan ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar soni 6 ta
Nemis filologiyasi kafedrasi

Nemis filologiyasi kafedrasida 2023 yil universitet reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha Dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi OTMlarida ma’ruzalar (seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar, treninglar) o‘tkazish  1 ta, Hisob yilida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini yoki dotsentlik unvonini olgan professor-o‘qituvchilar 3 nafar,  Xalqaro ko‘rsatkichlarga ko‘ra professor-o‘qituvchilarning ilmiy maqolalariga («Web of Science», «Scopus» , Google Scolar yoki boshqa xalqaro e’tirof etilgan bazalarda mavjud bo‘lgan jurnallar bo‘yicha) iqtiboslar soni 359 ta, Xalqaro («Web of Science», «Scopus» va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK ro‘yxatidagi) ilmiy jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar 46 ta. Shulardan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xalqaro OAK ro‘yxatiga kiritilgan jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar 24 ta, Respublika OAK jurnallarida chop etiladigan maqolalar 22 ta hisoblanadi. Xorijiy ilmiy tadqiqot markazlari grantlari va xorijiy ilmiy fondlari buyurtmalari hisobiga olingan mablag‘lar 123 mln. so‘m. Sohalar buyurtmalari asosida o‘tkazilgan (ilmiy, ilmiy-ijodiy) tadqiqotlardan olingan moliyaviy mablag‘lar 10 mln so‘mni, Monografiya 2 ta,  darslik 1ta, O‘quv qo‘llanma 5 ta, dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi OTMlardan o‘quv jarayoniga jalb etilgan xorijiy o‘qituvchilar 4 nafar, xorijiy OTMlari bilan akademik almashinuv dasturlari (talabalar tomonidan) 2 nafar, xorijiy OTMlar bilan xalqaro konferensiyalar, seminarlar, ilmiy yoki o‘quv loytihalarda talabalar va o‘qituvchilar ishtiroki etishi 15 nafar, ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha xorijiy tilda o‘qitiladigan fanlar soni 80% va xalqaro olimpiadalarga, nufuzli tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan hamda mukofot (diplom)larga sazovor bo‘lgan talabalar soni 2 nafar, sport klubiga a’zo bo‘lib, tashkil etilgan sport seksiyalarida jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi sport tasnifi (razryad)ga ega bo‘lgan talabalar soni 3 nafar va ilmiy salohiyatni oshirish 17 % tashkil etadi. 
Fakultetlararo chet tillar kafedrasi

Fakultetlararo chet tillar kafedrasida 2023 yil universitet reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha Dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi OTMlarida ma’ruzalar (seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar, treninglar) o‘tkazish 3 ta, Hisob yilida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini yoki dotsentlik unvonini olgan professor-o‘qituvchilar 8 nafar,  Xalqaro ko‘rsatkichlarga ko‘ra professor-o‘qituvchilarning ilmiy maqolalariga («Web of Science», «Scopus» , Google Scolar yoki boshqa xalqaro e’tirof etilgan bazalarda mavjud bo‘lgan jurnallar bo‘yicha) iqtiboslar soni 550 ta, Xalqaro («Web of Science», «Scopus» va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK ro‘yxatidagi) ilmiy jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar 78 ta. Shulardan Scopus  bazasiga kiritilgan ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar soni 3ta, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xalqaro OAK ro‘yxatiga kiritilgan jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar 35 ta, Respublika OAK jurnallarida chop etiladigan maqolalar 40 ta hisoblanadi. Sohalar buyurtmalari asosida o‘tkazilgan (ilmiy, ilmiy-ijodiy) tadqiqotlardan olingan moliyaviy mablag‘lar 40 mln so‘mni, Monografiya 2 ta,  AKT ga oid dasturlar va elektron ma’lumotlar bazalari uchun olingan guvohnomalar, mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan turli materiallar 14 ta, darslik11ta, O‘quv qo‘llanma 14 ta, xorijiy OTMlar bilan xalqaro konferensiyalar, seminarlar, ilmiy yoki o‘quv loytihalarda talabalar va o‘qituvchilar ishtiroki etishi 33 nafar, Xalqaro olimpiadalarga, nufuzli tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan hamda mukofot (diplom)larga sazovor bo‘lgan talabalar soni 5nafar va Respublika olimpiada, nufuzli tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan hamda mukofot (diplom)larga sazovor bo‘lgan talabalar soni 1 nafar hamda  ilmiy salohiyatni oshirish 25,81 % tashkil etadi.

Fransuz filologiyasi kafedrasi 
Fransuz filologiyasi kafedrasida 2023 yil universitet reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha Dunyoning nufuzli 1000 taligiga kiruvchi OTMlarida ma’ruzalar (seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar, treninglar) o‘tkazish 10 ta. Hisob yilida fan doktori (DSc) ilmiy darajasini yoki professorlik unvoni olgan professor-o‘qituvchilar 1 nafar, hisob yilida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini yoki dotsentlik unvonini olgan professor-o‘qituvchilar soni 5 nafar,  Xalqaro ko‘rsatkichlarga ko‘ra professor-o‘qituvchilarning ilmiy maqolalariga («Web of Science», «Scopus» , Google Scolar yoki boshqa xalqaro e’tirof etilgan bazalarda mavjud bo‘lgan jurnallar bo‘yicha) iqtiboslar soni 176 ta, Xalqaro («Web of Science», «Scopus» va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK ro‘yxatidagi) ilmiy jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar 106 ta. Shulardan Scopus  bazasiga kiritilgan ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar soni 7ta, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xalqaro OAK ro‘yxatiga kiritilgan jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar 78 ta, Respublika OAK jurnallarida chop etiladigan maqolalar 21 ta hisoblanadi. Monografiya 4 ta,  darslik3ta, O‘quv qo‘llanma 1 ta, xorijiy OTMlar bilan xalqaro konferensiyalar, seminarlar, ilmiy yoki o‘quv loytihalarda talabalar va o‘qituvchilar ishtiroki etishi 12 nafar, Xalqaro olimpiadalarga, nufuzli tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan hamda mukofot (diplom)larga sazovor bo‘lgan talabalar soni 3nafar va Respublika olimpiada, nufuzli tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan hamda mukofot (diplom)larga sazovor bo‘lgan talabalar soni 3 nafar hamda  ilmiy salohiyatni oshirish 23,95 % tashkil etadi. 

Fakultet haqida


Buxoro davlat universiteti rektorining 2016-yil 31-dekabr 531-U buyrug’iga asosan Ijtimoiy-iqtisodiy (1996-yilda Iqtisodiyot fakulteti sifatida tashkil etilgan) fakulteti Iqtisodiyot va Turizm fakulteti sifatida tashkil etildi.
2014-yilgacha Iqtisodiyot fakultetini dekan sifatida fakultet asoschilaridan i.f.d., prof. B.N.Navro`zzoda, keyinchalik, f.-m.f.d., prof. D.Q.Durdiev, i.f.d., H.O.Raxmonov, i.f.n., dots. M.A.Oripov, i.f.n., A.T.Jo`raevlar boshqarishgan.
Buxoro davlat universiteti rektorining 2014-yil 25-avgust 256-U buyrug’iga asosan Ijtimoiy-iqtisodiy (1996-yilda Iqtisodiyot fakulteti sifatida tashkil etilgan) va Tarix (1930-yilda Buxoro davlat pedagogika instituti tarkibida tashkil etilgan) fakultetlar birlashtirilib, Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti sifatida birlashtirildi.
Iqtisodiyot va turizm fakulteti sifatida tashkil etilgach jamoaga i.f.n., dots. Abror Turobovich Jo’rayev boshchilik qilgan.
Hozirgi kunda Iqtisodiyot va turizm fakulteti Buxoro davlat universitetidagi peshqadam jamoalardan biri sifatida faoliyat ko`rsatmoqda va unga 2019-yil avgust oyidan i.f.n., dots. Dilshod Shoyimardonkulovich Yavmutov boshchilik qilmoqda.
Fakultet jamoasi faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, Respublikamiz Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga amal qilgan holda ish olib bormoqda.
Fakultet faoliyati oily ta’lim, professional ta’lim, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda ijtimoiy sohalar uchun zarur bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.
Hozirgi kunda fakultetda 5 ta kafedra faoliyat olib boradi. Xususan, "Iqtisodiyot" kafedrasi, "Marketing va menejment” kafedrasi, "Turizm va mehmonxona xo’jaligi", “Agrobiznes va logistika” kafedrasi, “Buxgalteriya hisobi va statistika”. Ushbu kafedralardagi 13 ta ta’lim yo‘nalishlarida va 6 ta mutaxassisliklarida ta’lim olishning kunduzgi, sirtqi va kechki shakllaridan foydalaniladi. Fakultetda asosiy shtatda jami 69 nafar professor-o`qituvchi faoliyat ko`rsatadi. Faoliyat ko`rsatayotgan professor-o`qituvchilarning 17 nafari  (24,6 foiz) ilmiy darajaga ega. 52 nafari (75,4 foiz) esa ilmiy darajaga  ega bo`lmagan xodimlardir. 
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida nazarda tutilgan iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta’minlash asosida ta’lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasida o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlar belgilangan bo`lib, sohaga oid dasturlar va kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
Ayniqsa, fakultet dekani D.Sh. Yavmutov Yevropa ittifoqining TEMPUS, ERASMUS+ va PASCH dasturlari doirasida Oʼzbekistonda taʼlim jarayonlarini zamonaviylashtirish boʼyicha grantlar ishtirokchisi. Hozirda Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi BioEcUz loyihasi “O‘zbekistonda bioiqtisodiyotni barqaror rivojlantirish” dasturi ishtirokchisi.
Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida Buxoro davlat universitetida amalga oshirilayotgan OT-
А-QX-2018-22 “Chorvachilikning ozuqa bazasini rivojlantirish orqali chorvachilik mahsulotlari yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish (Buxoro viloyati misolida)” mavzusidagi 2018-2020 yillarga moʼljallangan amaliy tadqiqot loyihasida shtirok etgan.
U shuningdek, 2018 yilda oʼtkazilgan III-Xalqaro ijtimoiy fanlar kongressi INCSOS-2018 hamda 2020 va 2021 yillarda oʼtkazilgan Xalqaro ilmiy kongresslar – SOCIETY OF AMBIENT INTELLIGENCE 2020, 2021 (III-ISC-2020, IV-ISC-2021) xalqaro kongresslar kordinatori sifatida anjumanlarning yuqori saviyada oʼtishiga oʼz hissasini qoʼshdi.


Chet mamlaktlar OO`Yulari va ITIlari bilan aloqalari


Fakultetda xalqaro aloqalar namunali tarzda yo`lga qo`yilgan. Sant'yago de Kompostela universiteti, Valensiya politexnika universiteti (Ispaniya), Bryussel' erkin universiteti (Bel'giya), Rovaniemi universiteti (Finlyandiya), Saloniki texnologik ta`lim universiteti (Gretsiya) kabi ko`plab etakchi oliy ta`lim muassasalari bilan ilmiy tadqiqotlar borasida, o’qituvchilarning malakasini oshirish borasida hamkorlik o`rnatilgan. Yevropa Komissiyasining TEMPUS hamda ЭRASMUS MUNDUS dasturlari doirasida ushbu universitetlarda 2011-2021 yillar mobaynida 38 ga yaqin talaba o`qib qaytdi, 17 dan ortiq tadqiqotchi, 12 nafar professor-o`qituvchi ilmiy izlanishlar olib borishdi. Iqtidorli talabalardan 6 nafari BMTning O`zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tashkil qilingan tanlovlarda muntazam ravishda ishtirok etib, g’oliblar safidan o`rin olib kelishmoqda. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Samarqand iqtisodiyot va servis institutlari bilan mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida doimiy hamkorlik qilib kelinmoqda. Ziyodulla Nurov Italiyaning yetakchi iqtisodchi olimlaridan tashkil topgan ixtisoslashgan kengashda o'z dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va iqtisodiyot bo'yicha PhD ilmiy darajasiga loyiq deb topildi. Ziyodulla Nurov  Erasmus+ akademik mobillik dasturi doirasida Italiyaning Akvila universitetiga (Times reytingida 501-600 guruhida) ilmiy safarga yuborilib, uning ilmiy izlanishlari italiyalik olimlarda qiziqish uyg'otganligi sababli, uning PhD dissertasiyasi uchun qo'sh rahbarlikni amalga oshirish taklif qilingan edi. Imzolangan kelishuv asosida dissertasiyaga Akvila universitetidan professor Luidji Bidjiero, Buxoro davlat universitetidan Abror Jo'raevlar ilmiy rahbar sifatida tayinlandi. Buxoro davlat universiteti ilmiy kengashida universitet rektori O.Xamidov Ziyodulla Nurovga PhD diplomini topshirdi va kelgusi ilmiy ishlarida muvaffaqiyat tiladi.
Yevropa va Osiyo davlatlarining 10dan ortiq nufuzli universitetlari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlik shartnomasiga asosan aloqa o`rnatgan. Yevropa mamlakatlari oliy o’quv yurtlarda tajriba o`tab kelinmoqda. Jumladan, Madrid Masofaiy o`qitish universiteti, Polshaning Adam Mickevicz universitetida, Ispaniyaning Santiyago de Kompostela universitetida.


Fakultetda quyidagi ta’lim yonalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi:
60310100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
60310500 – Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
60411300 – Biznesni boshqarish (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
60411700 – Logistika (yo‘nalishlar bo‘yicha)
60412400 – Agrobiznes va investitsion faoliyat
60410100 – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
60410800 – Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
60410500 – Bank ishi va auditi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
60412500 - Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 
60411200 – Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 
60411400 – Inson resurslarini boshqarish
61010400 (2020 yilga qadar 5610300)– Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)
61010100 (2020 yilga qadar 5610200) – Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish

Fakultet manzili: Buxoro shahar, M.Iqbol ko‘chasi, 11-uy, 2-blok, 3-qavat.

Filologiya fakulteti tarixi

Filologiya fakulteti 1930 yilda, Chet tillar fakulteti 1962 yilda tashkil topgan. 1949–1970 yillarda Tarix-filologiya, 1970–1972 yillarda O‘zbek filologiyasi va chet tillar, 1972–1978 yillarda O‘zbek filologiyasi va tarix, 1973–1993 yillarda O‘zbek filologiyasi va chet tillar, 1989–1999 yillarda O‘zbek, tojik filologiyasi va chet tillar fakulteti nomi bilan faoliyatini davom ettirdi. 1995–1996 yillarda Filologik o‘quv markaziga qo‘shildi. 1996 yilning 2 mayidan 1998–1999 o‘quv yiliga qadar O‘zbek, tojik filologiyasi fakulteti nomi bilan qayta shakllandi. 2009 yildan boshlab Filologiya fakulteti nomi bilan yuritilmoqda. Fakultetda keyingi 30 yil davomida M.Abdurahmonov, T.Qorayev, E.Qilichev, S.Saidov, M.Bozorov, Z.Toshev, B.Ahmedov, R.Vohidov, S.Azimov, Q.To‘xsanov, R.Bobokalonov, A.Haydarovlar dekan vazifasida faoliyat olib bordilar. Hozirda fakultetni filologiya fanlari doktori, D.Z.Rajabov boshqarmoqda.
Fakultet ilmiy-ma’naviy salohiyatini yuksaltirishda M.Mirzayev, S.Aliyev, A.Abdullayev, V.Egamberdiyev, O.Safarov, H.Ne’matov, A.G‘ulomov, O.Rasulova, H.Zikriyayeva, M.Qosimova, Z.Husainova, N.Shukrullayev, L.Mavrina, M.Alimova, M.Qosimov Z.Hasanova, Yu.Xon kabi ustoz professor-o‘qituvchilar hamda ular shogirdlarining munosib hissasi bor.
Ayni paytda fakultetda Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili), Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili), ona tili va adabiyoti (o‘zga tilli guruhlarda), Filologiya va tillarni o‘qitish (tojik tili), Jurnalistika: bosma OAVlari jurnalistikasi, Axbarot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar, Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik ixtisosliklari bo‘yicha bakalavrlar hamda Lingvistika (o‘zbek tili), Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti), Lingvistika (rus tili), Adabiyotshunoslik (rus adabiyoti), Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik, mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi.
Fakultetda 4 ta kafedra, ya’ni o‘zbek tili va adabiyoti (kafedra mudiri – filologiya fanlari doktori, H.Eshonqulov), o‘zbek tilshunosligi (kafedra mudiri – filologiya fanlari nomzodi, dotsentA.Axmedov), rus tilshunosligi (kafedra mudiri – O.Nosirov) Rus adabiyotshunosligi ( L.Nigmatova) kafedralari faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur kafedralarda 86 nafar professor-o‘qituvchilar, shu jumladan, 20 nafar fan doktorlari, professorlar, 16 nafar fan nomzodi, dotsentlar va 40 nafar yuqori malakali o‘qituvchilar talabalarga bilim bermoqdalar.
Keyingi besh yilda O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasidan D.O‘rayeva (2018), Sh.Axmedova (2018), D.Quvvatova (2021), O‘zbek tilshunosligi kafedrasidan M.Q.Abuzalova (2020), Yo.S. Saidov (2021) yillarda professor ilmiy unvonini oldilar.
2012-2016 yillarda F-1-06 “Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida G‘arb va Sharq adabiy an’analari sintezi” nomli fundamental davlat granti loyiha doirasida amaliy ishlar qilindi (Loyiha raxbari D.O‘rayeva). 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Olima ayollar granti”da "Tibbiyotga oid atamalar elektron platformasini yaratish" mavzusidagi amaliy loyihasi yaratilib, 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan A-OT-2021-2 raqamli mazkur loyiha ustida tadqiqot olib borilmoqda (Loyixa rahbari M.Abuzalova).
Fakultetda 2020 yildan boshlab, 10.00.01-O‘zbek tili , 10.00.02-O‘zbek adabiyoti ixtisosliklari bo‘yicha DSc.03.04.06.2021.Fil.72.09 raqamli Ilmiy kengashning tashkil topganligi quvonarli bo‘ldi desak yanglishmaymiz.
Ayni paytda qator tadqiqotchilar ilmiy ishlarini himoya qildilar.

Fakultet tarixi sahifalarini varaqlar ekansiz, shubhasiz iftixor hissini tuyasiz. Bu oliy dargohga umid bilan qadam bosgan qanchadan-qancha talabalar bugungi kunda yetuk oʻqituvchi boʻlib voyaga yetdi. Ularni nafaqat yetuk mutaxassis, balki maʼnaviyat homiysi va maʼrifat targʻibotchisi deyishga oʻzimizni haqli deb hisoblashimiz mumkin. Darhaqiqat, bugungi kungacha amalga oshirilayotgan barcha taʼlim-tarbiyaviy ishlar talabalarda goʻzallik tuygʻusini rivojlantirish, ularning yuksak estetik didini shakllantirish, maʼnaviy qiziqish faoliyatini oʻstirish, ularni har tomonlama yetuk inson boʻlib kamol topishlarini koʻzda tutadi.

Fakultet jamoasi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanda rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarori, 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli Qarori, 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli Qarori va 2019-yil 8-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmonlari hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda olib borilmoqda.

1971-yilda Buxoro davlat pedagogika institutining boshlangʻich taʼlim fakultetida “Rasm va chizmachilik” boʻlimi ochilib, shu yili dastlabki talabalar oʻqishga qabul qilindi. 1974-yilda institut rektori professor J.Namozovning buyrugʻi bilan (30.09.74) badiiy grafika fakultetiga aylantirildi. Fakultetning dekani qilib J.Yodgorov tayinlandi. 1974-2000-yillarda fakultet nomi “Badiiy grafika” edi. 2000-2005-yillarda fakultet nomi “Tasviriy sanʼat va muxandislik grafikasi” deb nomlandi. 2005-2010-yillarda musiqa taʼlimi kafedrasi qoʻshilgandan soʻng “Tasviriy sanʼat va musiqa” fakulteti,  deb nomlandi. Buxoro davlat universiteti tarkibidagi ushbu fakultet 2019-yil San’atshunoslik fakulteti deb nomlandi. Hozirgi kunda fakultetda 2 ta – Tasviriy va amaliy san’at, hamda Musiqa ijrochiligi va madaniyat  kafedralari mavjud bo’lib, 63 nafar professor-o’qituvchi 5 nafar tyutor ishlaydi. Fakultetda bugungi kunda jami 901 nafar talaba tahsil olmoqda. 27 nafar turli yo’nalishdagi to’garaklar professor o’qituvchilar tomonidan tashkil qilinib, iqtidorli  talabalar jalb qilingan.

Ilmiy-tadqiqot va ta'lim sohasidagi hamkorlik:

Fakultetning ilmiy aloqalari nafaqat respublika oliy oʻquv yurtlari bilan, balki, xorijiy  mamlakatlar bilan ham yaxshi oʻrnatilgan. Jumladan,

1)2018-yilda Rossiyaning Belgorod davlat universiteti,

2)Gjelskiy nomidagi  davlat universiteti (shartnoma №5”/18 26.03.2018)

3)Malayziyaning Islom fan universiteti

3)Ukrainaning Sevostopol davlat texnika universitetlari bilan hamkorlik rejalari hamda shartnomalari tuzigan.

 Mazkur OTM mutaxassislari, P.f.n., dotsent Popova Olga Viktorovna, dotsent, Korshunova Irina Viktorovna, Arxitektura va qurilish fakulteti dekani Elina Husayni tomonidan kafedra professor oʻqituvchi va talabalariga seminar va dars mashgʻulotlari tashkil etildi.

Ilmiy-tadqiqot sohasidagi xalqaro hamkorlik:

1) Qozon universiteti(Rossiya);

2) Chelyabinsk davlat universiteti (Rossiya);

3) Rostov davlat universiteti (Rossiya);

4)Nizomiy davlat universiteti

5)Toshkent davlat Madaniyat va San’at instituti

Fakultetda erishilgan yutuqlar:

 

Fakultetda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlari, monografiya, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va ishlanmalar hamda o‘qitiladigan fanlarning o‘quv-uslubiy majmualarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratilgan. Yaratilgan elektron majmualar Buxoro davlat universitetining axborot resurslari markazi, Univork dasturi, Hemis dasturi va ZiyoNet tarmog‘i va fakultet web-saytiga joylashtirib borilmoqda. Professor-o‘qituvchilar tomonidan oxirgi 3 yilda 5 ta darslik, 4 ta monografiya, 8 o‘quv qo‘llanma, 6 o‘quv-usuliy qo‘llanma, 100 dan ortiq maqola va tezislar chop etildi. Xususan, 2021-2022 o’quv yilida professor-o‘qituvchilar tomonidan impakt faktorga ega xorijiy jurnallarda 10 ta ilmiy maqola nashr qilinib, universitet reytingiga munosib hissa qo‘shildi. Mazkur yillarda fakultetda 4 ta xalqaro va 3 ta Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil qilindi. Fakultetda iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

1.Talabalarni respublika, xalqaro tanlovlarga maqsadli tayyorlash bo‘yicha - Talabalari o‘rtasida “9-dekabr –Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan o’tkazilgan Respublika tanlovi “Eng  yaxshi  plakat” nominatsiyasi g’olibi Ismatov Ikrom guruh talabasi universitet   miqiyosida 1-o’rin,

2.O’zbekiston Badiiy akademiyasining Xalqaro Tasviriy va amaliy san’at festivali oltin medali sohibi 12-1AS(BK)-21 guruh talabasi Ne’matov Javohir,

3.Hakimov Kamoliddin 12-1RT-19 guruh talabasi  oltin medal sohibi,

4.kumush medal sohibi 12-1AS(BK)-21 To’yboyeva Nodirabegim,

5.Iqtidorli talabalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiyalariga tavsiya etish bo‘yicha - Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Yoshlar ovozi” respublika tanlovi “Bo’zatov” festivali viloyat bosqichida Ruzimbayev Javohir 12-1vakal-20 guruh talabasi,

6.Qozoqov Azamat 12-2vakal-20 guruh talabasi 1-o’rinni egalladi.

7.Estrada yo’nalishi bo’yicha 12-2muz-20 guruh talabasi Supxonov Jasur viloyat bosqichi 1-o’rin egalladi.

Sport faoliyati va pedagogika fakulteti

1964-yilda Buxoro davlat pedagogika institutining pedagogika fakulteti huzurida jismoniy madaniyat bo‘limi  holatida tashkil etilib, bitta guruh talabalari qabul qilingan.

Fakultet tarixiga nazar solganda, tashkil etilgan vaqtda faqat birgina “Jismoniy tarbiya nazariyasi asoslari va gimnastika” kafedrasi ochilgan edi. Hozirgi kunga kelib Sport faoliyati va pedagogika fakultetida 5 ta kafedra ochilgan.  Kafedrada  jismoniy ta’lim va tarbiyaning yetuk namoyandalari A.Atoyev, G.Krivoshlikov, G.Zverov, A.Aleksandrovskiy, G.Shapavalova, I.Yusupov, R.Xoxlova, X.Rajabov kabi ustozlar o`z faoliyatlarini samarali olib borib nafaqaga chiqishgan va fakultetda bir qator professor – o`qituvchilar yetakchilik qilmoqda. Kafedralarda salohiyatli, iqtidorli ustoz va murabbiylar foliyat olib bormoqda.

Sambo kurashi bo‘yicha S.Qurbonov, F.Xoliqov, I.Turobov, Q.Toshev, velosport bo‘yicha G.Shamanayev, V.Kurkina, Sh.Vafoyev, L.Shuliko,  I.Ashurov,  B.Bozorovlar o‘z shogirdlari bilan O‘zbekiston, Osiyo,  Jahon birinchiliklarida qatnashib, oltin, kumush, bronza medallarini qo‘lga kiritishga sazovor bo‘lib, fakultet dovrug‘ini taratdilar.

Bugungi kunda fakultetda beshta kafedra faoliyat olib boradi: “Sport nazariyasi va metodikasi”, “Sport faoliyati”, “Pedagogika”,

1991-2015-yillarda kafedrada respublika miqyosidagi 18 ta ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazilgan. 1991-2015 yillarda kafedra o‘qituvchilardan 8 nafari nomzodlik, 2 nafari doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Kafedra huzurida “Yosh pedagog” to‘garagi, “Ta’lim texnologiyalari va pedagog innovatsiya" markazi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Kafedra xuzurida 2000 yildan boshlab “Pedagogik mahorat” jurnali faoliyat yuritib keladi. Kafedra Rossiya davlatining Chelyabinsk davlat madaniyat instituti bilan hamkorlik qilib keladi.

    2016-yildan boshlab kafedraga pedagogika fanlari doktori, professor Sh.Sh.Olimov kafedra mudiri bo‘lib saylandi. Shu davrdan boshlab, kafedrada o‘quv-tarbiya, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar sezilarli darajada o‘sdi.

Pedagogika-psixologiya bakalavr ta’lim yo‘nalishi iqtidorli talabalari  2016, 2017, 2018, 2019, 2020, 2021-yillarda pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha Respublika olimpiadasi g‘oliblari bo‘lishdi. Kafedraning ilmiy salohiyati 45 % dan oshdi. Kafedrada oxirgi besh yilda 40 dan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratildi. 200 dan ortiq uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar yaratildi. Kafedraning xalqaro hamkorligi kengaydi. Ayniqsa, Moskva davlat pedagogika universiteti, Novosibirsk davlat pedagogika universiteti, Janubiy Ural davlat pedagogika universiteti, Yevroosiyo texnologiyalar universiteti kabi OTM bilan hamkorlik o‘rnatildi.

Fakultet ilmiy faoliyati.

Ayni paytda fakultetda 87  nafar professor-o‘qituvchilarimiz yoshlarga saboq berib kelmoqda. Keyingi uch yil ichida   fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan respublikadagi OAK tasarrufidagi jurnallarda 2019-yil - 55 ta maqola,  2020-yil - 77 ta maqola, 2021-yil - 80 ta maqola, xalqaro jurnallardagi ilmiy maqolalar 2019-yil -54 ta maqola,  2020-yil -100 ta maqola, 2021-yil  -25 ta maqola, darsliklar 2019 -yil -7 ta darslik,  2020-yil – 9 ta darslik, 2021-yil  -5ta darslik, monografiya 2019-yil -3 ta,  2020-yil  -8 ta, o‘quv qo‘llanma 2019-yil -13 ta,  2020-yil -11ta, 2021-yil -10ta, mualliflik guvohnomasi 2019-yil -15ta,  2020-yil -7 ta, 2021- yil -1 ta, ilmiy daraja 2019-yil -2 ta,  2020-yil -3 ta, ilmiy unvon 2019-yil -2 ta,  2020-yil -1 ta, 2021- yil -2 tani tashkil etadi.

13 ta sport sohasi bo‘yicha sport to‘garaklari tashkil etilgan bo‘lib, 3500 dan ortiq talaba-yoshlar (16%) qamrab olingan. Universitetda 1 ta kurash zali, 1 ta boks zali, 1 ta voleybol zali, 1 ta gimnastika zali, 4 ta ochiq futbol maydoni, 2 ta sun’iy qoplamali futbol maydoni, 2 ta qo‘l to‘pi ochiq maydoni, 2 ta basketbol ochiq maydoni, 2 ta voleybol ochiq maydonlari mavjud.

Sport faoliyati va pedagogika professor-o‘qituvchilar tomonidan oxirgi uch yilda 5 ta monografiya, 36 ta o‘quv qo‘llanma, 22 ta darslik, 15 ta o‘quv-usuliy qo‘llanma, 275 dan ortiq chet el nashrlarida va respublikamizdagi OAK ro‘yxatidagi ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar hamda 215 dan ortiq maqola va tezislar nashr etilgan.

So‘ngi 3 yilda xalqaro musobaqa g‘oliblari 105 nafar, Respublika musobaqa g‘oliblari 231 nafar, Universiada g‘oliblari 15 nafarni tashkil etadi.

2021-yilda Tokiyoda bo‘lib o‘tgan XVI paraolimpiya o‘yinlarida  Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi 4 kurs talabasi Muxammad Rixsimov hamda 2 bosqich magistranti Sherzod Namozovlar ishtirok etdi. Chet el oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalarini tuzish, imzolash va uni amalga oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqa. Jumaladan Janubiy Uralsk pedagogika universiteti, Lomonosov nomidagi  Moskva davlat pedagogika universiteti, Moskva davlat pedagogika universiteti va boshqa bir nechta xorijiy universitetlarning respublikamizdagi filiallari bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.

2000-yildan buyon oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilib kelinayotgan “Universiada” sport musobaqalarida viloyat terma jamoasining asosini fakultet talabalari tashkil qilib kelmoqda.

Fakultetdagi talim yo‘nalishlari:

Bakalavr:

60112200 - Jismoniy madaniyat;

61010300 – Sport  faoliyati: boks;

61010300 – Sport faoliyati: kurash;

60310900 – Psixologiya (Sport);

61010300 – Sport faoliyarti: erkin kurash;

61010300 – Sport faoliyati: voleybol;

61010300 – Sport faoliyati: futbol;

70112401-Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi.

Fakultet manzili: Buxoro shahri, M.Iqbol ko‘chasi, 11-uy.

Ta'lim yo'nalishlari

Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti) 70230502 Magistr
Agrokimyo va tuproqshunoslik 60810200 Bakalavr
Agronomiya 60810400 Bakalavr Magistr
Amaliy matematika 60540200 Bakalavr
Amaliy matematika (sohalar bo‘yicha) 70540201 Magistr
Amaliy san’at (memoriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash) 60210800 Bakalavr
Amaliy san’at (turlari bo‘yicha) 60210800 Bakalavr
Amaliy san’at: amaliy san’at asarlarini ta’mirlash 60210800 Bakalavr
Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (kimyo) 70530104 Bakalavr
Arxeologiya 60220400 Bakalavr Magistr
Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60610100 Bakalavr
Axborot xavfsizligi 60610200 Bakalavr
Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar 60320200 Bakalavr
BA(Hons) Business Management 60410900 Bakalavr
Bank ishi 60410600 Bakalavr
Biologiya 60510100 Magistr
Biologiya (fan yo‘nalishi bo‘yicha) 70510101 Magistr
Biologiya (turlari bo‘yicha) 60510100 Bakalavr
Biotexnologiya 60710200 Bakalavr
Biotexnologiya 70510103 Magistr
Boshlang‘ich ta’lim 60110400 Bakalavr
Buxgalteriya hisobi 60410200 Bakalavr Magistr
Cholg‘u ijrochiligi (an’anaviy cholg‘ular) 60211501 Bakalavr Magistr
Dasturiy injiniring 60610400 Bakalavr
Dizayn (interyer dizayni) 60210401 Bakalavr
Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi 70811101 Bakalavr
Ekologiya 70520202 Magistr
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi 60520200 Bakalavr
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60710400 Bakalavr
Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar bo‘yicha) 60710700 Bakalavr
Falsafa (yo‘nalishlar bo‘yicha) 60220500 Bakalavr
Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Fransuz tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Nemis tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: tojik tili 60230100 Bakalavr
Fizika 60530500 Bakalavr
Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha) 70530501 Magistr
Geografiya 60530200 Bakalavr Magistr
Geografiya 70530201 Magistr
Ijtimoiy ish 70920101 Magistr
Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo‘yicha) 60920100 Bakalavr Magistr
Inson resurslarini boshqarish 60411000 Bakalavr
Iqtisodiyot 60310100 Bakalavr Magistr
Islomshunoslik 70220206 Magistr
Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish 60812000 Bakalavr
Jismoniy madaniyat 60112200 Bakalavr
Jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha) 60320100 Bakalavr
Kimyo 60110800 Magistr
Kimyo (fan yo‘nalishi bo‘yicha) 70530101 Magistr
Kimyo (turlari bo‘yicha) 60530100 Bakalavr
Kimyo muhandisligi 60710100 Bakalavr
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) 60610100 Bakalavr Magistr
Kompyuter lingvistikasi 60230400 Bakalavr
Kompyuter lingvistikasi 70230801 Bakalavr
Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta'minoti 70610201 Magistr
Lingvistika (fransuz tili) 70230101 Magistr
Lingvistika (ingliz tili) 70230101 Magistr
Lingvistika (nemis tili) 70230101 Magistr
Lingvistika (rus tili) 70230101 Magistr
Logistika 61010400 Bakalavr
Madaniyatshunoslik 60211800 Bakalavr
Maktabgacha ta’lim 60110200 Bakalavr
Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi 60110300 Bakalavr
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport 60111900 Bakalavr
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) 60112600 Bakalavr
Marketing 60411200 Bakalavr
Matematika 60540100 Bakalavr Magistr
Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha) 70540101 Magistr
Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (o'zbek tili) 60230300 Magistr
Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (tillar bo‘yicha) 60230300 Bakalavr
Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish 61010100 Bakalavr
Menejment 60410800 Bakalavr Magistr
Meva-sabzavotchilik va uzumchilik 60811000 Bakalavr
Mexanika va matematik modellashtirish 60530600 Bakalavr
Mexanika va matematik modellashtirish (magistratura) 70530601 Bakalavr
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 60111100 Bakalavr
Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410500 Bakalavr
Musiqa ta’limi 60110600 Bakalavr
Muzeyshunoslik (turlari bo‘yicha) 60212100 Bakalavr Magistr
Neft va gaz kimyosi 60530200 Bakalavr
Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi 60720600 Bakalavr
O'simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo'yicha) 60811000 Bakalavr
Ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha) 60111500 Bakalavr
O‘rmonchilik 70820101 Bakalavr
O‘simliklar karantini va himoyasi 60811000 Bakalavr
Psixologiya 60310300 Bakalavr
Psixologiya 60310300 Bakalavr
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari 60712100 Magistr
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish 60810100 Bakalavr
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi. 60810700 Bakalavr
Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: ingliz tili 70230201 Magistr
Rangtasvir (turlari bo‘yicha) 60210500 Bakalavr
San'atshunoslik (musiqashunoslik) 60211000 Bakalavr
Siyosatshunoslik 60310100 Bakalavr
Sotsiologiya 60310400 Bakalavr
Sport faoliyati 71010201 Magistr
Sport faoliyati (basketbol) 61010201 Bakalavr
Sport faoliyati (dzyudo) 61010200 Bakalavr
Sport faoliyati (kurash) 61010200 Bakalavr Magistr
Sport faoliyati (voleybol) 61010200 Bakalavr
Sport faoliyati: futbol 61010200 Bakalavr
Sport faoliyati: mini futbol 61010200 Bakalavr
Sport faoliyati: qo‘l to‘pi 61010213 Bakalavr
Sport faoliyati: taekvondo (WTF) 61010214 Bakalavr
Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60410700 Bakalavr
Sun'iy intellekt 60610500 Bakalavr
Sun’iy intellekt 60610500 Bakalavr
Suv bioresurslari va akvakultura 60830100 Bakalavr
Tarix 60220300 Bakalavr Magistr
Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha) 70220301 Magistr
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: fransuz tili 60230200 Bakalavr
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: koreys tili 60230200 Bakalavr
Tarjima nazariyasi va amaliyotii: Ingliz tili / Rus tili / Nemis tili 60230200 Bakalavr
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi 60110500 Bakalavr
Texnologik ta’lim 60111300 Bakalavr
Turizm va mehmondo‘stlik 61010100 Bakalavr Magistr
Veterinariya farmatsevtikasi. 60840200 Bakalavr
Vokal san’ati (An'anaviy xonandalik) 60211400 Bakalavr
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 60110900 Bakalavr
Yarim o‘tkazgichlar fizikasi 70530905 Magistr
Yurisprudensiya: (faolioyat turlari bo'yicha) 60420100 Bakalavr

Mashhur bitiruvchilar

Norov Vladimir Imomovich

Vladimir Norov 1955-yilda Buxoroda tug‘ilgan. U turli yillarda turli mamlakatlarda elchi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2006-yil 12-iyuldan 2010-yil 12-yanvargacha O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bo‘lib ishlagan. 2017-yilning mayida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga direktor bo‘lgan. 2019-2021-yillarda Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi lavozimida ishlagan. 2021-yil 31-dekabr kuni tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, 2022-yil 9-sentyabr kuni tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan.

Akmal Akhmedjanov

BuxDU Xorijiy tillar fakulteti bitiruvchisi Akmal Akhmedjanov 2016-2019 yillar davomida bakalavr, 2022-2023 yillarda esa magistratura bosqichida tahsil olgan. Hozirda u Millennium IELTS School o‘quv markazining Kritiy filiali ham mutaxassisi ham IELTS tutor sifatida faoliyat yuritmoqda. Akmal Akhmedjanov universitet tarixida birinchi bo‘lib IELTS imtihonidan eng yuqori natija — 9.0 ballni qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga, yillar davomida u yuzdan ortiq o‘quvchisiga IELTS imtihonida yuqori natijalar — 7.0, 7.5 va 8.0 ball olishda yordam berdi.

Sadillayev Shoxruxali

Buxoro davlat universiteti “Iqtisodiyot” taʼlim yo‘nalishi bitiruvchisi, respublikamiz iqtisodiyotining turli sohalarida rahbarlik lavozimlarida ishlab kelgan Sadillayev Shoxruxali Sharofovich O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib bormoqda

Sharipov Jasur Rasulovich

G‘ijduvon tumani hokimining innovatsion rivojlanish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari . Jasur Sharipov 1989-yilda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 2012-yilda Buxoro Davlat universitetining turizm yo‘nalishini, 2018-yilda mazkur universitetning iqtisodiyot yo‘nalishini tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxasisligi - iqtisodchi. U lavozimga tayinlangunga qadar G‘ijduvon tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Nadjimidinov O‘tkir Rustamovich

Buxoro davlat universiteti sobiq bitiruvchisi Nadjimidinov O‘tkir Rustamovich – Buxoro viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. O‘tkir Nadjimidinov ––1981 yilda Kogon tumani tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. 2008 yilda Buxoro davlat universiteti (kunduzgi), 2015 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi, 2022 yilda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti (sirtqi)ni bitirgan. Shu kunga qadar Buxoro shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Sabina Boboqulova

BuxDU bitiruvchisi Sabina Boboqulova Parij-2024 olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi Italiyaning Busto-Arsizio shahrida boks bo‘yicha Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun litsenzion turnirning hal qiluvchi janglari davom etmoqda. Musobaqa doirasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sabina Boboqulova (-50 kg) chorak final jangini o‘tkazdi. Yaponiyalik Rinko Kinoshitaga qarshi kechgan bahsda hamyurtimiz hakamlar qarori bilan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi va Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun chiptani yutib oldi

Siddiqova Sadoqat G‘afforovna

Buxoro davlat universitetining sobiq bitiruvchisi Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori etib tayinlandi. Buxoro davlat universitetining sobiq bitiruvchisi Siddiqova Sadoqat G‘afforovna Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori etib tayinlandi.

Mels Mahmudov

Mels Hasanovich Mahmudov (1944–2023) — pedagogika fanlari doktori (2004), professor (2006). U 1944-yil 22-noyabrda Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tug‘ilgan. Buxoro davlat pedagogika institutini tamomlagan va uzoq yillar Buxoro davlat universitetida faoliyat yuritgan. Falsafa kafedrasi mudiri, fakultet dekani hamda ilmiy-pedagogik faoliyati davomida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Uning ilmiy ishlari ta’lim metodologiyasi va didaktika masalalariga bag‘ishlangan.

Jamol Shuxratovich Nosirov

Jamol Shuxratovich Nosirov — Buxoro davlat universiteti bitiruvchisi, davlat va jamoat arbobi. U o‘z faoliyati davomida yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ekologiya sohalarida mas’ul lavozimlarda samarali faoliyat yuritgan. Buxoro shahriga hokim sifatida rahbarlik qilgan davrida shahar infratuzilmasini rivojlantirish, ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish borasida tashabbus ko‘rsatgan. Keyinchalik viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga rahbar etib tayinlanib, hududda ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida faoliyat olib bormoqda. Uning hayot yo‘li talabalarga yetakchilik, mas’uliyat va fidoyilik namunasi bo‘lib xizmat qiladi.

Abera Amanovna Huseynova

Abira Amanovna Huseynova (1958-yilda tug‘ilgan) — o‘zbek davlat arbobi, falsafa fanlari doktori. U Buxoro shahrida tug‘ilgan va ilm-fan hamda davlat boshqaruvi sohalarida samarali faoliyat yuritgan. U O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi sifatida faoliyat olib borgan, shuningdek, Buxoro viloyati miqyosida muhim ijtimoiy va ilmiy loyihalarni boshqargan. Ilmiy faoliyati bilan bir qatorda davlat boshqaruvida ham yuksak mas’uliyat va yetakchilik namunasini ko‘rsatgan. Uning hayot yo‘li talabalarga ilm-fan va davlat xizmatini uyg‘unlashtirish mumkinligini ko‘rsatadigan yorqin namuna hisoblanadi.

Talabalar fikri

Yue Yubo

Men Xitoydanman va hozirda Buxoro davlat universitetida magistratura bosqichida tahsil olyapman. Bu universitetda o‘qish men uchun katta tajriba bo‘ldi. O‘quv jarayonlari zamonaviy texnologiyalar asosida olib boriladi va professor-o‘qituvchilar har doim yordam berishga tayyor. Universitetda xalqaro talabalar uchun do‘stona muhit yaratilgan. Shuningdek, Buxoroning boy tarixi va madaniy muhiti mening ta’lim va shaxsiy rivojimga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Men bu yerda o‘qiyotganimdan faxrlanaman.