WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Buxoro davlat universiteti

Sun'iy intellekt

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Sun’iy intellekt bakalavriat ta’lim yo‘nalishi sun’iy intellekt texnologiyalari, mashinali o‘qitish, ma’lumotlarni tahlil qilish va intellektual axborot tizimlarini ishlab chiqish bo‘yicha zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan. Ta’lim jarayonida dasturlash, algoritmlar va ma’lumotlar tuzilmalari, sun’iy intellekt asoslari, mashinali o‘qitish, chuqur o‘qitish (Deep Learning), tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), kompyuter ko‘rishi (Computer Vision), katta ma’lumotlar (Big Data), ma’lumotlar bazalari, bulutli texnologiyalar hamda axborot xavfsizligi fanlari o‘qitiladi. Talabalar intellektual dasturiy mahsulotlar yaratish, ma’lumotlarni tahlil qilish, bashoratlash modellarini ishlab chiqish, chatbotlar, ekspert tizimlari va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini yaratish ko‘nikmalarini egallaydilar. Bitiruvchilar axborot texnologiyalari kompaniyalari, ilmiy-tadqiqot markazlari, moliya va sanoat korxonalari, telekommunikatsiya tashkilotlari, davlat idoralari hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etuvchi korxonalarda faoliyat yuritishlari mumkin.

O'xshash dasturlar