WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Andijon davlat tibbiyot instituti

Andijon viloyati Davlat Veb-sayt

11,038

Talabalar

1,305

Xorijiy talabalar

895

O'qituvchilar

5

Fakultetlar

58

Kafedralar

1955

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

Andijon davlat tibbiyot instituti 1955-yil Andijon shahrida tashkil etilgan. O‘sha davr uchun juda zarur va tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha Farg‘ona vodiysida yagona oliy ta’lim muassasasi bo‘lganligi uchun institutni tez tiklash va faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida juda katta ishlar amalga oshrilgan. Mamlakatimiz tibbiyotchilari uchun oliy dargoh bo‘lgan Andijon davlat tibbiyot instituti qad rostlashida Yusuf Otabekovich Otabekov, Rahim Muhammedovich Nurmuhammedov, Satqul Usmanovich Djumabayev kabi fidoiy yurtdoshlarimiz, mahoratli shifokorlarning alohida xizmatlari bor. Uzoq yillik rivojlanish va taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan institutninng bugungi yutuqlari dunyo miqyosida alohida e’tirof etilmoqda.

Xorijiy talabalar uchun

Andijon davlat tibbiyot instituti xorijiy talabalarga o‘qishning barcha bosqichlarida har tomonlama yordam beradi. Bizning jamoa yangi madaniy muhitga moslashish va institutning akademik hayotiga integratsiyalashuv masalalarida yordam beradi.

 

Talabal turar joyi va yashash tarzi: chet ellik talabalarning qulayligi va xavfsizligi uchun yaratilgan shart- sharoitlari.

Andijon davlat tibbiyot institutida talabalarni farovon yashash uchun barcha zarur jihozlarga ega. Zamonaviy va shinam xonalarni taklif etadi. Talabalar turar joyi yangi mebellar, internet, umumiy dam olish maydoni va oshxona bilan jihozlangan.

 

    

 

 

 

 

 

          

 

Sport hayoti: faol va sog'lom turmush tarzi uchun sharoit va imkoniyatlar

Talabalar shaharchasi zamonaviy jihozlar, sport maydonchalari, mashg‘ulotlar va musobaqalar muntazam o‘tkazib turiladigan zallarga ega. Biz talabalar uchun keng ko'lamli sport imkoniyatlarini taqdim etamiz. Bizda kriket, futbol, ​​basketbol, ​​voleybol, stol tennisi va shaxmat bo'yicha jamoalar mavjud.

 

 

 

 

 

 

 

Madaniyat va tadbirlar: madaniy tajriba va ijtimoiy o'zaro ta'sirni kengaytirish
Institut rahbariyati tomonidan doimiy ravishda talabalar uchun turli madaniy-maishiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Jumladan, mavzu kechalari, festivallar, kontsertlar, ko‘rgazmalar va talabalarning O‘zbekiston madaniyati bilan tanishishlari va ijtimoiy doirasini kengaytirishlari uchun yordam beradigan boshqa tadbirlar.

 

 

 

 

 

Xalqaro hamkorlik

Andijon davlat tibbiyot instituti milliy va xalqaro miqyosda faol hamkorlik qilib, xalqaro aloqalarini mustahkamlamoqda.

 

Dunyoning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik
ADTI Xalqaro hamkorlik boʻlimi 65dan ortiq oliy taʼlim muassasalari bilan memorandumlar imzolagan boʻlib, ularning aksariyati jahonning top 100, top 500 va  top 1000 universitetlari qatoriga kiradi. Ushbu kelishuvlar tajriba almashish, ilmiy tadqiqotlar va akademik mobillik uchun asos bo‘ldi.

 

Andijon davlat tibbiyot instituti dunyoning turli universitet va xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o'rnatgan. Hamkorlarimiz qatoriga Italiya, Portugaliya, Rossiya, Slovakiya, Ukraina, Germaniya, Janubiy Koreya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Belarus, Eron, Hindiston, Polsha, Turkiya, Xitoy, Malayziya va boshqalar kiradi.

 

Xodimlarni qo'llab-quvvatlash: xalqaro maydonda o'qituvchilar va talabalar
Institut oʻqituvchilarning malakasini oshirish uchun, ularni xalqaro malaka oshirish kurslariga, xalqaro forum va konferentsiyalarga yuborishni faol qoʻllab-quvvatlaydi, hamda, talabalarni almashinuv dasturlari va xalqaro amaliyotlarda ishtirok etishga undaydi.

 

Ta'lim innovatsiyalari va xalqaro tadqiqotlar
Jahon ta’lim yetakchilari bilan tuzilgan kelishuvlar nafaqat hamkorlik aloqalarini mustahkamlaydi, balki qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy loyihalarni ishlab chiqishga ham xizmat qiladi.

Til kurslari

{}

Talabalar uchun imkoniyatlar

 

Andijon davlat tibbiyot instituti sobiq talabasi, akademik Nazirov Feruz Gofurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya  markazi direktori. O’zbekiston fanlar akademiyasining akademigi.

         1998-2009- yillarda  O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasida ishlagan. Nazirov F.G. bugungi kunda 550 dan ortiq tibbiyotning eng dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy maqolalari, 5 ta monografiyasi va 11 ta mualliflik ixtirosi chop etilgan. Nazirov F. G. rahbarligi ostida 15 ta doktorlik va 13 ta  nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Nazirov F.G. ko‘plab chet el tibbiyot jurnallarining redaktsion kollegiyasi a’zosidir. U ko‘p yillar davomida O‘zbekiston hamda Rossiya, N.I.Pirogov nomidagi xirurglar assotsiatsiyasining haqiqiy aʻzosi. Rossiya va MDH gepatologlari assotsiatsiyasining vitse-prezidenti. 2003-yilda Avstriyada bo‘lib o‘tgan Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti qo‘mitasi yig‘ilishida regional bo‘limining aʻzosi etib saylangan.

 1997-yilda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 2005-yilda Moskva shahrida N.I.Pirogov nomidagi oltin medal bilan, 2016-yil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.

Fakultetlar

Davolash fakulteti 1955-yil oktabr oyida tashkil qilingan. Davolash fakultetining birinchi dekani dotsent K.A.Zufarov bo‘lgan, o‘sha paytda fakultetda 10 ta kafedra bo‘lib, 120 nafar talaba o‘qigan, keyinchalik talabalar ko‘payib, kafedralar soni ham orta boshlagan. Hozirgi vaqtda B.Yu.Mamatov fakultet dekani, J.T.Axmadaliev, Q.I.Sultonov, M.M.O‘lmasov, B.B.Komilov, X.Ergashev hamda O.O.Sobirovlar dekan o‘rinbosari lavozimida o‘z ish faoliyatini olib bormoqdalar.  Bugungi kunda fakultetimizda 4 ta yo‘nalish mavjud, davolash ishi, kasb ta’limi, xalq tabobati va oliy hamshiralik ishi. Ushbu yo‘nalishlarda bugungi kunda jami  5751 nafar, davlat granti asosida 1327 nafar, to‘lov-shartnoma asosida 4424 nafar talabalar tahsil olib kelmoqda.  Shundan davolash ishi yo‘nalishida1245 nafari davlat granti, 3998 nafari to‘lov-shartnoma, kasb ta’limi yo‘nalishida 32 nafari davlat granti, 334 nafari to‘lov-shartnoma, xalq tabobati yo‘nalishida 36 nafari davlat granti, 49 nafari to‘lov-shartnoma va oliy hamshirialik ishi yo‘nalishida 14 nafari davlat granti, 43 nafari to‘lov-shartnoma asosida tahsil olib kelmoqda.

Fakultet tasarrufida 14 ta kafedra biriktirilgan bo‘lib, ushbu kafedralarda 244 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda.

  1. Normal  fiziologiya kafedrasi
  2. Ichki kasalliklari propedevtikasi kafedrasi
  3. Davolash fakulteti uchun bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi
  4. Fakultet terapiya kafedrasi
  5. Gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi
  6. Oilaviy shifokorlar  tayyorlash kafedrasi 
  7. Ichki kasalliklar kafedrasi 
  8. Umumiy jarrohlik  va transplantalogiya kafedrasi
  9. Jarrohlik kasalliklari  kafedrasi
  10. Davolash fakulteti uchun pediatriya kafedrasi
  11. 2-akusherlik va ginekologiya kafedrasi
  12. Travmatologiya, ortopediya va neyrojarrohlik kafedrasi
  13. Psixiatriya, narkologiya, tibbiy psixologiya va psixoterapiya kursi  kafedrasi
  14. Anesteziologiya-reanimatologiya va tez tibbiy yordam kafedrasi

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qaroriga asosan 2021 yil tyutor lavozimi tashkil etildi va davolash fakultetiga 24 nafar tyutor ishga qabul qilindi.Tyutorlar talabalar turar joylarida, ijaradagi va xususiy xonadonlarda yashovchi talabalarning yashash manzillariga muntazam borib, u yerda yaratilgan sharoitlar va talabalarning muammolarini o‘rganib borish va ularni yaxshilash choralarini ko‘rish, talabalarga ijtimoiy-ma’naviy va psixologik yordam ko‘rsatgan holda o‘zini yanada yaxshiroq anglash, o‘qish va hayotda to‘g‘ri qaror qabul qilish, tanlagan kasbiga muhabbatni oshirish; ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish, o‘quvchilar davomatini yaxshilash bilan bog‘liq masalalarda Jamoat kengashi va mahallaning o‘rnini kuchaytirish, talabalarning dars mashg‘ulotlarini o‘zlashtirib borishini tahlil qilish va darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy (oilaviy) holatidan doimiy xabardor bo‘lish vazifalarinin bajarib o‘z ish faoliyatlarini olib bormoqdalar.

Pediatriya fakulteti 1966 yilning noyabr oyida tashkil etilgan. 1972 yili fakultet Toshkentda O‘rta Osiyo meditsina pediatriya instituti ochilganligi sababli berkitilib, 1977 yilda qayta tiklangan. Hozirgi davrga kelib pediatriya fakultetida 14 ta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu kafedralarning asosiy qismi institut o‘quv binosida va klinikasida joylashgan. Qolgan klinik kafedralar esa viloyat shifoxonalari bazalarida joylashgan.

Pediatriya fakultetida birlamchi tibbiyot tizimida faoliyat ko‘rsatuvchi umumiy pediatr mutaxassislari tayyorlanadi. Fakultetda 14 ta kafedra mavjud bo‘lib, ularning 2 tasiga professorlar, 12 tasiga dotsentlar rahbarlik qilmoqdalar. Fakultetda 253 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqdalar, ulardan 14 nafari fan doktorlari -professorlar, 82 nafari fan nomzodlari va dotsentlar, 142 nafari katta o‘qituvchi va assistentlar talabalarga tibbiyot ilm-fan sirlarini o‘rgatmoqdalar. Bitiruvchi kurslar tahsil oladigan kafedralarda talabalar zamonaviy tipda qurilgan, barcha shart-sharoitlari mavjud klinik o‘quv bazalarida shug‘ullanadilar. Bolalar jarrohligi fani viloyat bolalar klinik shifoxonasi va 2-viloyat bolalar klinik shifoxonasida, pediatriya fani viloyat bolalar klinik shifoxonasida, bolalar yuqumli kasalliklari fani viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bazasida o‘tiladi. Mazkur kafedralarda 14 nafar fan doktori va professorlar, 36 nafar dotsent va 59 nafar malakali assistent o‘qituvchilar mehnat qiladilar. Fakultetda hozirgi kunda 2079 nafar talaba tahsil olmoqda.Shulardan 5 nafari xorijiy fuqarolar va 3 nafari ikkinchi oliy ta’lim talabalar tahsil oladilar.Xozirgi kunda Raxmonov Ravshanbek Raximberdiyevich pediatriya fakulteti dekani lavozimida ishlab kelmoqda.

Fakultet iqtidorli talabalari Respublika miqyosida bir qator ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etib,  yuksak qobiliyatli talabalar uchun ta’sis etilgan stipendiyalar sovrindorlari bo‘lishgan va bir qancha muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritdilar.

2022 yil 6 kurs talabasi Inakova Zebiniso Ibn Sino davlat stipendiyasi, 2023 yil 6 kurs talabasi Abdurashidov Abdurauf Prezident davlat stipendiyasi, 5 kurs talabalari Azimov Akmal, Tulakov Elbeklar Ibn Sino davlat stipendiyasi, Ko‘ldasheva Gulshoda Islom Karimov davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldilar.

2015 yilda "O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan Pediatriya kafedrasi dotsenti Ibragimov Maxamadjon Baxramdjanovich, Fakultativ pediatriya va neonatologiya kafedrasi dotsenti Nuritdinova Gavxar Tayipovna.

2020 yilda "Shuhrat" medali bilan Fakultet pediatriya va neonatologiya kafedrasi mudiri Inakova Barnoxon Baxodirovna

518-guruh talabasi Abdurashidov Abdurauf Abdurshid o‘g‘li  2021 yil “Yil talabasi-2020” tanlovining respublika bosqichida 1-o‘rinni egalagan, 2021 yil “Eng yaxshi yosh olim-2021” nominatsiyasi bo‘yicha medal va diplom bilan taqdirlangan.

2021 yilda "O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan Ijtimoiy gigiena va SSB kafedrasi mudiri Babich Svetlana Mixaylovna, Travmatologiya, ortopediya va neyrojarrohlik kafedrasi katta o‘qituvchisi Mamadjonov  Kamildjon Xasanbaevich, Bolalar jarrohligi kafedrasi dotsenti To‘ychiev Galibjan O‘rmonjonovichlar taqdirlanganlar.

2023 yilda "O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan Bolalar jarroxligi kafedrasi professori Adxam Anvarovich Gafurov taqdirlandi.

Stomatologiya fakulteti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 noyabrdagi PQ-2659-sonli qarori, Sog’liqni saqlash vazirligining 2016-yil 22-noyabrdagi 500-son hamda Oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligining 2016-yil 23-noyabrdagi 481-sonli buyruqlari asosida Andijon davlat tibbiyot institutida 2016-yil dekabr oyida tashkil qilindi. Bugungi kunda fakultetda 1 nafar dekan, 3 nafar dekan o’rinbosarlari, 1 nafar dekanat uslubchisi, 1 nafar o‘quv ishlari bo’yicha dispetcher va 2 nafar dekanat ish yurituvchisi faoliyat yuritib keladi.

Fakultetda 1000 nafar talaba tahsil oladi. 183-nafar grant, 817-nafar to‘lov kontrakt.

Fakultetda xorijiy fuqarolar soni 27 nafarni tashkil etadi. Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolari 16-nafar, Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi 1-nafar, Rossiya Federatsiyasi 7-nafar, Tojikiston Respublikasi 1-nafar, Eron Islom Respublikasi 1-nafar.

Fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralar:

1.            Xorij tillar kafedrasi

2.            Patologik fiziologiya kafedrasi

3.            Patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi

4.            Bolalar stomatologiyasi kafedrasi

5.            Propedevtik stomatologiya kafedrasi

6.            Terapevtik stomatologiya kafedrasi

7.            Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasi

8.            Jarrohlik stomatologiyasi kafedrasi

9.            Reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi

10.          Otorinolaringologiya kafedrasi

11.          Nevrologiya kafedrasi

12.          Ftiziatriya va pulmonologiya, mikrobiologiya, immunologiya va virusologiya kafedrasi

13.          1-Fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi

14.          Onkologiya kafedrasi

Mutaxassislik kafedralari soni 5 ta:

1. Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasi (viloyat stomatologiya poliklinika binosida joylashgan);

2. Jarrohlik stomatologiyasi (Andijon viloyati ko’p tarmoqli tibbiyot markazi, “Furqat” shifoxonasi 2-qavatida joylashgan);

3. Propedevtik stomatologiya kafedrasi (viloyat bolalar stomatologiyasi poliklinikasi binosida joylashgan);

4. Bolalar stomatologiyasi kafedrasi (viloyat bolalar stomatologiyasi poliklinikasi binosida joylashgan);

5. Terapevtik stomatologiya kafedrasi (Gumbaz parxez taomlari yonidagi, xususiy klinikasida joylashgan).

Farmatsiya fakulteti 2022-yil avgust oyida tashkil qilingan. Farmatsiya fakultetining birinchi dekani dotsent SH.T.Bozorov. Bugungi kunda fakultetda 1 nafar dekan, 3 nafar dekan o’rinbosarlari, 1 nafar dekanat uslubchisi faoliyat yuritib keladi.

Xozirgi  paytda fakultetda 13 ta kafedra bo‘lib, 761 nafar talaba taxsil olmoqda.Bugungi kunda fakultetimizda 2 ta yo‘nalish mavjud.

Farmatsiya va Sanoat farmatsiyasi. Ushbu yo‘nalishlarda bugungi kunda jami  761 nafar, davlat granti asosida 155 nafar, to‘lov-shartnoma asosida 606 nafar talabalar tahsil olib kelmoqda. Fakultetda xorijiy fuqarolar soni 3 nafarni tashkil etadi. Shundan Farmatsiya yo‘nalishida 114 nafari davlat granti, 518 nafari to‘lov-shartnoma, Sanoat farmatsiyasi yo‘nalishida 41 nafari davlat granti, 88 nafari to‘lov-shartnoma asosida tahsil olib kelmoqda.

Fakultet tasarrufida 13 ta kafedra biriktirilgan bo‘lib, ushbu kafedralarda 161 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda.

Fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralar:

  1. O‘zbek tili va adabiyoti,tillar kafedrasi
  2. Ijtimoiy- gumanitar fanlar kafedrasi
  3. Biologik fizika,informatika, tibbiy texnologiyalar kafedrasi
  4. Biologik kimyo kafedrasi
  5. Tibbiy kimyo kafedrasi
  6. Tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi
  7. 1-Farmasevtik fanlar kafedrasi
  8. 2- Farmasevtik fanlar kafedrasi
  9. Farmakologiya, klinik farmakologiya va tibbiyot biotexnologiyalar kafedrasi
  10. 2- Fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi
  11. Urologiya kafedrasi
  12. Tibbiy radiologiya
  13. Tibbiy profilaktika 

Mutaxassislik kafedralari soni 5 ta:

  1. Biologik kimyo kafedrasi
  2. Tibbiy kimyo kafedrasi
  3. 1-Farmasevtik fanlar kafedrasi
  4. 2- Farmasevtik fanlar kafedrasi
  5. Farmakologiya, klinik farmakologiya va tibbiyot biotexnologiyalar kafedrasi

Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining 1984-yil 6-iyuldagi 864-raqamli buyrug‘iga asosan Andijon Davlat tibbiyot institutida vrachlar malakasini oshirish fakulteti (VMOF) tashkil qilingan.

Fakultetni asosiy vazifasi Farg‘ona vodiysining Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlarida faoliyat kursatayotgan tegishli soxa mutaxassislarini malakasini oshirish va sog‘liqni saqlash amaliyotiga zamon talabi darajasida nazariy va amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat.

Fakultetni 27-yil mobaynida 7 ta dekan boshqardi: dotsent K.R. Mirzaev (1984 – 1988y), professor T.Z.Jumabaev (1988 – 1998y), dotsent B.E. Begmatov (1998 – 2000y), t.f.d. dotsent K.A.Yusupov (2001-2003y), professor X.T.Musashayxov (2003- 2005y), professor G.M.Xodjimatov (2005-2008y), t.f.d. I.T.To‘xtaboev (2008-2011y), t.f.n., dots. Nazarova G.U. (2012 – 2017yy), xozirgi kunda 2017-yil 7-sentabr oyidan boshlab fakultetga t.f.d.Tursunov X.X. rahbarlik qilib kelmoqda.

Xozirgi kunda vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetida quyidagi kafedralar mavjud:

1. Ichki kasalliklar, kardiologiya va tez tibbiy yordam kafedrasi

2. Pediatriya, endokrinologiya, yuqumli kasalliklar va dermatovenerologiya kafedrasi

3.Umumiy xirurgiya, anesteziologiya-reanimatologiya va otorinolaringologiya kafedrasi

4.Tibbiy radiologiya, onkologiya, klinik laborator diagnostika va ftiziatriya kafedrasi

5. Endoxirurgiya, endourologiya, stomatologiya va oftalmologiya kafedrasi

6. Oilaviy shifokorlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash, xalq tabobati va funksional diagnostika kafedrasi

7. Neonatologiya, nevrologiya, psixiatriya va narkologiya kafedrasi

8. Akusherlik-ginekologiya, travmatologiya-ortopediya, neyroxirurgiya va sport tibbiyot kafedrasi

Fakultet kafedralari zamon talabida jixozlangan yetakchi klinik bazalarda joylashgan.

Vodiy vrachlarini ADTI VMO va QTFga o‘z malakasini oshirish va yangi mutaxassisliklar bo‘yicha qayta tayyorlab berish uchun taklif etadi. VMO va QTFga kelgan tinglovchilar uchun barcha shart-sharoitlar mavjud: “Zamonaviy innovatsion texnologiyalar, maxorat sinflari”, integral ma’ruzalar, xorijiy davlatlaridan kelgan yetuk professorlarning tajribasini o‘rganishlari uchun barcha imkoniyatlar mavjudligini e’tirof etadi va Vodiy vrachlariga malakali, sifatli hamda eng oxirgi klinik protokollarga, standartlarga asoslangan darslarni yetuk olimlar, tajribali mutaxassislar dars o‘tishini kafolatlaydi.

Ta'lim yo'nalishlari

Davolash ishi 60910200 Bakalavr
Farmatsiya (turlari bo‘yicha) 60910700 Bakalavr
Pediatriya ishi 60910300 Bakalavr
Stomatologiya 60910100 Bakalavr

Mashhur bitiruvchilar

Feruz G‘ofurovich Nazirov

Andijon davlat tibbiyot instituti sobiq talabasi, akademik Nazirov Feruz Gofurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Akademik V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi direktori. O’zbekiston fanlar akademiyasining akademigi. 1998-2009- yillarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasida ishlagan. Nazirov F.G. bugungi kunda 550 dan ortiq tibbiyotning eng dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy maqolalari, 5 ta monografiyasi va 11 ta mualliflik ixtirosi chop etilgan. Nazirov F. G. rahbarligi ostida 15 ta doktorlik va 13 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Nazirov F.G. ko‘plab chet el tibbiyot jurnallarining redaktsion kollegiyasi a’zosidir. U ko‘p yillar davomida O‘zbekiston hamda Rossiya, N.I.Pirogov nomidagi xirurglar assotsiatsiyasining haqiqiy aʻzosi. Rossiya va MDH gepatologlari assotsiatsiyasining vitse-prezidenti. 2003-yilda Avstriyada bo‘lib o‘tgan Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti qo‘mitasi yig‘ilishida regional bo‘limining aʻzosi etib saylangan. 1997-yilda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 2005-yilda Moskva shahrida N.I.Pirogov nomidagi oltin medal bilan, 2016-yil O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.

Rinat Sulaymonovich Akchurin

Andijon davlat tibbiyot instituti sobiq talabasi akademik Renat Sulaymonovich Akchurin, tibbiyot fanlari doktori, professor – kardiojarroh. 1997-yildan Rossiya meditsina fanlari akademiyasi akademigi (RAMN) va 2011 – yildan Rossiya fanlar akademiyasi akademigi, 1997-yildan Boshqirdiston Respublikasi fanlar akademiyasi akademigi, 1998-yildan Tatariston Respublikasi fanlar akademiyasi faxriy a’zosi, A.L.Myasnikov nomli Rossiya klinik kardiologiya instituti kardiologiya ilmiy-ishlab chiqarish markazi, yurak-qon tomir jarrohligi bo‘limi rahbari. 1982-yilda davlat mukofoti lauriyati, 2001-yilda Rossiya Federatsiyasi davlat mukofoti lauriyati, 1996-yilda “Hurmat ordeni”, 1997-yilda III darajali Burgut Jamoatchilik ordeni, 1998-yilda Pol Xarris nomidagi xalqaro ordeni hamda 2000-yilda Peru davlatining Kamondor ordenlari bilan mukofotlangan.

Shadmanov Alisher Qayumovich

Alisher Qayumovich Shadmanov tibbiyot fanlari doktori, professor. 2010-2014-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori lavozimida ishlagan. U 1979-1985- yillarda ADTI davolash faqultetini bitirgach, shu institutning urologiya kafedrasi klinik ordinatori, Moskva vrachlar malakasini oshirish instituti aspiranti, “6-7-kurs jarrohlik kasalliklari va urologiya” kafedrasi assistenti, kafedra dotsenti, kafedra professori, urologiya kursi mudiri, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi bosh vrachi va davolash ishlari prorektori, Andijon shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi mudiri, institut ma’naviyat va ma’rifat ishlari prorektori, pediatriya fakultetining dekani, o‘quv ishlari prorektori va rektorlik lavozimlarida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatdi. A.Q.Shadmanovning rahbarlik davrida institut O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan 2014-yil 25-iyundagi 85-sonli sertifikat bilan muvaffaqiyatli attestatsiya-akkreditatsiyadan o‘tdi. Institut kafedralarining barchasi internet tarmog‘iga ulandi, institut va kafedralar o‘rtasida elektron aloqa o‘rnatildi. Elektron dekanat, elektron jurnal va boshqa turdagi elektron hujjatlarning almashinuvi yo‘lga qo‘yildi. Institutning har bir kafedrasida tasdiqlangan tadbirlar rejasi asosida o‘quv fanlarining tibbiy xususiyatlari nazariy hamda amaliy bilim ko‘nikmalarining uzviyligini ta’minlovchi 200 dan ortiq ilg‘or interaktiv ta’lim texnologiyalari yaratildi va o‘quv jarayoniga tatbiq etildi. Magistratura mutaxassisliklari soni 13 tadan 25 taga yetdi. Barcha mutaxassisliklar amaldagi Davlat ta’lim standartlari, na’munaviy dasturlar va o‘quv rejalar bilan to‘liq ta’minlandi. Ushbu me’yoriy hujjatlar ta’lim sifati ortishi, dars jarayonining yuqori darajaga ko‘tarilishi, ingliz va rus tilida darslarning olib borilishiga asos qilib olindi. A.Shadmanov rektorlik davrida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan 21 ta darslik, 46 ta monografiya, 127 ta o‘quv qo‘llanma yaratildi.

Viktor Vasilevich Maleyev

Andijon davlat tibbiyot instituti sobiq talabasi, akademik Maliyev Viktor Vasilevich, tibbiyot fanlari doktori, professor – Rossiya Epidemiologiya ilmiy tekshirish instituti direktor o’rinbosari, 2002-yildan Rossiya miditsina fanlar akademiyasi akademigi, 2013-yildan Rossiya fanlar akademiyasi akademigi. Fan-texnika sohasidagi yutuqlari uchun 1995-yilda Rossiya Federatsiyasi Hukumat mukofoti va 1997-yilda Rossiya Federatsiyasi davlat mukofoti lauriyati, 1995-yilda “Do’stlik” ordeni, 2015-yilda “Hurmat” ordeni bilan mukofotlangan. Hozirgi Rossiyaning top – 100 kishisi ro’yhatiga kiritilgan.

Azizov Mirxakim Javxarovich

Azizov Mirhakim Javxarovich 1950 yilda Andijon viloyati Baliqchi tumanida tug‘ilgan. 1974 yilda Andrey davlat tibbiyot institutining davolash fakultetini tamomlagan. 1975-1982 yillarda viloyat kasalxonasida travmatolog bo‘lib ishlagan. 1982 yildan 1984 yilgacha Moskvadagi CITOda klinik ordinaturani tamomlagan. O‘qishni tamomlagach, Toshkent davlat tibbiyot instituti 2-travmatologiya va ortopediya kafedrasida assistent, 1992 yildan dotsent lavozimlarida ishlagan. 1987 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1994-yilda M.J.Azizov O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi NIITiO katta bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasi patologiyasi kafedrasi mudiri bo‘ldi. Respublikada birinchi marta son bo'g'imlari endoprotezlarining zamonaviy xorijiy dizaynlaridan foydalanishni boshladi. 1995 yilda M.J.Azizov nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1997-yilda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi NIITiO direktori etib tayinlangan. Uning rahbarligida institut faoliyatining barcha yo‘nalishlarini tubdan qayta qurish boshlandi: eng yaxshi xorijiy texnologiyalar, ayniqsa, operativ artrologiya va vertebrologiyaga keng ko‘lamli joriy etish, kompyuterlashtirish va yangi asbob-uskunalar bilan jihozlash, diagnostika va davolash jarayonlarini faollashtirish. Oʻz mutaxassisligi boʻyicha koʻplab xorijiy markazlar bilan ilmiy aloqalarni tikladi. U ortopedlarning ilmiy maktabini yaratdi. "SICOT" Butunjahon travmatologlar va ortopedlar assotsiatsiyasi a'zosi, Rossiya Federatsiyasi Travmatologlar va ortopedlar assotsiatsiyasi a'zosi, bir qator mahalliy va xorijiy tibbiy jurnallar tahririyat kengashi a'zosi. , Institutning ilmiy va ixtisoslashtirilgan kengashlari "SICOT" Jahon kongresslari ishtirokchisi (Sankt-Peterburg, 2002 ., Kuba, Gavana, 2004); Xalqaro simpozium 2000 yil - Tuttlingen, Germaniya, 2001 yil - Jeneva, Shveytsariya, 2003 yil - Kardiff, Buyuk Britaniya, 2002 yil - Moskva, Rossiya, 2003 yil - Ostona, Qozog'iston, 2004 yil - Rossiya Federatsiyasining Kurgan shahrida uning rahbarligida 5 fan doktori va 12 fan nomzodi tarbiyalangan. 200 dan ortiq ilmiy ishlar, 3 ta monografiya, 30 ta oʻquv qoʻllanma va 31 ta ixtiroga patent muallifi.

Svetlana Tursunxo‘jayevna Inomova

Svetlana Inamova 1951-yil Andijon shahrida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. Svetlana Inamova 1974-yil Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Svetlana Inamova 1988—2002-yillarda Andijon ko’p tarmoqli bolalar shifoxonasi bosh shifokori, 2002—2004-yillar „Sog’lom avlod uchun“ xalqaro xayriya fondi boshqaruvi raisi, 2005—2008-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, 2008-yildan „Sogʻlom avlod uchun“ xalqaro xayriya jamgʻarmasi boshqaruv kengashi raisi sifatida faoliyat olib borgan. Svetlana Inamova harakatlari natijasida 2015—2017-yillar fondga 130,889 mln AQSh dollari, 4105,4 mln soʻm, xalqaro tashkilotlardan 862,078 ming AQSh dollar va 67,984 ming yevro jalb qilingan. Mablagʻga ekologik noqulay, chekka hududlarda yashovchi aholiga 9 marta tashkil etilgan tibbiy yordam „Salomatlik poyezdlari“ aksiyasi doirasida 25 972,8 mln soʻmlik dori, kiyim-kechak, sanitariya-gigiyena vositalari yetkazib berilgan. 2013-yil AQShning „Ameri Cares“ va boshqa tashkilotlari 200,1 ming AQSh dollari 367 700 juft qishki va yozgi bolalar va oʻsmirlar oyoq kiyimlarini maxsus maktab-internatlari oʻquvchilari, koʻp bolali oilalar farzandlariga tarqatildi. 148 nafar nogiron bola Koreya, Ukraina, Germaniya, kabi davlatlarda davolanishdi, 1070 dan ortiq bemor bola Oʻzbekistonda operatsiya qilindi. Janubiy Koreyaning „Save the Children“ fondi 332 nafar yurak tugʻma nuqsoni boʻlgan bolalarni „oksigenator“lar bilan taʼminladi

Oyshaxon Qoʻchqorova

Andijon davlat tibbiyot instituti sobiq talabasi, O‘zbekiston Qahramoni Oyshaxon Qo‘chqorova 1958-1964-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti davolash fakultetida tahsil olgan. 1964-1966-yillarda Namangan shahridagi 2-shahar kasalxonasida terapevt, 1966-1984 yillarda 2- tug‘ruqxonada akusher-ginekolog va bo‘lim mudiri, 1984-1987-yillarda Namangan shahar markaziy tug‘ruqxonasida bo‘lim mudiri, 1987-1992 -yillarda bosh vrach o‘rinbosari, 1992-yildan bo‘lim mudiri vazifasida ishlagan. 1996-yilda Respublikamiz mustaqilligining 5 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni va “Oltin yulduz” medali bilan taqdirlangan.

Onesiya Saitova Saidovna

Andijon davlat tibbiyot instituti sobiq talabasi, O‘zbekiston Qahramoni Onesiya Seitova 1972-yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Shumanay tumanidagi qishloq kasalxonasida ish boshlab, oddiy shifokorlikdan bosh shifokor lavozimigacha ko‘tarilgan. 1997-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni va “Oltin yulduz” medali bilan taqdirlangan.