Dastur haqida
Farmatsiya (farmatsevtika ishi) - ta’lim yo‘nalishi - fan va sog‘liqni saqlash sohalariga tegishli yo‘nalish bo‘lib, farmatsevtika muassasasalari bo‘yicha dori vositalarini tayyorlash, sifatini baholash, standartlashtirish, saqlash, qadoqlash va bemorlarga berish, dori vositalari bo‘yicha axborot berish, dori vositalari va tibbiyot buyumlarining logistikasi kabi faoliyat turlarini tashkil qilish, kimyo-toksikologik ekspertizalar o‘tkazishga yo‘naltirilgan vositalar, jarayonlar, usullar va uslublarini qamrab oladi.
Bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:
– turli mulkchilik shaklidagi dorixonalarda farmatsevt-texnolog, farmatsevt-analitik va farmatsevt-nazoratchi ishini tashkillashtirish;
– farmatsevtik savdo korxonalari va omborxonalarida dori vositalarini qabul qilish, saqlash, qadoqlash va tarqatish;
– kimyo-toksikologik ekspertizalar o‘tkazish jarayonida ishtirok etish.
Bakalavrlarning kasbiy faoliyatining turlari:
- ilmiy-tadqiqot;
- ishlab chiqarish;
- tashkiliy-boshqaruv;
- foydalanish va servis hizmatini ko‘rsatish.
Bakalavr tayyorlanadigan kasbiy faoliyatning muayyan turlari ta’lim jarayonining manfaatdor ishtirokchilari bilan hamkorlikda oliy ta’lim tizimi tomonidan aniqlanadi.
Kasbiy moslashuv imkoniyatlari
Bakalavr pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tgandan so‘ng o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida maxsus fanlarni o‘qitishi mumkin.
O'xshash dasturlar
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti
Davolash ishi
36 000 000 so'm
yiliga
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti
Farmatsiya (turlari bo‘yicha)
36 000 000 so'm
yiliga
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti
Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha)
36 000 000 so'm
yiliga
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali
Farmatsiya
30 000 000 so'm
yiliga
Zarmed universiteti (Buxoro kompusi)
Davolash ishi
28 000 000 so'm
yiliga
Buxoro davlat texnika universiteti
Biotibbiyot muhandisligi
14 400 000 so'm
yiliga