WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Termiz davlat universiteti

Surxondaryo viloyati Davlat Veb-sayt

17,530

Talabalar

22

Xorijiy talabalar

690

O'qituvchilar

12

Fakultetlar

46

Kafedralar

1954

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Xorijiy talabalar uchun

Hozirgi kunda Termiz davlat universitetida turli millat vakillari ta’lim olib kelmoqda. Jumladan, Turkiya, Rosssiya, Afg‘oniston, Tojikiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va boshqa mamlakatlar shular jumlasidandir. Ushbu xorijiy talabalar uchun universitetda ta’lim olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bularga: 
1.    Internet tarmog‘i; 
2.     Kutubxona;
3.    IT park;
4.    Sport zallari;
5.    Talabalar uchun oshxona;
6.    Talabalarni dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish uchun har hafta shanba va yakshanba kunlari turli xil madaniy tadbirlar;
7.    Xorijiy til kurslari;
8.    Talabalar duch keladigan turli xil qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun universitet tomonidan alohida tyutor va professor-o‘qituvchilar biriktirilgan.
9.    Bitiruvchilarni O‘zbekistonda ish bilan ta’minlash yoki keyingi ta’limga tayyorgarlik ko‘rish yoki kirish uchun universitet tomonidan amaliy yordam berish ham yo‘lga qo‘yilgan.

Chet ellik talabalarni qabul qilish tartibi.

Chet ellik talabalar onlayn tarzda ariza topshirishadi. Talab etilgan hujjatlar ko'rib chiqilgandan so'ng talaba suhbatga taklif etiladi. Suhbat talaba tanlagan soha bo'yicha mutaxassis tomonidan olib boriladi. Suhbat natijasiga ko'ra talaba o'qishga qabul qilinadi.

Viza olish tartibi.

Chet ellik talabalar uchun viza olish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi:

- Talaba o'qishga qabul qilinganidan keyin buyruq rasmiylashtiriladi;

- Buyruq rasmiylashtirilganidan keyin Tashqi Ishlar Vazirligiga viza olish bo'yicha anketa universitet tomonidan to'ldiriladi;

- Anketa ko'rib chiqilganidan keyin talabaga viza beriladi;

- Shundan so'ng talaba O'zbekiston Respublikasi hududida o'qish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Xalqaro hamkorlik

Hozirda TerDU dunyoning turli mamlakatlaridagi 100 dan ortiq nufuzli universitet va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan faol hamkorlik olib bormoqda. Ular qatoriga Jiangsu universiteti va Northwest universiteti (Xitoy), Salento universiteti (Italiya), Poitiers universiteti (Fransiya), Kaliforniya shtati universiteti (AQSH), London universitet kolleji va Kardiff universiteti (Buyuk Britaniya), Universiti Utara Malaysia, Universiti Malaysia Perlis va Universiti Malaysia Terengganu (Malayziya), Aligarh musulmon universiteti va Mumbay texnologiya universiteti (Hindiston), Charles universiteti (Chexiya), Abay nomidagi Qozog‘iston milliy pedagogika universiteti, Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti, Auezov Janubiy Qozog‘iston davlat universiteti va L.N. Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti (Qozog‘iston), shuningdek, Gedik universiteti, Istanbul universiteti va Ege universiteti (Turkiya) kiradi. Universitet ushbu hamkorliklar doirasida qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy-tadqiqot loyihalari, o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, hamda ikki diplomli ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirib, global integratsiyalashgan akademik muhitni shakllantirmoqda. Masalan, TerDU Jiangsu universiteti (Xitoy), Vladimir davlat universiteti (Rossiya Federatsiyasi) va Polotsk davlat universiteti (Belarus) bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘ygan.

Til kurslari

{}

Talabalar uchun imkoniyatlar

Termiz davlat universitetida yetuk yutuqlarga erishgan talabalar tahsil olishgan va olishmoqda. Universitet talabalari xalqaro va respublikaning turli xil fan olimpiadalari va sport musobaqalarida yutuqli o'rinlarni egallashmoqda. Akademik mobillik bo'yicha Germaniya, AQSH, Slovakiya, Chexiya va boshqa davlatlar OTMlarida tahsil olishmoqda. Universitet bitiruvchilari nufuzli joylarda ishlashmoqda.  

Fakultetlar

Axborot texnologiyalari fakultetida hozirda 7 ta ta’lim yonalish mavjud bolib, ular:

5110100-Matematika va informatika

60540201-Amaliy matematika

606110100-Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari

60610500-Kompyuter injiniringi

60610600-Dasturiy injiniringi

60610100-Axborot tizimlari va texnologiyalari

60112400-Professional taʼlim: axborot tizimlari va texnologiyalari

Fakultetda 3 ta kafedra mavjud ular:

Amaliy matematika kafedrasi mudiri

Kompyuter va dasturiy injiniringi

Matematik madellashtirish va kompyuter ilmlari
 

2020-yil Axborot texnologiyalari fakulteti tashkil qilingan.

2023-yil 26 avgustdagi universitet kengashi qarori bilan Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti nomiga o’zgartirilgan

2024-yil 30 avgustdagi universitet kuzatuv kengashi qarori bilan Axborot texnologiyalari fakulteti fakulteti nomiga o’zgartirilgan.

Xorijiy filologiya (avvalgi Chet tillar) fakulteti 1991 yilda Tarix-filologiya fakultetidan ajralib chiqqan. 2008-2015 yillarda Filologiya fakulteti tarkibida, 2017 yilda universitet tuzilmasiga kiritilgan o‘zgartirishdan so‘ng sobiq chet tillar fakulteti Xorijiy filologiya va rus filologiyasi fakultetlariga ajralgan. 

2017 yildan Xorijiy filologiya fakulteti nomi bilan faoliyat ko‘rsatmoqda. Fakultetda 4 ta bakalavriat ta`lim yo`nalishi, 2 mutaxasisilik bo`yicha magistrlar tayyorlanadi:

- 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili,  

- 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish: fransuz tili,  

- 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili, 

- 61010500–Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar hamda 

- 70230101 – Lingvistika (ingliz tili) 

-70230101 – Lingvistika (nemis tili).

Ayni paytda filologiya fakulteti tarkibida 4 ta kafedra mavjud:

- Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi;

- Roman-german tillari kafedrasi;

- Fakultetlararo chet tillar kafedrasi;      

- Ingliz tili o‘qitish metodikasi kafedrasi.

Termiz davlat pedagogika instituti qoshida fizika va matematika fanlaridan mutaxassis kadrlar tayyorlash 1967 yilda Tabiiy fanlar fakulteti qoshida fizika va matematika bo‘limlari ochilishi bilan boshlangan. 1971 yilda Fizika-matematika fakulteti tashkil etilagan.

Fakultetda 4 ta kafedra mavjud. Ular:

Matematik analiz kafedrasi

Algebra va geometriya kafedrasi

Umumiy fizika kafedrasi

Nazariy fizika kafedrasi

1992-yil Iqtisodiyot mutaxassisligi geografiya mutaxassisligi bilan birlashtirilib, Iqtisodiyot-geografiya fakulteti tashkil etildi.

1993-1994 o‘quv yilida Moliya - kredit mutaxassisligi ochilib, mazkur fakultet talabalar soni ko‘paydi. 1995-yil Iqtisodiyot-geografiya fakultetidan Moliya-menejment fakulteti ajralib chiqdi. Shu yildan Iqtisodiyot fakulteti ham alohida fakultet sifatida faoliyat yurita boshladi. 2004 yil ikkita fakultet birlashtirilib, Iqtisodiyot-moliya fakulteti tashkil etildi. 2007 yil Iqtisodiyot-moliya fakultetining nomi Ijtimoiy-iqtisodiy fakultetiga o‘zgartirildi. 2010 yil Iqtisodiyot fakulteti deb nomlandi. 2015 yil sentabr oyidan boshlab, fakultetning nomi Ijtimoiy-iqtisodiy fakultet bo‘lib o‘zgargan. 2018 yil sentyabr oyidan boshlab fakultetning nomi Iqtisodiyot va turizm fakulteti deb atala boshlandi.

Fakultetda 5 ta kafedra mavjud ular:

Iqtisodiyot kafedrasi

Raqamli iqtisodiyot, biznes boshqaruvi va ekonometrika kafedrasi

Moliya kafedrasi

Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi

Turizm va mehmonxona xo'jaligi kafedrasi

“Tabiiy fanlar” fakulteti 1965 yilda tashkil etilgan bolib, bu fakultet bazasida 1971 yilda “Fizika-matematika”, 1988 yilda “Pedagogika va psixologiya”, 1992 yilda “Iqtisodiyot”, “Ximiya”, 1995 yilda “Jismoniy madaniyat” fakultetlari ajralib chiqdi.

1996 yili “Geografiya” ta’lim yonalishining qayta qoshilishi tufayli “Tabiiyot – geografiya”, keyinchalik Tabiiy fanlar fakulteti deb nomlana boshlandi.

Fakultetda 4 ta kafedra mavjud. Ular:

Botanika kafedrasi

Zoologiya kafedrasi

Geografiya kafedrasi

Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi

Universitetda ko‘p yillardan buyon malakali tarix mutaxassislari tayyorlanmoqda. 1967—1968 o‘quv yilidan boshlab tarix-geografiya bo‘limi tashkil etilib, talabalar soni 50 nafar bo‘lgan. 1977—1978 o‘quv yilida talabalarning soni orta borishi munosabati bilan Termiz davlat pedagogika instituti rektorining maxsus buyrug‘i bilan tarix va xorijiy tillar fakulteti tashkil qilindi.

Fakultetda 4 ta kafedra mavjud:

Jahon tarixi kafedrasi

O'zbekiston tarixi va manbashunoslik kafedrasi

Arxeologiya kafedrasi

Falsafa kafedrasi

2018-yil Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning farmoni bilan Respublika oliy ta’lim muassasalarida San’atshunoslik fakultetlari tashkil etildi.

2021-yil sentabr oyidan Universitet rektori A.R.Maraximovning buyrugi asosida Miliy libos va dizayn hunarmandchilik va kulolchilik hamda san’atshunoslik fakultetlari qoshilib ‘‘Milliy libos va san’at’’ fakulteti sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Fakultetda 4 ta kafedra mavjud. Ular:

Musiqa ta’limi kafedrasi

Badiiy grafika va dizayn kafedrasi

Texnologik ta’lim kafedrasi

Milliy libos va kashtachilik toqimachilik kafedrasi

1965 yilda Termiz davlat pedagogika instituti tashkil etildi va unda dastlab jismoniy tarbiya, pedagogika va psixologiya qoshma kafedrasi nomi bilan oz faoliyatini boshlagan. 

1967 yildan boshlab institutda mustaqil jismoniy tarbiya kafedrasi faoliyat yurita boshlagan. 1969 yili institutda “Jismoniy tarbiya bolimi” ochildi.

2015 yili kafedraning nomi “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi”dan “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” deb nomlandi.

Fakultetda 2 ta kafedra mavjud:

Sport boshqaruvi kafedrasi

Jismoniy tarbiya va sport o'yinlari kafedrasi

Ozbek filologiyasi fakulteti 2015-yilda Filologiya fakultetidan (xorijiy filologiya, rus filologiyasi, ozbek filologiyasi) ajralib, alohida fakultet sifatida tashkil etilgan. Hozirda fakultetda 52 nafar professor-oqituvchi faoliyat yuritib, ularning 3 nafari fan doktori, 14 nafari fan nomzodi va PhD hisoblanadi. Fakultet professor-oqituvchilaridan 7 nafari dotsent ilmiy unvoniga ega bolsa, 16 nafari katta oqituvchi va 22 nafari oqituvchi sanaladi.

Fakultetda 3 ta kafedra mavjud. Ular:

Ozbek adabiyotshunosligi kafedrasi

Ozbek tilshunosligi kafedrasi

Ozbek tili va adabiyoti kafedrasi

Ijtimoiy fanlar fakulteti 1988-yilda Tabiiyot fakulteti tarkibidan “Pedagogika va psixologiya” nomi bilan alohida fakultet sifatida ajralib chiqdi, Ayni paytda, fakultet tarkibidagi 4 ta kafedrada 61 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar. Ulardan 1 nafar fan doktori, professor, 20 nafari fan nomzodi, falsafa doktori PhD, 8 nafar katta o‘qituvchi, 18 nafar o‘qituvchi, 14 nafar stajyor-o‘qituvchi.

Fakultetda 4 ta kafedra mavjud. Ular:

Psixologiya kafedrasi

Pedagogika va ijtimoiy ish kafedrasi

Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi

Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi

Termiz davlat universitetining yangi tuzilmasiga asosan 2021 yilning 26 avgustida tashkil etilgan bo‘lib, fakultetda 46 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Fakultet professor-o‘qituvchilaridan: 4 nafari kimyo va texnika fanlari doktorlari, professorlar, 8 nafari fan nomzodlari, dotsentlar, 5 nafari kimyo va texnika fanlari bo‘yicha falsafa (PhD) doktorlari, 9 nafari katta o‘qituvchilar va 20 nafari o‘qituvchilardir. So‘nggi ikki yilda fakultetda 2 ta doktorlik dissertatsiyasi va 7 ta kimyo va texnika fanlari bo‘yicha falsafa (PhD) doktorlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Fakultetda 4 ta kafedra mavjud ular:

  1. Noorganik kimyo kafedrasi
  2. Analitik kimyo kafedrasi
  3. Organik kimyo kafedrasi
  4. Fizikaviy kimyo kafedrasi

Termiz davlat universitetida Yuridik fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-sonli “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni asosida 2020-yilning avgust oyida tashkil etilgan.

Fakultetda jinoyat huquqi va fuqarolik jarayoni kafedrasi mavjud

Ta'lim yo'nalishlari

Adabiyotshunoslik: o'zbek adabiyoti 702230104 Magistr
Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti 70230104 Magistr
Amaliy filologiya 60230700 Bakalavr
Amaliy matematika 60540200 Bakalavr
Amaliy matematika (sohalar bo‘yicha) 70540201 Magistr
Amaliy san'at (badiiy kulolchilik) 60210800 Bakalavr
Amaliy san’at (turlari bo‘yicha) 60210800 Bakalavr
Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (kimyo) 70530104 Bakalavr
Arxeologiya 70220401 Magistr
Arxeologiya 60220400 Bakalavr Magistr
Arxitektura 60730100 Bakalavr
Axborot tizimlari va texnologiyalari 60610100 Bakalavr
Bank ishi 60410600 Bakalavr
Bino va inshootlar qurilishi (inshootlar turi bo‘yicha) 70730301 Magistr
Biologiya 60510100 Bakalavr
Biologiya (fan yo‘nalishi bo‘yicha) 70510101 Magistr
Biologiya (turlari bo‘yicha) 60510100 Bakalavr
Biznesni boshqarish 60410900 Bakalavr
Boshlang‘ich ta’lim 60110400 Bakalavr
Buxgalteriya hisobi 60410200 Bakalavr
Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) 70410101 Magistr
Cholg'u ijrochiligi (xalq cholg'ulari) 60211500 Bakalavr
Cholgʻu ijrochiligi: estrada cholgʻulari (zarbli cholgʻular) 60211500 Bakalavr
Cholg‘u ijrochiligi (an’anaviy cholg‘ular) 60211501 Bakalavr
Dasturiy injiniring 60610400 Bakalavr
Davlat boshqaruvi huquqi 70420106 Magistr
Davlat va jamiyat boshqaruvi 60420200 Bakalavr
Dizayn (kostyum dizayni) 70210401 Magistr
Dizayn (kostyum) 60210400 Bakalavr
Dizayn (sanoat dizayni) 60210403 Bakalavr
Dizayn: kompyuter grafikasi va badiiy foto 60210400 Bakalavr
Dizayn: libos va gazlamalar 60210400 Bakalavr
Ekologiya 70520202 Magistr
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi 60520200 Bakalavr
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60710400 Bakalavr
Etnografiya, etnologiya va antropologiya. 70220601 Magistr
Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Fransuz tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Nemis tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Rus tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Xitoy tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: fors tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: pushtu tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili 60230100 Bakalavr
Fizika 70530501 Magistr
Fizika 60530500 Bakalavr
Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha) 70530501 Magistr
Geografiya 60530200 Bakalavr
Geografiya 70530201 Magistr
Ijtimoiy ish 60920100 Bakalavr
Inson resurslarini boshqarish 60411000 Bakalavr
Iqtisodiyot 60410100 Bakalavr
Iqtisodiyot 70410102 Magistr
Jismoniy madaniyat 60112200 Bakalavr
Jurnalistika 60320100 Bakalavr
Kimyo (fan yo‘nalishi bo‘yicha) 70530101 Magistr
Kimyo (turlari bo‘yicha) 60530100 Bakalavr
Kimyo muhandisligi 60710100 Magistr
Kompyuter grafikasi va dizayn 70210402 Bakalavr Magistr
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) 60610100 Bakalavr
Kompyuter injiniringi 60610300 Bakalavr
Kompyuter lingvistikasi 70230401 Magistr
Kompyuter lingvistikasi 70230801 Magistr
Kompyuter lingvistikasi 60230400 Bakalavr
Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta'minoti 70610201 Magistr
Konchilik ishi 60720800 Bakalavr
Kutubxona axborot faoliyati 60320400 Bakalavr
Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) 60320400 Bakalavr
Lingvistika (ingliz tili) 70230101 Magistr
Lingvistika (nemis tili) 70230101 Magistr
Lingvistika (rus tili) 70230101 Magistr
Lingvistika: o'zbek tili 70230101 Magistr
Logistika 61010400 Bakalavr
Madaniyatshunoslik 60211800 Bakalavr
Maktabgacha ta’lim 60110200 Bakalavr
Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi 60110300 Bakalavr
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport 60111900 Bakalavr
Matematika 60540100 Bakalavr
Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha) 70540101 Magistr
Matematika va informatika 60110600 Bakalavr
Materialshunoslik 60720300 Bakalavr
Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik: o'zbek tili 70230105 Magistr
Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish 61010100 Bakalavr
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi 61020200 Bakalavr
Menejment 60410800 Bakalavr
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 60111100 Bakalavr
Moliya 70410501 Magistr
Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410500 Bakalavr
Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish 70310107 Magistr
Musiqa ta’limi 60110600 Bakalavr
Muzeyshunoslik (turlari bo‘yicha) 60212100 Bakalavr
Neft va gaz kimyosi 60530200 Bakalavr
Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi 70530103 Magistr
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi 60720600 Bakalavr Magistr
O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili 70111601 Bakalavr
Professional ta’lim (yo‘nalishlar bo‘yicha) 60112400 Bakalavr
Professional ta’lim nazariyasi va metodikasi (mutaxassisliklar bo‘yicha) 70112401 Magistr
Psixologiya 60310300 Bakalavr
Psixologiya 70310301 Magistr
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari 60712100 Magistr
Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik. 70230201 Magistr
Qo'shma ta'lim dasturi 60610500 Bakalavr
Qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalari va ularni ishlab chiqarish texnologiyalari 70730309 Magistr
Rangtasvir (dastgohli) 60210500 Bakalavr
Rangtasvir (turlari bo‘yicha) 60210500 Bakalavr
Sanoat chiqindilarini tozalash (rekuperatsiya) 70710403 Magistr
Soliqlar va soliqqa tortish 60410300 Bakalavr
Sotsiologiya 60310400 Bakalavr
Sport faoliyati 71010201 Magistr
Sport faoliyati (basketbol) 61010201 Bakalavr
Sport faoliyati (boks) 61010200 Bakalavr
Sport faoliyati (dzyudo) 61010200 Bakalavr
Sport faoliyati (kurash) 61010200 Bakalavr
Sport faoliyati (voleybol) 61010200 Bakalavr
Sport faoliyati (yengil atletika) 61010200 Bakalavr
Sport faoliyati: erkin kurash 61010200 Bakalavr
Sport faoliyati: futbol 61010200 Bakalavr
Sport faoliyati: mini futbol 61010200 Bakalavr
Sport faoliyati: qo‘l to‘pi 61010213 Bakalavr
Sport faoliyati: taekvondo (WTF) 61010214 Bakalavr
Sun'iy intellekt 60610500 Bakalavr
Sun’iy intellekt 60610500 Bakalavr
Tarix 70220301 Magistr
Tarix 60220300 Bakalavr
Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) 60220300 Bakalavr
Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha) 70220301 Magistr
Tarjima nazariyasi va amaliyotii: Ingliz tili / Rus tili / Nemis tili 60230200 Bakalavr
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi 60110500 Bakalavr
Ta’lim muassasalarining boshqaruvi 70110103 Magistr
Texnologik ta’lim 60111300 Bakalavr
Transport logistikasi (transport turlari bo‘yicha) 61040100 Bakalavr
Tuproqshunoslik 60530700 Bakalavr
Turizm va mehmondo'stlik 71010101 Bakalavr
Turizm va mehmondo'stlik 71010101 Magistr
Turizm va mehmondo‘stlik 61010100 Bakalavr Magistr
Vokal sanʼati: estrada xonandaligi 60211400 Bakalavr
Vokal san’ati (An'anaviy xonandalik) 60211400 Bakalavr
Xalq ijodiyoti 60211700 Bakalavr
Xalq ijodiyoti (Folklor va etnografiya) 60211900 Bakalavr
Xalqaro munosabatlar 60310200 Bakalavr
Yarim o‘tkazgichlar fizikasi 70530905 Magistr
Yurisprudensiya 60420100 Bakalavr
Yurisprudensiya: (faolioyat turlari bo'yicha) 60420100 Bakalavr

Mashhur bitiruvchilar

Toshqulov Abduqodir Hamidovich

Toshqulov Abduqodir Hamidovich - Termiz davlat universiteti rektori. A.H. Toshqulov 1976-yilda Surxondaryo viloyati, Boysun tumanida tug'ilgan. 1998-yil Termiz davlat universitetini tamomlagan. 2017-2021-yillar Termiz davlat universiteti rektori bo'lgan. 2021-2022-yillar Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri lavozimida ishlagan. 2022-2023-yillar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta'lim, sog'liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo'yicha maslahatchisi o'rinbosari lavozimida ishlagan. 2023-yildan buyon Termiz davlat universiteti rektori.

Kichkilov Sherxon Xamzayevich

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi v.b. Kichkilov Sherxon Xamzayevich 1981-yil Termiz shahrida tug'ilgan. Ma'lumoti bo'yicha mutaxassisligi yurist. 2002-yil Termiz davlat universitetini tamomlagan

Ahmedov O'ral Choriyevich

Ahmedov O'ral Choriyevich - Termiz muhandislik-texnologiya instituti rektori. O'ral Choriyevich 1978-yil Surxondaryo viloyati, Boysun Tumanida tug'ilgan. 2000-yil Termiz davlat universitetini tamomlagan. 2015-2021-yillar Termiz davlat universiteti o'quv ishlar bo'yicha prorektor lavozimida ishlagan. 2021-2022-yillar Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali direktori bo'lgan. 2022-yildan buyon Termiz muhandislik-texnologiya instituti rektori.

Normamatov Xudoyberdi Pormanovich

Normamatov Xudoyberdi Pormanovich - Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi. U 1975-yil Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanida tug'ilgan. 1998-yil Termiz davlat universitetini tamomlagan. 2017-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi.

To'xtayev Azamat Berdimurodovich

To'xtayev Azamat Berdimurodovich - Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Surxondaryo viloyati Bosh boshqarmasi boshligʻi. U 1979-yil Surxondaryo viloyati, Boysun tumanida tug'ilgan. 2002-yil Termiz davlat universitetini tamomlagan. 2022-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Surxondaryo viloyati Bosh boshqarmasi boshligʻi.

Tog'ayev G'afur Erkin o'g'li

To‘g‘ayev G‘afur 1992-yil 5-iyul kuni Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida tug‘ilgan. U bugungi kunda Termiz davlat universitetida Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat yuritmoqda. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan strategik sheriklikni kengaytirish hamda universitetning global akademik maydondagi nufuzini oshirish yo‘lida samarali ish olib bormoqda.

Abdulatif Jumazoda

Abdulatif Jumazoda 1998-yilda Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida tavallud topgan. 2022-yilda Italiya hukumatining grant dasturini qo‘lga kiritib, dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Top-120 talikka kiruvchi Sapienza Università di Roma universitetining Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichiga qabul qilingan. Hozirgi kunda Termiz davlat universitetining Reytinglar bilan ishlash bo‘limida faoliyat yuritib, universitetning xalqaro reytinglardagi o‘rnini mustahkamlash, tahliliy monitoring va strategik rivojlanish yo‘nalishlarida samarali ish olib bormoqda.

Talabalar fikri

Muhammad Aref Ansari

Termiz davlat universitetida Ingliz tili lingvistikasi yo‘nalishi bo‘yicha doktoranturada tahsil olish men uchun nihoyatda foydali va boy tajriba bo‘ldi. Mening ushbu oliy ta’lim muassasasidagi ilmiy yo‘lim ancha ilgari, 2021–2022 yillarda ingliz tili lingvistikasi bo‘yicha magistratura bosqichida boshlangan bo‘lib, u davrda talaffuzdagi muammolarni chuqur o‘rgangan edim. O‘sha vaqt davomida ilmiy rahbarim PhD Xudayqulov A.E. bilan yaqindan ishlash baxtiga muyassar bo‘ldim, u kishining dono maslahatlari hozirgi ilmiy faoliyatim uchun mustahkam poydevor yaratdi. Hozirda mening doktorlik dissertatsiyam ingliz va dariy tillari o‘rtasidagi fonologik ta’sirlarni o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, bu tillarning ona tilida so‘zlashuvchi jamoalardagi o‘zaro ta’sirlarini tahlil qilmoqda. Ilmiy rahbarim PhD Xoshimxo‘jayeva Mohiruxning doimiy qo‘llab-quvvatlovi va ilhomlantiruvchi rahbarligi ostida lingvistik nozikliklarni chuqurroq tushunib yetishga muvaffaq bo‘ldim. Shuningdek, universitet keng qamrovli kutubxonasi va zamonaviy ilmiy tadqiqot imkoniyatlari bilan ta’limimni katta darajada qo‘llab-quvvatlamoqda. Universitet tomonidan muntazam o‘tkaziladigan seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar va xalqaro konferensiyalar esa mening ilmiy tarmog‘imni kengaytirib, dunyo miqyosidagi nufuzli tilshunoslar bilan aloqalar o‘rnatishimga yordam berdi. Umuman olganda, Termiz davlat universitetidagi magistratura va doktorantura bosqichlaridagi tajribam barcha kutganlarimdan yuqori bo‘ldi. Tilshunoslikka mehr qo‘ygan va bu sohada sezilarli hissa qo‘shishni istagan har bir kishiga ushbu universitetni chin dildan tavsiya qilaman. Muhammad Aref Ansari

Muslih Ahmad Shikib

Mening ismim Muslih Ahmad Shikib. Men O‘zbek filologiyasi fakulteti o‘qituvchisiman va Termiz Davlat Universitetining magistratura bosqichini tamomlaganman. Termiz Davlat Universiteti menga ilhomlantiruvchi akademik muhitni taqdim etdi, bu yerda ta’lim faqat auditoriya bilan cheklanib qolmasdi. Universitetga ilk qadam qo‘yganimdayoq, o‘zimni olimlar, ustozlar va tengdoshlar jamoasida — jonli va g‘amxo‘r ilmiy hamjamiyatda his qildim. Universitetning ilmiy mukammallikka bo‘lgan sadoqati va talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi har bir ma’ruza, seminar va ilmiy tadbirlarda yaqqol namoyon bo‘ldi. Fidoyi va tajribali ustozlarim mening fikriy ufqlarimni kengaytirishda va ilmiy yo‘nalishimda yo‘l ko‘rsatishda muhim rol o‘ynadi. Ularning rag‘bati va donishmand rahnamoligi meni ilmiy izlanish olib borishga, tanqidiy fikrlashga va o‘rganayotgan sohamga munosib hissa qo‘shishga undadi. Termiz Davlat Universitetida tahsil olgan davrimdagi eng esda qolarli jihatlardan biri — bu inklyuziv va faol talabalar hayoti bo‘ldi. Turli madaniyat va kelib chiqishga ega talabalar bilan hamkorlikda ishlash, madaniy tadbirlar, ilmiy konferensiyalar va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Bu tajribalar meni har tomonlama yetuk inson sifatida shakllantirishga yordam berdi. Ular menga jamoaviy ishlash, turli madaniyat vakillari bilan samarali muloqot qilish va liderlik ko‘nikmalarini o‘rgatdi — bu qobiliyatlar hozirda ham professional, ham shaxsiy hayotimda as qotmoqda.

Maxdis Subxonova

Tarmoqli va sohalar bo‘yicha iqtisodiyot" yo‘nalishi bo‘yicha Termiz davlat universitetida magistratura ta’limi olish men uchun nafaqat akademik, balki kasbiy jihatdan ham qimmatli bosqich bo‘ldi. Ta’lim jarayonida men sohaviy va amaliy iqtisodiyot bo‘yicha fundamental bilimlarga ega bo‘ldim, iqtisodiy jarayonlarni makro va mikro darajada tahlil qilishni, shuningdek, olingan bilimlarni iqtisodiyotning aniq sohalarida qo‘llashni o‘rgandim. Fakultetning professor-o‘qituvchilar jamoasiga ularning yuqori professionalligi, yordami va e’tiborli munosabati uchun alohida minnatdorlik bildiraman. Termiz davlat universitetida tahsil olish mening keyingi kasbiy o‘sishim va shaxsiy rivojlanishim uchun mustahkam asos bo‘ldi.