WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Toshkent shahri Davlat Veb-sayt

5,388

Talabalar

277

Xorijiy talabalar

252

O'qituvchilar

4

Fakultetlar

17

Kafedralar

1918

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

UNIVERSITETNING QISQACHA TARIXI

 

1918-yil noyabr oyida Toshkentda Turkiston Sharqshunoslik instituti tashkil etildi. Bu institut O‘rta Osiyo tarixida birinchi  sharqshunoslik oliy o‘quv yurti sifatida qo‘shni mamlakatlar uchun ham sharqshunoslik fanining turli sohalari bo‘yicha malakali mutaxassislar yetishtirib bera boshladi.

Mazkur bilim dargohida Turkiston va unga qo‘shni bo‘lgan xorijiy sharq mamlakatlarining tarixi, etnografiyasi, geografiyasi, o‘lkashunosligi, islom tarixi va musulmon qonunshunosligi kabi fanlar, sharq xalqlarining tillari va adabiyotlari o‘rgatilgan. O‘sha yili 1-kursga 234 ta talaba qabul qilingan edi. Institutda sharq tillaridan arab, fors, xitoy, pushtu, urdu, turk va mahalliy tillardan o‘zbek, tojik, qirg‘iz, turkman, tatar hamda Yevropa tillaridan ingliz, nemis va fransuz tillarini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Sharqiy va G’arbiy Turkiston, Buxoro geografiyasi; o‘zbek, qirg‘iz, fors, tojik, qozoq, afg‘on, qoraqalpoq xalqlari etnografiyasi; O‘rta Osiyo, Eron, Afg‘oniston, Hindiston va qadimgi dunyo tarixi, islom tarixi, shariat qonunlari kabi fanlar o‘qitia boshlandi.

3-kursdan boshlab talabalar ixtisoslikka bo‘linib o‘qitilgan. Ta’lim quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha taqsimlangan: turkiy tillar, eron filologiyasi, arabshunoslik va islomshunoslik. Shu bilan birga, mahalliy maktablar uchun ona tili va tarix o‘qituvchilari ham tayyorlangan. Rasmiy ma’lumotlarga ko`ra, 1922-1923 o‘quv yilida Turkiston Sharqshunoslik institutida 210 nafar talaba o‘qigan. Bundan 16 foizigina mahalliy xalq farzandlari bo‘lgan. Institutda 5 nafar professor, 21 nafar o‘qituvchi va bir necha lektor va praktikantlar ta’lim va tarbiya ishlarini olib borgan.1922-yilga kelib, institut kutubxonasida 5300 jild kitob va 200 dan ortiq qo‘lyozma asarlar mavjud edi.

Turkiston Sharqshunoslik instituti 1924-yilda  fakultet sifatida O‘rta Osiyo davlat universitetiga qo‘shib yuborildi. Uning birinchi dekani etib A.E.Shmidt tayinlandi. Fakultet faoliyati uzoq davom etmadi. 1930-yilga kelib, u pedagogika fakultetiga aylantirildi va 1931-yilda uning faoliyati batamom tugatildi.

Sharqshunoslik ta’limi uzoq davom etmagan bo‘lsa-da, qisqa davr ichida mazkur ilm dargohidan A.K.Borovkov, V.V.Reshetov, K. Yudaxin, I.A.Kissen. R.L.Nemenova kabi taniqli tilshunos olimlar, P.P.Ivanov, M.R.Ivanova, M.Masson, V.A.Shiglkin, O.A.Suxareva kabi mashhur tarixchi va etnograflar, Muxtor Avezov, Sotim Ulug‘zoda kabi atoqli yozuvchilar hamda D.G.Voronovskiy kabi  sharqshunos olimlar yetishib chiqdi.

1944-yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zbekistan Milliy universiteti) qoshida qaytadan sharq fakulteti ta’sis etildi. Uning dekani etib tarixchi sharqshunos olim Abdurahmon Hamroev tayinlandi. Fakultetda, o‘quv rejasiga ko‘ra, Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari tarixi va iqtisodi, tili va adabiyoti o‘qitila boshlandi. 1947-yili fakultet qoshida aspirantura tashkil qilindi. Ko‘pgina yosh mutaxassislar Moskva va Leningrad kabi markaziy shaharlarlda aspiranturada o‘qib, fan nomzodi ilmiy darajasini olib qaytdilar. Ular o‘z yurtlariga jo‘nab ketgan rus sharqshunos olimlarining o‘rnini to‘ldirib, sharqshunoslikning turli sohalari bo‘yicha dars bera boshladilar. 1944-1947-yillarda fakultetda 4 ta kafedra mavjud bo‘lgan. Bular: Eron filologiyasi (1955 yildan Eron-afg‘on filologiyasi) kafedrasi; Shimoliy Hind (keyinchalik Hind va hozirda Janubiy Osiyo tillari) filologiyasi kafedrasi; Sharqiy Turkiston filologiyasi kafedrasi; Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlari tarixi kafedrasi.

1949-yilda fakultetning dastlabki talabalari o‘qishni bitirib, hayotga yo‘llanma oldilar. Birinchi qaldirg‘ochlar 41 nafardan iborat bo‘lib, bugungi kunda ularning ko‘pchiligi Respublikada elga tanilgan mashhur olimlar qatoridan joy olgan. Fakultet kun sayin kengayib, takomillashib bordi. Arab, fors, pushtu, hind, urdu, xitoy, uyg‘ur, turk tillari bilan bir qatorda ingliz, rus va o‘zbek tillarini o‘rganishga ham katta ahamiyat berib kelindi. Sharq xalqlarining mumtoz va hozirgi zamon adabiyoti bo‘yicha talabalarga chuqur bilim berish maqsadida 1965-yilda maxsus Sharq mamlakatlari adabiyoti kafedrasi tashkil etildi. Bir oz vaqt o‘tgach, G‘arbiy Yevropa tillari kafedrasi tashkil qilinib, fakultet bo‘yicha Yevropa tillarini o‘qitish jarayoni ta’minlandi. Sharq tillarini o‘qishini takomillashtirib, talabalarning nutq malakalarini o‘stirish maqsadida Eron, Afg‘onistan, Hindiston, Arab mamlakatlaridan o‘qituvchilar taklif etila boshlandi. Ular 1-2 yil davomida talabalarga dars berib, ularning amaliy malaka hosil qilishlarida katta yordam ko‘rsatdilar. Bu talabalarning tilni ham nazariy, ham amaliy jihatdan puxta bilishlariga imkon yaratdi. Faqatgina 1960-1970-yillar oralig`idada xorijiy Sharq mamlakatlaridan 10 nafar mutaxassis dars berish uchun taklif etilgan edi. O‘z navbatida, fakultet o‘qituvchi va talabalari ham xorijiy Sharq mamlakatlariga borib, institut va universitetlarda o‘qidilar va o‘z malakalarini oshirib qaytdilar.

1990-yilda Toshkent Davlat universitetining Sharq fakulteti negizida universitetning Sharqshunoslik instituti tashkil qilindi. Oradan ko`p otmay, 1991-yil 15-iyulda esa bu institut O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga aylantirildi.

Respublikamizning sharqshunos kadrlarga bo`lgan ehtiyojlarini inobatga olgan holda institutda sharqshunoslik sohasidagi turli ixtisosliklar va yo‘nalishlarning doirasi yanada kengaytirildi. Institut fakultet bo‘lgan davrda mutaxassislar faqat filologiya, tarix va iqtisod yo`nalishlari bo‘yicha tayyorlangan bo‘lsa, endi  bu o‘quv maskanida o‘n ikki mutaxassislik bo‘yicha ta’lim berila boshlandi. Ilgari fakultet tarkibida 7 ta kafedra faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, Sharqshunoslik institutida 28 kafedra faoliyat ko‘rsata boshladi. Institut tashkil etilgach, arab, fors, dariy, hind, urdu, xitoy, pushtu va uyg‘ur tillari bilan bir qatorda yapon, koreys, turk tillari va adabiyoti ham o‘qitila boshlandi.

Talabalarda qo‘lyozmalarni chuqur o‘rganish va yozma manbalarni ilmiy tadqiq etish malakalarini shakllantirish maqsadlarida institutda manbashunoslik va matnshunoslik kafedrasi tashkil etildi. Bundan tashqari, xorijiy mamlakatlarning iqtisodiy aloqalarini chuqurroq o‘rganish uchun Xalqaro iqtisodiy munosabatlar, shuningdek, Xalqaro munosabatlar va siyosatshunoslik kafedralari ham shakllantirildi. Markaziy Osiyo mamlakatlari, xorijiy Sharq mamlakatlari iqtisodi, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi, marketing va menejment mutaxassisliklari bo‘yicha ham kafedralar tuzildi.

Qisqa davr ichida xalq xo‘jaligining turli sohalari uchun yetakchi mutaxassislar, ilmiy tadqiqot institutlari uchun kadrlar, maktab va litseylar uchun pedagoglar, xorijiy mamlakatlarda ishlash uchun tarjimonlar, diplomatik xodimlar tayyorlandi. Biz haqli ravishda ta’lim muassasamizda tahsil olgan ilm-fan va davlat namoyandalari, diplomatlar bilan faxrlanamiz.  Qrim FA akademigi Aydar Memetov, Tojikiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, mashhur yozuvchi, tarjimon va olim Rasul Xodizoda, Gruziya Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi J.Sh. Giunashvili bizning talabalar bo‘lishgan.

Bizning bitiruvchilarimiz O‘zbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi sifatida dunyoning qator katta va obro‘li mamlakatlarida, jumladan, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Turkiya, Belgiya, Isroil, Hindiston, Pokistan, Saudiya Arabistoni, Misrda faoliyat yuritishgan va yuritishmoqda.

Sharqshunoslik instituti faoliyati bevosita O’zbekistonda sharqshunoslik ilmini rivojlantirish va takomillashtirish bilan ham bog‘liq. O‘tgan davr mobaynida institut 400 dan ortiq fan nomzodi, 80 dan ortiq fan doktori tayyorladi. 8 nafar olimlarimiz O‘RFA akademikligiga saylangan. 14 nafar sharqshunos-olimlar O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatga fan arboblari, 12 nafari Beruniy va Hamza nomlaridagi davlat mukofotlari, 7 nafari Firdavsiy, Ahmad YAssaviy, Mahmud Qog‘ariy, Javoharla’l Neru va Imom al-Buxoriy nomlaridagi xalqaro mukofotlarining laureatlari. Bundan tashqari, qator sharqshunos-olimlarimiz “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi”, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi” faxrli unvonlariga ega, 8 nafar sharqshunos-olim “El-yurt hurmati”, “Buyuk xizmatlari uchun”, “Mehnat shuhrati” ordenlari kavaleri.

Agar biz sharqshunoslik institutining tarixiga nazar solsak, institutning ulug‘vor va shonli rivojlanish yo‘lni bosib o‘tganiga shohid bo‘lamiz. Bu davrda institut Markaziy Osiyodagi yagona yirik ta’lim va fan markaziga aylandi. Deyarli O’zbekiston Respublikasi tengdoshi bo`lgan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti 2020- yillarga qadar bo`lgan davr mobaynida alohida oliy ta’lim muassasi sifatida o`z zimmasiga olgan vazifalarni sharaf bilan bajardi.

Yangi O`zbekiston rivojlanish va taraqqiyot strategiyalariga muvofiq ravishda oily ta’lim tizimida keng qamrovli islohotlar amalga oshirila boshlandi, shu jumladan, sharqshunoslik ilm va ta’limining yangi ufqlari belgilandi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-apreldagi “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–4680-son qaroriga muvofiq Toshkent davlat sharqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashkil etildi.

Xorijiy talabalar uchun

Viza olish tartibi

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar viza olish uchun O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

- pasport yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hujjati (ushbu hujjatlarning amal qilish muddati viza muddatidan kamida 3 oydan ko‘p bo‘lishi lozim);

- 2 nusxada to‘liq to‘ldirilgan viza talabnomasi;

- 2 ta rangli fotosurat (pasport o‘lchamida - 35x45mm).

O‘zbekiston Respublikasining diplomatik muassasasi yoki konsullik vakolatxonasi bo‘lmagan davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vizani O‘zbekistonga kelib, Tashqi ishlar vazirligining «Toshkent» xalqaro aeroportidagi viza bilan ta’minlash sektoridan olishlari mumkin. Buning uchun O‘zbekiston hududidagi taklif qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs o‘rnatilgan tartibda oldindan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilishi, Konsullik huquqiy departamenti Viza bilan ta’minoti bo‘limidan tegishli tasdiq (shtamp) olishi va uni taklif qilinuvchi shaxsga yuborishi lozim. Mazkur tasdiq taklif qilinuvchi shaxs tomonidan aviachipta xarid qilish va o‘z davlatidagi pasport tekshiruvidan o‘tish paytida taqdim etiladi va ushbu hujjat asosida Tashqi ishlar vazirligining «Toshkent» xalqaro aeroportidagi viza bilan ta’minlash sektorida unga viza rasmiylashtiriladi.

 

STD VISA

Talabalar kirish vizasi (oliy ta’lim muassasalararo almashish asosida — vaqtincha ta’lim olish davriga)

O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida qisqa muddatda (oliy ta’lim muassasalararo almashishga binoan yoki oliy ta’lim muassasalararo o‘zaro aloqalar doirasida vaqtincha asosda) ta’lim oluvchi xorijiy talabalarga 1 yilgacha muddatga beriladi, o‘z tasarrufida ta’lim muassasasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi.

 

А-1 VISA

O‘quv kirish vizasi (doimiy asosda — ta’lim davriga)

O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi xorijiy talabalarga 1 yilgacha muddatga beriladi, o‘z tasarrufida ta’lim muassasasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi.

 

Yashash sharoitlari

Xalqaro bo‘lim universitetning chet ellik talabalariga viza/ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirishda, universitet talabalar turar-joyida yoki boshqa yashash joyini topishda amaliy yordam beradi. Universitet talabalar turar-joyida yashash narxi imtiyozli bo’lib, 20.06.2023 yil holatiga ko‘ra, bir oylik to’lov miqdori 300 000 so‘mni tashkil etadi.

Stipendiya

Universitetda chet ellik talabalarga stipendiya taqdim etilmaydi.

 

Xalqaro hamkorlik

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETINING XALQARO HAMKORLIKLARI Bugungi kunda xalqaro hamkorlik oliy ta’lim muassasalari faoliyatining strategik ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ana shu tamoyilga amal qilgan holda xorijiy yetakchi universitetlar va ilmiy markazlar bilan ta’lim, fan va madaniyat sohalarida mustahkam hamkorlik aloqalarini faol rivojlantirmoqda.

Ayni paytda universitet xorijiy tashkilotlar, universitetlar va ilmiy muassasalar bilan 150 dan ortiq ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari tuzgan. Hamkorlik geografiyasi Turkiyadan tortib Yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarigacha bo'lgan keng doiradagi mamlakatlarni qamrab oladi, bu TDSHUning xalqaro nufuzi yuksakligidan dalolat beradi.

Xalqaro hamkorlik doirasida qoʻshma taʼlim dasturlari (ikki diplom), oʻqituvchi va talabalar almashinuvi, malaka oshirish, ilmiy anjumanlarda ishtirok etish, amaliyot oʻtash, qoʻshma ilmiy loyihalar, madaniy almashinuv va boshqa koʻplab tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan dasturlar tufayli talabalar xalqaro akademik tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘layotganini alohida ta’kidlash joiz.

 

TDSHU har yili yuzlab xorijiy mehmonlarni - elchilarni, delegatsiyalarni, professor-o'qituvchilarni va ilmiy jamoatchilik vakillarini qabul qiladi. Bu tashriflar xalqaro aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro manfaatli yangi loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilmoqda.

Bundan tashqari, universitetda xalqaro hamkorlar bilan madaniy aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Turli xalqaro festivallar, tadbirlar, ilmiy uchrashuvlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Bu tashabbuslar nafaqat talabalarning bilim va salohiyatini oshirish, balki mamlakatimizning xalqaro maydonda ijobiy obro‘sini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

 

 

Til kurslari

Til kurslari haqida maʼlumot:

 

1. Qabul muddatlari:

         Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Til ta’limi va konsalting

markazida xorijliklar uchun o‘quv kurslari tashkil etilgan bo‘lib, qabul 1-avustdan 1-sentabrga qadar muddatda tashkil etiladi.

2. Qaysi tillar o‘qitiladi:

Markazda quyidagi tillardan o‘qu kurslari tashkil etilgan:

-xitoy tili;

-o‘zbek tili;

-rus tili;

-yapon tili;

-fors tili;

-dariy tili;

-turk tili.

3. Qanday hujjatlar kerak:

Tinglovchilardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:L

-pasport nusxasi;

-viza nusxasi;

-tinglovchi rezumesi;

-1 dona 3x4 o‘lchamdagi rasm;

-vaqtinchalik yashash joyidan Ma’lumotnoma;

-universitet rektori va tinglovchi o‘rtasida tuzilgan ikki tomonlama shartnoma nusxasi.

4. To‘lovlari qanday:

Kurs to‘lov narxlari:

Bir nafar tinglovchi uchun bir oylik to‘lov narxi-$ 300 (guruh uchun);

Bir nafar tonglovchi uchun bir oylik to‘lov narxi-$ 420 (individual).

5. Turar joy masalasi:

Tinglovchilar uchun talabalar turar joyida yotoqxona mavjud (to‘lov asosida).

6. Bitta guruhdan nechta odam bo‘ladi:

Guruh tinglovchilari soni 5-10 nafarni tashkil qiladi.

7. Darslar qaysi tilda bo‘ladi?

Darslar quyidagi tillarda olib boriladi:

-o‘zbek tili;

-rus tili;

-ingliz tili.

8. Haftada nechchi kun va necha soatdan bo‘ladi:

Darslar tinglovchi talabiga ko‘ra juft yoki toq kunlari haftada 3 kun tashkil etiladi. Dars davomiyligi  2 soat.

9. Kurslarning oʼrtacha muddatlari qanday?:

Kurs muddatlari quyidagicha:

-3 oylik;

-6 oylik;

-9 oylik;

-12 oylik.


Ariza topshirish uchun: https://forms.gle/Hc6YGGczut8o6jus8

 

 

Talabalar uchun imkoniyatlar

{}ВЫВЫ

Fakultetlar

Xodjayeva Nilufar Bekmuratovna
Ilmiy darajasi va  unvoni:

Filologiya fanlari bo’yicha

falsafa doktori (PhD),

dotsent

Lavozimi: Institut direktori/dekan
Qabul vaqtlari: Har kuni (11:00-13:00)
Tel: (+99871) 233 34 24
E-mail: nilufar_xodjayeva@tsuos.uz

INSTITUT TARIXI

Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti 1944-yilda tashkil etilgan va  2024-yilgacha “Sharq filologiyasi” (va boshqa nomlar bilan atalgan) fakulteti sifatida faoliyati tashkil qilingan. Sharq xalqlari tillari va adabiyoti instituti ko'p yillar davomida sharqshunoslikning asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lgan filologik fanlarni o'qitib kelmoqda. Ko'p yillar mobaynida institutdada Sharq tillari va adabiyotini o'qitish an'anasi va bu sohada noyob tajriba maktabi shakllangan. Institutning butun tarixi davomida zamonaviylik talablariga javob beradigan, Sharq va G'arb tillarini mukammal biladigan, Sharq adabiyoti va madaniyatini chuqur biladigan, Sharq filologiyasining turli jihatlari bo'yicha fundamental ilmiy tadqiqotlar olib borishga qodir yuqori malakali sharqshunos mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha yaxlit ish tashkil etilgan. Institut tashkil etilganidan bugungi kungacha institutda 90 dan ortiq fan doktori va 400 ga yaqin fan nomzodi tayyorlangan.

Sharq xalqlari tillari va adabiyoti  bitiruvchilari orasida akademiklar A.Rustamov, U.Karimov, A.Qayumov, sharafli fan xodimlari I.Abdullaev, Sh.Shomuhammad, A.Qayumov, A.Xayitmetov, U.Karimov, davlat mukofotlari laureatlari I.Abdullaev, S.G'aniyeva, A.Xayitmetov, P.Qodirov, xalqaro mukofotlar laureatlari K.Mahmudov, Sh.Shomuhammad, E.Rustamov, N.Ibragimov, O.Shamatov, T.Xalmirzayev, A.Ibragimov, Favqulodda va Mukhtoriyatli Elchilar S.Mirqosimov, F.Teshaboyev, A.Shayxov, S.Inog'amov, I.Erg'ashev, A.Usmonov kabi shaxslar bor.

Sharq xalqlari tillari va adabiyoti institutida8 ta oliy maktab faoliyat olib boqmoqda:

  • Arabshunoslik oliy maktabi
  • Eronshunoslik va afg'onshunoslik oliy maktabi
  • Turkshunoslik oliy maktabi
  • Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi
  • Yaponshunoslik oliy maktabi
  • Xitoyshunoslik oliy maktabi
  • Koreysshunoslik  oliy maktabi
  • Tarjimashunoslik, tilshunoslik va xalqaro Jurnalistika oliy maktabi

ILMIY ISH

Institutning ilmiy faoliyati quyidagi yo'nalishlari o'z ichiga oladi:

  • Zamonaviy Sharq adabiy tillari: til tizimining xususiyatlari va uning lingvistik tadqiqi.
  • Zamonaviy Sharq tillarini qiyosiy o'rganish.
  • Sharq tillarida yozilgan yozma yodgorliklar tili; yozma yodgorliklarni lingvistik tadqiq qilish.
  • Sharq tillari tarixi: kelib chiqishi va yozma tilning rivojlanish muammolari.
  • Manbashunoslik va tekstologiya: asl matnning tekstual, paleografik va semantik tahlili; ilmiy va tanqidiy matnni tuzish tamoyillari.
  • Sharq tillari tarixida matn yaratish an'anasining shakllanishi va tarixiy rivojlanishi.
  • Adabiy til uslublarining paydo bo'lishi va uning rivojlanish masalalari.
  • Leksikografiya, Sharq tillarida terminologiya tarixi, uning ilmiy asoslarini o'rganish, terminologiya tarixidagi an'analarni o'rganish va uning yagona tizimini ishlab chiqish.
  • Sharq xalqlari adabiyoti; adabiyotshunoslik uchun muhim bo'lgan adabiy matnning xususiyatlarini ilmiy o'rganish.
  • O'zbek xalqi va Sharq xalqlari o'rtasidagi adabiy aloqalarning muhim jihatlarini o'rganish.
  • Tarjimashunoslikning eng muhim jihatlarini o'rganish, badiiy matnlarni o'zbek tilidan Sharq tillariga va aksincha tarjima qilish.
  • Umumiy tilshunoslik va qiyosiy tipologiyaning nazariy muammolari.
  • Komputer lingvistikasi
  • Jurnalistika

Diqqatga sazovorki, fakultet professor-o'qituvchilarining aksariyati yoshlardir. Institutda ularning fanga jalb qilinishi va talabalar hamda yosh tadqiqotchilarni ilmiy rahbarlik qilish bo'yicha yaxlit yaxshi ish olib borilmoqda. Ham kattalar, ham yoshlar pedagogik ishdan tashqari ilmiy ish olib boradilar.

MA'NAVIY-MA'RIFIY ISH

Institutda MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR

 

Institutda talaba-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida tizimli va samarali ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib boriladi. O‘zbek xalqi tarixida yorqin iz qoldirgan buyuk san’atkorlar, mashhur adib va shoirlar, davlat arboblari hamda ko‘zga ko‘ringan harbiy rahbarlarning tavallud ayyomlari munosabati bilan muntazam ravishda bayram tadbirlari, ma’rifiy uchrashuvlar va ijodiy kechalar tashkil etiladi.

Shuningdek, yurtimiz tarixida muhim o‘rin tutgan sana va yubileylar munosabati bilan davra suhbatlari, ochiq muloqotlar, badiiy kechalar hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib, ularda talabalar faol ishtirok etadilar. Institut talabalari turli darajadagi — universitet, tuman, shahar, respublika hamda xalqaro miqyosdagi tanlov, festival va ko‘rik-tanlovlarda qatnashib, o‘z bilim va iste’dodlarini namoyon etib, munosib o‘rinlarni egallab kelmoqdalar.

Talaba-yoshlarning jismoniy barkamolligini ta’minlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan universitet miqyosidagi sport musobaqalari, xususan, “Rektor kubogi” va “Dekan kubogi” musobaqalarida institutning o‘qituvchi va talabalari fakultet jamoasi a’zolari sifatida faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishmoqdalar.

Institutda taniqli o‘zbek shoirlari, yozuvchilari, san’atkorlari, davlat arboblari, rassomlar hamda sportchilar ishtirokida muntazam ravishda “davra suhbatlari”, uchrashuvlar va mahorat darslari tashkil etilib, bu jarayonlar yoshlarning hayotiy tajribasini boyitish, vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Adiblar hiyobonida Ogahiy haykali sahnida professor-o'qituvchilar va talabalar ishtirokida turkum ma'naviy-marifiy tadbirlar o'tkazilib kelinmoqda.

Bundan tashqari, talabalar uchun tarixiy obidalar va muqaddas qadamjolar, shaharlardagi diqqatga sazovor maskanlar, muzeylar va teatrlar, harbiy qismlar, mehribonlik uylari hamda xayriya muassasalariga tashriflar uyushtirilib, bu orqali ularning tarixiy xotirasi, ijtimoiy faolligi va insonparvarlik tuyg‘ulari yanada mustahkamlanmoqda.

Institutning hamkor tashkilot va muassasalari:

  • O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti
  • O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
  • O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi
  • O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
  • O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti
  • Toshkentdagi yapon "Mitsubishi" kompaniyasining vakilxonasi
  • O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi
  • O'zbekiston Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonasi
  • Temuriylar tarixi davlat muzeyi
  • TDYU qoshidagi Yunusobod akademik litseyi
  • Chirchiq oliy tank qo'mondonlik-muhandislik maktabi
  • "Sharq yulduzi" jurnali
  • "Jahon adabiyoti" jurnali
  • Muhammad Yusuf jamg'armasining "Oltin qalam" gazetasi
  • Toshkent shahar Olmazor tumani 22-maktab
  • Toshkent shahar Olmazor tumani 119-maktab
  • L.B.Shastri nomidagi hindi tili ixtisoslashtirilgan 24-o'rta maktab
  • "Travel Asia" kompaniyasi
  • Qohira universiteti qoshidagi "MAR" arab tili o'quv markazi
  • O'zbekiston Respublikasi Davlat turizm rivojlantirish qo'mitasi
  • O'zbekiston Respublikasi Diniy ishlar qo'mitasi
  • Imom Buxoriy xalqaro jamg'armasi
  • O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi
  • O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi
  • AKELA GROUP MACHINERY
  • O'zbekiston Davlat jahon tillari universiteti Sharq tillari fakulteti
  • Namangan viloyati Turo'rg'on tumani chet tillariga ixtisoslashtirilgan "Ibrat" internat maktabi
  • Samarqand Davlat chet tillar instituti
  • O'zbekiston Xalqaro islom akademiyasi
  • O'zbek-pokiston do'stlik jamiyati
  • O'zbek-afg'on do'stlik jamiyati

Institutning xalqaro hamkorlik tashkilot va muassasalari:

  • Pekin universiteti (Xitoy)
  • Tokio universiteti (Xitoy)
  • Vashington universiteti (AQSH)
  • Leyden universiteti (Niderlandiya)
  • Moskva davlat universiteti (Rossiya)
  • Seul milliy universiteti (Koreya Respublikasi)
  • Koreya univesiteti (Koreya Respublikasi)
  • Yonsey universitei (Koreya Respublikasi)
  • Dehli universiteti (Hindiston)
  • Malaya universiteti (Malayziya)
  • Indoneziya universiteti (Indoneziya)
  • Tehron universiteti (Eron)
  • Qirol Soud universiteti (Saudiya Arbistoni)
  • Bogazichi universiteti (Turkiya)
  • Anqara universiteti (Turkiya)
  • Sank-Peterburg davlat universiteti (Rossiya)
  • Oliy iqtisod maktabi (Rossiya)
  • MGIMO universiteti (Rossiya)
  • Xanyang universiteti (Koreya Respublikasi)
  • Sharq tillari instituti (INALCO) (Fransiya)
  • Tokio xalqaro tillar universiteti (Yaponiya)
  • Javaxarlal Neru universiteti (Hindiston)
  • Kyungxi universiteti (KOreya respublikasi)
  • Tsukuba universiteti (Yaponiya)
  • Al-Azhar universiteti (Misr)
  • Qohira universieti (Misr)
  • Shanxay xalqaro til universiteti (Xitoy)
  • Syaan xaalqaro til universiteti (Xitoy)
  • Vaseda universiteti )Yaponiya)
  • Qirollik ta’lim universiteti (Sudan Idris) (Malayziya)
  • Leyptsig universitei (Germaniya)
  • Syurix universiteti (Shvetsariya)
  • Melburn universiteti (Avstraliya)

AKADEMIK ISH

Institutda 2190 bakalavr va 150 dan ortiq magistrant tahsil olmoqda, ularga o'z sohasida yetakchi mutaxassislar bo'lgan 130 dan ortiq professor-o'qituvchilar dars bermoqda. Ulardan 23 nafari fan doktori (DSc) professori va 31 nafari fan nomzodi (PhD) bo'lib, dotsent unvoniga ega tajribali o'qituvchilardir. Institutda xorijiy universitetlardan kelgan o'qituvchi professorlar ham bor - Misrdan 2, Erondan 3 nafar.

Institutda bakalavriat va magistratura bosqichida 15 ta Sharq tili (arab, fors, pushtu, dariy, turk, hindiy, uyg‘ur, azer,  urdu, malay, indonez, yapon, xitoy, koreys, vyetnam), 3 ta Yevropa tili (ingliz, fransuz va nemis), shuningdek, gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy va umumkasbiy fanlar o'qitiladi.

Bizning bitiruvchilarimiz kamida C1 darajasida til ko'nikmalariga - ravon til va ravon muloqotga ega.

Bakalavr ta'lim yo'nalishlari:

  • Filologiya va tillarni o'qitish (Sharq tillari bo'yicha)
  • Filologiya va tillarni o'qitish (Mumtoz tillar bo'yicha)
  • Tarjima nazariyasi va amaliyoti (Sharq tillari bo'yicha)
  • Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (Sharq tillari bo'yicha)
  • Gid hamrohligi va tarjimonlik (Sharq tillari bo‘yicha)
  • Jurnalistika: xalqaro jurnalistika (Faoliyat bo'yicha)
  • Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (Sharq tillari bo‘yicha)
  • Komputer lingvistikasi
  • Tekstologiya va adabiy manbashunoslik (Sharq tillari bo'yicha)

Magistratura mutaxassisliklari:

  • Adabiyotshunoslik (Sharq tillari va tadqiqot yo'nalishlari bo'yicha)
  • Qiyosis tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (Sharq tillari bo'yicha)
  • Lingvistika (Sharq tillari bo'yicha)
  • Sinxron tarjima
  • Mumtoz filologiya (Turlari bo‘yicha)
  • Komputer lingvistikasi
  • Jurnalistika

 

xfgmfmsxfmh

ARIFJONOV GULOMJON TO‘RAJONOVICH
Ilmiy darajasi va unvoni:

 

Lavozimi: Institut direktori
Qabul vaqtlari: Har kuni  (14:00-16:00)
Tel: +998 
E-mail: gulomjon_arifjonov@tsuos.uz

“Tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” instituti zamonaviy ta’lim va ilmiy-tadqiqot faoliyatini uyg‘unlashtirgan holda xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot hamda turizm yo‘nalishlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Institut o‘z faoliyatini milliy manfaatlar va global taraqqiyot tamoyillari asosida olib boradi.
TSXIMI professor-o‘qituvchilar tarkibi
Institutda jami professor-o‘qituvchilar tarkibi: 86 nafar. Ularning ilmiy daraja va lavozimlar kesimida taqsimlanishi quyidagicha:
•    Fan doktori, professor: 11 nafar
•    Fan nomzodi, dotsent: 11 nafar
•    PhD (dotsent yoki katta o‘qituvchi): 22 nafar
•    Katta o‘qituvchi: 9 nafar (shu jumladan 1 xorijlik o‘qituvchi)
•    O‘qituvchi: 11 nafar
•    Stajyor-o‘qituvchi: 24 nafar
Shuningdek, institut tarkibidagi kafedralarda:
•    Tayanch doktorantlar: 5 nafar
•    Mustaqil tadqiqotchilar: 5 nafar (shu jumladan 2 nafari xorijlik)
Bu tarkib TSXIMIning ilmiy salohiyati va ta’lim sifatini ta’minlaydigan yuqori malakali pedagogik jamoani tashkil etadi.
Mutaxassis tayyorlovchi kafedralar
Institut tarkibida 4 ta ixtisoslashgan kafedra faoliyat yuritadi:
1.    “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi
2.    “Tashqi iqtisodiy faoliyat” kafedrasi
3.    “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi
4.    “Turizm” kafedrasi
Mazkur kafedralar zamonaviy o‘quv dasturlari asosida nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni uyg‘unlashtirgan holda ta’lim jarayonini tashkil etadi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (4 yil)
Institutda bakalavriat bosqichida quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi:
•    60310200 – Xalqaro munosabatlar
•    60410100 – Iqtisodiyot
•    60410800 – Menejment
•    60411400 – Mamlakatshunoslik
•    60411900 – Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
•    61010100 – Turizm va mehmondo‘stlik
“Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi tarkibida Kimyo xalqaro universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan 2+2 qo‘shma ta’lim dasturi asosida 
•    60410100 – Iqtisodiyot” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi samarali faoliyat olib bormoqda.
Bakalavriat bosqichi 4 yil davom etib, talabalar chuqurlashtirilgan nazariy bilimlar bilan bir qatorda tahliliy va amaliy kompetensiyalarni ham egallaydilar.
Magistratura mutaxassisliklari (2 yil)
Magistratura bosqichida quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi:
•    70310802 – Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar
•    70410108 – Mintaqaviy iqtisodiyot
•    70411401 – Mamlakatshunoslik
•    70411902 – Tashqi iqtisodiy faoliyat
•    71010101 – Turizm va mehmondo‘stlik
•    71010401 – Turizm (xalqaro turizm)
Magistratura dasturlari ilmiy-tadqiqot faoliyati va sohaviy tahlilga yo‘naltirilgan bo‘lib, mutaxassislarning professional kompetensiyalarini chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
Xorijiy tillar ta’limi
Institutda barcha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida keng qamrovli xorijiy tillar o‘qitiladi.
Sharq tillari:
Arab, Fors, Turk, Pushtu, Dariy, Hind, Urdu, Xitoy, Yapon, Koreys, Vetnam, Malay, Indonez tillari.
G‘arb tillari:
Ingliz, Fransuz tillari.
Xorijiy tillarni chuqur o‘rganish orqali talabalar xalqaro maydonda samarali faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ilmiy faoliyat va doktorantura
Institutda ilmiy-tadqiqot ishlari iqtisodiyot va siyosat sohalarida ustuvor yo‘nalish sifatida rivojlantirilmoqda.
Doktorantura (PhD va DSc)
Bugungi kunda doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar quyidagi ilmiy ixtisosliklar bo‘yicha tadqiqot olib bormoqdalar:
•    08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi
•    08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti
•    23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar
•    23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari
Mazkur yo‘nalishlar doirasida fan doktori (DSc) hamda falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olish uchun fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boriladi.
Institutning asosiy maqsad va ustuvor yo‘nalishlari
Institutning strategik maqsadi zamonaviy talablar va global rivojlanish tendensiyalariga mos ravishda innovatsion, raqobatbardosh hamda barqaror ilmiy-ta’lim muhitini shakllantirishdan iborat.
•    Ilg‘or bilimlarni paydo qilishga qodir, o‘z-o‘zini doimo rivojlantirib boradigan, mamlakatning industrial va innovasion iqtisodiyoti uchun intellektual kapitalni oshira oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun yagona ilmiy va ta’lim kompleksi sifatidagi innovasion institutni yaratish;
•    Respublikaning oliy ma’lumotga ega yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
•    Yangi axborot texnologiyalarini ta’limga keng joriy qilish va o‘quv jarayoni, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar integratsiyasini kuchaytirish orqali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish;
•    Dunyoning eng nufuzli Top-300 oliy taʻlim muassasalari ro‘yxatida turuvchi universitetlar tajribasi asosida hamda QS va THE xalqaro reyting agentliklarining fan yo‘nalishlariga moslashtirgan holda taʻlim jozibadorligini oshirish, xalqarolashtirish strategiyasini amalga oshirish.  
•    Sifatli taʻlimni yo‘lga qo‘yish, mehnat bozoridagi talabga moslashish, tashqi investitsiyani jalb etish.
•    Universitet 4.0 darajaga  erishishga qaratilgani hamda fan, taʻlim, ishlab chiqarish integratsiyasi, aqlli kampus boshqaruvi, shaxsga yo‘naltirilgan taʻlim, hamkorlik ekotizimi va global qamrovni asosiy diqqat markazida tutish.
•    Universitetni Markaziy Osiyodagi soha universitetlari orasida taʻlim XABiga aylantirish.

Institutning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat
•    Vazirlik va universitet rahbariyatining talablari asosida talabalarning haftalik o‘quv yuklamalari va mustaqil ish soatlari hajmini hamda o‘qitiladigan fanlar tizimini muvofiqlashtirish; 
•    Ta’lim mazmunini mamlakatimiz ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan davlat ta’lim standartlari asosida shakllantirish;
•    Ta’limni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va istiqboldagi rejalarni tuzish;
•    Talabalar ilmiy – ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni ilmiy tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy – tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatish, ularning ilmiy – ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy – texnikaviy sharoitlar yaratish;
•    Institut tasarrufidagi oliy maktablarda ilmiy darajali pedagog xodimlarni tayyorlash, pedagog xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish, alohida o‘rnak ko‘rsatganlarni turli tanlovlarda ishtirok etishlari uchun tavsiya etish;
•    Institutga biriktirilgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitiladigan fanlar va bu fanlarga muvofiq belgilangan o‘quv auditoriya soatlarini rivojlangan xorij tajribasiga muvofiqlashtirish hamda fanlarning nazariy va amaliy xususiyatlarini inobatga olgan holda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida ta’lim berilishini ta’minlash;
•    Institut tarkibiga kiruvchi kafedralarning fanlari bo‘yicha, shu jumladan, turdosh va xorijiy olimlar bilan hamkorlikda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash;
•    Kasbiy etikani shakllantirish masalalariga alohida e’tibor bergan holda adolatli, fidoyi, vatanparvar va barkamol kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
•    Universitet Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi xizmati bilan hamkorlikda korxona va muassasalarning Institutda tayyorlanayotgan malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish, shuningdek, pedagog kadrlar, talabalar va axborotlar bilan o‘zaro almashish uchun boshqa ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
•    Ta’lim xizmatlarini tashkil etish va amalga oshirish, byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilish va ulardan o‘quv maqsadlarida foydalanish;
•    Institutda o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy tarbiya ishlarini samarali tashkil etilishini ta’minlash;
•    Institut tarkibidagi oliy maktablarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish va takomillashtirib borish. 
•    Institut tarkibidagi kafedralarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish va takomillashtirib borish.
•    Institut talabalarining bilimlarini baholashda «HEMIS» platformasini yoki oliy ta’lim tizimini avtomatik boshqarishga qaratilgan boshqa tizimlarni joriy etgan holda ochiq, shaffof, sub’ektivlik va suiiste’molchiliklardan xoli bo‘lgan ta’lim muhitini yaratish;
•    Institutda o‘quv jarayonini ta’lim berishning kredit-modul tizimi va innovatsion o‘qitish usullarini qo‘llagan holda umume’tirof etilgan xalqaro ta’lim standartlari va talablariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda talabalarda iqtisodiyotning tegishli sohalari bo‘yicha tizimli tahlil qilish qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim dasturlari asosida olib boradi;
•    Institutda kredit-modul tizimida o‘qiyotgan talabalarga nisbatan Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 8-bobi qoidalari qo‘llaniladi; 
•    Universitetning (Institutning) ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish, Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami 3069, 2018-yil 26-sentabr) va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomiga muvofiq tartibga solinadi.

 

Ta'lim yo'nalishlari

Adabiyotshunoslik: arab adabiyoti 70230104 Magistr
Adabiyotshunoslik: fors adabiyoti 70230104 Magistr
Adabiyotshunoslik: hind adabiyoti 70230104 Magistr
Adabiyotshunoslik: pushtu adabiyoti 70230104 Magistr
Adabiyotshunoslik: turk adabiyoti 70230104 Magistr
Adabiyotshunoslik: xitoy adabiyoti 70230104 Magistr
Adabiyotshunoslik: yapon adabiyoti 70230104 Magistr
Antropologiya va etnologiya 60220600 Bakalavr
Etnografiya, etnologiya va antropologiya. 70220601 Magistr
Falsafa 60220500 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Arab tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Koreys tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Turk tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Xitoy tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: dariy tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: fors tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: indonez tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: malay tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: pushtu tili 60230100 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: yapon tili 60230100 Bakalavr
Iqtisodiyot 60310100 Bakalavr
Iqtisodiyot 60410100 Bakalavr
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar 60411100 Bakalavr
Jurnalistika 60320100 Bakalavr Magistr
Jurnalistika 70320101 Magistr
Kompyuter lingvistikasi 70230801 Bakalavr Magistr
Kompyuter lingvistikasi 60230400 Bakalavr
Kompyuter lingvistikasi 70230401 Magistr
Lingvistika (Xitoy tili) 70230101 Magistr
Lingvistika (arab tili) 70230101 Magistr
Lingvistika (ingliz tili) 70230101 Magistr
Lingvistika: dariy tili 70230101 Magistr
Lingvistika: fors tili 70230101 Magistr
Lingvistika: hind tili 70230101 Magistr
Lingvistika: indonez tili 70230101 Magistr
Lingvistika: koreys tili 70230101 Magistr
Lingvistika: pashtu tili 70230101 Magistr
Lingvistika: turk tili 70230101 Magistr
Lingvistika: urdu tili 70230101 Magistr
Lingvistika: xitoy tili 70230101 Magistr
Lingvistika: yapon tili 70230101 Magistr
Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik. 70230105 Magistr
Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik: arab 60230100 Bakalavr
Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik: arab tili 70230105 Magistr
Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik: fors 60230100 Bakalavr
Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik: turk 60230100 Bakalavr
Menejment 60410800 Bakalavr
Mintaqaviy iqtisodiyot 70411102 Magistr
Psixologiya 60310300 Bakalavr Magistr
Psixologiya 70310301 Magistr
Psixologiya 60310300 Bakalavr
Psixologiya 70310301 Magistr
Psixologiya (amaliy psixologiya) 60310900 Bakalavr
Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (arab tili) 70230202 Magistr
Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (urdu tili) 70230202 Magistr
Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik. 70230201 Magistr
Sharq falsafasi va madaniyati 70220502 Magistr
Sinxron tarjima: fors tili 70230202 Magistr
Sinxron tarjima: turk tili 70230202 Magistr
Siyosatshunoslik 60310100 Bakalavr
Tarix 60220300 Bakalavr Magistr
Tarix 70220301 Magistr
Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari 70220302 Magistr
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: hind tili 60230200 Bakalavr
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: urdu tili 60230200 Bakalavr
Tarjima nazariyasi va amaliyotii: Ingliz tili / Rus tili / Nemis tili 60230200 Bakalavr
Tasavvuf germenevtikasi 70220503 Magistr
Tashqi iqtisodiy faoliyat 70411102 Magistr
Turizm va mehmondo'stlik 71010101 Magistr
Turizm va mehmondo‘stlik 61010100 Bakalavr Magistr
Xalqaro munosabatlar 60310200 Bakalavr
Xalqaro munosabatlar va tahlil: Yevropa va Osiyo tadqiqotlari yo'nalishi bo'yicha 70310205 Magistr
Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar 70310801 Magistr
Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar 70310201 Magistr
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 60110900 Bakalavr Magistr
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 70110901 Magistr

Mashhur bitiruvchilar

ABDURAHIM MANNONOV

ABDURAHIM MANNONOV — sharqshunos-filolog, afgʻonshunos, filologiya fanlari doktori, professor. 2007—2019-yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori bo’lgan. 2019-yildan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori. “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi. 1965-yilda Afg‘onistonning Kobul universitetida tinglovchi sifatida tahsil olgan. 1966–1969-yillar davomida SSSR Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti aspiranturasida o‘qigan. 1970-yildan Toshkent davlat universitetining Sharq fakultetida pedagogik faoliyatini boshlagan. Shu davrda, 1971–1974-yillarda Afg‘onistonda tarjimon sifatida ishlagan. 1979-yildan dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘lgan. Faoliyati davomida 1977 va 1983-yillarda Afg‘onistonga xizmat safarlarida bo‘lgan. 1979–1989-yillarda Afg‘on filologiyasi kafedrasiga mudirlik qilgan. 1991–1994-yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti (hozirgi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti) Sharq filologiyasi fakulteti dekani lavozimida ishlagan. 1994–2003-yillar davomida mazkur oliy ta’lim muassasasida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor vazifasini bajargan. 2004-yildan professor ilmiy unvoniga sazovor bo‘lgan. 2007–2019-yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga rektorlik qilgan. 2019-yildan buyon Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida professor sifatida faoliyat olib bormoqda.

QODIROV PIRIMQUL

QODIROV PIRIMQUL – (1928-2010) Tojikistonning Shahriston tumanida tug‘ilgan. SAGU (hozirgi O‘zMU) sharq fakulteti tarix bo‘limining 1951-yil bitiruvchisi. Sharqshunos-tarixchi-eronshunos, filologiya fanlari nomzodi, dotsent, O‘zbekiston xalq yozuvchisi. Ilmiy yo‘nalishi – adabiyotshunoslik, hozirgi zamon o‘zbek adabiyoti. Hamza nomidagi O‘zR Davlat mukofoti (1981) laureati, O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1988), “Shuhrat” medali sohibi (1994l). Asosiy ilmiy ishlari: Nomzodlik dissertasiya mavzusi: «Творчество Абдуллы Каххара». –M., 1954.

QAYUMOV AZIZXON

1926-yil Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. SAGU (hozirgi O‘zMU) sharq fakultetining 1949-yil bitiruvchisi. Sharqshunos-filolog-eronshunos, filologiya fanlari doktori, akademik. Ilmiy yo‘nalishi – o‘zbek mumtoz adabiyoti, adabiy manbashunoslik, matnshunoslik. 200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. O‘zR FAning haqiqiy a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti va Xalqaro Al-Buxoriy mukofoti laureati. Ikki marta “Hurmat belgisi” ordeni va bir necha medallar bilan mukofotlangan, 4 marotaba O‘zbekiston va Belorussiya Oliy Soveti Prezidiumlarining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan. “Xalq maorifi a’lochisi”. Asosiy ilmiy ishlari: Nomzodlik dissertasiya mavzusi: “Maxmur ijodini o‘rganishga doir” – T., 1956. Doktorlik dissertasiya mavzusi: “Qo‘qon adabiy muhiti”. – T., 1961.

SHAYXOV ALISHER ERKINOVICH

1956-yil 7-noyabrda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida tug‘ilgan. 1979-yilda Toshkent davlat universiteti sharqshunoslik fakultetining tarix bo‘limini tamomlagan. Mutaxassisligi — iqtisodchi. 1979–1992-yillarda Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi, direktor o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 1983-yilda iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 1987–1988-yillarda Misr Arab Respublikasining Qohira universitetida ikki yillik stajirovkadan o‘tgan. 1992–1993-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish istiqbollari va tahlili bosh boshqarmasi rahbari, 1993–1994-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 1994–1995-yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining birinchi o‘rinbosari, 1995–1996-yillarda Vazirlar Mahkamasining tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti rahbari bo‘lgan. 1996-yilda unga birinchi toifali Favqulodda va Muxtor Elchi diplomatik darajasi berilgan. 1996–1998-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Germaniya va Avstriyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi, YXHT huzuridagi O‘zbekiston missiyasi rahbari, 1998–2001-yillarda esa O‘zbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bo‘lib faoliyat yuritgan. 2001-yil iyul oyida Favqulodda va Muxtor Elchi diplomatik darajasi berilgan. 2001–2004-yillarda Benilyuks mamlakatlaridagi Favqulodda va Muxtor Elchi, Yevropa Hamjamiyati va NATO huzuridagi O‘zbekiston missiyasi rahbari bo‘lgan. 2004-yil sentyabrdan 2005-yil dekabrgacha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi, 2005-yil dekabrdan 2006-yil aprelgacha O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri lavozimlarida ishlagan. 2006-yil aprel oyida yana Savdo-sanoat palatasiga rahbarlik qilgan va 2017-yil 20-iyungacha ushbu lavozimni egallagan. 2017-yil 29-iyuldan 2019-yil 31-avgustgacha O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bo‘lib ishlagan. Hozirda O‘zbekiston Menejerlar assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi lavozimini egallab kelmoqda.

Abduxalimov Baxrom Abdurahimovich

Abduxalimov Baxrom Abdurahimovich — o‘zbek siyosatchisi va olimi, filolog va sharqshunos, arabshunoslik bo‘yicha mutaxassis, tarix fanlari doktori, professor. U 1959-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi. 1981-yilda Toshkent davlat universitetining sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. 1994-yilda doktorlik, 2001-yilda esa davlat doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U Imom al-Buxoriy nomidagi Islom tadqiqotlari markazi (Oksford) stipendiyasi va Buyuk Britaniyaning Chevening stipendiyasi kabi nufuzli xalqaro grantlar sohibi. Mehnat faoliyatini 1980-yillar boshida Liviya, Tripolidagi sobiq Ittifoq elchixonasida arab tilidan tarjimon sifatida boshlagan. 1985–2003-yillarda Toshkentdagi Sharqshunoslik institutida turli ilmiy va rahbarlik lavozimlarida, jumladan ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. 2003–2004-yillarda Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti prorektori, 2004–2006 va 2008–2014-yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti direktori bo‘lgan. 2006–2008-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xalqaro munosabatlar va diniy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimida ishlagan. 2011–2016-yillarda Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha vitse-prezidenti, 2017-yildan buyon esa Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti va Sharqshunoslik institutining faxriy direktori sifatida milliy va xalqaro ilmiy dasturlarni muvofiqlashtirib kelmoqda. 2020-yil oktabr oyida “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi raisi etib saylangan va 2021-yilgi Prezident saylovlarida nomzod bo‘lgan. 2024-yil 20-yanvarda ushbu lavozimni tark etgan. U o‘zbek, rus, ingliz va arab tillarida yuzga yaqin ilmiy maqola, monografiya va kitoblar muallifidir.

Ibroximov Ne’matulla

1945-yil 8-avgustda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. Sharqshunos, manbashunos va jamoat arbobi. 1970-yilda Toshkent davlat universitetining sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. 1970–1985-yillarda ushbu oliy ta’lim muassasasining arab filologiyasi kafedrasida o‘qituvchi, dotsent va professor bo‘lib ishlagan. 1986-yildan kafedra mudiri, 1989–1991-yillarda sharqshunoslik fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1991-yildan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori. 1995-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati etib saylangan. 2000-yildan O‘zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi. O‘rta asrlar arab adabiyoti, islomshunoslik, manbashunoslik, arab tilshunosligi va folklor bo‘yicha yetuk mutaxassis. 150 dan ortiq kitob, monografiya va ilmiy maqolalar muallifi. Bir qator xalqaro ilmiy konferensiyalarda ishtirok etgan. 1990-yilda Butunittifoq sharqshunoslar assotsiatsiyasi diplomi bilan taqdirlangan. 2003-yildan Misrdagi “Majmaʿ al-lug‘a al-‘arabiyya” Arab akademiyasi a’zosi, 1996-yildan AQShning Kaliforniya Xalqaro fan va ta’lim akademiyasining haqiqiy a’zosi, Koreya Respublikasining Seul shahridagi Sungkyunkwan universitetining faxriy doktori, Yaponiyaning Fukusima prefekturasining O‘zbekistondagi faxriy elchisi unvoniga sazovor bo‘lgan. Bir necha bor xorijiy mamlakatlarga ilmiy va xizmat safarlarida bo‘lgan. Ikki marta O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati etib saylangan. 1997-yilda “O‘zbekiston — Misr” do‘stlik jamiyati raisi etib saylangan. 2001-yildan O‘zbekiston Milliy xalqaro aloqalar assotsiatsiyasi (Xalqaro do‘stlik jamiyati) raisi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari rektorlari kengashi raisi va Oliy Majlis huzuridagi chetga olib chiqib ketilgan arxiv materiallarini qaytarish bo‘yicha maxsus komissiya raisi bo‘lib faoliyat yuritgan. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1990), Imom al-Buxoriy nomidagi Xalqaro mukofotning ikki karra laureati (1996, 1999), “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim a’lochisi” (1999). 1997-yildan “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Bosh tahrir hay’ati a’zosi. 2001-yilda milliy boylik hisoblangan, chetga olib chiqib ketilgan arxiv hujjatlarini qaytarish bo‘yicha Oliy Majlis huzuridagi maxsus komissiya raisi bo‘lgan.

Inoyatov Rustam Rasulovich

O‘zbekiston Respublikasining davlat arbobi. U 1995–2018-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi lavozimida faoliyat yuritgan. 2018–2021-yillarda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi bo‘lib ishlagan. Inoyatov Rustam Rasulovich (1944-yilda tug‘ilgan) - 1968-yilda Toshkent davlat universitetining Sharqshunoslik fakultetini “eronshunoslik” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Ingliz va fors tillarini mukammal biladi. 1972-yilda O‘zbekiston SSR Davlat xavfsizlik qo‘mitasiga (KGB) ishga qabul qilingan. 1976–1981-yillarda Afg’onistonda diplomatik himoya ostida rezidentura xodimi bo’lgan. 1981–1991-yillarda SSSR Davlat xavfsizlik qo‘mitasining Birinchi bosh boshqarmasida, ya’ni tashqi razvedka tizimida xizmat qilgan. 1991–1995-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 1995-yildan 2018-yilgacha mazkur idoraga rahbarlik qilgan. 2018-yildan 2021-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi bo‘lgan. Unga 1992-yilda general-mayor, 1996-yilda general-leytenant, 1999-yilda esa general-polkovnik harbiy unvonlari berilgan. 1999–2020-yillar davomida O‘zbekiston tennis federatsiyasi prezidenti lavozimini egallagan.

Talabalar fikri

RINKA YAGAME

“Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida tahsil olayotganim men uchun juda foydali va ilhomlantiruvchi bo‘ldi. Markaziy Osiyo xalqlari tarixi yo‘nalishida o‘qish davomida malakali professorlardan chuqur bilim olish imkoniga ega bo‘ldim. Qo‘shimcha ravishda rus tilini ham o‘rganayapman, bu esa tarixiy tadqiqotlarimga yanada boylik qo‘shmoqda. Universitetdagi madaniy xilma-xillik va ochiqlik men uchun muhim tajriba bo‘ldi.”

LI LONGXIANG

“Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Xalqaro munosabatlar yo‘nalishida tahsil olish orqali dunyoqarashim ancha kengaydi. Darslar zamonaviy va mintaqaviy masalalarni chuqur o‘rganishga qaratilgan. Ayniqsa, o‘zbek tilini o‘rganayotganimdan juda mamnunman – bu menga nafaqat tilni, balki madaniyatni chuqur tushunishga yordam bermoqda. O‘qituvchilar va talabalar tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamlardan juda minnatdorman.”

Sem Rafael

“Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida fors tili filologiyasi yo‘nalishida tahsil olayotganimdan juda mamnunman. Universitetda til, adabiyot va madaniyatni chuqur va tizimli o‘rganish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Professorlarning fidoyiligi va xalqaro muhit men uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.”