WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

Tashqi iqtisodiy faoliyat

Magistr Kunduzgi 1 yil

Dastur haqida

Mazkur magistratura dasturi tashqi iqtisodiy faoliyatni samarali tashkil etish va boshqarish, xalqaro savdo hamda investitsiya jarayonlarini chuqur tahlil qila oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Talabalar xalqaro iqtisodiy munosabatlar, eksport-import operatsiyalari, bojxona ishi, xalqaro marketing, logistika, xalqaro moliya va tashqi savdo shartnomalarini tuzish bo‘yicha zamonaviy bilimlarni egallaydilar. Dastur davomida xalqaro biznes muhiti, iqtisodiy diplomatiya, savdo muzokaralari, investitsiya loyihalarini boshqarish hamda iqtisodiy risklarni baholash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar shakllantiriladi. O‘quv jarayonida zamonaviy raqamli texnologiyalar, iqtisodiy tahlil dasturlari va xalqaro savdo amaliyoti bilan integratsiyalashgan ta'lim yondashuvi qo‘llaniladi. Bitiruvchilar Investitsiyalar, sanoat va savdo sohasidagi tashkilotlar, bojxona organlari, eksport-import kompaniyalari, xalqaro moliya institutlari, logistika markazlari, diplomatik vakolatxonalar hamda transmilliy korporatsiyalarda yuqori malakali mutaxassis sifatida faoliyat yuritishlari mumkin

O'xshash dasturlar