Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
16,875
Talabalar
203
Xorijiy talabalar
865
O'qituvchilar
12
Fakultetlar
61
Kafedralar
1927
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Samarqand davlat universiteti nafaqat O’zbekistonda, jahonning ko’plab mamlakatlarida ham mashxur qadimiy va mumtoz oliy ta’lim muassasasidir. Oliy ta’lim muassasamizning rasman tashkil topishi 1927 yil bilan belgilansada, uning shakllanishi va oliy ta’lim maqomiga ega bo’lishi ilm-fan va ta’lim, san’at va madaniyat durdonalari, arxitektura-qurilish inshootlari bilan jahonga mashhur bo’lgan Temuriylar davri, xususan, Ulug’bek akademiyasining boy tarixi va yutuqlari bilan uzviy bog’liq.
Mirzo Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, G’iyosiddin Koshiy, Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy kabi buyuk avlodlarimiz Samarqandda ma’rifat va madaniyatni yuksaltirgan va jahon tamadduni tamal toshlari qo’yganliklari, ularning boy meroslari asosida bugungi oliy ta’lim muassasalari tashkil topganidan g’ururlanamiz. Ana shunday oliy ta’lim muassasalaridan biri - Samarqand davlat universiteta o’zining uzoq yillik faoliyati davrida O’zbekistonimiz xalq xo’jaligiga minglab mutaxassislar va oliy malakali kadrlar tayyorlab berdi.
Samarqand davlat universiteti 1927 yil 22 yanvarda O’zbekiston Hukumati qarori bilan Oliy pedagogika instituti nomi bilan tashkil qilingan (1927-1933), 1930 yili O’zbekiston davlat pedagogika akademiyasiga (1930- 1933) va 1933 yilda esa O’zbekiston davlat univereitetiga (1933-1941) aylantirilgan, 1941-1944 yillarda ikkinchi jahon urushi munosabati bilan O’zbekiston davlat universiteti O’rta Osiyo universiteti tarkibiga kiritilgan (xozirgi O’zbekiston Milliy universiteti), 1944 yilda O’zbekiston davlat universiteti qayta tiklandi (1944- 1960), 1960 yildan boshlab O’zbekiston davlat universiteti Samarqand davlat universiteti deb atalib kelmoqda.
Bugungi kunda Samarqand davlat universitetining 14 ta fakultet va 63 ta kafedralarida 34 ta ta’lim yunalishi va 40 ta magistratura mutaxassisligi bo’yicha 13000 ga yaqin talabalar tahsil olmoqda. Ularga 800 dan ortiq professor-o’qituvchilar, jumladan, 3 nafar O’zFA akademiklari, 81 nafar fan doktorlari va 311 nafar fan nomzodlari ta’lim berishmoqda. 40 dan ortiq mutaxassisliklar bo’yicha falsafa doktori (Phd) va fan doktorligi (DSc) doktoranturalari, ularni ximoyasini o’tkazuvchi 9 ta ilmiy kengashlar faoliyat yuritmoqda.
Universiteti tarkibida 3 mln. dan ortik ilmiy va o’quv adabiyotlari, jumladan, 15 000ga yaqin nodir kitob va sharq qo’lyozmalari mavjud bo’lgan kutubxona hamda 3 ta akademik lisey, 4 ta muzey, 1ta oranjereya, 2ta noyob qurilma faoliyat yuritmoqda.
Ta’lim-tarbiya jarayonini muntazam ishlashini ta’minlash maqsadida “Samarqand Davlat universiteti ilmiy axborotnomasi” ilmiy-uslubiy jurnali va “Samarqand universiteti” gazetasi davriy ravishda chop etilmoqda, o’quv va ilmiy adabiyotlarni taxrir va nashr qiluvchi bosmaxona ishlab turibdi.
Mustaqillik yillarida universitet talabalaridan 19 nafari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidagi davlat stipediyalari, 98 nafari esa atoqli shaxslar nomidagi davlat stipendiyalarini, 9 nafar talaba esa “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti olishga sazovor bo’lishgan. 7 nafar talabalarimiz jahon chempioni, 57 nafar talabalar Osiyo chempioni, 170 nafardan ortiq talabalar O’zbekiston chempioni, 300 nafardan ortiq talabalar universiada chempioni va sovrindorlari bo’lishgan.
Universitet professor-o’qituvchilardan 1 nafari “Buyuk xizmatlari uchun”, 5 nafari “El -yurt xurmati”, 5 nafari “Mexnat shuxrati” ordenlari, 3 nafari “Shuxrat” medali bilan taqdirlangan, 3 nafari “O’zbekiston Fan arbobi” va 6 nafari “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi” unvonlarini olishgan.
Samarqand davlat universiteti O’zbekistonda ta’lim va ilm-fan soxalarida olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisi, ta’lim-tarbiya jarayonini uyg’unlashtirish, tayyorlanadigan mutaxassis kadrlarning raqobatbardoshligini oshirish, ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish, ilmiy tadqiqotlarni ustivorligi va dolzarbligini ta’minlash ishlarida tashabbuskorlik ko’rsatayotgan maskandir.
Samarqand davlat universiteti QS Stars reytingida 5 yulduzli universitetlar qatoriga qo’shildi
2024-yil 15-mayda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti O’zbekistonda birinchilardan bo’lib QS Stars reytingida 5 yulduzni qo’lga kiritdi va dunyodagi eng yuqori baholangan universitetlar qatoriga qo’shildi.

QS Stars – dunyo miqyosida universitetlar uchun eng ta’sirli va ishonchli reytinglardan biri bo’lib, oliy ta’lim muassasalarida bir qancha yo’nalishlar bo‘yicha samaradorlik ko‘rsatkichlarini baholovchi tanlov tizimi hisoblanadi.
QS Stars reyting tizimi Quacquarelli Symonds (QS) xalqaro reyting agentligi tomonidan 2009-yilda universitetlarga o'zlarining kuchli sohalarini targ'ib qilish va zaif tomonlarini aniqlash va yaxshilashga yordam berish maqsadida ishga tushirilgan.
QS ma'lumotlariga ko'ra, ish beruvchilar odatda 5 yulduzli universitetlar bitiruvchilarini to'g'ridan-to'g'ri ishga olishadi. Bunday muassasasalarning faoliyati QS Stars reyting tizimida “A’lo” deb baholanadi.
QS Stars reyting tizimi universitetlar faoliyatini quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha baholaydi:
|
Teaching
|
Ta’lim sifati - Ta'lim sifatini baholash ko’rsatkichi hisoblanib, talabalar o’rtasida o’tkazilgan so’rovlar natijalari, oliy ta’limdan keying ta’lim darajasi va talabalar hamda o’qituvchilar nisbatini baholaydi. |
|
Employability
|
Bitiruvchilarning ishga joylashishi - Ish beruvchilar o’rtasida o’tkazilgan so’rovlar, bitiruvchilaring ishga joylashish darajasi va universitetdagi karyera qo’llab quvvatlash markazi faoliyatini baholaydi. |
|
Internationalisation |
Xalqarolashuv - Xalqaro talabalar va xodimlarning nisbati, almashinuv dasturlari bo’yicha universitetga kelgan va universitetdan yuborilgan talabalari soni, talabalar jamoasidagi millatlar soni, boshqa universitetlar bilan xalqaro hamkorliklar soni va mustahkamligini baholaydi. |
|
Academic Development
|
Akademik rivojlanish - Bu kategoriyada universitetning o'z talabalari va professor-o'qituvchilari uchun o’qish va o'qitishdan tashqari akademik rivojlanish imkoniyatlari baholanadi. Bunga talabalar uchun assistentlik, sinfdan tashqari faoliyat turlari mavjudligi va rivojlanish dasturlarida ishtirok etuvchi o'qituvchilar soni kabi ko’rsatkichlar kiradi. |
|
Facilities
|
Qulayliklar - Ushbu kategoriya doirasida talabalarga universitetlaridan kutishlari mumkin bo'lgan muhit haqida tushuncha beruvchi universitet infratuzilmasi baholanadi. Bularga sport inshoatlari, talabalar turar joylari va kutubxona kabi ko'rsatkichlar kiradi. |
|
Programme Strength
|
Tanlangan ta’lim yo’nalishi - Bu kategoriyada universitet tomonidan tanlangan muayyan ta’lim yo’nalishining mukammallik darajasi ko’rib chiqiladi. Bunga ko’ra, tanlangan yo’nalish qay darajada raqobatbardosh va hurmatga sazovorligi, yetakchi professor o’qituvchilari, istiqbolli talabalari shuningdek, yo’nalishning ta’lim va sanoatdagi roli bilan baholanadi. |
|
Social Responsibility
|
Ijtimoiy mas’uliyat - Bu ko’rsatkich universitetning ijtimoiy manfaatlarga hissa qo'shish darajasini, ijtimoiy tenglik va jamoatchilik bilan keng ko’lamli aloqalarni ta'minlashdagi o’rnini o’rganish orqali baholaydi. Bular muassasaning ijtimoiy ta'sirini, targ'ibot ishlari, xayriya ishlariga investitsiyalar va inson kapitalini rivojlantirish kabi omillar kiradi. Shuningdek, mazkur ko’rsatkich doirasida, institutning aholi o’rtasidagi tengsizliklarni kamaytirishga qo'shgan hissasi va uning aholi salomatligi va farovonligiga ta'siri ham hisobga olinadi. |
|
Inclusiveness
|
Inklyuzivlik - Bu kategoriya doirasida nogironlarni qo'llab-quvvatlash xizmatlari, talabalar va xodimlar o'rtasidagi gender tengligi va uni ta'minlaydigan strategik asosning mavjudligi ko'rib chiqiladi. |
Universitet mazkur tanlovning ta’lim, bitiruvchilarning ishga joylashishi, xalqarolashuv, akademik rivojlanish, qulayliklar, tanlangan ta’lim yo’nalishi (Fizika), ijtimoiy mas’uliyat kategoriyalari bo’yicha eng yuqori ko’rsatkichlarga erishib, 



ni qo’lga kiritdi.
Universitetning QS 5 yulduzli reytingi 2028-yilning fevraligacha amal qiladi.
}test
Xorijiy talabalar uchun
XORIJIY TALABALAR UCHUN TIL KURSLARI HAQIDA MA'LUMOT:
Bugungi kunda Samarqand davlat universitetida barcha qulayliklarga ega bo'lgan va alohida kutubxonasiga ega bo'lgan Turkologiya ilmiy tadqiqot instituti ham faoliyat yuritmoqda. Ushbu institut negizida Ingliz tili, rus tili, turk tili, o'zbek tili kurslari tashkil etilgan. Shuningdek universitetda "Korea madaniyat markazi" ham tashkil qilingan va Korea Respublikasi tomonidan to'liq jihozlangan va korealik o'qituvchilar jalb qilingan holda koreys tili to'garaklari faoliyat olib bormoqda. 2024-yilda universitetda "Xitoy madaniyati markazi" tashkil qilindi va Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan 1500 dan ortiq xitoy tilidagi darslik va o'quv materilallari olib kelingan va Xitoydan Valantyor sifatida o'qituvchi jalb qilingan.




Xalqaro hamkorlik
Bugungi kunda Samarqand davlat universiteti 35 dan ortqi mamlakatlarninig 250 dan ortiq eng nufuzli universitetlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan (https://www.samdu.uz/uz/pages/international-cooperation-organizations).
Shuningdek Dunyozining nufuzli universitetlaridan reytingi yuqori universitetlaridan 2024-yilda 240 ta 2025-2026-o'quv yili uchun 270 dan ortiq professor o'qituvchilar kelib universitetda ilmiy hamda pedagogik faoliyat olib bormoqda.
Dunyoning nufuzli TOP-1000 ro'yxatidagi 9 ta universitet bilan 16 ta yo'nalishda bakalvr va magistratura yo'nalishlari uchun qo'shma ta'lim dasturlari asosida talabalar tahsil olmoqda.
{
Samarqand davlat universitetining xorijiy davlat universitetlar bilan amaldagi shartnomalari
|
Universitet nomi |
Sayt |
Mamlakat |
Logotip |
|
Arizona Shtat Universiteti |
АQSh |
|
|
|
Renodagi Nevada universiteti |
АQSh |
|
|
|
Yuta universitet |
АQSh |
|
|
|
Wyoming Universiteti |
АQSh |
|
|
|
Xolon texnologiya instituti |
Isroil |
|
|
|
Leyden Universiteti |
Niderlandiya |
|
|
|
Darmshtadt Politexnika Universiteti |
Germaniya |
|
|
|
Labora GmbH |
Germaniya |
|
|
|
Rostok Universiteti |
Germaniya |
|
|
|
Parij 1 Pantheon-Sorbonna |
Fransiya |
|
|
|
"N+i" muhandislik instituti |
Fransiya |
|
|
|
Poitiyers universiteti |
Fransiya |
|
|
|
Maxsus taʼlim sohasida Kadrlar tayyorlash va tadqiqotlar milliy Oliy instituti |
Fransiya |
|
|
|
Algarve universiteti |
Portugaliya |
|
|
|
Turku Universiteti |
Finlaniya |
|
|
|
Kareliya Finlyandiya texnik universiteti |
Finlaniya |
|
|
|
Granada universiteti |
Ispaniya, Granada |
|
|
|
Santyago-De Kompostela universiteti |
Ispaniya |
|
|
|
Malaga universiteti |
Ispaniya |
|
|
|
Lʼaquila Universiteti |
Italiya |
|
|
|
Pisa universiteti |
Italiya Luca Ghini |
|
|
|
Venetsiya universiteti |
Italiya Venetsiya |
|
|
|
Insubria Universiteti |
Italiya |
|
|
|
Boloniya universiteti |
Italiya |
|
|
|
Florensiya universiteti |
Italiya |
|
|
|
Milan Davlat Universiteti |
Italiya |
|
|
|
Dongguk Universiteti |
Janubiy Koreya |
|
|
|
Gachon Universiteti |
Janubiy Koreya |
|
|
|
Chonnam Davlat Universiteti |
Janubiy Koreya |
|
|
|
Sunchonhyang Universiteti |
Janubiy Koreya |
|
|
|
Koreya Pavilyoni, Koreya-Markaziy Osiyo Do‘stlik Uyushmasi |
Janubiy Koreya |
|
|
|
Keimyung Universiteti |
Janubiy Koreya |
|
|
|
Shandong Global Universiteti |
Janubiy Koreya |
|
|
|
KTI |
Janubiy Koreya |
|
|
|
Dongguk ayollar universiteti |
|
|
|
|
Afina davlati va Kapodistriya universiteti |
Gretsiya |
|
|
|
RUDN |
Rossiya Federatsiya |
|
|
|
A.I.Gersena nomidagi RGPU |
Rossiya Federatsiya |
|
|
|
A. N. Seversov Rossiya Fanlar Akademiyasining Yekologiya va yevolyusiya instituti |
Rossiya Federatsiya |
|
|
|
A. N. Tupolev nomidagi qozon Davlat Politexnika universiteti |
Rossiya Federatsiya |
|
|
|
Pushkin nomidagi Sankt-Peterburg Davlat universiteti |
Rossiya Federatsiya, Sankt-Peterburg |
|
|
|
A. S. Pushkin nomidagi davlat rus tili instituti |
Rossiya Federatsiya |
|
|
|
Adigeya Davlat Universiteti |
Rossiya Federatsiya, Maykop |
|
|
|
Agrofizik Tadqiqotlar Universiteti |
Rossiya Federatsiya |
|
|
|
Akademik M. F. Reshetnev nomidagi Sibir Davlat fan va texnologiya universiteti |
Rossiya Federatsiyasi, Krasnoyarsk |
|
|
|
Boshqird Davlat Universiteti |
Rossiya Federatsiya |
|
|
|
Bauman Moskva Yelektrotexnika Politexnika Universiteti |
Rossiya Federatsiya |
|
|
|
Belgorod Davlat Universiteti |
Rossiya Federatsiya |
|
|
|
G. R. Derjavin nomidagi Tambov Davlat universiteti |
Rossiya Federatsiya |
|
|
|
Gjel Davlat Universiteti |
Rossiya Federatsiya |
|
|
|
Chuvash Davlat Universiteti |
Rossiya Federatsiya |
|
|
|
Ivanovo Davlat kimyoviy texnologiya universiteti |
Rossiya Federatsiya |
|
|
|
Kabardino-Balkar Davlat Universiteti |
Rossiya Federatsiya Nalchik |
|
|
|
Kursk Davlat Universiteti |
Rossiya Federatsiya |
|
|
|
Lomonosov Nomidagi Moskva Davlat Universiteti |
Rossiya Federatsiya |
|
|
|
Magnitogorsk Davlat Politexnika Universiteti |
Rossiya Federatsiya |
|
|
|
Moskva Davlat Tilshunoslik Universiteti |
Rossiya Federatsiya |
|
|
|
Moskva Davlat Mintaqaviy Universiteti |
Rossiya Federatsiya |
|
|
|
Moskva elektron texnologiyalar instituti |
Rossiya Federatsiya |
|
|
|
Moskva psixoanaliz instituti |
Rossiya Federatsiya |
|
|
|
N. G. Chernishevskiy nomidagi Saratov tadkikot Davlat universiteti |
Rossiya Federatsiya, Saratov |
|
|
|
N. I. Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod davlat tadkikot Davlat universiteti |
Rossiya Federatsiya |
|
|
|
Nijnevartovsk Davlat Universiteti |
Rossiya Federatsiya |
|
|
|
Penza Davlat Universiteti |
Rossiya Federatsiya Penza |
|
|
|
Polesskiy Davlat Universiteti |
Rossiya Federatsiya |
|
|
|
Qozon (Volga Viloyati) Federal Universiteti |
Rossiya Federatsiya , Qozon |
|
|
|
Rossiya Davlat gumanitar universiteti |
Rossiya Federatsiya |
|
|
|
Rossiya Iqtisodiyot va Davlat boshqaruvi Akademiyasi |
Rossiya Federatsiya , Moskva |
|
|
|
Rossiya Davlat turizm va servis universiteti |
Rossiya Federatsiyasi, Moskva |
|
|
|
V. L. Komarov Rossiya Fanlar Akademiyasining Botanika instituti |
Rossiya Federatsiyasi, Sankt-Peterburg |
|
|
|
Rossiya Federatsiyasining birinchi Prezidenti B. N. Yeltsin nomidagi Ural Federal universiteti |
Rossiya Federatsiyasi, Yekaterinburg |
|
|
|
Rossiya Fanlar Akademiyasining Butunrossiya parrandachilik ilmiy-tadqiqot va texnologik instituti |
Rossiya Federatsiyasi, |
|
|
|
Samara Davlat Madaniyat instituti |
Rossiya Federatsiyasi, Samara |
|
|
|
Sankt-Peterburg Davlat Agrar Universiteti |
Rossiya Federatsiyasi, |
|
|
|
Sankt-Peterburg Davlat Universiteti |
Rossiya Federatsiyasi, Sankt-Peterburg |
|
|
|
Shimoliy Kavkaz Federal Universiteti |
Rossiya Federatsiyasi, Stavropol |
|
|
|
Sibir Federal Universiteti |
Rossiya Federatsiyasi, Krasnoyarsk |
|
|
|
STANKIN MGTU |
Rossiya Federatsiyasi, Moskva |
|
|
|
Tomsk Davlat Tadqiqot Instituti |
Rossiya Federatsiyasi, Tomsk |
|
|
|
Tomsk Davlat Pedagogika Universiteti |
Rossiya Federatsiyasi |
|
|
|
Ulyanovsk Davlat Universiteti |
Rossiya Federatsiyasi |
|
|
|
Ural Davlat Iqtisodiyot universiteti |
Rossiya Federatsiyasi, Yekaterinburg |
|
|
|
Sankt-Peterburg Davlat Yelektrotexnika Universiteti |
Rossiya Federatsiyasi, Sankt-Peterburg |
|
|
|
Volgograd Davlat Universiteti |
Rossiya Federatsiyasi |
|
|
|
YU nomidagi Saratov Davlat Politexnika universiteti.A. Gagarin |
Rossiya Federatsiyasi, Saratov |
|
|
|
Ufa Davlat Neft Texnika Universiteti |
Rossiya Federatsiyasi |
|
|
|
Udmurt Davlat Universiteti |
Rossiya Federatsiyasi |
|
|
|
Oltoy Davlat Universiteti |
Rossiya Federatsiyasi |
|
|
|
Sankt-Peterburg Politexnika Universiteti |
Rossiya Federatsiyasi |
|
|
|
Saratov Davlat Yuridik Akademiyasi |
Rossiya Federatsiyasi |
|
|
|
N. G. va A. yu nomidagi Vladimir Davlat universiteti. Stoletov. |
|
|
|
|
Samara Politexnika Universiteti |
|
|
|
|
Lebedev Fizika instituti |
|
|
|
|
F. Yakubov nomidagi Qrim muhandislik-Pedagogika universiteti |
Rossiya Federatsiyasi, Qrim |
|
|
|
Tver Davlat Universiteti |
|
|
|
|
Qodirov Chechen Davlat Universiteti |
|
|
|
|
Rossiya Davlat Gidrometeorologiya Universiteti |
|
|
|
|
Sevastopol Davlat Universiteti |
|
|
|
|
Ural Davlat Agrar Universiteti |
|
|
|
|
Boltiq Davlat texnika universiteti "VOYENMEH" |
|
|
|
|
Debrecen universiteti |
Vengriya |
|
|
|
Yetves Lorand Universiteti |
Vengriya |
|
|
|
Dunauyvarosh universiteti |
Vengriya |
|
|
|
Nyiredhaza Universiteti |
Vengriya |
|
|
|
Semmelveys Universiteti |
Vengriya |
|
|
|
Javaharlal Neru Universiteti |
Hindiston, Dehli |
|
|
|
Chandigarh Universiteti |
Hindiston, Chandigarh |
|
|
|
Velsa fan, texnologiya va ilg‘or tadqiqotlar instituti |
Hindiston |
|
|
|
Dehli universiteti |
Hindiston, Dehli |
|
|
|
Hindiston Universiteti Oligarx Musulim |
Hindiston |
|
|
|
Hindiston dasturiy taʼminot texnologiyalari instituti |
Hindiston |
|
|
|
Don Bosko Menejment instituti |
Hindiston |
|
|
|
Hindiston madaniy aloqalar Kengashi |
Hindiston |
|
|
|
Bombay texnologiya instituti |
|
|
|
|
Allohobod Instituti |
|
|
|
|
Galgoshias Universiteti |
|
|
|
|
P. P. Savin Universiteti |
|
|
|
|
Bravijaya Universiteti |
Indoneziya |
|
|
|
Mercu Buan Universiteti |
|
|
|
|
Lyublin Politexnika Universiteti |
Polsha |
|
|
|
Lodz universiteti |
Polsha |
|
|
|
Krakov Yagelloniya Universiteti |
Polsha |
|
|
|
Krakov tadqiqot universiteti AGH |
Polsha |
|
|
|
Lvov Politexnika Universiteti |
Ukraina |
|
|
|
Xarkov Aerokosmik Instituti |
|
|
|
|
V. Vinnichenko nomidagi Markaziy Ukraina Davlat Pedagogika universiteti |
|
Ukraina |
|
|
Pragadagi Chexiya agrar universiteti |
Chexiya Respublikasi |
|
|
|
Latviya universiteti |
Latviya |
|
|
|
Sitka Kochman Mug‘la Universiteti |
Turkiya, Mug‘la |
|
|
|
Anqara gumanitar Fanlar universiteti |
Turkiya |
|
|
|
Anqara Universiteti |
Turkiya |
|
|
|
Kavkaz Universiteti |
Turkiya, Kars |
|
|
|
Ankara Yildirim Bayazit Universiteti |
Turkiya |
|
|
|
Istanbul Universiteti |
Turkiya |
|
|
|
OSTIN texnika universiteti |
https://www.ostimteknik.edu.tr/ |
Turkiya |
|
|
Inonu Universiteti |
Turkiya |
|
|
|
Ege Universiteti |
|
|
|
|
A. I. Kuza nomidagi yasskiy universiteti |
Ruminiya |
|
|
|
YUNESKO Markaziy Osiyo xalqaro instituti |
UNESCO |
|
|
|
Polotsk Davlat Universiteti |
Belarus Respublikasi, Novopolotsk |
|
|
|
Belorus Davlat Universiteti |
Belarus Respublikasi |
|
|
|
Yanka Kupala Grodno Davlat Universiteti |
Belarus Respublikasi |
|
|
|
Baranovichi Davlat Universiteti |
Belarus Respublikasi |
|
|
|
Belarus Politexnika Universiteti |
Belarus Respublikasi |
|
|
|
Minsk Davlat Tilshunoslik universiteti |
|
|
|
|
Belarus Davlat jismoniy tarbiya universiteti |
|
|
|
|
Belarus Milliy Texnika Universiteti |
|
|
|
|
Masherov nomidagi Vitebsk Davlat universiteti |
|
|
|
|
Xo‘jand Davlat Universiteti |
Tajikistan, Ho‘jand |
|
|
|
Tojikiston Pedagogika Instituti |
Tajikistan, Panjakent |
|
|
|
Tojikiston Milliy Universiteti |
Tojikiston |
|
|
|
Malayziya - Yaponiya xalqaro texnologiya instituti |
Malayziya |
|
|
|
Mara texnologiya universiteti |
Malayziya |
|
|
|
Malayziyaning Putra universiteti |
Malayziya |
|
|
|
Qirg‘iziston-Turkiya Manas universiteti |
Qirg‘iziston Respublikasi |
|
|
|
Qirg‘iz-O‘zbek Universiteti |
Qirg‘iziston Respublikasi |
|
|
|
Abay nomidagi Qozog‘iston Pedagogika universiteti |
Qozog‘iston |
|
|
|
Atirau muhandislik-gumanitar instituti |
Qozog‘iston |
|
|
|
Janubiy Qozog‘iston Davlat Pedagogika Universiteti |
|
|
|
|
Qozog‘iston Iqtisodiyot instituti |
|
|
|
|
L. N. Gumilyov Yevrosiyo Milliy universiteti NAO |
|
|
|
|
Nagoya Universiteti |
Yaponiya |
|
|
|
Ayti sanʼat universiteti |
Yaponiya |
|
|
|
Osaka universiteti tillar va Madaniyat Oliy maktabi |
Yaponiya |
|
|
|
Kogakuin Universiteti |
Yaponiya |
|
|
|
SOKA Universiteti |
Yaponiya |
|
|
|
Xiʼan Jiaotong universiteti |
Xitoy |
|
|
|
Shaanxi Pedagogika universiteti (gumanitar fanlar, pedagogik taʼlim, kutubxona, matbaa va arxivlar) |
Xitoy |
|
|
|
Shimoli-G‘arbiy Universiteti |
Xitoy |
|
|
|
Shanxay Universiteti, Xitoy Tili Markazi |
Xitoy |
|
|
|
Shanxay Universiteti |
|
||
|
Vuxan Universiteti |
Xitoy |
|
|
|
Staffordshir Universiteti |
Angliya |
|
|
|
Vytautas Buyuk universitet |
Litva |
|
|
|
Gazi Universiteti |
Turkiya |
|
|
|
Ingliz va chet tillari universiteti |
Hindiston |
|
|
|
VetVittles LLC kompaniyasi |
Aqsh |
|
|
|
Seinajoki amaliy Fanlar universiteti-tikuv |
Finlandiya |
|
|
|
Tyumen Davlat Universiteti |
Rossiya |
|
|
|
N. V. Sitsin Rossiya Fanlar Akademiyasining asosiy Botanika bog‘i |
Rossiya |
|
|
|
K. A. Yasaviy Xalqaro Qozoq-Turk Universiteti |
|
Qozog‘iston |
|
|
Safi Utebayev nomidagi Atirau neft va gaz universiteti |
Qozog‘iston |
|
|
|
Linkoln Universiteti Kolleji |
|
|
|
|
Ural Federal okrugining o‘qituvchilar uyi |
|
|
|
|
Xitoyning Renmin universiteti |
|
|
|
|
Izmir Katip Celebi Universiteti |
|
|
|
|
Qozog‘iston Respublikasi Zoologiya instituti |
|
|
Samarqand davlat universiteti quyidagi xalqaro loyihalarida ishtirok etmoqda:
- ERASMUS+ "Enhancing competencies of central Asian universities in agricultural policy focused on environmental protection land management" (Markaziy Osiyo universitetlarining atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan qishloq xo'jaligi siyosatidagi vakolatlarini oshirish)
- Erasmus+ dasturining “International Credit Mobility” loyihasi doirasida Evropa (Europa Union) universitetlari bilan pedagog-xodimlar, magistrantlar va talabalar almashinuvi va malakasini oshirish bo’yicha.
- Nursilin dasturining 561742-EPP-2015-1-PT-EPPKA2-CBHE-SP bo’yicha malaka oshirishni rivojlantirish va tanishish bo'yicha loyihasi
}test
Til kurslari
{}
Talabalar uchun imkoniyatlar
Turli yillarda universitetdan o’nlab yirik davlat, madaniyat va fan arboblari, yozuvchi va shoirlar yetishib chiqdi. Bular:
Sharof Rashidov (1917-1983) - 1959-1983-yillar O'zbekiston sovet sotsialistik Respublikasining birinchi kotibi.

Hamid Olimjon (1909-1944)- o‘zbek shoiri, dramaturg, adabiy tanqidchi, XX asr o‘zbek mumtoz she’riyati namoyandasi
. 
Uyg’un (1905-1990)- shoir va dramaturg. Oʻzbekiston xalq shoiri. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi. Mehnat Qahramoni.

Ibrohim Mo’minov (1908-1974)- tarixchi – arxeolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, tarix fanlari doktori, professor.

Yahyo G'ulomov (1908-1977)- tarixchi – arxeolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, tarix fanlari doktori, professor.

Muhammad Asimi (1920-1996)- shoir va akademik.

Mirtemir (1910-1978)- Oʻzbekiston xalq shoiri.

Usmon Nosir (1912-1944) - oʻzbek shoiri, tarjimon, dramaturg.

Manzura Sobirova (Oydin, 1906-1953) - Birinchi o‘zbek adibasi, iqtidorli hikoyanavis

Xabib Yusufiy (1916-1945) - mohir tarjimon.

Fakultetlar
FAKULTET HAQIDA O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 apreldagi “O’zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish to’g’risida”gi PF-5987-sonli Farmoni hamda Samarqand Davlan universitet rektorining 2020 yil 20 iyundagi 290-ij buyrug’iga asosan Samarqand davlat universitetida Yuridik fakulteti tashkil etildi. Fakultetda 5240100-“Yurisprudensiya”, 5111600-“Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”, “Falsafa” yo’nalishlari bo‘yicha bakalavr, 5A 120503-Etika va estetika, 5A111601 Ijtimoiy gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (Ma’naviyat asoslari), 5A120501-Falsafa (sohalar bo’yicha) mutaxassisliklari bo‘yicha magistrantlar hamda “Ijtimoiy falsafa”, “Ontologiya, gnoseologiya va mantiq” ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktorantura va doktorantura ixtisosliklari bo‘yicha oily malakali kadrlar tayyorlanmoqda. Bugungi kunda fakultetda Huquqshunoslik va huquq ta’limi, Falsafa va milliy g’oya, kafedralari mavjud bo‘lib, ularda 7 ta fan doktori, 29 ta fan nomzodi (shundan, falsafa fanlari doktori (PhD) 15 ta), 15 ta dosentlardan iborat bo‘lgan tajribali professor o‘qituvchilar jamoasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Fakultetda 432 nafar bakalavr-1 kursda-164 nafar, 2-kursda-116 nafar, 3-kursda-91 nafar, 4-kursda- 60 nafar talaba, 1 va 2-bosqichda 13 nafar magstr tahsil oladi va 22 ta akademik guruh mavjud. MALAKA TALABLARI Bakalavriat yo'nalishi malaka talablari va o'quv rejalari 5240100 Yurisprudensiya 5111600 Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 5120500 Falsafa Magistratura yo'nalishi malaka talablari 5A120503 Etika va estetika 5A111601 Ijtimoiy gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari) 5A120501 Falsafa (sohalar bo’yicha)
INSTITUT HAQIDA 1927-yilda O‘zbek davlat universiteti (hozirgi SamDU) tashkil etilgan vaqtdan boshlab, fizika-matematika fakulteti ham faoliyatini boshlagan edi. Birinchi marta Samarqandda fiziklar tayyorlash ishiga Rossiyadan taklif etilgan olim prof.A.M.Titov rahbarlik qilib, 1933-yilda A.Yu.Pedder va N.P.Kuznesovlar bilan birgalikda «Umumiy fizika», 1935-yilda «Optika va nazariy fizika» kafedralarni tashkil etgan edi. 1933-yilda prof.A.M.Titov rahbarligida birinchi marta Quyosh energiyasidan foydalanish (Geliofizika) bo’yicha ilmiy ishlar olib borishdi va uning rahbarligida 1935-yilda K.T.Abdirashidov, A.G.Kochnevlar, 1936-yilda A.N.Tekuchyov, S.U.Sultonov, Muso Mo’minovlar nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildilar. Fizika fanining rivojida prof. Muso Mo‘minovning xizmatlarini alohida e’tirof etish kerak. U 1944-yilda O‘zbek Davlat universitetiga rektorlik qilish bilan birga «Nazariy fizika» kafedrasi mudiri lavozimini ham bajardi va «Umumiy fizika», «Optika» kafedralarini tashkil etdi. 1951-yilda M.Mo‘minov, H.Haydarov bilan birga birinchi marta o‘zbek tilida «Molekulyar fizikadan» laboratoriya va o‘quv qo‘llanmalarini yaratdi. 1961-yil avgustda fizika-matematika fakulteti tarkibidan fizika fakulteti alohida ajralib chiqdi va fizika fani rivojida yangi davr boshlangan edi. 1959-yilda A.Q.Otaxo‘jayev (keyinchalik O‘zFA akademigi) Optika kafedrasiga mudir bo‘lib tayinlanishi, SamDUda Optiklar maktabining shakllanishiga olib keldi. Fakultetda uzoq yillar davomida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida hozirgi kunda 6 ta ilmiy maktab yaratildi. 1.Optika (Asoschisi va ilmiy rahbari akademik A.Q.Otaxo’jayev), 2. Yadro fizikasi (Asoschisi prof. Muso Mo‘minov), 3. Magnetizm (Asoschisi va ilmiy rahbari prof.O.Quvondiqov), 4. Kosmos fizikasi va astrofizika (Asoschisi va ilmiy rahbari prof.B.Maxmudov), Nochiziqli optika yo’nalishi (Asoschisi va Ilmiy rahbari prof.L.M.Sobirov) va Molekulyar lyuminesensiya yo‘nalishi (Asoschisi va Ilmiy rahbari prof.N.Nizomov). O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-5032 qarori hamda 2022-yil 13-yanvardagi “Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi PQ-82 qarori asosida SamDUda fizika fakulteti negizida Muhandislik fizikasi instituti tashkil etildi. Institutda 6 ta mutaxassislik kafedralari faoliyat ko’rsatmoqda: Optika va spektroskopiya (kafedra mudiri PhD .G’.Sharifov), Umumiy fizika (kafedra mudiri dos.R.Rajabov), Nazariy fizika va kvant elektronika (kafedra mudiri prof.N.Eshqobilov), Qattiq jismlar fizikasi (kafedra mudiri dos.S.Axrorov), Yadro fizikasi va Astronomiya (kafedra mudiri dos.R.M.Eshbo’riyev), Nazariy va amaliy mexanika (kfedra mudiri prof. X.Xudoynazarov). Shuningdek, 2022-2023-o’quv yilidan boshlab, institutda yangi yo’nalishlarda jumladan, Elektronika va asbobsozlik; Intellektual muhadislik tizimlari; Elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi; Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish; Tibbiyot fizikasi; Mexanika va matematik modellashtirish yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Institutda ta’kidlab o’tilgan yo’nalishlar bo’yicha 1000 dan ko’proq talabalar tahsil olmoqdalar va 50 nafardan ortiq malakali magistr mutaxassislar tayyorlanmoqda. Institutda ilmiy salohiyat 74%ni tashkil qiladi, kafedralarda 1 nafar O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, 17 nafar fan doktorlari, professorlar, 35 nafar fan nomzodlari, dosentlar hamda 16 nafar katta o’qituvchi, assistentlar bilan birgalikda 10 nafar xorijiy professor-o’qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar. MALAKA TALABLARI 60530900- Fizika(kunduzgi, kechki) 60531200-Tibbiyot fizikasi 60711200-Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar bo‘yicha) 60711600-Intellektual muhandislik tizimlari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60720800-Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish 60531000-Mexanika va matematik modellashtirish MAGISTRATURA 70530901 - Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha) 70530902 - Yadro fizikasi va yadro texnologiyalari (qo‘llash sohalari bo‘yicha) 70711201 - Elektronika va elektron texnikasi (tarmoqlar bo‘yicha) 70711801 - Tibbiy-biologik apparatlar, tizimlar va majmualar (qo‘llanish sohasi bo‘yicha) 70720801 - Mashinasozlik texnologiyasi va jihozlari (ishlab chiqarish bo‘yicha) 70711601 - Intellektual muhandislik tizimlari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 70531001 - Mexanika va matematik modellashtirish
Institut haqida Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish instituti Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-iyuldagi 12/8-32 - sonli Qarori bilan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tarkibida o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur institutga tamal toshi 1992-yilda SamDU ning amaliy matematika va informatika fakultetida professor H.To‘rayev va professor K.Saidovlar tomonidan qo‘yilgan. O‘sha yili fakultet tarkibida “Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish ” mutaxassisligi bo‘yicha talabalar qabul qilingan. Yildan-yilga qabul kvotasining ortib borishi bilan fakultet tarkibida iqtisodiyot va mehnat sotsiologiyasi, ichki va tashqi turizm menejmenti va nazariy iqtisodiyot kafedralari tashkil etildi. SamDU rektorining 1997-yil 15-avgustdagi buyrug‘iga muvofiq iqtisodiyot fakulteti ochildi. Hozirgi vaqtda institut tarkibida tarmoqlar iqtisodiyoti, inson resurslarini boshqarish va raqamli iqtisodiyot kafedralari faoliyat olib bormoqda. Ushbu kafedralar iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), bank ishi, agrobiznes va investitsion faoliyat hamda inson resurslarini boshqarish yo‘nalishlarida bakalavriat talabalariga dars bermoqda. Institutda asosiy eʼtibor salohiyatli yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlashga qaratilgan. Institutning ilmiy salohiyatining oshib borishi bilan kafedralarda iqtisodiyot nazariyasi, mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi, menejment, inson resurslarini boshqarish va raqamli iqtisodiyot mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura va tayanch-doktoranturalar faoliyati yo’lga qo’yildi. Bugungi kunda institut qoshida “Inson resurslarini boshqarish” ilmiy tadqiqot Markazi faoliyat yuritmoqda. Markaz tomonidan har yil qator xalqaro, respublika ilmiy-amaliy konferensiyalar va malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda hamda xo‘jalik va grant shartnomalari bajarilmoqda. Markaz qoshida OAK eʼtirof etgan jurnallar ro‘yxatiga kiruvchi “Inson kapitali va ijtimoiy rivojlanish” elektron jurnali taʼsis etilgan. Hozirgi davrda institutning asosiy maqsadlaridan biri dunyoning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan. Shu maqsadda, 2023-yilda institut Janubiy Koreyaning Yongnam universiteti, Tomsk davlat universiteti, V.M.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti hamda qator jahonning yuqori reytinglaridan o‘rin olgan universitetlar bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.
INSTITUT HAQIDA Universitet tarkibidagi yangi Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti 2022-yilda tashkil etildi. Mazkur institut zamonaviy ilm-fan yutuqlari, xususan ilg‘or biotexnologik yutuqlarni ta’lim tizimida keng va samarali joriy etish orqali zamonaviy agrar ta’lim tizimini shakllantirish va yangi avlod agromutaxassislarni tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilgan. Institut tarkibida quyidagi 3 ta kafedra faoliyati yo‘lga qo‘yilgan: (1) Agrokimyo va o‘simliklarni himoya qilish kafedrasi; (2) Meva-uzumchilik va sabzavotchilik kafedrasi; (3) Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kafedrasi. Bugungi kunda institutda 22 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Institutda 8 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishlari va 2 ta magistratura mutaxassisliklari mavjud. Institutda “Mevachilik va uzumchilik”, “Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik”, “Agrokimyo va agrotuproqshunoslik”, “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi”, “O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha)”, va “Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish” kabi bakalavr ta’lim yo‘nalishlari hamda Uzumchilik va uzumni qayta ishlash texnologiyasi va Himoyalangan yer meva sabzavotchiligi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yildi. Xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida institut Italiyaning Bolonya universiteti, AQShning Nevada universiteti, Isroilning Xolon texnologiya instituti, Turkiyaning Anqara universiteti, Rossiyaning Belgorod universitetlari va mintaqamizda faoliyat ko‘rsatayotgan IKARDA va IKBA xalkaro agrar tadqiqot markazlari bilan hamkorlik olib bormoqda. Shuningdek, o‘quv jarayonining amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash maqsadida mahalliy qishloq xo‘jalik kooperatsiyalari va agrosanoat klasterlari bilan mustahkam hamkorlik ishlari o‘rnatilmoqda. Institutning o‘quv jarayonlarini zamon talablari va standartlariga mos ravishda tashkil etish maqsadida yetakchi xorijiy universitetlar bilan yaqindan hamkorlik olib borilmoqda. Institutning xorijiy hamkorlari Italiyaning Bolonya universiteti, Vengriyaning Seged universiteti, AQSH ning Nevada universiteti, Turkiyaning Anqara universiteti, Rossiyaning Belgorod universiteti. Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutida mavjud ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari Agrokimyo va agrotuproqshunoslik O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha) Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi (ekin turlari bo‘yicha) Zooinjeneriya: baliqchilik Mevachilik va uzumchilik Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi Magistratura mutaxassisliklari Eksperimental agrokimyo Agrokimyo Organik dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligi O‘simliklar himoyasi (usullari bo‘yicha) Subtropik va sitrus meva ekinlari Uzumchilik va uzumni dastlabki qayta ishlash Meva-sabzavotchilikda biotexnologiya Sabzavotchilik va polizchilik Kartoshkachilik Himoyalangan yer meva sabzavotchiligi Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi
FAKULTET HAQIDA SamDU Ilmiy kengashining 2020 yil 16-iyundagi №11-sonli qarori va universitet rektorining 2020 yil 18-iyundagi 290-ij buyruqlari bilan ijtimoiy fanlarning xususiyatlaridan kelib chiqib, Psixologiya, Ijtimoiy ish va Sotsiologiya yo’nalishlarini o’z tarkibiga olgan “Psixologiya va ijtimoiy munosabatlar” fakulteti tashkil etildi. Hozirgi kunda fakultetda jami 45 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatib kelishmoqda. Bulardan 1 nafari fan doktori, professor, 13 nafari fan nomzodi, PhD doktorlari, dosentlardir. Talabalar o’quv jarayonida zamonaviy axborot texnogiyalaridan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratilgan, 12 ta texnik jihozlangan o’quv auditoriyalarda darslar olib boriladi. MALAKA TALABLARI Bakalavriat yo'nalishi malaka talablari 60311000 Sosiologiya 60310900 Psixologiya (faoliyat turlari bo’yicha) 60920100 Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo’yicha) 60220500 - Falsafa Magistratura yo'nalishi malaka talablari 5A210201 Psixologiya (faoliyat turlari bo’yicha)
BIOKIMYO INSTITUTI HAQIDA 2023-yilda SamDU kimyo va biologiya fakultetlari negizida Biokimyo instituti tashkil etildi. Institutda 10 ta kafedra faoliyat ko‘rsatmoqda: 1. Analitik kimyo 2. Botanika 3. Genetika va biotexnologiya 4. Zoologiya 5. Noorganik kimyo va materialshunoslik 6. Odam va hayvonlar fiziologiyasi va biokimyo 7. Organik sintez va bioorganik kimyo 8. Polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya 9. Fizikaviy va kolloid kimyo 10. O‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya Bugungi kunda institutda 100 dan ortiq professor-o‘qituvchilar, shundan 17 ta fan doktori, professorlar, 72 ta fan nomzodlari, PhD, dotsentlar hamda 10 dan ortiq xorijiy olimlar faoliyat olib bormoqda. Institutning ilmiy salohiyat 84,4% ni tashkil etadi. Institutda quyidagi bakalavr yo‘nalishlari bo‘yicha, kunduzgi, kechki ta’lim turlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi: 1. Biologiya (turlari bo‘yicha); 2. Kimyo (turlari bo‘yicha); 3. Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha); 4. Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha); Shu bilan birga, biologiya, biotexnologiya, kimyo yo‘nalishlari magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Institutda ilmiy daraja beruvchi PhD.28.02.2018.K.02.05, PhD.03/30.12.2019.B.02.08 raqamli ilmiy kengashlar faoliyat olib bormoqda. Unda “02.00.02–Analitik kimyo”, “02.00.04–Fizik kimyo”, “03.00.05-Botanika”, “03.00.06–Zoologiya”, “03.00.07-O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi”, “03.00.08- Odam va hayvonlar fiziologiyasi” ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy ishlar himoyasi o‘tkazilmoqda. Institut bir qator xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilib kelinmoqda, Italiyaning Boloniya, AQSH ning Nevada, Turkiyaning Istanbu, Anqara, Afyon Kojatepe, Rossiyaning Moskva, Tomsk, Qozon, Vengriyaning Szeged, Germaniyaning Berlin universitetlari shular jumlasidandir. Institutda 4000 dan ortiq eksponatga ega «Zoologiya» muzeyi, zamonaviy ilg‘or asbob-uskunalar bilan jihozlangan, Nobel mukofoti laureati, professor Aziz Sanjar nomidagi «Zamonaviy analiz usullari» ilmiy laboratoriyasi, 1000 dan ortiq nusxadagi 250 ga yaqin tur o‘simliklar o‘stirilayotgan «Oranjeriya», minglab nusxadagi gerbariylar saqlanyotgan «Gerbariy fondi», «Gazlar analizi» ilmiy laboratoriyasi, «Ekologik tizimlar va priborlar» ilmiy laboratoriyasi, mahalliy faunamizda uchraydigan barcha turdagi hasharotlarni o‘zida mujassamlashtirgan «Entomologik kolleksiya», «Zamonaviy biotexnologik tadqiqotlar» ilmiy laboratoriyasi, tirik hayvonlar bilan bog‘liq tadqiqotlar uchun «Vivariy» laboratoriyalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti haqida.
Markaziy Osiyo xalqlari tillari va madaniyati instituti ya'ni avvalgi Filologiya fakulteti universitet bilan tengdosh - u 1927 yilda tashkil etilgan. Fakultetning ilm-fan va ta’lim maskani sifatida shakllanishida Abdurauf Fitrat, Abdurahmon Sa’diy, G’ozi Olim Yunusov, Sadriddin Ayniy, Vohid Abdullayev, Ulug’ Tursunov, Yevgeniy Polivanov, Abdulla Sulaymonov, Orif Ikromov, Xudoyberdi Doniyorov, G’ani Abdurahmonov, Botirxon Valixo’jayev, Rahmatulla Qo’ng’urov, Nuriddin Shukurov, Rahmonqul Orzibekov, Nazar Rajabov kabi taniqli olimlarning xizmatlari kattadir. Bugungi kungacha fakultet «filologlar beshigi» sifatida mamlakatimiz va Markaziy Osiyo respublikalari ta’lim tizimiga o’n minglab yuqori malakali filolog-mutaxassislar tayyorlab berdi. Ular orasida atoqli davlat, jamoat va fan arboblari, 120 dan ziyod fan doktorlari, 500 ga yaqin fan nomzodlari yetishib chiqdi. Hozirgi paytda fakultetda 5120100 – filologiya va tillarni o’qitish (o’zbek tili), 5120100 – filologiya va tillarni o’qitish (tojik tili) yo’nalishlari bo’yicha bakalavriat; 5A120101 – Adabiyotshunoslik (o’zbek adabiyoti), 5A120102 – Lingvistika (o’zbek tili), 5A120101 – Adabiyotshunoslik (tojik adabiyoti), 5A120102 – Lingvistika (tojik tili) mutaxassisliklari bo’yicha magistratura ta’limi berilmoqda. 10.00.01 - O’zbek tili. 10.00.02 - O’zbek adabiyoti, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tillari va adabiyotlari bo’yicha tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) ixtisosliklari bo’yicha oliy malakali kadrlar tayyorlanmoqda. Hozirgi paytda fakultetda 12 nafar fan doktori, professor, 25 nafar fan nomzodi, dosentlar faoliyat olib bormoqdalar. Ulardan ikki nafari (M.Muhiddinov, H.Umurov) “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiyi” faxriy unvoniga sazovor bo’lgan. 10 nafar professor-o’qituvchi davlatimizning orden va medallari bilan taqdirlangan. Fakultetdagi 5 ta kafedrada ishlayotgan 65 nafar professor-o’qituvchilar o’zbek tili va adabiyoti, tojik tili va adabiyoti, adabiyotshunoslik va tilshunoslik yo’nalishlarida samarali tadqiqotlar olib borishmoqda. Fakultetda 5120100 – filologiya va tillarni o’qitish (o’zbek tili), 5120100 – filologiya va tillarni o’qitish (tojik tili) yo’nalishlari bo’yicha bakalavriatda 611 nafar talaba, 5A120101 – Adabiyotshunoslik (o’zbek adabiyoti), 5A120102 – Lingvistika (o’zbek tili), 5A120101 – Adabiyotshunoslik (tojik adabiyoti), 5A120102 – Lingvistika (tojik tili) mutaxassisliklari bo’yicha 36 nafar yosh tadqiqotchi magistraturada ta’lim olmoqda. Shuningdek, talaba-yoshlar uchun «Shalola» she’riyat klubi, «Yosh tilshunos», «Yosh adabiyotshunos», «Yosh notiq» kabi ilmiy-ijodiy to’garaklar mavjud bo’lib, ular fakultetdagi hamda fakultet jamoasi hamkorlik qilayotgan akademik lisey va kasb-hunar kollejlaridagi ijodkor yoshlarni o’z saflariga birlashtirgan. MALAKA TALABLARI Bakalavriat yo'nalishi malaka talablari 5120101 Filologiya va tillarni o’qitish: o’zbek tili 5120117 Filologiya va tillarni o’qitish: tojik tili Magistratura yo'nalishi malaka talablari 5A111201 O’zbek tili va adabiyoti 5A120101 Adabiyotshunoslik: o’zbek adabiyoti 5A120101 Adabiyotshunoslik: tojik adabiyoti 5A120102 Lingvistika: o’zbek tili 5A120102 Lingvistika: tojik tili 5A120105 Folklorshunoslik va dialektologiya
FAKULTET HAQIDA Fakultetda 5120300-“Tarix-(jahon mamlakatlari bo‘yicha)”, 5120400-“Arxeologiya”, 5110600 – “Tarix o‘qitish metodikasi” yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr, 5A120401-Arxeologiya, 5A 120301-O‘zbekiston tarixi, 5A 120302-Tarix (yo‘nalishlar va mamlakatlar bo‘yicha), 5A120304-Tarixshunoslik, manbashunoslik tarixi tadqiqotlar metodlari, 5A120402- Etnografiya, etnologiya va antropologiya mutaxassisliklari bo‘yicha magistrantlar hamda 4 ta ixtisoslik bo‘yicha 07.00.01 - O‘zbekiston tarixi, 07.00.05 - Arxeologiya, 07.00.03 - Jahon tarixi, 07.00.08 - Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari tayanch doktorantura (PhD) ixtisosliklari bo‘yicha oliy malakali kadrlar tayyorlanmoqda. Bugungi kunda fakultetda O‘zbekiston tarixi, Arxeologiya, Jahon tarixi, Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedralari mavjud bo‘lib, ularda 8 ta fan doktori, professor, 18 ta fan nomzodi, dotsent, 42 ta katta o‘qituvchi va assistentlardan iborat bo‘lgan tajribali professor o‘qituvchilar jamoasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Fakultetda 1173 nafar bakalavr, magistr tahsil olishmoqda. 2020-2021-o‘quv yilida 196 ta bakalavr o‘qishni tugatib, ulardan 130 nafari xalq ta’limida, 14 nafari KHK da, 6 nafari litseyda, 8 nafari fermer xo‘jaligida, 14 nafari xizmat ko‘rsatish sohasida, 8 nafari ishlab chiqarish yo‘nalishida, 6 nafari mahalla fuqoralar yig‘inida, 4 nafari ijro boshqaruv tashkilotlarida, 6 nafari Viloyat IIB da ishlamoqda, 5 nafari magistratura ta’limida tahsil olmaqda, 3 nafari onalik ta’tilida hisoblanadi. Fakultetda oxirgi 10 yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va 10 nafar talaba Alisher Navoiy, Amir Temur va Yahyo Gʻulomov davlat stipendiyasi sovrindorlari bo‘lishgan va ulardan 3 nafari hozirgi kunda fakultetda faoliyat olib bormoqda. Professor M.Abramov (1994) - “Do‘stlik” va “Shuhrat” davlat ordeni, professor M.Jo‘raqulov «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» , «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi» unvonlari, PhD Hamroqulova Shohista “Shuhrat” medali sohibi hisoblanadi. Fakultetda xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ham salmoqli. Jumladan, hozirgi kunda imzolangan shartnomalar doirasida Moskva, Sankt-Peterburg, Tomsk, Samara (Rossiya Federasiyasi), Insubriya, Bolonya (Italiya), Bamberg, Olmon arxeologiya instituti (Germaniya), Leyden (Gollandiya), Nagoya (Yaponiya) va boshqa nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy-amaliy hamkorlik qilib kelishmoqda: o‘tgan davr mobaynida almashinuv dasturi doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi va malaka kurslarida o‘qish, bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha tahsilni davom ettirishmoqda: Xitoy Xalq respublikasidan 7 nafar talaba, Janubiy Koreya davlatidan 1 nafar talaba tahsil olishayotgan bo‘lsa, Janubiy Koreyalik magistrant va doktorant arxeologiya, hindistonlik doktorant manbashunoslik va tarixshunoslik ixtisosligida, Turkmaniston Respublikasidan 2 nafar bakalavr talaba tarix yo‘nalishida tahsil olishmoqda. Shuningdek, “Arxeologiya” kafedrasi Germaniyaning Yevrosiyo bo‘limi bilan hamkorlikda “O‘zbek-Germaniya arxeologik ekspeditsiyasini tashkil etish va Zarafshon vohasida razvedka ishlarini olib borish” bo‘yicha imzolangan shartnoma doirasida Qo‘shrabot tumanining Toz, Jonbuloq, Urganji qishloqlari atroflarida arxeologik qidiruv ishlari olib borildi. Fakultetimiz professor-o‘qituvchilari Niderlandiya, Ispaniya, Rossiya kabi davlatlarning oliy o‘quv yurtlarida ma’ro‘zalar bilan qatnashib kelishmoqda. Fakultetda falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD. 31.01.2019.Tar.02.10 raqamli 07.00.01-O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatmoqda. 2017-yili fakultetimizning “Ulug‘bek vorislari” jamoasi tafakkur sinovlari respublika tanlovining mintaqaviy g‘olibi bo‘lishdi. Fakultetimizda tahsil olayotgan talabalar orasida jahon, respublika va mahalliy musobaqalarda sovrinli o‘rin sohiblari ham bor. Jumladan, Karimov Bobur - muaytay sport turi bo‘yicha jahon chempioni, Xabibov Fayoz - qo‘l jangi buyicha O‘zbekiston chempionati sovrindori, Rajabov Nazir - taekvando sport turi buyicha O‘zbekiston chempionati sovrindori, Ro‘ziyeva Dinora, Xudoyerov Rustam, Xasanov Doston, Burxonova Go‘zal, Abdumrotov Shaxzod, Shukurov Yorbek, Tursunov Diyorbek, Baxriddinov Xusen - baydarka va kanoeda eshkak eshish sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionlari. MALAKA TALABLARI Bakalavriat yo'nalishi malaka talablari 5120300 Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo’yicha) 5120400 Arxeologiya 5110600 Tarix o’qitish metodikasi Magistratura yo'nalishi malaka talablari 5A120301 O’zbekiston tarixi 5A120302 Tarix (yo’nalishlar va mamlakatlar bo’yicha) 5A120304 Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (mamlakatlar bo’yicha) 5A120401 Arxeologiya 5A120402 Etnografiya, etnologiya va antropologiya
FAKULTET HAQIDA. Sun'iy intellekt va raqamli texnologiyalari fakulteti dastlab Amaliy matematika va informatika fakulteti sifatida 2017-yilda maxanika-mtematika fakultetidan ajralib qayta tashkil etildi va yanvardan boshlab alohida fakultet sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Fakultetda talim olgan 1700 nafardan ziyod malakali kadrlar Respublika xalq xo’jaligining turli soxalarida mehnat qilmoqdalar. Ulardan 20 nafari fan doktori va 40 kishi fan nomzodi ilmiy darajasiga erishgan.Hozirgi paytda fakultetda 5130200 – “Amaliy matematika va informatika”, 5110701 – “Informatikani o’qitish metodikasi”, 5330100 – “Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti” yo’nalishlari bo’yicha bakalavriat; 5A110701 – Ta’limda axborot texnologiyalari, 5A130200 – “Amaliy matematika va axborot texnologiyalari” mutaxassisliklari bo’yicha magistratura ta’limi berilmoqda. 05.01.02 – “Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotlarni qayta ishlash”, 01.02.05 – “Suyuqlik va gaz mexanikasi”, 05.01.07 – “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui” ixtisosliklari bo’yicha tayanch doktorantura (PhD) va doktoranturalarda (DSc) oliy malakali kadrlar tayyorlanmoqda.Fakultetda “Axborotlashtirish texnologiyalari”, “Matematik modellashtirish va kompleks dasturlash”, “Optimal boshqaruv metodlari ” kafedralari mavjud bo’lib ularda 4 ta professor, 17 ta dotsent, 2 ta katta o’qituvchi hamda 20 ta assistent o’qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar.Talabalar o’quv jarayonida zamonaviy axborot texnogiyalaridan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratilgan, 4 ta kompyuter sinfi (80 ta kompyuter), 10 ta texnik jihozlangan alohida auditoriyalarda darslar olib boriladi.Fakultetda “Axborot texnologiyalari va tizimlari”, “Anomal suyuqliklar mexanikasi” ilmiy maktablari faoliyat olib bormoqda va ularni tashkil etish va rivojlanishida prof. I.I.Jumanov va prof. B.X.Xujayorovlarning hissalarinni alohida ta’kidlash mumkin.Kafedralar professor-o’qituvchilari zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’limda qo’llash, ma’lumotlar bazasi va axborot resurslarini yaratish, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va joriy etish yo’nalishlari bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Soha bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari natijalari asosida 15 dan ortiq dasturiy mahsulotlari yaratilgan.Fakultet hududdagi o’rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlar bilan fanning zamonaviy yutuqlarini tadbiq qilish ehtiyojlarini hisobga olgan holda shartnomalar tuzib, ularning bazasida malakali mutaxassis kadrlar tayyorlamoqda. MALAKA TALABLARI Bakalavriat yo'nalishi malaka talablari 5110700 Informatika o’qitish metodikasi 5130200 Amaliy matematika va informatika 5330100 Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti Magistratura yo'nalishi malaka talablari 5A110701 Ta’limda axborot texnologiyalari 5A130202 Amaliy matematika va axborot texnologiyalari
FAKULTET HAQIDA Fakultet dastlab 1966-yilda tashkil etilgan. Bu ishda asosiy tashabbuskor va tashkilotchi Mardon Umarov bo‘lgan. Prof. M.Umarov 1966-yildan 1991-yilga qadar uzluksiz 25-yil davomida dekan vazifasida ishladi va ilmiy kadrlarni ko‘paytirish sohalarida katta tashkilotchilik ishlarini olib borgan. Hozirgi vaqtda fakultetda 3 ta ta’lim yo‘nalishlari (geografiya, ekologiya va gidrometeorologiya) bo‘yicha bakalavrlar, 4 mutaxassislik bo‘yicha (geografiya o‘rganish obyekti, ekologiya, tuproqshunoslik, gidrologiya) magistrlar tayyorlanadi. 50 nafar professor-o‘qituvchi, jumladan, 9 nafar fan doktori, professor, 12 nafar fan nomzodi, dosent va katta o‘qituvchi assistent o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Fakultetda 500 nafar talaba hamda 25 ta magistrant tahsil olmoqda. Fakultetda 1 ta kompyuter sinfi, geologiya muzeyi, 14 ta o‘quv xonalari hamda O‘zbekiston-Azarbayjon do‘stlik xonasi mavjud. Fakultet xodimlari 1994-1997-yillar davomida turizm, urbanizasiya va shahar ekologiyasi muammolari bo‘yicha TASIS/TEMPUS dasturi asosida Belgiya, Ispaniya va Italiya davlatlari hamkorligida Urbalayf loyihasida qatnashib, Bryussel La-Kambra oliy arxitektura instituti, Milan politexnika universitetlarida malaka oshirgan. Fakultetda “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, Umumta’lim maktablarining 6-sinf o‘quvchilari uchun tavsiya etilgan “Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” o‘quv qo‘llanmasi muallifi prof.A.Abulqosimov hamda bir necha yillar davomida NATOning atrof-muhit muhofazasi komissiyasi a’zosi, “O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi” prof. L.Alibekovlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Fakultet xodimlari fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovasion loyihalar bo‘yicha ilmiy - tadqiqot ishlarini bajarib kelishmoqda. Jumladan, “Samarqand viloyatining o‘lkashunoslik atlasini tuzish”, “Samarqand viloyatining atrof-muhit muhofazasi”, “Ichimlik suvlar sifati”, “Maishiy xo‘jalik chiqindilarining tarqalishi”, "Yangi statsionar postlar yordamida Samarqand viloyatining elektr energiya beradigan shamol resurslarini o‘rganish va kartasini tuzish" hamda "Zarafshon vodiysining rekreasiya, turistik va ekologik kartalarini tuzish" mavzusilari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarda grant ishlari bajarmoqda. Fakultetda iqtidorli talabalar bilan ishlash ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. 2010-yilda U.Abjalova Beruniy, 2011-yilda N.Erlapasov - Qodir Zokirov nomli, 2013-yilda K.Qobilova - Jo‘ra Saidov nomli, 2015-yilda R.Davronova - Ulug’bek nomli Davlat mukofoti sovrindori bo‘lishgan. 2017-2018-o‘quv yilida fakultetning 4 nafar bitiruvchilari Rossiyaning Shimoliy Kavkaz Federal universitetiga grant asosida magistraturaga qabul qilindi. Xorijiy aloqalar sohasida hozirgi kunda fakultet xodimlari xalqaro ECAP loyihasida chet ellik hamkorlar bilan ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. MALAKA TALABLARI Bakalavriat yo'nalishi malaka talablari 5110500 Geografiya o’qitish metodikasi 5140700 Gidrometeorologiya 5140600 Geografiya 5630100 Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi tarmoqlar va sohalar bo’yicha) Magistratura yo'nalishi malaka talablari 5A140602 Geografiya (o’rganish obekti bo’yicha) 5A141101 Gidrologiya (o’rganish obektlari bo’yicha) 5A630102 Ekologiya (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
FAKULTET HAQIDA Samarqand davlat universitetining tarixi 1420-yil 21-sentabrda Mirzo Ulug‘bek madrasasi tashkil topgan paytdan, buyuk olim Muhammad Xavofiy Klavdiy Ptolemey nazariyasi bo‘yicha 100 dan ortiq tinglovchilar oldida ilmiy ma’ruza qilgan paytdan boshlanadi. Oʻsha kundan eʼtiboran Mirzo Ulugʻbek madrasasi faoliyat koʻrsata boshladi, unda islom qonunlari bilan bir qatorda algebra (al-jabr), geometriya (handasa), huquq (fiqh) va boshqa fundamental fanlar ham oʻqitiladi. Samarqand davlat universiteti Mirzo Ulug‘bek madrasasining bevosita davomchisi ekanligini yozma manbalar va ilmiy tadqiqotlar tasdiqlaydi. Matematika fakulteti universitetning eng qadimgi fakultetlaridan biri hisoblanadi. Fakultet zamonaviy ilmiy-texnikaviy va o‘quv-moddiy bazaga ega, jumladan, o‘quv va ilmiy laboratoriyalar, lingafon xonalari, kompyuter sinflari, bosma va elektron kutubxonalar, audiovizual va interfaol o‘quv qurollari bilan jihozlangan o‘quv xonalariga egadir. Matematika fakulteti Missuri universiteti (AQSh), Kiel universiteti (Germaniya), Abdussalom xalqaro nazariy fiziklar markazi (ICTP, Italiya), Toronto universiteti (Kanada) Moskva davlat universiteti. M.V. Lomonosov. , Birlashgan Yadro tadqiqotlari instituti, Axborot uzatish muammolari instituti, RAS Amaliy matematika instituti, Boshqird federal universiteti, Qozon federal universiteti, Malayziyaning Kebangsan, MARA, Putra, UTARU Malayziya kabi koʻplab yetakchi universitetlar bilan yaqin ilmiy aloqalar o’rnatilgan. Fakultet tuzilishi Hozirgi kunda fakultetda 6 ta kafedra mavjud: 1. Algebra va geometriya, 2. Matematik analiz, 3. Matematik fizika va funksional analiz, 4. Differensial tenglamalar, 5. Ehtimollar nazariyasi va amaliy matematika, 6. Matematik modellashtirish Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni 1 nafar akademik, 15 nafar fan doktori va professor, 60 nafardan ortiq fan nomzodi, falsafa doktori va dotsentlar, 15 nafar doktorantlar matematikaning turli yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Matematika fakulteti quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavrlar, magistrlar va doktorantlar (PhD va DsC) tayyorlaydi. Bakalavr: Matematika Matematik muhandislik Mexanika va matematik modellashtirish Amaliy matematika. Malaka: bakalavr; To'liq vaqtda ta'lim; kechqurun, yozishmalar. O'qitish tili: o'zbek, rus. tojik, ingliz. Asosan: 11 sinf; O'qish muddati: 4 yil; Kurs: To'liq kurs; Magistrlik darajasi: 70540101 – Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha) 5A130202 - "Amaliy matematika" Magistratura dasturi matematika fanining bugungi holatini aks ettiradi va quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy tadqiqot usullariga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan: matematik tahlil, funksional tahlil va ularni zamonaviy matematik fizikaga tatbiq etish, differensial tenglamalarning spektral nazariyasi va Shturm-Liouvil nazariyasi. masalalar, differensial tenglamalarning sifat nazariyasi, matematik fizikaning noto‘g‘ri qo‘yilgan va klassik bo‘lmagan masalalari, chiziqli bo‘lmagan algebraik va differensial tenglamalarning quvvat geometriyasi, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, qattiq mexanika, kontinuum mexanikasi, elastiklik nazariyasi, suyuqlik va gaz mexanikasi va boshqalar. tuproq mexanikasi. Ushbu dastur doirasidagi tayyorgarlik bitiruvchilarga bo‘lajak matematik-tadqiqotchilar uchun PhD ta’limini davom ettirish, shuningdek, oliy o‘quv yurtlarida yaxshi tayyorlangan mutaxassis sifatida ish boshlash imkonini beradi. Malaka: fanlar magistri (MSc) Matematika bakalavriga asoslangan To'liq vaqtda ta'lim - 2 yil Tillar: o'zbek, rus. tojik, ingliz. Doktorantura (PhD va DsC): 01.01.01 - matematik tahlil; 01.01.02 - differentsial tenglamalar va matematik fizika; 01.01.06 - Algebra 01.02.05 - Suyuqlik va gaz mexanikasi Doktorantura dasturi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy tadqiqot usullarini puxta egallagan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan: matematik tahlil, funksional tahlil va ularni zamonaviy matematik fizikaga tatbiq etish, differentsial tenglamalarning spektral nazariyasi, noto‘g‘ri va doimiy bo‘lmagan tenglamalar. matematik fizikaning klassik masalalari, matematik fizikaning teskari va noto'g'ri qo'yilgan muammolari va integral geometriya masalalari; nochiziqli algebraik va differensial tenglamalarning kuch geometriyasi, nazariy mexanika, qattiq mexanika, tuproq mexanikasi, suyuqlik va gaz mexanikasi. Malaka: matematika boʻyicha falsafa doktori, Fizika-matematika fanlari doktori. Matematika magistri asosida. To'liq vaqtda ta'lim - 3 yil. Tillar: o'zbek, rus. tojik, ingliz.
Ta'lim yo'nalishlari
| Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti) 70230502 | Magistr |
| Agrokimyo 70810702 | Magistr |
| Amaliy matematika (sohalar bo‘yicha) 70540201 | Magistr |
| Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (kimyo) 70530104 | Bakalavr |
| Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (fizika va astronomiya) 70110701 | Magistr |
| Arxeologiya 60220400 | Bakalavr Magistr |
| Arxeologiya 70220401 | Magistr |
| Atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 70710401 | Magistr |
| Badiiy tarjima (tillar bo‘yicha) 70230203 | Magistr |
| Biologiya (fan yo‘nalishi bo‘yicha) 70510101 | Magistr |
| Biologiya (turlari bo‘yicha) 60510100 | Bakalavr |
| Biotexnologiya 70510103 | Magistr |
| Biotexnologiya 60710200 | Bakalavr |
| Dasturiy injiniring 60610400 | Bakalavr |
| Dizayn (landshaft dizayni) 60210400 | Bakalavr |
| Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi 70811101 | Magistr |
| Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60710400 | Bakalavr |
| Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar bo‘yicha) 60710700 | Bakalavr |
| Elektronika va elektron texnikasi (tarmoqlar bo‘yicha) 70711201 | Magistr |
| Etnogenez (o‘zbek xalqining etnik tarixi) 70220402 | Magistr |
| Falsafa 60220500 | Bakalavr |
| Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 | Bakalavr |
| Fizika 60530500 | Bakalavr |
| Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha) 70530501 | Magistr |
| Geografiya 60530200 | Bakalavr |
| Geografiya 70530201 | Magistr |
| Geologiya (faoliyat sohasi bo‘yicha) 60530500 | Bakalavr |
| Gidrologiya (o‘rganish obyektlari bo‘yicha) 70530801 | Magistr |
| Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo‘yicha) 60920100 | Bakalavr |
| Inson resurslarini boshqarish 60411000 | Bakalavr Magistr |
| Intellektual muhandislik tizimlari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60711600 | Bakalavr Magistr |
| Iqtisodiy nazariya 70310101 | Magistr |
| Iqtisodiyot 60310100 | Bakalavr Magistr |
| Kimyo (fan yo‘nalishi bo‘yicha) 70530101 | Magistr |
| Kimyo (turlari bo‘yicha) 60530100 | Bakalavr |
| Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) 60610100 | Bakalavr Magistr |
| Lingvistika (ingliz tili) 70230101 | Magistr |
| Lingvistika (tojik tili) 70230501 | Magistr |
| Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha) 60540300 | Bakalavr |
| Matematika 60540100 | Bakalavr |
| Matematika (sohalar bo'yicha) 70540101 | Magistr |
| Meva-sabzavotchilik va uzumchilik 60811000 | Bakalavr |
| Mexanika muhandisligi 60712300 | Bakalavr Magistr |
| Mexanika va matematik modellashtirish 60530600 | Bakalavr Magistr |
| Muzeyshunoslik (turlari bo‘yicha) 60212100 | Bakalavr Magistr |
| Organik dehqonchilik va oziq-ovqat xavfsizligi 70810903 | Magistr |
| O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish. 60820100 | Bakalavr |
| O‘simliklar himoyasi va karantini 60810500 | Bakalavr |
| O‘simliklar karantini va himoyasi 60811000 | Bakalavr |
| O‘simliklar karantini va himoyasi (usullari bo‘yicha) 70811001 | Magistr |
| Pedagogika 60110100 | Bakalavr |
| Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi (ekin turlari bo‘yicha) 60811200 | Bakalavr |
| Sotsiologiya 60310400 | Bakalavr |
| Sun'iy intellekt 60610500 | Magistr |
| Sun’iy intellekt 60610500 | Bakalavr Magistr |
| Sun’iy intellekt (magistratura) 70610501 | Magistr |
| Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) 60220300 | Bakalavr |
| Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha) 70220301 | Magistr |
| Tibbiyot fizikasi 60531200 | Bakalavr |
| Xalqaro munosabatlar 60310200 | Bakalavr |
| Yadro fizikasi va yadro texnologiyalari 70710406 | Magistr |
| Yurisprudensiya 60420100 | Bakalavr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Arxeologiya
14 718 000 so'm
yiliga
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Yurisprudensiya
8 694 000 so'm
yiliga
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Amaliy matematika
11 040 000 so'm
yiliga
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Amaliy matematika
11 040 000 so'm
yiliga
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Inson resurslarini boshqarish
14 718 000 so'm
yiliga
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Inson resurslarini boshqarish
14 718 000 so'm
yiliga
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: ingliz tili
14 718 000 so'm
yiliga
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: ingliz tili
14 718 000 so'm
yiliga
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Fundamentalni tibbiyot
11 040 000 so'm
yiliga
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Axborot xavfsizligi
11 040 000 so'm
yiliga
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)
11 040 000 so'm
yiliga
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Psixologiya
8 694 000 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
Xabib Yusufiy
Manzura Sobirova -Oydin
Usmon Nosir
Mirtemir
Muhammad Asimi
Yahyo G'ulomov
Ibrohim Mo’minov
Uyg’un
Hamid Olimjon
Sharof Rashidov
Aminov Shoxrux Azamatovich
Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovich
Xolmuxammedov Muhsin Murodullaevich
Aliqulov Xazrat
Farmon Toshev Is’hoqovich
Nodirjon Jonuzoqovich Xolboʻtayev
Ahatov Akmal Rustamovich
Primova Xolida Anarbayevna
Rozikov Utkir Abdulloyevich
Laqayev Saidaxmat Norjigitovich
Salahuddinov Nariman Faridovich
Xudoyberdiyev Sharof Abdumalikovich
Abdulqosimov Ali Abdulqosimovich
Boymirzayev Karimjon Mirzaxmedovich
Ashurov Muhsinjon Xurramovich
Ahmedov Bobomurot Jo‘rayevich
Shamsutdinov Rustambek Temirovich
Alimova Gavhar Zayirovna
Talabalar fikri
Koki Murooka
Kristotof Kurtika
Yekaterina Xvatalova
Kang Lina, Yu Xiang, Zhang Huaqing, Li Juan
Li Lei









































































































































































































