Samarqand davlat texnika universiteti
8,991
Talabalar
2
Xorijiy talabalar
425
O'qituvchilar
4
Fakultetlar
36
Kafedralar
1966
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1966-yil 15-iyuldagi 307-sonli buyrug’i asosida SamDAQIga 1966–1967-o’quv yilida dastlabki qabul rejasi kunduzgi bo’limga 525 nafar talabadan iborat bo’lgan. Bu reja mutaxassisliklar bo’yicha quyidagicha taqsimlangan edi: 1201 – «Arxitektura» mutaxassisligiga – 100 ta; 1202-«Sanoat va fuqaro qurilishi» mutaxassisligiga – 350 ta; 1721 – «Qurilish iqtisodi va qurilishni tashkil etish» mutaxassisligiga – 75 ta talaba qabul qilish belgilangan bo’lgan.
Institutning uchta mutaxassisligiga qabul qilingan 525 ta talaba «Sanoat va fuqaro qurilishi» fakultetiga biriktirilib, 7 ta kafedra, 3 ta bo’lim bilan 1-oktabrdan o’quv jarayonini boshladi. 1967-yilning boshiga kelib institutda 7 ta kafedra – «Oliy matematika», «Fizika», «Kimyo», «Tarix», «Chizma geometriya», «Qurilish materiallari», «Rasm, tasviriy san’at va haykaltaroshlik» kafedralari faoliyati tashkil etildi.
SamDAQU 1966-yilda tashkil topgan, 2022-yil 8-noyabrdan Universitet maqomini olgan.
4 ta fakultet mavjud (Arxitektura fakulteti, Qurilish fakulteti, Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti, Madaniy meros obyektlarni asrash fakulteti)
19 ta kafedra mavjud
- Arxitektura
- Shaharsozlik
- Landshaft dizayni
- Interyer dizayni
- Qurilish muhandisligi
- Geomatika muhandisligi
- Atrof-muhit muhandisligi
- Mexanika muhandisligi
- Mehnat muhofazasi va salomatlik muhandisligi
- Iqtisodiyot
- Biznesni boshqarish
- Koʻchmas mulkni boshqarish
- Madaniy meros obyektlarini asrash
- Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi
- San’at
- Ijtimoiy va tabiiy fanlar
- Axborot texnologiyalari
- Xorijiy tillar
- Oʻzbek tili va adabiyoti
8 ta ilmiy laboratoriya mavjud
455 nafar professior-oʻqituvchilar faoliyat olib bormoqdalar
8767 nafar talaba (5906 nafar bakalavr kunduzgi, 2792 nafar sirtqi, 69 nafar magistratura)
30 ta bakalavr ta’lim yoʻnalishi, 19 ta magistratura mutaxassisliklari, 16 ta tayanch doktorantura (PhD), doktorantura va stajor-tadqiqotchi ixtisosliklari boʻyicha kadrlar tayyorlanib kelinmoqda
Xorijiy talabalar uchun
1.Universitetda chet ellik talabalar uchun yotoqxona bormi?
- Chet ellik talabalar uchun alohida yotoqxonalar mavjud emas, chunki ular o’zbek madaniyatiga tezroq integratsiyalashuvi, universitet va shahar hayoti bilan yaqindan tanishish va ularning til ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida o’zbek talabalari bilan birga joylashtiriladi. Barcha yotoqxonalarning har bir qavatda umumiy yuvinish xonasi va oshxonaga ega bo'lgan koridor va blokli tiplardir. Barcha binolar rekonstruksiya qilingan.
2.Talabalar turar joyi o‘quv binolaridan uzoqdami?
- Barcha yotoqxonalar universitetning ichki hududida joylashgan.
3. Bir xonada qancha odam yashaydi?
- Talabalar ikki va uch o‘rinli turar joy bilan ta’minlangan.
4. Ob'ektlar qayerda joylashgan (dush, hojatxona)?
- Dush va hojatxona yotoqxona binosining ichida joylashgan bo‘lib, ular barcha talabalar foydalanishi uchun umumiy foydalanish hududi sifatida tashkil etilgan. Mazkur sanitariya-gigiyena xonalari yotoqxona qavatlarida joylashgan va yotoqxonada istiqomat qiluvchi talabalar tomonidan birgalikda foydalaniladi.
5. Oshxona qayerda joylashgan? Maishiy texnika va anjomlar bilan jihozlanganmi?
- Oshxona yotoqxonaning umumiy foydalanish hududida joylashgan bo‘lib, barcha talabalar foydalanishi uchun mo‘ljallangan. Oshxona zarur maishiy texnika va anjomlar, jumladan elektr plita, muzlatgich, ovqat tayyorlash va saqlash uchun kerakli jihozlar bilan ta’minlangan. Talabalar ushbu oshxonadan belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilgan holda foydalanadilar.
6. Universitet talabalarga ko'chib o'tishda ularga nima beradi?
- Talabalar kelgandan so'ng quyidagi mebellar bilan ta'minlanadi: karavot, shkaf, stol, stul, ko'rpa-to'shak, shuningdek, matras, adyol, yostiq va choyshablar.
7. Yotoqxonada Wi-Fi bormi?
- Yotoqxonalarda bepul Wi-Fi mavjud. Talabalar shaxsiy login va parol orqali kirishlari mumkin.
8. Yotoqxona binosida qo'shimcha imkoniyatlar mavjudmi?
- Barcha binolarda bepul kir yuvish, o'qish va dam olish uchun xona mavjud
9. Yotoqxona uchun oylik to'lov qancha?
- O'rtacha, turar joy oyiga 300 ming so’mni tashkil qiladi, xarajat turar joy turiga bog'liq.
10. Yotoxona atrofida nimalar mavjud?
-Universitet binolari, yoshlar istirohat bog’i, polklinika, sport zal, milliy kutubxona o’quv markazlari.
Xalqaro hamkorlik
Samarqand Davlat Arxitektura va Qurilish Universitetining Xalqaro Hamkorliklari
Samarqand Davlat Arxitektura va Qurilish Universiteti (SamDAQU) dunyodagi nufuzli universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishdan faxrlanadi. Bu hamkorliklar nafaqat ilmiy kelishuvlarni, balki bilim, innovatsiya va madaniyat almashinuvini qo‘llab-quvvatlaydigan global akademik hamjamiyatni shakllantirishga bo‘lgan majburiyatni ifodalaydi. SamDAQU orqali talabalar va o‘qituvchilarga almashinuv dasturlari, qo‘shma tadqiqot tashabbuslari va xalqaro loyihalarda qatnashish imkoniyatlari taqdim etiladi.
Hamkor universitetlarimiz turli mamlakatlarda joylashgan bo‘lib, har biri o‘ziga xos yondashuv va kuchli tomonlarini taklif etadi. Masalan, Boku shahridagi Ozarbayjon Arxitektura va Qurilish Universiteti bilan hamkorligimiz Markaziy Osiyoda arxitektura ta’limi bo‘yicha tajribamizni oshiradi. Shu bilan birga, Daffodil Xalqaro Universiteti (Bangladesh) bilan hamkorlik, dinamik akademik muhitda madaniy almashinuv imkoniyatlarini yaratadi. Belarusda esa Gomel davlat texnik universiteti, Vitebsk davlat texnologiya universiteti va Baranovichi davlat universiteti kabi universitetlar bilan aloqalarimiz texnik bilim almashinuvini kuchaytirib, talabalar va o‘qituvchilar uchun keng ko‘lamli ilmiy imkoniyatlar yaratadi.
Ushbu hamkorliklar orqali SamDAQU o‘quv muhitini boyitishga, innovatsiya, amaliy ko‘nikmalar va kasbiy rivojlanishni rag‘batlantirishga intiladi. Hamkorlarimiz bilan birgalikda talabalarimizni nafaqat muvaffaqiyatli mutaxassis sifatida, balki o‘z jamoasi va dunyo oldida ijobiy o‘zgarishlar kiritishga qodir global fuqarolar sifatida tayyorlashga intilamiz.
| Universitetlar | Shahar | Mamlakat |
| Azerbaijan University of Architecture and Construction | Baku | Azerbaijan |
| Daffodil International University | Dhaka | Bangladesh |
| Sukhoi State Technical University of Gomel | Gomel | Belarus |
| Vitebsk State Technological University | Vitebsk | Belarus |
| Baranovichi State University | Baranovichi | Belarus |
| Belarusian National Technical University | Minsk | Belarus |
| Association of Appraisal Organizations | Minsk | Belarus |
| Nanjing Polytechnic Institute | Nanjing | China |
| Xi’an Jiaotong University | Xi’an | China |
| Chang’an University | Xianyang | China |
| Harbin Engineering University | Harbin | China |
| Bauhaus Universität Weimar | Weimar | Germany |
| Potsdam University of Applied Sciences | Potsdam | Germany |
| Budapest university of technology and economics | Budapest | Hungary |
| Obuda University | Obuda | Hungary |
| University of Debrecen | Debrecen | Hungary |
| Islamic University of Indonesia | Jakarta | Indonesia |
| Kazakh Leading Academy of Architecture and Civil Engineering | Almaty | Kazakhstan |
| Auezov South Kazakhstan University | Shymkent | Kazakhstan |
| Satbayev University | Almaty | Kazakhstan |
| L.N.Gumilyov Eurasian National University | Astana | Kazakhstan |
| Riga Technical University | Riga | Latvia |
| International Islamic University Malaysia | Kuala Lumpur | Malaysia |
| Bialystok University of Technology | Bialystok | Poland |
| AGH University of Science and Technology | Krakov | Poland |
| University of Gdansk | Gdansk | Poland |
| Poznan University of technology | Poznan | Poland |
| Polytechnic Institute of Castelo Branco | Castelo Branco | Portugal |
| Moscow State University of Civil Engeneering | Moscow | Russia |
| Kabardino-Balkarian State University | Nal’chic | Russia |
| Moscow Institute of Architecture | Moscow | Russia |
| Moscow State University of Geodesy and Cartography | Moscow | Russia |
| Ulyanovsk State Technical University | Ulyanovsk | Russia |
| Volgograd State Technical University | Volgograd | Russia |
| Tambov State University | Tambov | Russia |
| Saint-Petersburg State University of Economics | Saint Peterburg | Russia |
| Saint Petersburg Electrotechnical University ‘LETI’ | Saint Peterburg | Russia |
| State University of Land Use Planning | Moscow | Russia |
| St Petersburg State University of Architecture and Civil Engineering | Saint Peterburg | Russia |
| Kazan Federal University | Kazan | Russia |
| Southern Federal University | Rostov-on-Don | Russia |
| Tomsk State University | Tomsk | Russia |
| I. Repin St. Petersburg State Academy Institute of Painting, Sculpture and Architecture | Saint Peterburg | Russia |
| Keimyung University | Daegu | S. Korea |
| Halla university | Wonju | S. Korea |
| Kyongwoon University | Seoul | S. Korea |
| University of Huelva | Huelva | Spain |
| University of Alicante | Alicante | Spain |
| University of Seville | Seville | Spain |
| Politechnical University of Madrid | Madrid | Spain |
| University of Jaen | Jaen | Spain |
| University of Malaga | Malaga | Spain |
| Tajik Technical University named after academician M.S. Osimi | Dushanbe | Tajikistan |
| Mimar Sinan Fine Arts University | Istanbul | Turkey |
| Istanbul Kultur University | Istanbul | Turkey |
| Fatih Sultan Mehmet Vakif University | Istanbul | Turkey |
| Bartin University | Bartin | Turkey |
| Ege University | Izmir | Turkey |
| Yildiz Technical University | Istanbul | Turkey |
| Ankara Yildirim Bayazit university | Ankara | Turkey |
| Gebze Technical University | Gebze | Turkey |
| Artvin Çoruh University | Artvin | Turkey |
| Istanbul Technical University | Istanbul | Turkey |
| Canakkale Onsekiz mart university | Canakkale | Turkey |
| Burdur Mehmet Akif | Burdur | Turkey |
| Ersoy University | Burdur | Turkey |
| Hacettepe University | Ankara | Turkey |
| Trabzon University | Trabzon | Turkey |
| Usak University | Usak | Turkey |
| Center of Planning and Urban Design, Institute of Construction and Urban economics | Ha noi | Vietnam |
| National university of Sciences and Technology (NUST) | Islamabad | Pakistan |
| Chitkara university | India | |
| Friendship of Peoples University named after Academician A.Kuatbekov | Shymkent | Kazakhstan |
| Universiti Malaysia Perlis (UniMAP) | Perlis | Malaysia |
| Paris Lodron University of Salzburg | Salzburg | Austria |
| FSBEI HE University of Land Use Planing | Moscow | Russia |
| Zhubanov University NJSC “K.Zhubanov Aktobe regional university” | Aktobe | Kazakhstan |
| Kyrgyz-Turkish Manas University | Bishkek | Kyrgyz Republic |
| Regional Innovation University | Shymkent | Kazakhstan |
| İzmir Institute of Technology | İzmir | Turkey |
| Ankara Üniversitesi | Ankara | Turkey |
| Karadeniz Technical University | Trabzon | Turkey |
| İstanbul University Cerrahpaşa | Istanbul | Turkey |
| University of Milano-Bicocca | Milano | Italy |
| Russian Academy of Architecture and Construction Sciences | Moscow | Russia |
| National University of Technology (NUTECH) | Islamabad | Pakistan |
| University of Salento | Tancredi | Italy |
| University of Cagliari | Cagliari | Italy |
| Beijing University of Civil Engineering and Architecture | Beijing | China |
| National Institute of Applied Sciences (INSA) | Paris | France |
| Universiti Tunku Abdul Rahman (UTAR) | Kuala Lumpur | Malaysia |
Til kurslari
Universitetimiz qoshida tashkil etilgan “Lingora” o‘quv markazida mahalliy va xorijiy talabalar uchun ingliz, nemis, xitoy, turk, yapon, rus, arab, koreys va fransuz tillarini zamonaviy metodlar asosida o‘rganish imkoniyati yaratilgan.
Talabalar uchun imkoniyatlar

Kadirov Baxadir Tuxtayevich 1972 yilda Surxondaryo viloyatida tug’ilgan. 1994 yilda Sanoat va fuqaro qurilishi fakultetini muhandis-quruvchi mutaxassisligi bo’yicha bitirgan Termiz shahri “Surxon sanoat qurilish” kompaniyasi boshqaruvi raisi, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni, O’zbekiston Respublikasi Oliy majlis senatori, Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi a’zosi

Salyamov Anvar Enter engineering pte. Ltd kompaniyasi “Og'ir sanoat loyihalari direksiyasi”ning ijrochi direktori.
1980 yilda Samarqand shahrida tug'ilgan.
Ma'lumoti oliy. Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini, "qurilish muhandisi" mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan
2017-yil - Enter Engineering da ish faoliyatining boshlanishi.
U xaridlar bo'yicha mutaxassis, muhandislik-texnika bo'limi boshlig'i, bosh direktorning o'rinbosari – xaridlar va nazorat departamenti direktori, bosh direktorning o'rinbosari – loyiha idorasi direktori lavozimlarida ishlagan.

Xalmuradov Rustam Ibragimovich 1949 yilda Samarqand viloyatida tug’ilgan. 1967-1972-yillar SamDAQIni Sanoat va grajdan qurilish ta’lim yo’nalishini tugatgan. texnika fanlari doktori, professor. Samarqand davlat universiteti rektori, "El-yurt hurmati" ordeni sohibi, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, O’zbekiston Respublikasi senati senatori.
Fakultetlar
Arxitektura Fakulteti
Arxitektura fakultetida 4 ta kafedra mavjud va ushbu kafedralarning hammasi mutaxassislik kafedralar hisoblanadi:
- Arxitektura kafedrasi (kafedra mudiri: dotsent L.A. Raximov)
- Interyer dizayn kafedrasi (kafedra mudiri: dotsent T.F. Qo‘shmonov)
- Landshaft dizayn kafedrasi (kafedra mudiri: dotsent M.R. Imomov)
- Shaharsozlik kafedrasi (kafedra mudiri: F.M. Madiyev)
Fakultetda bakalavriat bo‘yicha 4 ta ta’lim yo‘nalishlari mavjud:
- 60730100 – Arxitektura
- 60210400 – Dizayn (interyer dizayni)
- 60210400 – Dizayn (Landshaft dizayn)
- 60730900 – Shahar qurilishi va loyihalash
Magistraturada esa 4 ta mutaxassislik mavjud:
- 70610501 – Kompyuter injiniring ("Kompyuter tizimlarini loyihalash")
- 70610503 – Tibbiyotda kompyuter tizimlari
- 70610601 – Dasturiy injiniring
- 70610701 – Sun’iy intellekt
Fakultet Tarkibi
Axborot texnologiyalari kafedrasi:
- Ajratilgan shtatlar soni: 19,5
- O‘quv yuklama: 16 224 soat
- O‘rtacha yuklama: 780 soat
- Asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar soni: 14 (1 ta fan doktori, 4 ta dotsent, 5 ta katta o‘qituvchi, 4 ta assistent)
- Kafedraning ilmiy salohiyati: 36%
- O‘qitiladigan fanlar: 21
Kompyuter tizimlari kafedrasi:
- Ajratilgan shtatlar soni: 19,5
- O‘quv yuklama: 17 393 soat
- O‘rtacha yuklama: 790 soat
- Asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar soni: 14 (6 ta dotsent, 3 ta katta o‘qituvchi, 5 ta assistent)
- Kafedraning ilmiy salohiyati: 43%
- O‘qitiladigan fanlar: 21
Dasturiy injiniring kafedrasi:
- Ajratilgan shtatlar soni: 19
- O‘quv yuklama: 18 159 soat
- O‘rtacha yuklama: 820 soat
- Asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar soni: 16 (1 ta professor, 2 ta dotsent, 5 ta katta o‘qituvchi, 8 ta assistent)
- Kafedraning ilmiy salohiyati: 19%
- O‘qitiladigan fanlar: 20
Tabiiy fanlar kafedrasi:
- Ajratilgan shtatlar soni: 16,75
- O‘quv yuklama: 12 634 soat
- O‘rtacha yuklama: 755 soat
- Asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar soni: 13 (3 ta professor, 5 ta dotsent, 3 ta katta o‘qituvchi, 2 ta assistent)
- Kafedraning ilmiy salohiyati: 64,3%
- O‘qitiladigan fanlar: 8
Gumanitar ijtimoiy fanlar kafedrasi:
- Ajratilgan shtatlar soni: 12,25
- O‘quv yuklama: 8 764 soat
- O‘rtacha yuklama: 715 soat
- Asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar soni: 8 (5 ta dotsent, 2 ta katta o‘qituvchi, 1 ta assistent)
- Kafedraning ilmiy salohiyati: 60%
- O‘qitiladigan fanlar: 7
Bakalavriat Ta’lim Yo‘nalishlari
- 1-kurs: 279 nafar talaba (140 nafari davlat granti asosida, 139 nafari to‘lov kontrakt asosida)
- 2-kurs: 372 nafar talaba (89 nafari davlat granti asosida, 283 nafari to‘lov kontrakt asosida)
- 3-kurs: 282 nafar talaba (60 nafari davlat granti asosida, 222 nafari to‘lov kontrakt asosida)
- 4-kurs: 335 nafar talaba (61 nafari davlat granti asosida, 274 nafari to‘lov kontrakt asosida)
Magistratura Mutaxassisligi
- I-kurs: 3 nafar talaba davlat granti asosida
- II-kurs: 23 nafar talaba (16 nafari davlat granti asosida, 7 nafari to‘lov kontrakt asosida)
Fakultet bo‘yicha jami talaba soni: 1,268 nafar talaba (350 nafari davlat granti asosida, 918 nafari to‘lov kontrakt asosida)
Qurilish Fakulteti
“Qurilish” fakulteti 1966 yilda institutda tashkil etilgan birinchi fakultet. Qurilish fakultetida hozirgi kunda 5 ta kafedra mavjud, ushbu kafedralarning 5 tasi ham mutaxassislik kafedralari hisoblanadi.
Qurilish fakultetiga tegishli quyidagi kafedralar mavjud:
- Qurilish muhandisligi kafedrasi (kafedra mudiri, PhD, dotsent G‘.U.Karimov) tarkibida 15 nafar professor, 23 nafar dotsent, 50 nafar o‘qituvchilar o‘z faoliyatini olib bormoqdalar.
- Atrof-muhit muhandisligi kafedrasi (kafedra mudiri, PhD, dotsent B.M.Norqulov) tarkibida 1 nafar professor, 8 nafar dotsent va PhD, 10 nafar o‘qituvchilar o‘z faoliyatini olib bormoqdalar.
- Geomatika muhandisligi kafedrasi (kafedra mudiri, PhD V.R.Niyazov) tarkibida 3 nafar professor, 4 nafar dotsent va PhD, 21 nafar o‘qituvchilar o‘z faoliyatini olib bormoqdalar.
- Mehnat muhofazasi va salomatlik muhandisligi kafedrasi (kafedra mudiri, Z.X.Yasakov) tarkibida 2 nafar PhD, 6 nafar o‘qituvchilar o‘z faoliyatini olib bormoqdalar.
- Mexanika muhandisligi kafedrasi (kafedra mudiri, Z.X.Fayziyev) tarkibida 1 nafar professor, 6 nafar dotsent PhD, 6 nafar o‘qituvchilar o‘z faoliyatini olib bormoqdalar.
2024-2025 o’quv yilida Universitetning “Qurilish” fakultetida “Geomatika”, “Mexanika muhandisligi”, “Atrof muhit muhandisligi”, “Xayot faoliyat havfsizligi”, “Materiallar qarshiligi”, “Qurilish materiallari”, “Avtomatika” va “Yo‘l qurilish materiallari” laboratoriyalari faoliyat olib bormoqda.
Keyingi yillarda fakultet jamoasi tomonidan, xalqaro miqyosda jahonning nufuzli TOP–1000 talik reytingni qo‘lga kiritgan oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik aloqalari kengaytirildi. Jumladan, BMTU, MarxI MDQU, YTU va ITUlar bilan hamkorlikda akademik almashinuvlar olib borilmoqda.
Fakultet kafedralarida yoshlarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish, yoshlar o‘rtasida ilmiy va ijodiy hamkorlikni rivojlantirish, fikr, tajriba almashish uchun sharoit yaratish, yoslarni ilmiy – texnik rivojlanish yo‘lida birlashtirish, shuningdek, yosh olimlarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida 30 ga yaqin ishlab chiqarish korxonalari bilan fan, ta’lim va ishlab chiqarish hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan.
Fakultet olimlari tomonidan keyingi yillarda Q1 va Q2 darajadagi jurnallarda 200 dan ortiq maqola va 100 ga yaqin zamonaviy o‘quv adabiyotlari yaratildi.
Fakultet quyidagi ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlaydi:
- 60112400 - Professional ta’lim (yo‘nalishlari bo‘yicha)
- 60722500 - Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo‘yicha)
- 607300400 - Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari bo‘yicha)
- 60730500 - Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini loyihalashtirish va ekspluatatsiyasi
- 5320100 - Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha)
- 5340200 - Bino va inshootlar qurilishi (turlari bo‘yicha)
- 5340500 - Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish
- 60730800 - Yo‘l muhandisligi (sohalar va faoliyat turlari bo‘yicha)
- 60730300 - Qurilish muhandisligi
- 61020200 - Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo‘yicha)
- 60713500 - Mexanika muhandisligi
- 60721500 - Geodeziya va geoinformatika
- 60723300 - Geomatika muhandisligi
- 60711800 - Atrof-muhit muhandisligi
- 60710400 - Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
- 60710500 - Elektr muhandisligi
- 5640100 - Hayotiy faoliyat xavfsizligi
Fakultet quyidagi ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlarni tayyorlaydi:
- 70721501 - Geodeziya va geoinformatika
- 70730301 - Qurilish muhandisligi
- 70730401 - Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji
- 70711801 - Atrof-muhit muhandisligi
SUYUNOV JAVLONBEK SHERALIYEVICH Fakultet dekani
Telefon: +998 66 237 44 35
Ma’lumoti: Oliy
Ilmiy darajasi: Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori, PhD
Ilmiy unvoni: Dotsent
Qabul vaqti: Har kuni 14.00-16.00
Fakultet tarixi
Fakultet 2012 yilda “Qurilishni boshqarish” fakulteti nomi bilan tashkil etilgan. 2022 yil, 8 noyabrda PQ-416 qaroriga asosan “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakulteti etib nomlandi. Fakultet bitiruvchilari viloyat Arxitektura va qurilish boshqarmalari, Avtoyo’l loyihalash instituti, viloyat Yer resurslari va davlat kadastr boshqarmasi, Yer tuzish va ko’chmas mulk kadastri xizmati davlat unitar korxonasi, Uzdaverloyiha instituti Samarqand filiali, viloyat O’rta maxsus va kasb hunar kollejlari boshqarmasi, viloyat davlat soliq boshqarmasi yer va ko’chmas mulkni soliqqa tortish bo’limlarida, ko’chmas mulkni baholash xususiy korxonalarida, qurilish ishlab chiqarish tashkilotlari, loyihalash institutlari rejalashtirish-iqtisodiy bo’limlarida texnik, katta mutaxassis, bo’lim boshliqlari, korxona rahbarlari sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.
Fakultet ma’muriyati
ESHMURODOV MAS'UDJON HIKMATILLAYEVICH
Fakultet dekani
Qabul vaqti: Har kuni: 14-00 – 16-00
Telefon: +998 93 350-14-84
AXMEDOV NAZORBEK TO’LQINOVICH
Talabalar dekanining Yoshlar Bilan Ishlash Bo'yicha Dekan O'rinbosari
Qabul vaqti: Har kuni: 14-00 – 16-00
Telefon: +998 94 575-16-64
Fakultet kafedralari:
- IQTISODIYOT
- BIZNESNI BOSHQARISH
- KO’CHMAS MULKNI BOSHQARISH
Fakultet quyidagi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlarni tayyorlaydi:
- 60310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha);
- 60411300-Biznesni boshqarish;
- 60731300-Ko’chmas mulkni boshqarish.
Quyidagi mutaxassislik bo`yicha magistrlarni tayyorlaydi:
- 70310102-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha);
- 70411201-Menejment (Qurilish menejmenti);
- 70731301-Ko’chmas mulkni boshqarish.
FAKULTET TO'G'RISIDA
Madaniy meros obyektlarini asrash fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-416-son qaroriga asosan universitet rektori Chidem Janbay Turkyilmaz rahbarligida tashkil etilgan.
2024 yilda fakultetda 21 nafar professor-o’qituvchilar: 4 nafar dotsent, 2 nafar PhD, 2 nafar xorijiy o’qituvchi, 4 nafar katta o’qutuvchi va 9 nafar o’qituvchilar faoliyat ko'rsatmoqda.
2023-2024 o’quv yilida fakultetni 44 nafar talabalar bitirdi. Hozirgi kunda 257 nafar talaba ta’lim olmoqda.
FAKULTET KAFEDRALARI:
1. Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi (kafedra mudiri D.M.Mirzayev)
2. Madaniy meros obyektlarini asrash (kafedra mudiri arx.f.b.f.d., (PhD) O.X.Urokov) kafedralari o’z faoliyatlarini olib bormoqdalar.
TA’LIM YO’NALISHLARI
60210300-Muzeyshunoslik: muzey predmetlari ekspertizasi, konservatsiyalash va ta'mirlash;
60730800-Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi;
60212200-Madaniy meros obyektlarini asrash;
60731100-Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restovratsiyasi.
Maxmatqulov Ilxom Turdimurodovich
Fakultet dekani
Telefon: +998 90 196 17 40
Ma’lumoti: Oliy
Ilmiy darajasi: Arxitektura fanlari bo'yicha falsafa doktori, PhD
Ilmiy unvoni: Dotsent
Qabul vaqti: Har kuni 14.00-16.00
Ta'lim yo'nalishlari
| 70210301 – Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, ta'mirlash va saqlash 70210301 | Magistr |
| Arxitektura 60730100 | Bakalavr |
| Arxitektura tarixi va nazariyasi 70730103 | Magistr |
| Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi 60730800 | Bakalavr |
| Atrof-muhit muhandisligi 60711800 | Bakalavr Magistr |
| BA(Hons) Business Management 60410900 | Bakalavr |
| Bino va inshootlar arxitekturasi 70730101 | Magistr |
| Biznesni boshqarish (Master of Business Administration-MBA) 70411302 | Magistr |
| Dizayn (Arxitektura muhitlari dizayni) 60210400 | Bakalavr |
| Dizayn (interyer dizayni) 60210401 | Bakalavr Magistr |
| Dizayn (landshaft dizayni) 60210400 | Bakalavr Magistr |
| Dizayn: kompyuter grafikasi va badiiy foto 60210400 | Bakalavr |
| Dizayn: libos va gazlamalar 60210400 | Bakalavr |
| Elektr ta’minoti 70710407 | Bakalavr |
| Foundation Certificate in Biosciences leading to Biomedical Studies 60711100 | Bakalavr |
| Geodeziya va geoinformatika 60721500 | Bakalavr Magistr |
| Geodeziya va geoinformatika (magistratura) 70721501 | Bakalavr |
| Iqtisodiyot 60310100 | Bakalavr Magistr |
| Kadastr 60721700 | Bakalavr |
| Madaniy meros obyektlarini asrash 60212200 | Bakalavr |
| Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi 61020200 | Bakalavr |
| Mexanika muhandisligi 60712300 | Bakalavr |
| Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji 70730401 | Magistr |
| Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy obektlarni konservatsiya qilish, ta’mirlash va saqlash 70211004 | Magistr |
| Professional ta’lim (yo‘nalishlar bo‘yicha) 60112400 | Bakalavr |
| Qiymat injiniringi va ko‘chmas mulkni boshqarish 60730700 | Bakalavr |
| Qurilish muhandisligi 70730301 | Magistr |
| Qurilish muhandisligi 60730300 | Bakalavr Magistr |
| Shahar qurilishi va loyihalash 60731500 | Bakalavr |
| Shahar transporti xo‘jaligi va aloqa yo‘llari 70730202 | Magistr |
| Shaharsozlik va landshaft arxitekturasi 70730103 | Magistr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Samarqand davlat texnika universiteti
Qurilish muhandisligi
14 400 000 so'm
yiliga
Samarqand davlat texnika universiteti
Arxitektura tarixi va nazariyasi
15 600 000 so'm
yiliga
Samarqand davlat texnika universiteti
Qiymat injiniringi va ko‘chmas mulkni boshqarish
7 200 000 so'm
yiliga
Samarqand davlat texnika universiteti
Iqtisodiyot
9 600 000 so'm
yiliga
Samarqand davlat texnika universiteti
BA(Hons) Business Management
9 600 000 so'm
yiliga
Samarqand davlat texnika universiteti
Qurilish muhandisligi
7 200 000 so'm
yiliga
Samarqand davlat texnika universiteti
Dizayn (interyer dizayni)
8 400 000 so'm
yiliga
Samarqand davlat texnika universiteti
Dizayn (landshaft dizayni)
8 400 000 so'm
yiliga
Samarqand davlat texnika universiteti
Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji
10 800 000 so'm
yiliga
Samarqand davlat texnika universiteti
Atrof-muhit muhandisligi
7 200 000 so'm
yiliga
Samarqand davlat texnika universiteti
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
7 200 000 so'm
yiliga
Samarqand davlat texnika universiteti
Shahar qurilishi va loyihalash
8 400 000 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
Xalmuradov Rustam Ibragimovich
Shukurov Akmal G'ayratovich
Salyamov Anvar
Narzullayev Bobir Baturovich
Kadirov Baxadir Tuxtayevich
Quldashev Azamiddin Tursunovich
Elmuradov Bobur Xamidovich
Najmiddinov Firuz Jamoliddinovich
Djumayev Shuxrat Ilxomovich
Tagiyev Eldor Ibragimovich
Xaitov Orif Bolikulovich
Abjalov Xusan Shakarovich
Xudaykulova Fotima Inatullayevna
Xalikov Rayimqul Xaqqulovich
Mirzayev Umar Xidirboyevich
Talabalar fikri
Aziza Rahmatjanovna
Basira Rahmatjonova
Eshmurodov Mas'udjon Xikmatillayevich
Jurakulov Doniyor Ochilovich
Kamalova Dilnoza Zayni̇di̇novna
Maxmatqulov Ilxom Turdimurodovich
Maxmudov Azizbek
Murodqulova Guliniso
Sanayeva Nargiza Payzullayevna
Nurmatov Panji