WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Samarqand davlat texnika universiteti

Qiymat injiniringi va ko‘chmas mulkni boshqarish

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

60730700-Qiymat injiniringi va ko’chmas mulkni boshqarish.

Tavsif:

Kapital qurilish sohasida amalga oshirilayotgan investitsiya dasturlarini ishlab chiqish, amalga oshirish, boshqarish va nazorat qilish, qurilish ob’yektlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va iqtisodiy samaradorligini baholash, qurilish ob’yektlari loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza qilish, koʻchmas mulk ob’yektlarning bozor qiymatini baholash, investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida qiymat nazoratini  tashkil etish, iqtsodiyotning barcha tarmoq va sohalarida koʻchmas mulk ob’yektlaridan foydalanishni tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish, koʻchmas mulk bozorini tahlil qilish va boshqarish hamda rivojlantirish, mamlakatda surveying xizmatlarini  rivojlantirish bilan bogʻliq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi.

Siz 4 yil davomida “Qiymat injiniringi va ko’chmas mulkni boshqarish” ta’lim yo’nalishi bo’yicha ko’plab nazariv va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lasiz. Eng yangi va zarur bo’lgan fanlarni o’zlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta ko’zlagan maqsadingizga erishing.

Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestir (4 yil) davomida jami:
240 kredit
to’plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan

Jami auditoriya soati: 6420 soat

Malkaviy amaliyot: 180 soat

Bitiruv malakaviy ishi: 240 soatni tashkil etadi.

 

O’quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestirlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

117

1 – 8

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish

Malakaviy amaliyot

6

5, 6

Attestatsiya

16

1 – 8

Yakuniy davlat attestatsiyalari

8

8

Ta’tillar

52

1 – 8

Kredit ta’lim tizimiga kirish

5

1 – 8

Jami

204

 

 

 

Qo’shimcha izoxlar:

  • 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
  • Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
  • Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi

O'xshash dasturlar