Samarqand davlat texnika universiteti
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
Dastur haqida
Nomi: Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
Tavsif: 61020200 – Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi taʼlim shaklida amalga oshiriladi. Kunduzgi taʼlimda bakalavriat dasturining meʼyoriy muddati 4 yil.
Ushbu ta’lim dasturi orqali siz hozirgi Mehnat muhofazasini ta’minlash, inson mehnati va faoliyati uchun qulay texnosferani (inson tomonidan shakllantirilgan muhit) shakllantirish, texnika xavfsizligini ta’minlashning muhim jihatlarini, zamonaviy texnik vositalardan, nazorat usullaridan va prognozlardan oqilona foydalanish hisobiga inson hayoti va sog‘lig‘ini asrash, xodimlarning mehnat muhofazasi yuzasidan o‘qitish va bilimlarni sinash, mehnat bozori infratuzilmasi bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasiga ega bo’lasiz. Ushbu ta’lim yo’nalishi hozirgi davrda eng zarur bo’lgan sohalardan biri hisoblanadi.
Siz 4 yil davomida ta’lim yo’nalishi bo’yicha ko’plab nazariv va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lasiz. Eng yangi va zarur bo’lgan fanlarni o’zlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta ko’zlagan maqsadingizga erishing.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestir(4 yil) davomida jami:
240 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan
Jami auditoriya soati: 2985 soat
Malkaviy amaliyot: 90 soat
Bitiruv malakaviy ishi: 420 soatni tashkil etadi.
|
O’quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestirlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
120 |
1 – 8 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish |
|
Malakaviy amaliyot |
15 |
4 |
|
|
Attestatsiya |
16 |
1 – 8 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
5 |
8 |
|
|
Ta’tillar |
50 |
1 – 8 |
|
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish |
8 |
1 – 8 |
|
|
Jami |
204 |
|
|
Qo’shimcha izoxlar:
- 1 Kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitliklikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o’tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizmom asosida amalga oshiriladi
O'xshash dasturlar
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Kadastr
—
Namangan davlat texnika universiteti
Arxitektura
14 000 000 so'm
yiliga
Qarshi davlat texnika universiteti
Qurilish muhandisligi
9 600 000 so'm
yiliga
Buxoro davlat texnika universiteti
Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish
14 400 011 so'm
yiliga
Buxoro davlat texnika universiteti
Shahar qurilishi va loyihalash
14 400 010 so'm
yiliga
University of Business and Science
Geodeziya va geoinformatika
—