WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Toshkent shahri Davlat Veb-sayt

2,647

Talabalar

34

Xorijiy talabalar

238

O'qituvchilar

3

Fakultetlar

10

Kafedralar

1999

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-68-sonli Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi qayta nomlandi. Akademiya islomshunoslik va dinshunoslik sohalarida mutaxassislarni hamda o‘quv dasturi, qo‘llanma va darsliklarni tayyorlashga ixtisoslashgan tayanch davlat oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilandi.

Akademiyaning asosiy vazifalari:

(a) islomshunoslik, dinshunoslik, din psixologiyasi, islom iqtisodiyoti, manbashunoslik, xalqaro munosabatlar va ehtiyoj mavjud bo‘lgan boshqa sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlash;

(b) ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni, ilm-fan va texnikaning so‘nggi yutuqlarini hamda yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari tajribasi asosida ishlab chiqilgan ta’lim dasturlarini joriy etish;

(v) vijdon erkinligi va konfessiyalararo bag‘rikenglikni ta’minlash, radikallashuv, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish hamda diniy sohadagi davlat siyosatining asoslariga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;

(g) diniy-ma’rifiy yo‘nalishda ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilish, shuningdek, internet tarmog‘ida ta’lim resurslarini joylashtirish va muntazam yangilab borish;

(d) talabalarda yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, Vatanga muhabbat, uning taqdiriga daxldorlik, kasbga sadoqat hissini mustahkamlash, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish;

(e) mamlakatimizda va xorijda diniy sohada faoliyat olib borayotgan ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish.

Akademiya bitiruvchilari bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining deyarli barcha vazirlik va idoralari, yirik xalqaro tashkilotlar, ilg‘or mahalliy va xorijiy kompaniya (shirkat)larda muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqdalar. Ular erishgan yutuqlar zamirida Akademiyaning salmoqli o‘rni bor. Har bir bitiruvchi nafaqat bilim va ko‘nikmalarga ega, balki Akademiyaning o‘ziga xos madaniyati, urf-odati hamda tarbiyasini o‘zida mujassam etib, yoshlarga haqiqiy o‘rnak bo‘lmoqda.

Xorijiy talabalar istisno tarzida Akademiyaga suhbat asosida qabul qilinadi. Dars jarayonlari o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. Yaqin orada ingliz tili auditoriyalarini yaratish rejalashtirilmoqda.

 

Xorijiy talabalar uchun

Viza olish tartiblari

Turar joy uchun ro‘yxatga qo‘yish hamda viza olish jarayoni

Xorijiy fuqarolarga viza rasmiylashtirish, viza taklifnomalarini tayyorlash hamda turar joy uchun vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish oliy ta’lim muassasalarining O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan o‘zaro kelishuvi asosida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etilgan holda amalga oshiriladi. Xorijiy fuqarolar uchun vizalar nomzodning o‘z davlatida joylashgan O‘zbekiston Respublikasining elchixonasi yoki konsullik idorasi tomonidan taqdim etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi yoki konsullik idorasi mavjud bo‘lmagan mamlakat fuqarolar vizalari Toshkentdagi xalqaro aeroportda ham taqdim qilinishi mumkin.

Topshiriladigan hujjatlar ro‘yxati

Bakalavriat, magistratura va doktorantura uchun o‘qishga hujjat topshirishning umumiy  tartibi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi 169-sonli “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq hamda ushbu Qarorga asoslangan me’yoriy hujjatlar asosida chet el fuqarolarini o‘qishga qabul qiladi.

Chet el fuqarolari akademiyaning Xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

- O‘zXIAda o‘qish uchun ariza;

- Qo‘lga kiritilgan darajalardagi yoki joriy vaqtdagi baholar qaydnomasi. O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida erishilgan har qanday diplom sertifikatlari va baholar qaydnomasini ham topshiringiz so‘raladi;

- Bakalavriatura bosqichiga: o‘rta yoki o‘rta maxsus ta’limi diplomi/shahodatnomasi (sertifikat);

- Magistratura bosqichiga: Bakalavr diplomi yoki ushbu darajaga tenglashtirilgan hujjat;

- Doktorantura bosqichiga (PhD, DSc): Magistrlik diplomi;

- O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida erishilgan har qanday diplomlar (baholar qaydnomasi bilan birga) rus yoki o‘zbek tiliga tegishli notarial idoradan tarjima qilinishi hamda tasdiqlanishi lozim;

- O‘rnatilgan tartibdagi tibbiy ma’lumotnoma;

- Mavjud fuqarolik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilish huquqini beruvchi pasport;

- 3.5 x 4.5 sm o‘lchamdagi rasm (6 dona);

- Chop etilgan rasmiy maqolalar va tezislarning umumiy ro‘yxati (Doktorantura bosqichi va amaliy o‘quv kurslariga topshirgan nomzodlar uchun);

Baholar qaydnomasining rus tilidagi tarjimasi O‘zbekiston Respublikasidagi notarial idorasida yoki nomzodning o‘z davlatida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi yoki konsullik idorasi tomonidan sertifikatlanishi zarur.

Chet el fuqarolarining O‘zXIAda tahsil olishi to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining boshqa xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar, xorijiy universitetlar bilan tuzilgan o‘zaro hamkorlik shartnomalariga muvofiq kelib tahsil oluvchi xorijiy fuqarolar bundan mustasnodir.

MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY NOMIDAGI MAXSUS STIPENDIYA

HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 502-son qarori hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Kengashining 2020-yil 29-oktabrdagi 5-son majlis bayoni bilan taddiqlangan NIZOM talablari asosida tayinlanadi.

Maxsus stipendiya Akademiyada Mahmudxо‘ja Behbudiy hayoti va ijodini о‘rganish, faoliyatini yoritish, ilmiy tadqiq qilish hamda targ‘ib etish yо‘nalishida izlanish olib borayotgan, alohida faollik kо‘rsatgan talabalarni rag‘batlantirish maqsadida ta’sis etilgan

Mahmudxо‘ja Behbudiy nomidagi maxsus stipendiyani tayinlash tartibi va mezonlari:

Maxsus stipendiya quyidagi mezonlarga javob beradigan kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bakalavriatning 1-3-bosqich hamda magistraturaning 1-bosqich talabalariga belgilanadi:

maxsus stipendiya Mahmudxо‘ja Behbudiyning hayoti va ijodini о‘rganish, faoliyatini yoritish, ilmiy tadqiq qilish va targ‘ib etish yо‘nalishida izlanish olib borish;

adabiyot va kitobxonlikni keng targ‘ib qilish yо‘nalishida alohida faollik kо‘rsatish;

adabiyot va kitobxonlikka doir konferensiyalar (tanlovlar)da qatnashish;

nashr etilgan ishlar (asarlar)ning mavjudligi.

Talabgorlar dastlabki kо‘rib chiqish uchun fakultetga quyidagi hujjatlarni topshiradilar:

sinov daftarchasidan kо‘chirma (о‘zlashtirish kо‘rsatkichi);

kafedra tavsiyanomasi;

ijodiy (ilmiy) ish, uning annotatsiyasi va taqriz (mavjud bо‘lsa);

murabbiyning fikr-mulohazalari;

Mahmudxо‘ja Behbudiy hayoti va ijodi hamda faoliyati (ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa) targ‘iboti bо‘yicha materiallar;

Mahmudxо‘ja Behbudiy hayoti va ijodi, faoliyatini tadqiq qilish bо‘yicha respublika va xalqaro miqyosdagi jurnallarda chop etilgan yakka mualliflikdagi ilmiy maqolalar, о‘tkazilgan anjumanlardagi faol ishtirokini tasdiqlovchi hujjat (asl nusxasi);

о‘z sohasi bо‘yicha xalqaro yoki respublika darajasidagi kо‘rgazma, biyennale, festival, simpozium, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardagi ishtiroki va natijalarga erishgani (mavjud bо‘lsa) tо‘g‘risida tasdiqlovchi hujjat.

Tanlov ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi

1-bosqich: Mahmudxо‘ja Behbudiy hayoti, ijodi va faoliyatiga bag‘ishlanga test;

2-bosqich: suhbat

Maxsus stipendiya talabalarga har yili, bir о‘quv yili uchun 1 sentabrdan boshlab beriladi

Maxsus stipendiya miqdori Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 yanvardagi

59-son qarori 2-ilovasining 2-bandiga muvofiq belgilanadi.

 

Xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘limi telefon raqami:

+99871 2449593

E-mail: intstudents@iiau.uz

 

Xorijiy talabalar bilan ishlash uchun Akademiyada alohida Talabalar (xorijiy) bilan ishlash bo‘limi tashkil etilgan bo‘lib, mazkur bo‘lim xorijiy fuqarolarni Akademiyaga o‘qishga jalb qilishdan tortib ularning O‘zbekistonga kelish va turar-joy bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarini rasmiylashtirish, shuningdek, xorijiy talabalarni o‘quv jarayoni va O‘zbekiston Respublikasida yashashda moslashishda ko‘maklashib boradi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi barcha talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar xorijiy talabalar uchun ham birdek amal qiladi.

Xorijiy talabalarni O‘zbekiston madaniyati an’analari bilan tanishishiga (ekskursiyaviy tanishuv sayohatlar, muzeylarga va boshqa joylarga tashriflarni tashkillashtirish) ko‘maklashilmoqda.

Xorijiy talabalar Akademiyada tashkil etiladigan barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, shuningdek, teatr studiyasida faol ishtirok etishadi.

 

 

 

 

Xalqaro hamkorlik

Bugungi kunda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yevropa, Afrika va Osiyo mamlakatlarining nufuzli oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari va xalqaro tashkilotlar bilan 40 dan ortiq memorandum va bitimlar imzolagan.
Akademiya ta’lim jarayonida 10 nafar xorijiy professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. Ular Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi, Misr Arab Respublikasi, Yaponiya kabi mamlakatlardan jalb etilgan.
Xorijiy abituriyentlar Akademiyaga suhbat asosida qabul qilinadi. Dars jarayonlari o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. Ayni paytda Akademiyada 33 nafar xorijiy talaba tahsil olmoqda. Ular Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ozarbayjon hamda Afg‘oniston fuqarolari hisoblanadi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xalqaro hamkorlik bo‘yicha faoliyati asosan quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
- Xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish;
- Akademiya rahbariyati, xodimlari, professor o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilarining xorijiy safarlarini uyushtirish;
- Xalqaro konferensiya, seminar, vebinar kabi tadbirlarni tashkil etish; 
- Xalqaro grant loyihalarida ishtirok etish;
- Xorijlik professor-o‘qituvchilarni akademiya o‘quv jarayoniga jalb etish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish;
- Xorijiy talabalar, doktorantlar, ilmiy tadqiqotchilar bilan ishlash.

Til kurslari

Akademiyaning Yoshlar ittifoqi tashkiloti tomonidan xorijiy talabalar uchun o'zbek tilida o'qitish kurslari tashkil etiladi. Manzil:Toshkent, A.Qodiriy ko'chasi, 11-uy, telefon:99871-2449593

Talabalar uchun imkoniyatlar

https://www.youtube.com/watch?v=yhGH21OpWuw

Fakultetlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5416-sonli 16.04.2018 dagi Farmoniga binoan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ta’sis etilishi asosida uning o‘quv-ilmiy tarkibiy tuzilmasi sifatida tashkil qilingan.

Fakultet O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan (Buyruq №159, 30-may 2008-yil) “Oliy ta’lim muassasasining fakulteti to‘g‘risida”gi hamda “Oliy ta’lim muassasasi kafedralari to‘g‘risida”gi nizomlar asosida faoliyatini olib boradi.

Fakultet faoliyatida quyidagi yo‘nalishlar mavjud:

  1. (5121100) “Xalqaro munosabatlar”;
  2. (5220400) “Axborot xavfsizligini boshqarish”;
  3. (5121100) “Международые отношение”;
  4. (5610300) “Turizm (ziyorat turizmi)”;
  5. (5231000) “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (musulmon mamlakatlari)”;
  6. (5160200) “Islom iqtisodiyoti va moliyasi”;
  7. (5231100) “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha)”;
  8. (5330200) “Informatika va axborot texnologiyalari (axborot texnologiyalari va kommunikatsiya)”;
  9. (5111600) “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”.

 Fakultetning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dastur to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq “Xalqaro munosabatlar”, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi”, “Ziyorat turizmi”, “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar”, “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha zamon talablariga javob beroladigan, davlat va jamoat tashkilotlari oldidagi nazariy va amaliy vazifalarni hal qilishga qodir yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash;

Fakultet tarkibidagi kafedralarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish.

Fakultet ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish maqsadida korxona, muassasa va tashkilotlar hamda xorijiy ta’lim muassasalari bilan belgilangan tartibda tuzilgan bitim asosida hamkorlik qilishi mumkin.

Fakultet mutaxassis kadrlar tayyorlashni jarayonini ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) holda amalga oshiradi. Kadrlar iste’molchilari talablari va soha xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida fakultet tarkibida yangi bo‘limlar tashkil etilishi mumkin.

Fakultet o‘z tarkibiga kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga taalluqli kafedralarni, shuningdek, faoliyat mazmuni bo‘yicha fakultet ixtisosligiga yaqin bo‘lgan boshqa kafedralarni birlashtiradi.

Fakultetda 4 ta kafedra ish olib boradi:

“Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi;
“Xalqaro munosabatlar” kafedrasi;
“Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi;
“Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 16-apreldagi PF–5416-sonli Farmoniga binoan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ta’sis etilishi asosida uning o‘quv-ilmiy tarkibiy tuzilmasi sifatida tashkil qilingan.

Fakultet O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasining fakulteti to‘g‘risida”gi buyruq hamda “Oliy ta’lim muassasasi kafedralari to‘g‘risida”gi Nizom (№159, 30-may 2008-yil) asosida faoliyatini olib boradi.

Fakultet O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining o‘quv-ilmiy va ma’muriy bo‘linmasi hisoblanadi.

Fakultet faoliyatida quyidagi yo‘nalishlar mavjud:

  1. 5120100 – “Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)”;
  2. 5120100 – “Filologiya va tillarni o‘qitish (mumtoz tillar)”;
  3. 5210200 – “Psixologiya (din sotsiopsixologiyasi)”.

Fakultetning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dastur to‘g‘risida”gi Qonunlariga muvofiq “Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)”, “Filologiya va tillarni o‘qitish (mumtoz tillar)” hamda “Psixologiya (din sotsiopsixologiyasi)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha zamon talablariga javob beroladigan, davlat va jamoat tashkilotlari oldidagi nazariy va amaliy vazifalarni hal qilishga qodir yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash;

Fakultet tarkibidagi kafedralarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish.

Fakultet ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish maqsadida korxona, muassasa va tashkilotlar hamda xorijiy ta’lim muassasalari bilan belgilangan tartibda tuzilgan bitim asosida hamkorlik qilishi mumkin.

Fakultetda mutaxassis kadrlar tayyorlash jarayoni ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) holda amalga oshiriladi. Kadrlar iste’molchilari talablari va soha xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida fakultet tarkibida yangi bo‘limlar tashkil etilishi mumkin.

Fakultet o‘z tarkibiga kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga taalluqli kafedralarni, shuningdek, faoliyat mazmuni bo‘yicha fakultet ixtisosligiga yaqin bo‘lgan boshqa kafedralarni birlashtiradi.

Fakultetda 4 ta kafedra ish olib boradi:

“Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi;
“O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi;
“Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5416-sonli 16.04.2018 dagi Farmoniga binoan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ta’sis etilishi asosida uning o‘quv-ilmiy tarkibiy tuzilmasi sifatida tashkil qilingan.

Fakultet O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan (Buyruq №159, 30-may 2008-yil) “Oliy ta’lim muassasasining fakulteti to‘g‘risida”gi hamda “Oliy ta’lim muassasasi kafedralari to‘g‘risida”gi nizomlar asosida faoliyatini olib boradi.

Fakultet O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining o‘quv-ilmiy va ma’muriy bo‘linmasi hisoblanadi.

Fakultet faoliyatida quyidagi yo‘nalishlar mavjud:

  1. 5120600 - Dinshunoslik;
  2. 5120600 - Религиоведение;
  3. 5160100 - Islomshunoslik;
  4. 5160100 - Исламоведение;
  5. 5120300 - Tarix (islom tarixi va manbashunosligi);
  6. 5120300 - История;

Fakultetning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dastur to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq “Dinshunoslik”, “Islomshunoslik”, “Tarix (islom tarixi va manbashunosligi)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan, davlat va jamoat tashkilotlari oldidagi nazariy va amaliy vazifalarni hal qilishga qodir yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash;

Fakultet tarkibidagi kafedralarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish.

Fakultet ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirish, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish maqsadida korxona, muassasa va tashkilotlar hamda xorijiy ta’lim muassasalari bilan belgilangan tartibda tuzilgan bitim asosida hamkorlik qilishi mumkin.

Fakultet mutaxassis kadrlar tayyorlashni jarayonini ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) holda amalga oshiradi. Kadrlar iste’molchilari talablari va soha xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida fakultet tarkibida yangi bo‘limlar tashkil etilishi mumkin.

Fakultet o‘z tarkibiga kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga taalluqli kafedralarni, shuningdek, faoliyat mazmuni bo‘yicha fakultet ixtisosligiga yaqin bo‘lgan boshqa kafedralarni birlashtiradi.

Fakultetda 3 ta kafedra ish olib boradi:

  1. “Dinshunoslik va jahon dinlari tarixini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi;
  2. “Islomshunoslik va Islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi;
  3. “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA ” kafedrasi.

Ta'lim yo'nalishlari

Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar 70310201 Magistr

Mashhur bitiruvchilar

Maxsudov Davronbek Rustamovich

O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari

Mamajonov Ravshanbek Imomali o'g'li

Japan Digital University (JDU) rektori

Abidxadjayev Umid Kutpitdinovich

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari

Islamov Shahzod Zohidjonovich

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o'rinbosari

Mamataxunov Nozim Azizovich

“ORIENTAL CLASSIC STUDY” nodavlat ta’lim muassasasining bosh direktori

Аripxodjayeva Fotima Xolxodjayevna

Elektron hukumatni rivojlantirish bosh boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i

Аdilov Dilshod Seyitmametovich

Ichki ishlar vazirligining Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi yetakchi mutaxassisi

Бахtiyev Olimjon Abdurubovich

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Ziyonet” bo‘limi boshlig‘i

Goibnazarov Raxmatulla Raximboyevich

Davlat bojxona qo‘mitasining Oliy harbiy bojxona institutida Ilmiy kengash kotibi, Pedagogika fanlari nomzodi

Djumayev Sherzod Shoniyazovich

“Navbahor” tekstil korxonasining bosh direktori

Nurillayev Ilxomjon Yunusovich

ATB Sanoat qurilish banki Toshkent shahar filiali boshqaruvchi o‘rinbosari

Burxonov Komil Raximdjonovich

O‘zbekiston musulmonlari idorasi yetakchi mutaxassisi

Axmedov Ikrom Baxtiyarovich

O‘zbekiston musulmonlari idorasida “Vaqf” xayriya jamoat fondining boshqaruvi rahbari o‘rinbosari

Shukurlayev Sherzod Mamarajabovich

“O‘zbekneftgaz” AJ boshqarmasi bosh mutaxassisi

Babadjonov Dilshodxon Sadriddinovich

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig'i

Talabalar fikri

Smit Roza

Mening ismim Roza. Men Osiyoni yaxshi ko‘raman. Men tillarni va tilshunoslikni yaxshi ko‘raman. Bag'rikenglik, boshqa xalqlar va dinlarni o‘rganish, meni o‘rab turgan hamma narsani o‘rganishda mening asosiy stimulimdir. O‘zbekiston, bu mening tuprog'im, bu mening ildizlarim, lekin afsuski, men chet elda o‘sganman. Boy madaniyatlardan biri, barcha mutafakkirlarning xazinasi va Buyuk Ipak yo‘li meni o‘ziga jalb qilgan narsa. Men birinchi ta’limni Angliyada va Xitoyda olganman. O‘zbekistonda men bir nechta variantlarni ko‘rib chiqdim. Men shaxsan universitetlarga keldim, batafsil o‘rganib chiqdim: nima, qayerda va qanday dars berishini. Ammo Xalqaro Islom akademiyasiga kelganimda, yuragim tanlovimni aytdi. Ekzyuperiy aytganidek: “Ogoh bo‘lish - bu bitta yurak. Siz eng muhim narsani ko‘zingiz bilan ko‘ra olmaysiz». Shunday qilib, men sevimli akademiyamga keldim va qarorimdan hech qachon afsuslanmayman. Akademiyada noyob o‘qituvchilar tarkibi mavjud bo‘lib, ular juda ko‘p qirrali bo‘lib, nafaqat o‘z sohasida malakali, balki boshqa tillarda, ya'ni arab, rus, ingliz va qozoq tillarida ham so‘zlashadilar.

Sitora Kashibxonova

Mening ismim Sitora. Men O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ziyorat turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi kursda tahsil olaman. Mening yana bir kichik orzuim amalga oshdi. O‘qishim davomida bilimlarimni hayotiy tajriba bilan birgalikda oshirib bormoqdaman. Shunga amin bo‘ldimki, bu men uchun kelajakda davlatlarga xizmat qilish va o‘zimning biznesimni yo‘lga qo‘yishga imkon yaratadi. Eng asosiysi, diniy va dunyoviy bilimga ega bo‘lmoqdaman. Akademiyada O‘zbekistonning va dunyoning turli davlatlaridan kelgan yuqori malakali professorlar dars berib kelmoqda. Akademiya mening ikkinchi uyim hamda guruhdoshlarim oilamdek bo‘lib qoldi. Akademiyada yashash va ta'lim olish uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan. Bizning akademiya Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgani uchun men bundan juda ham faxrlanaman. Men shunday ta'lim maskanida o‘qiyotganimdan juda ham xursandman. Xudo xohlasa oldimga qo‘ygan maqsadimga albatta erishaman.

Muhammadiy Ahmedov

Bizga hadya etilgan ne'matlar va imkoniyatlar uchun Allohga hamdlar bo‘lsin. Mana ikki yildirki men O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasiman va bu haqda faxr bilan so‘zlayapman. Axir bizning akademiyamizda o‘zlarining bilim va tajribalari bilan bo‘lishishdan mamnun bo‘lgan yuqori malakali o‘qituvchi va professorlar to‘plangan. Akademiyadagi sharoitlar haqida gap ketganda, ko‘plab misollar keltirish mumkin: agar siz kitob mutolaasini sevsangiz, siz uchun kutubxona yoki, vaqtni chog' o‘tkazish uchun ko‘plab maxsus joylari bo‘lgan akademiya hovlisida o‘zingizni erkin his qilishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud. Siz tarixga qiziqasizmi? Bu yerda ko‘plab arab, fors va qadimiy o‘zbek tilidagi tarixiy qo‘lyozma durdonalari mavjud. Agar siz sport ishqibozi bo‘lsangiz, sog'ligingizni mustahkamlash uchun barcha imkoniyatlari mavjud bo‘lgan sport zali, shuningdek, yopiq va ochiq basketbol maydonlari, futbol zali va ochiq havodagi mini-futbol maydoni sizning ixtiyoringizda.

Kabulova Muhayyo

Menga O‘zbekistonda hamma narsa, ayniqsa, meni qo‘llab-quvvatlab turgan va yordamini ayamagan samimiy va mehribon insonlar yoqadi. Men Rossiyadan keldim va hozirda Islom akademiyasi “Islomshunoslik” fakultetining ikkinchi kursida “Dinshunoslik” yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olaman. Menga akademiya juda yoqadi, ayniqsa, bizga bilim berib kelayotgan, mehribon va yuqori malakali ustozlar. Men bunday samimiy do‘stona guruhga tushishimni bilmagan edim. Men aynan shu yerga o‘qishga kirganimdan afsuslanmayman. Men O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasi ekanligimdan xursandman.

Abdullaev Zohidjon

Men Abdullaev Zohidjon hozirgi kunda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Islomshunoslik kafedrasi, Aqida, kalom ilmi va aqidaviy ta'limotlar mutaxassisligining, 2-kurs magistrantiman. Liviyaning Tripoli shahridagi “Islomiy da'vat fakulteti” nomli Islom universitetining bakalavrini tamomlaganimdan so‘ng, o‘rtada bir necha yil uzilish bo‘lgan bo‘lsada, ilm olishlik hamda ilmiy izlanishlarimni davom ettirish ishtiyoqi meni tark etmadi.

G'anieva Oksana

Men, Ganieva Oksana, Islomshunoslik fakultetining birinchi bosqich xorijiy talabasi sifatida, 49 yoshimda ushbu akademiyada tahsil olishga ongli ravishda qaror qildim. Bu tanlov islomni ilmiy nuqtai nazardan, umuminsoniy qadriyatlar va tarixiy xolislik asosida o‘rganishga bo‘lgan intilishim natijasi bo‘ldi. Akademiyadagi ta’lim jarayoni islomni diniy, madaniy va tarixiy fenomen sifatida yaxlit hamda tizimli tushunish imkonini beradi. O‘quv jarayoni ilmiy yondashuv, manbalarga hurmat va akademik tafakkur madaniyatiga asoslangan. Ayniqsa, o‘qituvchilarning yuksak professionalligi, o‘zaro hurmat va ochiq muloqot muhiti men uchun juda qadrlidir. Men uchun bu yerda tahsil olish faqat bilim olish emas, balki shaxsiy va ma’naviy kamolotimning muhim bosqichidir. Ongi ravshan ta’lim olish va din hamda ilmga nisbatan yetuk, mas’uliyatli munosabatni shakllantirish imkoniyati uchun akademiyadan minnatdorman.