WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Qiyosiy dinshunoslik

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

Qiyosiy dinshunoslik magistratura mutaxassisligi

70220102 – “Qiyosiy dinshunoslik” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash kunduzgi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Magistratura dasturining me’yoriy muddati 2 yil.

“Qiyosiy dinshunoslik” mutaxassisligi bitiruvchilarining kasbiy faoliyat sohalari diniy va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari, davlat boshqaruvi organlari, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, diniy tashkilotlar, huquq-tartibot organlari, nodavlat va notijorat tashkilotlari, tarixiy, madaniy, ma’naviy merosni o‘rganish markazlarida faoliyat yuritish; umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida dunyo dinlari tarixi fanidan dars berish; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida ta’lim yo‘nalishiga oid fanlarni o‘rnatilgan tartibda o‘qitish bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuini qamrab oladi.

“Qiyosiy dinshunoslik” mutaxassisligi bitiruvchilari ilmiy tadqiqot; pedagogik; huquq-tartibot; diniy adabiyotlar ekspertiza qilish; tashkiliy-boshqaruv; ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kasbiy faoliyat olib borishi mumkin.

“Qiyosiy dinshunoslik” mutaxassisligi bitiruvchilari uchun quyidagilar kasbiy faoliyat obyektlari hisoblanadi:

- fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tekshirish institutlari hamda oliy o‘quv yurtlarining ilmiy-tadqiqot bo‘limlari;

- umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat;

- qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim tizimi muassasalari;

- davlat boshqaruvi va uning turli hududiy bo‘linmalari;

- O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi;

- O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi;

- Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari;

- O‘zbekiston mahallalari uyushmasi;

- Ichki ishlar vazirligi;

- Yoshlar ishlari agentligi;

- Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi;

- Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti;

- “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish respublika markazi va hududiy bo‘linmalari;

- O‘zbekiston musulmonlari idorasi tuzilmasidagi bo‘linmalar va diniy ta’lim muassasalari.

O'xshash dasturlar