WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik.

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

70230105 - Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik magistratura ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti orqali tashkil etilgan. Matnshunoslik va adabiy manbashunosligi yo‘nalishi talabalarni umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining tashkilotlari, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalari, ommaviy axborot vositalari, davlat boshqaruvi organlari uchun tayyorlaydi. Shuningdek,  Xalq ta’limi vazirligi, Islom sivilizatsi-yasi markazi, islom bilimlariga asoslangan ilmiy maktablar, xalqaro ilmiy tadqiqot markazilari, nashriyotlar uchun yuqori malakali kadlar yetkazib beradi.

Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik magistratura ta’lim yo‘nalishi – gumanitar sohadagi yo‘nalish bo‘lib, magistrlar Respublika qo‘lyozma fondlari, arxiv va boshqalarda saqlanayotgan mumtoz merosni o‘rganish bilan bog‘liq bilimlarni o‘zlashtirish va amalda qo‘llash; shuningdek. aqida, fiqh, tafsir va boshqa diniy ilmlarga oid manbalarni tadqiq qilish; ilmiy, adabiy va mumtoz adabiyot namunalarining tanqidiy matnlarini yaratish kabi kasbiy faoliyat turlarini qamrab oladi.

O'xshash dasturlar