WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Ijtimoiy-diniy sohadagi jarayonlar, radikallashuv jarayonlari tahlili va ularning oldini olish usullari

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

70220103 – Ijtimoiy diniy sohadagi jarayonlar, radikallashuv jarayonlari tahlili va ularning oldini olish usullari” magistratura mutaxassisligi

Yangi yo‘nalish ochish zarurati
•Globallashuv tahdidlari: Jamiyatdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga nisbatan yuzaga kelayotgan yangi xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash zarurati;
• Tahliliy salohiyatni oshirish: Ijtimoiy-diniy jarayonlarni monitoring qilish, diniy ekstremizm va radikalizm xavfini ilmiy asosda o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj;
•Profilaktika tizimini takomillashtirish: Radikal g‘oyalarga qarshi mediafaollikni oshirish va sog‘lom ijtimoiy-diniy ongni shakllantirish uchun kadrlar tayyorlash.
Mutaxassislik maqsadi
•Ijtimoiy va diniy jarayonlarni monitoringi va tahlili, diniy ekstremizm va radikalizm xavfini aniqlash, ularni oldini olish va profilaktika tadbirlarini ishlab chiqish;
• mahalliy hokimiyat organlarida diniy masalalar bo‘yicha maslahatchilik, ijtimoiy-diniy jarayonlarni ilmiy asosda o‘rganish;
• diniy mazmundagi materiallar (adabiyotlar, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar)ni ekspertiza qilish, media orqali sog‘lom ijtimoiy-diniy ongni shakllantirish;
• ijtimoiy tarmoqlarda radikal g‘oyalarga qarshi mediafaollik, huquq-tartibot organlari, nodavlat va notijorat tashkilotlari, tarixiy, madaniy, ma’naviy merosni o‘rganish markazlarida faoliyat yuritish.
 
 

O'xshash dasturlar