O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Filologiya va tillarni o‘qitish: Arab tili
Dastur haqida
Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili) (60230100) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi «Tillar» ta’lim sohasiga oid bo‘lib, филология, тилшунослик ҳамда араб тили ва адабиётини ўқитиш соҳасида юқори малакали ва рақобатбардош кадрлар тайёрлашга қаратилган. Ta’lim jarayoni kredit-modul tizimi asosida kunduzgi ta’lim shaklida tashkil etilib, bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yilни tashkil etadi. Mazkur yo‘nalish bitiruvchilari maktabgacha, umumiy o‘rta, professional ta’lim muassasalarida va xususiy ta’lim markazlarida pedagogik faoliyat olib boradi ҳамда SI texnologiyalarini qo‘llovchi mutaxassis sifatida ishlaydi; O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va uning hududiy bo‘linmalarida, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning tasarrufidagi muassasalarda faoliyat yuritadi; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari hamda kutubxonalarda ilmiy-tadqiqot olib boradi; Qo‘lyozmalar markazi va Islom sivilizatsiyasi markazlarida ekspert-matnshunos sifatida faoliyat yuritadi; davlat va nodavlat tashkilotlarida, elchixonalar, konsullik xizmatlarida hamda turizm соҳасида шаpқ ва ғарб tillaridan tarjimonlik qiladi; ziyorat turizmi ob’ektlarida turist yo‘lboshlovchisi, O‘zbekiston havo yo‘llarida servis xodimi, turli firma va mehmonxonalarda ma’muriy xodim, menejer hamda kotib xizmatini ko‘rsatadi; shuningdek, gazeta va jurnallar tahririyatlari, radio, televideniye hamda nashriyotlarda faoliyat olib boradi.
Bakalavrlarning kasbiy faoliyati sohalari quyidagilarni qamrab oladi:
Pedagogik faoliyat: maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, professional ta’lim muassasalarida hamda xususiy ta’lim markazlarida ixtisoslik fanlari va tillarni zamonaviy pedagogik hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib o’qitish;
Raqamli филология va AI: ta’lim va ilm-fanda SI texnologiyalarini qo‘llovchi mutaxassis sifatida ishlash, zamonaviy sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda mumtoz matnlarni qayta ishlash, lingvistik ma'lumotlar bazasini yaratish va raqamli tahlilni amalga oshirish;
Ekspertlik va matnshunoslik: Qo‘lyozmalar markazi va Islom sivilizatsiyasi markazlarida ekspert-matnshunos sifatida faoliyat yuritish, mumtoz manbalar, qo‘lyozma va toshbosma asarlarning til xususiyatlarini farqlash, уларни ilmiy tavsiflash va tahrir qilish;
Ilmiy-tadqiqot faoliyati: Fanlar akademiyasi, ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy markazlar va kutubxonalarda kichik ilmiy xodim yoki tadqiqotchi-izlanuvchi sifatida sharq tilshunosligi, adabiyotshunosligi hamda ularni o‘qitish metodikasi bo‘yicha тадқиқотлар олиб бориш;
Tarjimonlik va diplomatik xizmat: davlat va nodavlat tashkilotlarida, elchixonalar hamda konsullik xizmatlarida sharq (arab, fors) va g‘arb tillaridan tarjimonlik qilish, hujjatchilik va ish qog‘ozlarini yuritish;
Turizm va servis xizmati: ziyorat turizmi ob’ektlarida turist yo‘lboshlovchisi, O‘zbekiston havo yo‘llarida servis xodimi, turli firma va mehmonxonalarda ma’muriy xodim, menejer ва kotib sifatida xizmat ko’rsatish;
Ommaviy axborot vositalari va nashriyot: gazeta va jurnallar tahririyatlari, radio, televideniye hamda nashriyotlarda sohaga oid axborot-media va tahrir ishlarini amalga oshirish;
Диний-маърифий ва бошқарув соҳаси: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va уларнинг муассасаларида, шунингдек, маънавий-маърифий, ташкилий-бошқарув ва консалтинг хизмати йўналишларида фаолият юритиш.
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestr |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
90 |
1-8 |
|
Attestatsiyalar |
20 |
1-8 |
|
Kredit ta’lim tizimiga kirish / Fanlarni tanlash uchun ro‘yxatdan o‘tish |
5 |
1, 2, 4, 6 |
|
Amaliyot (malakaviy amaliyot) |
27 |
4, 6 |
|
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
5 |
8 |
|
Ta’til |
39 |
1-8 |
|
GPA ko‘rsatkichini hisoblash |
3 |
2, 4, 6 |
|
Jami |
189 |
|
O‘quv yuklamasi, kreditlar va soatlar taqsimoti
|
O‘quv fanlari, bloklar va faoliyat turlarining nomlari |
Soat hajmi |
Kredit miqdori |
Semestri |
|
Majburiy fanlar |
5550 |
185 |
1-8 |
|
Tanlov fanlar |
1050 |
35 |
3, 4, 5, 6, 7 |
|
Malakaviy amaliyot |
450 |
15 |
4, 6 |
|
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
150 |
5 |
8 |
|
Jami |
7200 |
240 |
1-8 |
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Metrologiya va standartlashtirish
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti
Tarix
—
Farg‘ona davlat universiteti
Agronomiya
8 973 800 so'm
yiliga
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
O‘zbek tili va adabiyoti
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
Lingvistika. Rus tilini chet tili sifatida o‘qitish nazariyasi va metodikasi va madaniyatlararo muloqot
24 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
44.03.01 Pedagogik ta’lim. Chet tili
24 000 000 so'm
yiliga