WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

Andijon viloyati Davlat Veb-sayt

7,103

Talabalar

0

Xorijiy talabalar

319

O'qituvchilar

5

Fakultetlar

19

Kafedralar

1964

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti 1964 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining Andijon filiali negizida Andijon Paxtachilik instituti tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 28 fevraldagi qaroriga binoan Andijon qishloq xo‘jaligi institutiga aylantirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi “Toshkent davlat agrar universitetida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3704-sonli qarori (https://lex.uz/docs/3725065) bilan Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialiga aylantirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi “Agrar ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4795-sonli qarori (https://lex.uz/docs/4923427) asosida Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali negizida qayta tashkil etilgan.

Xorijiy talabalar uchun

 Institutda jami 1160 oʼringa moʼljallangan 2 ta talabalar turar joylari faoliyat koʼrsatmoqda. 1-2-son Talabalar turar joyi Andijon viloyati Andijon tuman Oliygox ko’chasi 1 uyda joylashgan. Institut talabalar turar joylaridagi «Maʼnaviyat va maʼrifat» xonalari yuqori saviyada jihozlangan, qattiq va yumshoq mebellar qoʼyilgan, gilamlar toʼshalgan. Talabalar turar joylarida institut kutubxonasi filiallari tashkil qilingan boʼlib 3000 dan ortiq tegishli adabiyotlar bilan boyitilgan. Talabalar turar joylarida yashayotgan barcha talabalar mazkur kutubxonalarga aʼzo boʼlishgan. Turar joylarda talabalarning madaniy dam olishlari uchun barcha qavatlarga televizorlar qoʼyilgan va barcha xonalar yangi yumshoq mebellar bilan taʼminlangan. Talabalar uchun barcha qavatlarda yuvinish xonalari mavjud va ular issiq suv bilan taʼminlangan. Muntazam ravishda issiqlik bilan taʼminlash maqsadida zamonaviy isitish tizimlari oʼrnatilgan. Talabalar turar joylarida dars tayyorlashlari uchun soʼnggi modeldagi kompyuterlar bilan ta'minlangan bo'lib, WI-FI orqali internet tarmogʼiga ulangan. 

 

Xalqaro hamkorlik

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining horijiy universitetlar va xalqaro fondler bilan  amaldagi shartnomalari 62 tani tashkil etadi. Jumladan Turkiyaning Dumlupinar universiteti; Turkiyaning Kayseri universiteti; Turkiyaning Yalova universiteti; Finlyandiyaning JAMK amaliy fanlar universiteti; Pokistonning Lahor shahridagi UVAS veterinariya va chorvachilik universiteti; Pokistonning Multon shahridagi Muhammad Navaz Sherif nomli qishloq xoʻjaligi universiteti, Pokistonning Quad-i-Azam universiteti; Rossiyaning Sankt-Peterburg veterinariya universiteti, Qirgizistonning O’sh texnologiya universiteti kabilar bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan.

Institutning 2-3-bosqich talabalarini Germaniya davlatidagi mavjud fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun har o’quv yilida jo‘natiladi. Germaniyaningy “PRAXX” kompaniyasi vakillari tomonidan 2024 yil 02 aprel kuni oflayn tarizda o‘tkazilgan ochiq tanlov natijalariga ko‘ra 27 nafar 2-3-bosqich talabalari Germaniyada amaliyot o‘tashga tavsiya etilgan.

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida Grodno davlat agrar universiteti bilan Andijonda qishloq xo‘jaligi qo‘shma fakultetida 2019-2020 o‘quv yilidan qo‘sh diplomli dasturlar asosida 2+2 sxemasi asosida 2 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha “CHorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyalari” va “O‘simliklar himoyasi va karantin” yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriatda ta’lim berish bajarilmoqda. 2022-2023 o‘quv yilida 4-bosqichni bitirgan 25 nafar talabalar iyun oyida qo’sh diplomga ega bo’ldilar. 2023-2024 o‘quv yilida 4-bosqichga o‘tgan 9 nafar talabalar Grodno shahrida o’qimoqda.

Institutda AQSH ning USAID fondi bilan birga “Agrobiznesni rivojlantirish” loyihasini bajarilmoqda. Shuningdek AQSH ning Missuri universiteti professorlari bilan hamkorlikda “Aqlli qishloq xo‘jaligi”, “Biznes menejment” o‘quv qo‘llanmalari online muloqotlar yordamida tayyorlandi va chop etildi. Instituda tanlov fan sifatida o’qtib kelinmoqda.

Talabalar uchun imkoniyatlar

  - qishloq xo‘jaligi sohasiga qiziquvchilar va bu sohada ta’lim olish istagi bo‘lgan yoshlar salmog‘ini ko‘pligi;
- bakalariatda 42 ta ta’lim yo‘nalishlari, magistraturada 28 ta mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilganligi;
- institutda 50 dan ziyod xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yganligi;
- talabalar amaliyoti Germaniya davlatining ilg‘or qishloq xo‘jaligi korxonalarida tashkil etilishi;
- institutda 4 ta zamonaviy o‘quv binolari, TTJ, sport komplekslarining mavjudligi;
- o‘quv jarayonlari zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalar ta’minlanganligi, o‘quv va ilmiy laboratoriyalar bilan jihozlanganligi; 
- fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi mavjudligi, ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarida 15 ta mutaxassislik kafedralarining jami 32 ta filiallarini tashkil etilganligi, u yerda amaliy hamda laboratoriya mashg‘ulotlarini ishlab chiqarishdagi yuqori malakali mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilishi;
- mutaxassis chiqaruvchi kafedralar qoshida 6 ta o‘quv va ilmiy – ishlab chiqarish markazlarning mavjudligi va ularda talabalarni ish bilan ta’minlanganligi;
- malakaviy ishlab chiqarish amaliyotlarini kafedra filiallari tashkil etilgan korxona va tashkilotlarda, shuningdek talabalar kelgusida o‘zlari ishlaydigan korxona-tashkilotlar bazasida o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yilganligi; 
- o‘quv jarayoni 5+1 dasturi doirada amalga oshirilishi;
- institutda xorijiy tillar, axborot texnologiyalari, sport, musiqa va boshqa fan to‘garaklarini muntazam faoliyat olib borayotganligi;
- hududular 100 % Wi-Fi zonalar bilan ta’minlanganligi;
- yuqori salohiyatli mutaxassislarning mavjudligi;
- fundamental ta’lim uchun shart-sharoitlarning yaratilganligi;
- 6,5 ga bog‘, chorva kompleksi, IT park, Texnopark, bioloboratoriya, baliq xovuzi, parrandachik, sut va go‘shtni qayta ishlash hamda tikuvchilik, fazandachilik sexlarini mavjudligi va ularda talabalar qo‘shimcha ish bilan ta’minlanishlari;
- barcha sharoitlarga ega 3 ta zamonaviy ta’mirlangan TTJning mavjudligi;
- talabalar uchun mini futbol, kurash va fitnes zallarining mavjudligi;
- tabaqalashtirilgan kontrakt to‘lovlarini boshqa oliy ta’lim muassasalariga nisbatan 50 % ga kamaytirilganligi.

Fakultetlar

Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakulteti 1991‑yilda "Iqtisodiyot" nomi bilan tashkil etilgan. Dastlab fakultet tarkibida quyidagi kafedralar faoliyat olib borgan:

  • Qishloq xo‘jalik iqtisodiyoti va ishlab chiqarishni tashkil etish

  • Qishloq xo‘jaligini boshqarish va hisoblash texnikasi

  • Siyosiy iqtisod

1995‑yilda yangi kafedralar tashkil etildi:

  • Menejment va marketing

  • Hisoblash texnikasi va kompyuterlashtirish

  • Oliy matematika

1996‑yilda Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi ochildi.

Dastlab 69 nafar talaba qabul qilingan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich 200 dan oshgan.

Nom o‘zgarishlari

  • 2004 — Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti

  • 2017–2018 — Qishloq xo‘jaligida menejment fakulteti

  • 2018 — O‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo fakultetiga qo‘shildi

  • 2020 — Agrologistika va biznes fakulteti sifatida ajraldi

  • 2022–2023 — Agrobiznes va raqamli iqtisodiyot fakulteti tashkil etildi

Fakultet tarkibi

Hozirda quyidagi kafedralar faoliyat yuritmoqda:

  • Iqtisodiyot

  • Buxgalteriya hisobi va audit

  • Agrobiznes va marketing

  • Qishloq xo‘jaligi huquqi va agroturizm

  • Axborot texnologiyalari va matematika

Ta’lim yo‘nalishlari

800 dan ortiq talabalar 41 ta akademik guruhda quyidagi yo‘nalishlarda tahsil olmoqda: Iqtisodiyot, Raqamli iqtisodiyot, Marketing, Buxgalteriya hisobi va audit, Sug‘urta ishi, Moliya va moliyaviy texnologiyalar, Logistika, Biznesni boshqarish, Yurisprudensiya, Turizm.

Hamkorlik

Fakultet quyidagi nufuzli OTMlar bilan hamkorlik qiladi:

  • Toshkent davlat agrar universiteti

  • Toshkent moliya instituti

  • Andijon qurilish va iqtisodiyot instituti

  • TIQXMMI milliy tadqiqot universiteti

Xalqaro hamkorlik doirasida Germaniyaning Weihenstephan‑Triesdorf universiteti bilan LOGO dasturi amalga oshirilmoqda. 100 dan ortiq talabalar Germaniyada amaliyot o‘tagan, 20 nafari magistraturada tahsilni davom ettirgan.

Talabalar yutuqlari

Oxirgi 3 yilda:

  • 2 nafar — Prezident stipendiyasi

  • 3 nafar — Islom Karimov stipendiyasi

  • 1 nafar — Navoiy stipendiyasi

  • 9 nafar — "Yil talabasi" g‘olibi

Professor‑o‘qituvchilar

  • 64 nafar asosiy shtat

  • 2 nafar o‘rindosh

  • 25 nafari ilmiy darajali

  • Ilmiy salohiyat: 39.1%

2023–2024 o‘quv yilida:

  • 6 ta PhD himoya qilindi

  • 2 ta ilmiy unvon olindi

  • 15 ta darslik

  • 13 ta o‘quv qo‘llanma va monografiya tayyorlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023‑yil 24‑fevraldagi PQ‑73‑sonli "Ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora‑tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq institutda Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti negizida Ipakchilik va tutchilik fakulteti tashkil etildi.

Ta’lim yo‘nalishlari

Fakultetda soha ehtiyojidan kelib chiqib 8 ta ta’lim yo‘nalishi va 5 ta mutaxassislik bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.

Kafedralar

Fakultet tarkibida 4 ta kafedra faoliyat yuritadi:

  • Mevachilik, sabzavotchilik va uzumchilik

  • Ipakchilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash

  • Chorvachilik va veterinariya meditsinasi

  • Fizika va kimyo

Professor-o‘qituvchilar tarkibi

Jami 73 nafar professor‑o‘qituvchi faoliyat yuritadi:

  • 2 nafar fan doktori, professor

  • 20 nafar PhD, dotsent

  • 48 nafar tajribali o‘qituvchi

Ular 618 nafar talabaga ta’lim bermoqda. Ilmiy salohiyat — 32,4%, o‘rtacha yosh — 41,8.

O‘quv infratuzilma

32 ta zamonaviy auditoriya mavjud bo‘lib, ular ma’ruza, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar uchun to‘liq jihozlangan. Laboratoriyalar zamonaviy texnika va kompyuterlar bilan ta’minlangan.

Xalqaro hamkorlik

Fakultet Latviya, Italiya, Polsha, Gollandiya, Germaniya, Kanada, Koreya, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi. 5 nafar professor‑o‘qituvchi xorijda stajirovka o‘tagan.

Amaliyot dasturlari

  • 2019–2020 yillarda — 29 nafar talaba Germaniyada amaliyot

  • 2024 yilda — 35 nafar talaba Germaniya fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarish amaliyoti

Agroinjeneriya va gidromelioratsiya fakulteti tarixi institut tarixi bilan chambarchas bog‘liq. Fakultet 1960‑yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti filiali sifatida Andijon shahrida faoliyat boshlagan. 1964‑yilda Andijon paxtachilik instituti tashkil etilgach, uning tarkibida “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” va “Gidromelioratsiya” fakultetlari faoliyat yuritgan.

1997‑yilda ikkala fakultet birlashtirilib “Agroinjeneriya” fakulteti deb nomlandi. 2020‑yil 29‑avgustdagi vazirlik buyrug‘iga binoan “Agroinjeneriya va gidromelioratsiya” fakulteti sifatida faoliyat yuritmoqda.

Natijalar

Bugungacha 20 mingdan ortiq malakali mutaxassislar yetishtirilib, ular respublika va xorijda qishloq hamda suv xo‘jaligi sohalarida faoliyat yuritib kelmoqda.

Ta’lim yo‘nalishlari

600 dan ortiq talabalar quyidagi yo‘nalishlarda tahsil olmoqda:

  • Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish

  • Professional ta’lim (mexanizatsiya)

  • Suv xo‘jaligi va melioratsiya

  • Energiya ta’minoti

  • Avtomatlashtirish va boshqaruv

  • Gidrotexnika inshootlari

  • Texnik servis

  • Melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash

  • Yer kadastri va yer tuzish

Kafedralar va jamoa

3 ta mutaxassislik kafedrasida 89 nafar professor‑o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Shundan 8 nafari fan doktori, professor; 33 nafari fan nomzodi, dotsent.

Yutuqlar va hamkorlik

Talabalar Ulug‘bek va Beruniy davlat stipendiyalari hamda turli tanlovlar g‘oliblari bo‘lishgan. Fakultet professor‑o‘qituvchilari Buyuk Britaniya, Italiya, Belgiya, Gollandiya, Germaniya, Kanada, Koreya, Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston oliygohlari bilan hamkorlik qiladi.

       

2015-yil 3-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 311-sonli qaroriga muvofiq, Agronomiya fakultetidan ajralib chiqqan “O‘simliklarni himoya qilish va meva-sabzavotchilik” fakulteti alohida fakultet sifatida tashkil etildi. Fakultetga dotsent Z. Bo‘stonov rahbarlik qilgan.

2017-yil 7-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 220-sonli qaroriga asosan “O‘simliklar himoyasi va agrokimyo” fakulteti tashkil etildi. Fakultet tarkibiga 5 ta kafedra biriktirildi.

Mazkur kafedralarning 4 tasi mutaxassislik kafedralari hisoblanadi:

  • “O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha)” (O‘simliklar himoyasi va karantini),

  • “Qishloq xo‘jalik mahsulotlari karantini”,

  • “Agrokimyo va tuproqshunoslik”,

  • “Dorivor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi”.

Ushbu kafedralarda 5 nafar fan doktori, professor, 18 nafar fan nomzodi, dotsent, 11 nafar katta o‘qituvchi hamda 5 nafar texnik xodim — jami 39 nafar professor-o‘qituvchi va xodim faoliyat olib borgan. Fakultetda 725 nafar talaba tahsil olgan.

Fakultet dekani lavozimida quyidagilar faoliyat yuritgan:

  • q.x.f.f.d., dotsent M. Atajanov (2017–2018 yy.),

  • p.f.f.d., dotsent I. Mamajonov (2018–2019 yy.),

  • q.x.f.f.d., dotsent U. Isashova (2019–2021 yy.),

  • t.f.f.d., dotsent M. Xalilov (2021–2023 yy.),

  • D. G‘aniyev (2023–2024 yy.).

Hozirda fakultet dekani lavozimida q.x.f.f.d., dotsent S.R. Xatamov faoliyat yuritmoqda.

O‘quv rejasida ko‘zda tutilgan o‘quv-amaliyot, ishlab chiqarish amaliyoti (entomologiya, fitopatologiya, agrokimyo) hamda pedagogika yo‘nalishidagi malakaviy amaliyotlar Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi qishloq xo‘jaligi korxonalari, karantin inspeksiyalari, qishloq xo‘jaligi boshqarmalari, klasterlar va agrokimyo laboratoriyalarida tashkil etiladi.

Fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalarining ilmiy maqolalari “Andijon yoshlari” gazetasi, turli ilmiy to‘plamlar, respublika hamda xalqaro konferensiya materiallarida chop etib kelinmoqda. To‘garak a’zolari orasidan nomdor stipendiya sohiblari hamda turli tanlovlar g‘oliblari yetishib chiqmoqda.

Fakultetda xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Xorijiy davlatlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida fakultet talabalari qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarida malakaviy amaliyot o‘tamoqda. Jumladan:

  • “AZ-Germany Consulting” (2019-yilda 12 nafar, 2020-yilda 20 nafar),

  • “Ge-Tec Solutions” (2019-yilda 1 nafar, 2020-yilda 5 nafar),

  • “LOGO e.V.” (2020-yilda 8 nafar),

  • “FerienJob” (2020-yilda 12 nafar) talabalar malakaviy amaliyot o‘tagan.

1964‑yilda institut tashkil etilishi bilan Agronomiya fakulteti ham tashkil etilgan. 1964–2021 yillar davomida fakultetga Y.Z. Qodirov, A.X. Mamadaliyev, T.K. Karimov, A.A. Kan, T.J. Jalolov, U.O. Obidov, R.O. Oqboyev, E.O. Ochilov, Z.M. Jumaboyev, J.Sh. To‘ychiyev, Z.T. Bo‘stonov, K.S. Komilov, M.M. Atajanov, A.N. Jo‘rayev rahbarlik qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018‑yil 8‑maydagi PQ‑3704‑son qaroriga asosan Agronomiya fakulteti negizida Agrobiologiya fakulteti tashkil etilgan. Hozirda fakultet dekani — Ibrohimjon Abduhalimovich Tursunov.

Talabalar va yo‘nalishlar

Fakultet tasarrufida 6 ta ta’lim yo‘nalishida 601 nafar talaba tahsil olmoqda:

  • Agronomiya

  • Qishloq xo‘jalik ekinlari selektsiyasi va urug‘chiligi

  • Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi

  • O‘rmonchilik va ko‘kalamzorlashtirish

  • Ekologiya va atrof‑muhit muhofazasi

  • Professional ta’lim (Agronomiya)

Kafedralar

  • Qishloq xo‘jalik ekinlari selektsiyasi, urug‘chiligi va dorivor o‘simliklar

  • O‘simlikshunoslik, soya va moyli ekinlar

  • Organik dehqonchilik va o‘rmon melioratsiyasi

Ilmiy salohiyat

Fakultetda 81 nafar professor‑o‘qituvchi faoliyat yuritadi:

  • 8 nafar fan doktori, professor

  • 38 nafar fan nomzodi, dotsent

  • 14 nafar katta o‘qituvchi

  • 21 nafar assistent

So‘nggi o‘quv yilida 12 nafar o‘qituvchi PhD darajasini, 6 nafari ilmiy unvon oldi.

Talabalar yutuqlari

Oxirgi 3 yilda:

  • 1 nafar — Prezident stipendiyasi

  • 3 nafar — Beruniy stipendiyasi

  • 8 nafar — Yil talabasi g‘olibi

Ilmiy tadqiqotlar va hamkorlik

Fakultet Toshkent davlat agrar universiteti, Samarqand agroinnovatsiyalar instituti, Paxta seleksiyasi ilmiy markazi, O‘simlikshunoslik instituti, Don va dukkakli ekinlar ilmiy institutlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. Tadqiqot mavzulari asosan yuqori va sifatli hosil olish agrotexnologiyalarini ishlab chiqishga qaratilgan.

Professor X. Egamov rahbarligida g‘o‘zaning Andijon Ziyo, Andijon Ziyo‑2 va Andijon Ziyo‑3 navlari yaratilgan. Dotsent M. Mannopova rahbarligida soya va moshning yangi navlarini yaratish ishlari olib borilmoqda.

O‘quv adabiyotlari

So‘nggi 3 yil davomida:

  • 22 ta darslik

  • 27 ta o‘quv qo‘llanma va monografiya nashr etilgan.

Amaliyot bazalari

Talabalar amaliyotlari Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlaridagi ilg‘or korxonalar va fermer xo‘jaliklarida tashkil etiladi. Talabalar yangi navlar yaratish va zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliy o‘rganadilar.

Sport va talabalar hayoti

Fakultetda sport bilan shug‘ullanish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Talabalar futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, kurash, og‘ir atletika, shaxmat va mini futbol to‘garaklarida faol qatnashadilar.

Ta'lim yo'nalishlari

Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha) 60810900 Bakalavr
Biznesni boshqarish 60410900 Bakalavr
Buxgalteriya hisobi 60410200 Bakalavr
Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi 70811101 Bakalavr
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi 60520200 Bakalavr
Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish 60812500 Bakalavr
Ipakchilik va tutchilik 60810900 Bakalavr
Iqtisodiyot (qishloq xo'jaligida) 60З10100 Bakalavr
Logistika 61010400 Bakalavr
Meva-sabzavotchilik va uzumchilik 60811000 Bakalavr
Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410500 Bakalavr
O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish. 60820100 Bakalavr
O‘simliklar himoyasi va karantini 60810500 Bakalavr
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish 60810100 Bakalavr
Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi. 60810600 Bakalavr
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar bo‘yicha) 70810101 Bakalavr
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi. 60810700 Bakalavr
Suv xo‘jaligi va melioratsiya 60811200 Bakalavr
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish 60710900 Bakalavr
Veterinariya meditsinasi 60840100 Bakalavr
Yer kadastri va yer tuzish 60811600 Bakalavr
Zooinjeneriya 60810800 Bakalavr

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish.

Bakalavr 4.5 yil uz

7 400 000 so'm

yiliga

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi.

Bakalavr 4.5 yil uz

7 400 000 so'm

yiliga

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

Veterinariya meditsinasi

Bakalavr 4.5 yil uz

7 400 000 so'm

yiliga

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

Yer kadastri va yer tuzish

Bakalavr 4.5 yil uz

7 400 000 so'm

yiliga

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish

Bakalavr 4.5 yil uz

7 400 000 so'm

yiliga

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

Suv xo‘jaligi va melioratsiya

Bakalavr 4.5 yil uz

7 400 000 so'm

yiliga

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi

Bakalavr 4.5 yil uz

7 400 000 so'm

yiliga

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

Meva-sabzavotchilik va uzumchilik

Bakalavr 4.5 yil uz

7 400 000 so'm

yiliga

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

Ipakchilik va tutchilik

Bakalavr 4.5 yil uz

7 400 000 so'm

yiliga

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

Zooinjeneriya

Bakalavr 4.5 yil uz

740 000 so'm

yiliga

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo‘yicha)

Bakalavr 4.5 yil uz

7 400 000 so'm

yiliga

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish

Bakalavr 4.5 yil uz

7 400 000 so'm

yiliga

Mashhur bitiruvchilar

Qobiljon G‘afurovich Obidov

Qobiljon G‘afurovich Obidov — Andijon viloyatida tug‘ilib, o‘zining ko‘p yillik mehnat faoliyati davomida respublika miqyosida yirik davlat va xo‘jalik boshqaruvi lavozimlarida samarali faoliyat yuritgan tajribali rahbar hisoblanadi. U 1951-yil 20-aprelda Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida tug‘ilgan. 1972-yilda Andijon paxtachilik institutining(hozirgi Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti) gidromelioratsiya fakultetini tamomlab, mehnat faoliyatini suv xo‘jaligi tizimida boshlagan. Faoliyati davomida qurilish va melioratsiya sohasida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan, keyinchalik tuman va viloyat miqyosidagi rahbarlik lavozimlariga ko‘tarilgan. 1988–1992-yillarda Marhamat tumani rahbari, 1992–1993-yillarda Andijon shahar hokimi, 1993–1996 va 1997–2004-yillarda esa Andijon viloyati hokimi sifatida faoliyat yuritgan. 1996–1997-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Rahbarlik faoliyati davomida hududda qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish, yangi agrotexnologiyalarni joriy etish, sanoat va infratuzilmani rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgan. Xususan, agrar sohada ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish orqali hosildorlikni oshirishga erishilgan. 1995-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan. 1998-yilda mamlakat ravnaqiga qo‘shgan munosib hissasi uchun “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni va “Oltin yulduz” medali bilan mukofotlangan. Uning ko‘p yillik boshqaruv tajribasi, hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslari hamda davlat xizmatidagi faoliyati O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.

Abduraxmanov Shuhratbek Qushaqbaevich

Abduraxmanov Shuhratbek Qushaqbaevich 1969 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. 1992 yilda Andijon paxtachilik institutini «agronom» mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1992 yilda «Madaniyat» agrofirmasining 5-bo‘limida agronom-entomolog mudiri sifatida boshlagan. Keyinchalik «Navbahor» kompaniyasida paxtachilik brigadasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 1994 yilda «Madaniyat» agrofirmasi bosh agronomi lavozimiga tayinlangan. 1999 yilda qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘lgan. 2000 yilda «Navbahor» jamiyati raisi etib saylangan. 2001 yilda Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, shuningdek tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. 2004 yilda Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimi etib tayinlangan. 2011 yildan – Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari, viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i. 2013 yil 26 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov farmoni bilan Andijon viloyati hokimi etib tayinlangan. 2013 yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi va Andijon viloyati xalq deputatlari Kengashi deputati.

Komilov Komiljon Sobirovich

Komilov Komiljon Sobirovich — Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari. U hududda yoshlar bilan ishlash, ijtimoiy sohani rivojlantirish, ta’lim tizimini takomillashtirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni muvofiqlashtirish yo‘nalishlari uchun mas’ul hisoblanadi. Komiljon Komilov 1980 yilda Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. 2000 yilda Andijon qishloq xo‘jaligi institutini tamomlab, agrar soha bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan. Mutaxassisligi bo‘yicha agronom yo‘nalishida tahsil olgan bo‘lib, keyinchalik ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullangan. 2020 yil yozida mazkur filial negizida Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti tashkil etildi. Ushbu oliy ta’lim muassasasining mustaqil institut sifatida shakllanishida Komiljon Komilovning tashkiliy va boshqaruv tajribasi muhim ahamiyat kasb etdi. 2021 yil fevral oyida u institut rektori etib tayinlandi va oliy ta’lim muassasasini rivojlantirish, yangi ta’lim yo‘nalishlarini ochish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni olib bordi. Institutda kredit-modul tizimini joriy etish, raqamli ta’lim platformalarini rivojlantirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash kabi tashabbuslar amalga oshirildi.

Talabalar fikri

I.Kulitaye

Latviya Hayot fanlari va texnologiyalari universiteti Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutini 60 yillik yubileyi munosabati bilan samimiy qutlaydi. Hozirgi kunda biz Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi tomonidan moliyalashtirilayotgan OFINU oliy ta’limni rivojlantirish loyihasini birgalikda amalga oshirmoqdamiz. Loyiha O‘zbekiston milliy iqtisodiyotining o‘sishi uchun zarur bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish, ta’limning yangi shaklini joriy etish, o‘quv jarayonlarini takomillashtirish hamda bitiruvchilarning bilim va ko‘nikmalarini iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlariga moslashtirishni maqsad qilgan. Loyiha doirasidagi hamkorlik 2027 yilgacha davom etadi va biz ushbu samarali hamkorlik hamda erishilayotgan natijalar kelgusida yangi tashabbuslarga asos bo‘lishiga umid qilamiz. Universitetimiz nomidan institut va uning butun jamoasiga o‘zgarishlarga intilish va jasorat, yangi g‘oyalar hamda ularni ijodkorlik bilan amalga oshirish, shuningdek innovatsion bilimlar yaratish va yuksak saviyadagi jamiyatni shakllantirish yo‘lida ilmiy muassasalarga xos bo‘lgan o‘zaro samarali ilmiy munozara ruhini saqlagan holda hamkorlikda ishlash qobiliyatini tilayman.

Autko A.A.

Hurmatli hamkasblar! Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining 60 yillik yubileyi munosabati bilan Sizlarni chin qalbimdan muborakbod etaman! Siz yer yuzidagi eng sharafli va olijanob ishni amalga oshirmoqdasiz – kelajak mutaxassislariga bilim bermoqdasiz. Grodno agrar universiteti bilan uzoq yillik hamkorlik qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish texnologiyalarini takomillashtirishga xizmat qildi hamda ularni amaliyotga joriy etish Respublikangizning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini bermoqda. Ushbu sharafli yubiley kunida butun jamoani samimiy qutlayman. Sizlarga ilm-fan taraqqiyotida yangi marralarni zabt etish, mustahkam sog‘lik, uzoq umr hamda pedagogika va ilmiy faoliyatda yangi yutuqlarga erishish uchun ijodiy ilhom tilayman.

Alpaslan Jeylon

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etilganining 60 yilligi munosabati bilan butun jamoani samimiy muborakbod etaman! O‘zbek va turk xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari chuqur tarixiy ildizlarga ega. Bugungi kunda ushbu ikki qardosh xalq minglab kilometr uzoqlikda yashayotgan bo‘lsa-da, tillarimiz va qalblarimiz bir-biriga nihoyatda yaqin. Shu munosabat bilan universitetimiz jamoasi mazkur institut bilan hamkorlikni har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarishga kelishib oldi. Ikki tomonlama aloqalar ta’lim, o‘quv-uslubiy faoliyat hamda ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlarida jadal rivojlanmoqda. Hamkorligimiz doirasida bir qator ijobiy tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Joriy o‘quv yilidan boshlab professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi to‘liq yo‘lga qo‘yiladi. Sizlarning yutuqlaringizdan ishonchli hamkorlarimiz sifatida doimo faxrlanamiz hamda kelgusida yanada ulkan muvaffaqiyatlarga erishishingizga ishonamiz va tilakdoshmiz.

Dr. Mushtaq Ahmad

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutini ta’lim va agrar innovatsiyalar sohasidagi 60 yillik ajoyib muvaffaqiyatlari bilan samimiy tabriklayman! Institut kelgusida ham ravnaq topib, qishloq xo‘jaligi bilimlarini rivojlantirishda yetakchilik qilishda davom etishini tilayman. Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining 60 yilligi muborak bo‘lsin! O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va tafakkurlarni kamol toptirish yo‘lidagi olti o‘n yillik fidokorona mehnatingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Sizlarga bundan buyon ham muvaffaqiyat va barqaror o‘sish tilayman!

B.B.Singh

Hurmatli Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari! Sizlarni muhtaram ta’lim maskanimizning 60 yillik yubileyi munosabati bilan chin qalbdan tabriklaymiz! O‘tgan davr mobaynida institut yurtimizda malakali kadrlar tayyorlaydigan nufuzli ta’lim maskanlaridan biriga aylandi. Institutda chuqur bilim olgan minglab yetuk mutaxassislar mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarining rivojlanishiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Institut jamoasining ilm-fan va ta’lim sohasidagi yutuqlari yuksak e’tirofga loyiqdir. Sizlarga ilm-fan rivojida yangi marralarni zabt etishni hamda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida munosib hissa qo‘shishni tilaymiz. Ushbu oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz.