Nukus shahri
Qoraqalpog`iston Respublikasi
329,100
Aholi
12
Universitetlar
6
Muzeylar
4
Kutubxonalar
1
Aeroportlar
1
Temir yo'l vokzallari
Shahar haqida umumiy ma’lumotlar
Nukus - (qoraqalpoqcha: Nókis) - Qoraqalpogʻiston Respublikasi poytaxti.Respublika hududining markaziy qismida, Amudaryoning oʻng sohilida, 109 m balandlikda. Janubiy va sharqda Kizilqum choʻli bilan oʻralgan, shimolda Amudaryo deltasi bilan tutashgan. Qoraqolpog’istonning ilim- fan,madaniy va siyosiy markazi. Aholisi 339,2ming kishi. Oʻrtacha temperatura iyunda 27°, yanvarda —6,9°, maksimal temperatura 46°, minimal temperatura —32°. Temir yoʻl stansiyasi. Nukusdan Toshkentgacha 1265 km. Kizketgan kanali shaharni kesib oʻtadi. Maydoni 222 km².
Tarixi
Nukus nomi qoraqalpoqlarning eski qabila nomi Nukusdan kelib chiqqan.Nukus xaliq orasida “To’qqiz oda’m” ,“To’qqiz bahodir” degan ma’noni bildirishi haqqida ko’p aytiladi. Nukusda bizning eramizga qadar III-IV a’sirlarda odamlar yashashni boshlagan. XIX asirda Qaraboyli bo’ylarida Nukusning ekki Qo’rg’oni bo’lganligi haqqida sayohatchi Vamberi 1863 yili Xivadan Qong’irotga Amudaryo bo’lyab kemada suziganida ko’rgani haqqida aytkan Nukus urug’lari Sarimay o’zani buylarida yashagan bunnan ertaroqda esa Arol Dengizi buylarida yashagan.Arxelogiyaliq qa’zilmalarga qaraganda Qa’dimgi Shursha qa’lasi deb atalgan Qo’rg’onning urnida qurilgan Bu qo’rg’on IV asirda avvalgi Xorazim da’vlati ushun muhum erlardan biri sanalgan bu xa’rbiy qorg’on sifatida foydalanilgan. Xorazim chegarasi va Amudaryo suv yo’llarini nazorat qilgan, qorg’on yon atrofida Qoraqolpoqlar yashagan.Hozirga qadar qorg’on o’rni saqlanib qolgan. Nukus 1932-yildagi kichik aholi punktidan 1950-yillarga kelib keng xiyobonlari va yirik jamoat binolariga ega yirik, zamonaviy shaharga aylandi.
Aholisi
Aholisi 339,2ming kishi (2024); asosan, qoraqalpoqlar, oʻzbek, qozoq,rus, koreys, tatar va boshqa millatlar ham yashaydi.
Sanoat va transporti
Shaharning yirik avtomagistrallar tugunida joylashganligi unda koʻp tarmoqli sanoatining tez rivojlanishiga sabab boʻldi. Nukus Toshhovuz, Nukus – Gʻuzor avtomagistrallari xalqaro ahamiyatga ega. 345 km li Navoiy – Nukus temir yoʻli, Nukus bilan Xoʻjaylini bogʻlaydigan koʻprik. 243 km uzunlikdagi Tuyamoʻyin – Nukus, 112 km uzunlikdagi Nukus, Taxtakoʻpir suv uzatish tarmoutari qurildi. Respublika sanoati umumiy mahsulotining 20% ni Nukus shahar sanoat korxonalari beradi. Shaharda 50 dan ziyod sanoat korxonasi bor. Metallsozlik, qurilish materiallari, oziq-ovqat, yengil, yogʻochsozlik va poligrafiya sanoati tarmoklari mavjud. Nukusda yurilish materiallari sanoati yaxshi rivojlangan, yirik panelli uysozlik va silikat-beton zavodlari, qurilish materiallari kombinatlari, gʻisht, kabel zavodlari, marmar ishlab chiqarish boʻyicha Qoraqalpoq Italiya qoʻshma korxonasi bor. Non, goʻsht, sabzavot-konserva, tegirmon va aralash yem kombinatlari, sut-yogʻ, vino-araq va pivo-limonad zavodlari, bozorlar ishlab turibdi. Nukusda shirinmiya dorivor oʻsimligi ildizini yigʻadigan va presslaydigan tibbiy korxona mavjud. Bu korxonaning mahsuloti AQSh, Kanada, Yaponiya, shuningdek, Yevropa mamlakatlariga eksport qilinadi. Yengil sanoat korxonalariga Oʻzbekistonda yagona oʻtov-kigiz kombinati, tikuv va trikotaj fabrikalari, maishiy xizmat koʻrsatish kombinati kiradi. Shaharda oʻzbek, qoraqalpoq. va rus tillarida gazeta-kitoblar bosadigan matbaa kombinati, mebel fabrikasi bor. Nukusdan turli yunalishlarda avtobuslar qatnaydi. Nukus havo yoʻllari orqali Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston, Yevropa mamlakatlari shaharlari, Moskva, Mineralniye Vodi, Kiyev, Volgograd, Boku, Ostona, Kiziloʻrda, Toshkent va Oʻzbekistonning barcha viloyat markazlari bilan bogʻlangan.
Madaniyat va ta’lim
Nukus – Qoraqalpogʻistonning ilm-fan va madaniyat markazi. Nukusda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi, Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasilarining Qoraqalpogʻiston filiallari, Oʻzbekiston terivenerologiya, onkologiya, shuningdek, chorvachilik ilmiy tadqiqot institutlarining filiallari, pedagogika instituti, Qoraqalpogʻiston universiteti, oʻqituvchilar malakasini oshirish instituti va boshqa oliy oʻquv yurtlari ishlab turibdi. 53 umumiy taʼlim maktabi, bir qancha akademik litsey, 2 sport, 2 musiqa maktablari, 18 oʻrta maxsus bilim yurti, klub, kutubxona, sport majmui, madaniyat saroyi mavjud. Nukus telestudiyasi oʻz dasturlaridan tashqari, Moskva, Toshkent, Ashxobod telekoʻrsatuvlarini ham olib koʻrsatadi. Shaharda 5 kasalxona, poliklinika, dorixonalar va konsultatsiya punktlari, tez yordam stansiyasi bor. Berdaq nomidagi davlat musiqali drama teatri, filarmoniya, sanʼat muzeyi va boshqa muzeylar, 5 ming tomoshabinga moʻljallangan amfiteatr, markaziy stadion, 57 sport zali, botanika bogʻi mavjud.
Diqqatga sazovar joylari.
Nukusda Nukus sanʼat muzeyi (Igor Savitskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat sanʼat muzeyi deb ham ataladi) va Davlat muzeyi joylashgan. Davlat muzeyida arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan odatiy eksponatlar, anʼanaviy zargarlik buyumlari, liboslar va musiqa asboblari, hududning yoʻqolib borayotgan yoki yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan oʻsimlik va hayvonot dunyosi, Orol dengizi muammosiga oid koʻrgazmalar mavjud. Sanʼat muzeyi 1918-yildan 1935-yillarga oid zamonaviy rus va oʻzbek sanʼati kolleksiyasi bilan mashhur. Stalin bu davrdagi barcha nosovet sanʼatini yoʻq qilish uchun bor kuchini sarfladi va koʻpchilik rassomlarni gulagga yubordi. Savitskiyning oʻzi ham, Nukusdagi kolleksiya ham saqlanib qolgan, chunki shaharning Sovet hokimiyatidan uzoqda joylashgani uning taʼsirini sezilarli kamaytirgan. „The Desert of Forbidden Art“ hujjatli filmi shu toʻplam tarixini aks ettiradi.
Nukusda Amet va Ayimxon Shamuratovalar uy-muzeyi ham qoraqalpoq musiqasi madaniyati markazi hisoblanadi. Muzey kolleksiyasida Shamuratovlarning shaxsiy buyumlari, jumladan, sahna kiyimlari, fotosuratlar, qoʻlyozmalar, kitoblar, xatlar saqlanadi.
Universitetlar
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Innovatsion texnologiyalar universiteti
Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti
O'zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar Universiteti Nukus filiali
Nukus davlat texnika universiteti
Qoraqalpog'iston tibbiyot instituti
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali