WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti

Qoraqalpog`iston Respublikasi Davlat Veb-sayt

29,170

Talabalar

10

Xorijiy talabalar

1,027

O'qituvchilar

17

Fakultetlar

53

Kafedralar

1976

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Respublikamiz ta'lim-tarbiya jabhasi, ma'naviyat, sport va madaniyat markazlaridan biri sifatida mamlakatimiz yuksalishiga munosib hissa qoʻshib kelmoqda. Ayniqsa, u jamiyat asosiy boʻgini – yoshlar  aqliy salohiyati, e'tikodi va dunyokarashini tarbiyalaydigan, jahon hamjamiyatida yuz berayotgan siyosiy-iqtisodiy yangilanishlarga faol munosabat bildiradigan hamda ma'naviy dunyosi boy, etuk kadrlar tayyorlashda asosiy oʻrinlardan birini egallaydi.
43 yillik tarixiy sanasi halqasida universitetimiz Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlari orasida nufuzli ta'lim dargohiga aylandi. Oliy muassasada sifatli oʻqitish tizimi yosh avlod ma'naviy dunyosini boyitish, ularda vatanparvarlik hamda insoniylik hissini tarbiyalash, milliy qadriyatlar va madaniyatga sadoqat ruhini mustahkamlash hamda ilm-fanni yanada takomillashtirish jarayoniga qorishib ketadi.
Universitet joriy zamonaviy qiyofasi, erishgan yutuqlariga faxr va shukronalik tuygʻusi bilan birga ushbu yutuqlarning natijasi bilim dargohining oʻtgan tarixiy yoʻliga nazar tashlab, uni tashkil etish va oyoqqa turishidagi mashaqqatli mehnatlari, tinimsiz izlanishlari, shuningdek, ushbu dargohga mehnati singgan fidoyi insonlarning  ulugʻ ishlarini yodga olish lozim.

Respublikaning iqtisodiyoti va madaniyatining jadal rivojlanishi, turli xil toifadagi mutaxassislarning ortib borishi Qoraqalpoq davlat universitetining tashkil etilishiga boʻlgan talabni oshirdi. Qoraqalpoq davlat pedagogika institutining universitetga aylantirish masalasi 1950-yillarning oxirida koʻtarilgan. Qoraqalpogʻistonda pedagogika institut asosida  universitet ochish masalasi eng dastlab Qorqalpogʻiston viloyati partiya komitetining XVI konferensiyasida (11-12-yanvar, 1958-yil) shu davrdagi pedagogik institut rektori akademik S.Kamalov tomonidan qoʻyilgan.
1960-yilning ikkinchi yarmidan boshlab Qoraqalpogʻiston hukumat raxbarlari pedagogik institut bazasida universitet tashkil qilish ishiga kirishdi. Shu vaqtdagi respublika rahbarlari va pedagogik institut rektoratining  tinimsiz harakatlari natijasida 1974-yili 26-fevralda Markaziy Komitetning «Nukus davlat universitetini ochish haqida»gi qarorining imzolanishiga erishildi. Bu qarorga asoslanib 1974-yili sobiq ittifoq Vazirlar Kengashining qarori, shu yili 7-mayda Oliy va oʻrta maxsus ta'lim muassassalari vazirligining buyrugʻi, 21-mayda Oʻzbekiston hukumatining qarori e'lon qilindi. 1974-yilning 14-iyunida Qoraqalpogʻiston hukumati tomonidan «Nukus davlat universitetini tashkil qilish xaqida»gi qaror qabul qilindi.
1976-yilning 1-sentyabridan boshlab Nukus davlat universiteti ta'lim maskani sifatida oʻz ishini boshladi. U sobiq oʻqituvchilar institutining tayyorlov boʻlimi (1934-yili), oʻqituvchilar instituti (1935-yili), pedagogik institut (1944-yili) kabi bosqichlarni bosib oʻtib, respublikamizdagi etakchi oliy oʻquv yurti sifatida boʻy koʻrsatdi. 1992-yildan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joqari Kengesining qarori bilan T.G.Shevchenko nomidagi Nukus davlat universiteti Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat Universiteti  bolib qayta nomlandi.

 

     

Xorijiy talabalar uchun

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 2025-2026 o‘quv yiliga o‘qishga xorijiy fuqarolarini taklif etadi.

Xorijiy fuqarolarni 2025-yilning 10-avgust kuniga qadar qabul qilinishini ma’lum qiladi. Xorijiy fuqarolar universitetning 83 bakalavr ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirishi mumkun. Abiturentlar suhbat asosida qabul qilinadi.

Xorijiy fuqarolar hujjatlarini elektron shaklda ham taqdim qilishlari mumkin:

 

XORIJIY FUQAROLARDAN QABUL QILINADIGAN HUJJATLAR

 

1 . Pasport va xorijga chiqish pasporti;

2. O‘zbekistonda yashash guvohnomasi nusxasi – (agar mavjud bo‘lsa);

3. Xorijiy fuqaroning o‘rta yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotini tasdiqlovchi xujjat(shahodatnoma/diplom/ sertifikat)ning asl nusxasi o‘zbek yoki rus tiliga tarjima qilingan hamda notarial tasdiqlangan shakli;

4. Tibbiy ma’lumotnoma (086 shakli)

5. Fotosurat (3,5-4,5); (alohida elektron shakli)

Talab etiladigan hujjatlarning elektoron shakli (PDF shaklida, ko‘rsatilgan hujjatlar tartibi raqami saqlangan 1 fayl bo‘lgan holda) universitetining xalqaro aloqalar bo‘limining  qabulqqdu@gmail.com elektoron manziliga yuborilishi kerak.

Abituriyentning yashash manzili, telefon raqami, elektron manzili aniq ko‘rsatilish kerak.

Qo‘shimcha ma’lumot sifatida  abituriyentning O‘zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan yaqin qarindoshlariga oid ma’lumotlarni (manzili, telefon raqami, elektron manzili) kiritish tavsiya etiladi.

Suhbat vaqtida kelgan xorijiy abituriyentning elektron shaklda yuborilgan hujjatlarning asl nusxasi TALAB etiladi.

Agarda sizda Qoraqalpoq davlat universitetiga hujjat topshirishda ko‘shimcha ma’lumotlar kerak bo‘lsa universitetining XALQARO ALOQALAR BO‘LIMIGA MUROJAAT ETISHINGIZ MUMKUN.

XALQARO ALOQALAR BO‘LIMNING TELEFONI: +998 (61)2236655

Pochta: int.corp.karsu2019@gmail.com

 

Viza uzaytirish bo'yicha talabnoma va arizalarni qabul qilish, rasmiylashtirish tartibi.

Korxona va tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan shug'ullanayotgan (V-1, V-2 va E turdagi viza) xorijiy fuqarolar uchun MvaFR xizmatiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- korxona blankasida rahbar imzosi va muhri bilan tasdiqlangan 2 nusxada viza talabnomasi;
- Tashkilot guvohnomasi;
- xorijiy fuqaroning pasporti va pasport nusxasi;
- xorijiy fuqaroni O'zbekiston Respublikasiga taklif etish bo'yicha korxona, tashkilot va muassasa tomonidan O'zbekiston Respublikasi TIVga berilgan ariza (teleks) nusxasi (birinchi marotaba uzaytirilayotganda);
- hujjatlarni rasmiylashtirish va topshirish uchun tashkilot tomonidan mas'ul shaxsga berilgan ishonchnoma va uning pasport nusxasi.

Ushbu hujjatlarga qo'shimcha ravishda agar mavjud bo'lsa O'zbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarning mehnat faoliyati huquqi tasdiqnomasi (litsenziya) yoki O'zbekiston Respublikasida doimiy akkreditatsiyadan o'tgan chet el vakolatxonalar vakillarining akkreditatsiya guvohnomasi taqdim etiladi.

 

 

     

 

Xalqaro hamkorlik

Xalqaro hamkor universitetlar va ilmiy institutlar

QQDU Xalqaro hamkorlik boʻyicha hozirgi vaqtta dүnyaning 17 mәmlakatining 55 dan ortiq oliy talim moassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan xalqora shartnomalar va memorandomlarga ega
Belarusiya Davlat texnologik universiteti Vitebsk Davlat Texnologiya Universiteti Polesskiy Davlat Universiteti Gyote instituti O'zbekistonda Gyeongbuk Milliy Universiteti Taras Shevchenko nomidagi Kiyev Milliy universiteti Otaturk Universiteti Ichki Mo'g'uliston texnologiya universiteti Adabiyot instituti ularni ANAS. N. Ganjabiy Nitradagi Slovakiya qishloq xo'jaligi universiteti Universitet Obuda Universiteti Xitoy Fanlar Akademiyasi qoshidagi Shinjon Ekologiya va Geografiya instituti.

Xalqaro birga ishlash bólimi tarafidan Qıtayning Tian Jin Qishloq xojalık universiteti va universitetimizning biologiya fakulteti orasıda onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.

 

 Xalqaro birga ishlash bólimi tárafidan Buyuk Britaniyanıng De Montfort universiteti va Qoraqalpoq Davlat Universitetining  iqsodiyot va shet tillari  fakulteti  bilan birgalikta  onlayn uchrashuv bo'lib o'tti.

 Al-Farabiy  nomidagi  Qozoq Davlat  universiteti analitik, kolloidlık  kimyo va kam uchrashadigan elementlar  texnologiyası kafedrasınıng  rahbari, x.i.k., docent Argimbaeva Akmaral Muxambetovna, analitik, kolloidlık  t   va kam uchrashadigan elementlar  texnologiyası kafedrasınıng  katta oqitivchisi, PhD Raxımbay Gúlmira Sapar qızı Berdaq nomidagı Qoraqalpoq Davlad  Universitetida mexmonda  boldı.

 

 

Talabalar uchun imkoniyatlar

Hozirgi kunda universitetda 3200 nafarga yaqin foal talaba dizimga olingan bo'lib, ular kafedra rahbarlari bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug'ullanmoqdalar.2023/2024 o'quv yilida 32 nafar talaba davlat stipendiyalari g'olibi deb topildi, jumladan, 1 nafar talaba O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyalari g'olibi, 8 nafar talaba Navoiy nomli, 3 nafar talaba Beruniy nomli, 2 nafar talaba Ulug ' bek nomli, 1 nafar talaba Islom Karimov nomli, 1 nafar talaba Ibrohim Yusupov nomli, 1 nafar talaba Toliburgen Qayipbergenov nomli, 1 nafar talaba Babur nomli, 1 nafar talaba Pahlavan Mahmud nomli davlat stipendiyalari g'olibi deb topildi.

Joriy yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib oʻtgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro matematika olimpiadasida universitetimiz talabalari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalni qoʻlga kiritib, jamoa boʻyicha 1-oʻrinni egalladi.

           

 

N.Kokanova Nursulov Jenisbay qiz 2002 yil 18 sentabrda Qoraqalpog'ston Respublikasi Kegeyli tumanida tug'ilgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universitetida chet tillari fakultetining 3-bosqich talabasi. U barcha darslarda faol ishtirok etadi, noyob reytinglarni egallaydi. N.Kokanova o'qish davomida yoshlar o'rtasida katta tashabbuslarga ega bo'lib, ularni amalga oshiradi. 

N.Kokanova tuman va respublika miqyosida oʻtkazilgan tanlovlar va fan olimpiadalarida faol ishtirok etadi.N.Kokanova 2018 yil "Yosh kitobxon" tanlovi boʻyicha respublika bosqichi gʻolibini qoʻlga kiritdi, oliy mukofoti, yaʼni Prezident sovg'asining "Spark" avtomobili bilan taqdirlandi.

 

Fakultetlar

1976-yili Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti ochilgan vaqtda  fizika-matematika fakulteti tarkibida ikki fakultet: fizika va matematika fakultetleri ochildi.

Universitetimizda Fizika fakulteti bakalavriyat va magistratura ta'lim yonalishlari boyicha talim berip kelmoqda.Bakalavriyat talim yonalishida 4 kafedra mavjud bolib ular, 

1.Fizika

2.Yarim o'tkazgichlar

3.Elektr energetikasi

4.Elektr energetikasi va metrologiya

Bakalavriyat talim yo'nalishi bo'yicha;

  • 60530900-fizika boyicha,

  •  60710500-energetika (tarmoqlar bo'yicha),

  • 60710600-elektr energetikasi (Tarmoqlar va yo'nalishlar bo'yicha)

  • 60710700-Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar boʻyicha), 

  • 60711300-Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar boʻyicha) talim berilib kelmoqda.

Magistratura ta'lim yo'nalishi boyicha;

1.70530901-Fizika (yoʻnalishlar boʻyicha)
2.70530905-Yarimoʻtkazgichlar fizikasi
3.70710602-Elektr stansiyalari

 

Matematika fakultetida;

  • Funksional taxlil, algebra va geometriya

  • Matematik tahlil

  • Differensial tenglamalar

  • Amaliy matematika va informatika

  • Algoritimlash va dasturlash texnologiyalari kafedralari mavjud.

Bakalaviriyat yo'nalishi bo'yicha 

60540100-Математика

60540200-Амалий математика

60610100-Компьютер илмлари ва дастурлаш технологиялари (йўналишлар бўйича)

Magistratura ta'lim yo'nalishi bo'yicha;

70540101-Математика (йўналишлар бўйича)
70540201-Амалий математика (соҳалар бўйича) ta'lim beriladi.

 

Universitetimizda biologiya fakultetida;

  • Umumiy biologiya va fiziologiya

  • Ekologiya va tuproqshunoslik

  • Dorivor oʻsimliklar agroekologiyasi va introduksiyasi  kafedralari mavjud.

Bakalaviriyat ta'lim yo'nalishi bo'yicha;

  • 60510100-Biologiya (turlari boʻyicha)

  • 60710400-Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha), 60530700-Tuproqshunoslik

  • 60812100-Dorivor oʻsimliklarni etishtirish va qayta ishlash texnologiyasi

Magistratura ta'lim yo'nalishi bo'yicha;

  • 70510101-Biologiya (fan yoʻnalishi boʻyicha)

  • 70530701-Tuproqshunoslik (tadqiqot turi boʻyicha),  

  •  70710402-Ekologiya (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)

  • 70812101-Dorivor oʻsimliklarni etishtirish texnologiyasi

 

Geografiya va tabiyiy resurslar  fakuletida;

  1. Tabiiy  geografiya va gidrometeorologiya

  2. Geodeziya, kartografiya va tabiiy resurslar

  3. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya  kafedralari mavjud.

Bakalaviriyat yo'nalishi bo'yicha;

  1. 60530400-Geografiya,

  2. 60530500-Geologiya (faoliyat sohasi boʻyicha),

  3. 60520100-Gidrometeorologiya

  4. 60722500-Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari boʻyicha),

  5. 60721800-Neft va gaz ishi (faoliyat turlari boʻyicha)

  6. 60530400-Geografiya

Magistratura yo'nalishi bo'yicha:

  1. 70520102-Gidrometeorologiya (faoliyat turi boʻyicha)

  2. 70722601-Geodeziya va geoinformatika

  3. 70530402-Geografiya (oʻrganish ob'ekti boʻyicha)

Kimyo texnologiya fakultetida;

  • Kimyoviy texnologiya

  • Organik va noorganik kimyo

  • Fizikaviy kolloid kimyo kafedralari mavjud.

Bakalaviriyat talim yo'nalishi boyicha;

  1. 60710100-Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari boʻyicha),
  2. 60720100-Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari boʻyicha)
  3. 60530100-Kimyo (turlari boʻyicha);

Magistratura talim yo'nalishi bo'yicha;

  1. 70710101-Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari boʻyicha)
  2. 70530101-Kimyo (fan yoʻnalishi boʻyicha)

Sanoat texnologiyasi fakultetida;

  • Sanoat texnologiyasi

  • Neft va gaz texnologiyasi  kafedralari mavjud.

Bakalaviriyat talim yo'nalishi bo'yicha;

  1. 60720700-Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar boʻyicha),

  2. 60721200-Engil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari boʻyicha)"

  3. 60721100-Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi,

  4. 60721000-Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi  

Magistratura talim yo'nalishi bo'yicha;

  1. 70721801-Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish

  2. 70721102-Neft va gazni qayta ishlash va kimyoviy texnologiyasi yo'nalishlarida  bilim beriladi.

 

 

 

Qurilish fakultedida  ikkita kafedra, bakalaviyatura yo'nalishi   va magistratura yo'nalishlarida tahsil beriladi.

Kafedralar;

Bino va inshootlar qurilishi
Muhandislik kommunikasiyalari qurilishi

Bakalaviyatura talim yo'nalishi;

  1. 60112400-Professional ta'lim (Qurilish muxandisligi: bino va inshootlar qurilishi),

  2. 60720600-Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar boʻyicha),

  3. 60730300-Qurilish muxandisligi: bino va inshootlar qurilishi,

  4. 60730700-Qurilish muxandisligi: qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish

  5. 60730900-Gidrotexnika qurilishi (turlari boʻyicha),

  6. 60730400-Muhandislik kommunikasiyalari qurilishi va montaji (turlari boʻyicha)

Magistratura talim yo'nalishida;

  1. 70730301-Bino va inshootlar qurilishi (inshootlar turi boʻyicha),

  2. 70730701-Qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalari va ularni ishlab chiqarish texnologiyalari

  3. 70730401-Muhandislik kommunikasiya tizimlari, qurilishi va montaji (turlari boʻyicha) tahsil beriladi.

 

Arxitektura fakultetida 

  • Arxitektura

  • Shahar qurilishi va xoʻjaligi  kafedralari mavjud.

Bakalavriyat  talim yo'nalishida;

  1. 60730100-Arxitektura (turlari boʻyicha),

  2. 60731100-Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavrasiyasi,

  3. 60210400-Dizayn (landshaft dizayni)

  4. 60730200-Shahar qurilishi hamda kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish,

  5. 61040100-Transport logistikasi (avtomobil transporti),

  6. 61040300-Yoʻl harakatini tashkil etish,

  7. 60730800-Yoʻl muhandisligi (sohalar va faoliyat turlari boʻyicha),

  8. 60730600-Qurilish muxandisligi: devorbop va pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi

Magisstratura talim yo'nalishida                         

  1. 70730202-Shahar transporti xoʻjaligi va aloqa yoʻllari,  

  2.  70730311-Devorbop va pardozbop materiallar texnologiyasi

      

 

Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti 

 Kafedralari:

  1. Qoraqalpoq tilshunosligi

  2. Qoraqalpoq adabiyoti

  3. Amaliy filologiya

  4. Jurnalistika

Bakalavriyat talim yo'nalishi;

  1. 60230100-Filologiya va tillarni oʻqitish: qoraqalpoq tili 

  2. 60230600-Noshirlik ishi 

  3. 60230700-Amaliy filologiya

  4. 60230800-Kompyuter lingvistikasi

  5. 60320100-Jurnalistika (faoliyat turlari boʻyicha)

  6. 60320200-Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar

 Magistratura talim yo'nalishi;

  1. 70230101-Lingvistika: qoraqalpoq tili,

  2. 70230103-Folklorshunoslik va dialektologiya

  3. 70230104-Adabiyotshunoslik: qoraqalpoq adabiyoti,

  4. 70230103-Folklorshunoslik va dialektologiya

  5. 70230104-Jurnalistika (faoliyat turlari boʻyicha),              

  6.  70320103-Televidenie va radio eshittirish

 Oʻzbek filologiyasi  fakulteti  4 ta kafedradan iborat bo'lib,bakalavriyatura va magistratura talim yo'nalishlari bo'yicha tahsil olishadi.

Mavjud kafedralar;

  • Oʻzbek tilshunosligi

  • Oʻzbek tili va adabiyoti

  • Qozoq tili va adabiyoti

  • Turkman tili va adabiyoti   

Bakalavriyat talim  yo'nalishi  bo'yicha;

  1. 60230100-Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili

  2. 60230100-Filologiya va tillarni oʻqitish: qozoq tili

  3. 60230100-Filologiya va tillarni oʻqitish: turkman tili

 

Magistratura  talim  yo'nalishi  bo'yicha;

  1. 70230101-Lingvistika: oʻzbek tili

  2. 70230104-Adabiyotshunoslik: oʻzbek adabiyoti

  3. 70230101-Lingvistika: qozoq tili

  4. 70230101-Lingvistika: turkman tili ,

  5. 70230104-Adabiyotshunoslik: turkman adabiyoti

 

Chet tillari fakultetida quydagi kafedralar mavjud;

  • Inglis tilshunosligi

  • Inglis tili va adabiyoti 

  • Nemis tili va adabiyoti

  • Tarjima nazariyasi va amaliyoti

  • Rus tili va adabiyoti

  • Fakultetlararo chet tillari

 

Bakalavriyat talim yonalishi bo'yicha; 

  1. 60230100-Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili

  2. 60230100-Filologiya va tillarni oʻqitish: nemis tili

  3. 60112100-Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

  4. 60230200-Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz, qora qalpoq),  

  5. 61010500-Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (tillar boʻyicha) 

  6. 60230100-Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili

 

Magistratura ta'lim yonalishi bo'yicha;

  1. 70230101-Lingvistika: ingliz tili

  2. 70230101-Lingvistika: nemis tili

  3. 70230201-Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (tillar boʻyicha)

  4. 70230101-Lingvistika: rus tili,

  5. 70230104-Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti

Tarix fakultetida  quydagi kafedralar mavjud;

  1. 1.Arxeologiya

  2. 2.Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston tarixi

  3. 3.Ijtimoiy fanlar

 

Bakalavriyat talim yo'nalishi;

  1. 60220400-Arxeologiya,

  2. 60220300-Tarix (mamlakatlar va yoʻnalishlar boʻyicha)

  3. 60220300-Tarix (mamlakatlar va yoʻnalishlar boʻyicha)

  4. 60220500-Falsafa (yoʻnalishlar boʻyicha),

  5. 60311000-Sosiologiya

 

Magistratura talim yo'nalishi;

  1. 70220401-Arxeologiya

  2. 70220301-Tarix (yoʻnalishlar va faoliyat turi boʻyicha),      

  3. 70220801-Etnografiya, etnologiya va antropologiya

  4. 70220501-Falsafa (sohalar boʻyicha)

Jismoniy madaniyat fakulteti quydagi kafedralardan iborat;

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi
Fakultetlararo jismoniy madaniyat

 

Bakalavriyat talim yonalishi bo'yicha;

60112200-Jismoniy madaniyat,

61010300-Sport faoliyati (kurash),

61010300-Sport faoliyati (futbol)

 

Magistratura ta'lim yonalishi bo'yicha;

70112201-Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi

Yuridika fakulteti quydagi kafedralardan iborat.

1.Inson huquqlari, davlat huquki va boshqarish
2.Fuqarolik va biznes huquqi
3.Jinoyat huquqi, prosessi va kreminalistika
4.Milliy gʻoya, ma'naviyat asosilari va huquq ta'limi

 

Bakalavriyat talim yo'nalishi bo'yicha;

60420100-Yurisprudensiya (faoliyat turlari boʻyicha)

60112100-Milliy gʻoya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi,

60310700-Siyosatshunoslik

 

Magistratura talim yo'nalishi bo'yicha;

70420106-Davlat boshqaruvi huquqi

70420115-Huquq va biznes

70420114-Jinoyat qonunchiligini qoʻllash nazariyasi va amaliyoti

70112101-Ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi (ma'naviyat asoslari)

 

Iqtisodiyot  fakultetida quydagi kafedralar mavjud;

Iqtisodiyot
Buxgalteriya hisobi va audit
Moliya
Menedjment va iqtisodiyot asoslari

Bakalvriyat talim yo'nalishi bo'yicha;

60310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha),

60310500-Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha),

60310200-Ekonometrika,

61010400-Turizm (faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha)

60410100-Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar boʻyicha),

60410800-Statistika (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)

60410700-Byudjet nazorati va gʻaznachiligi,  

60410400-Moliya va moliyaviy texnologiyalar,

60410200-Soliqlar va soliqqa tortish (faoliyat turlari boʻyicha)

60411200-Menejment (tarmoqlar va sohalar boʻyicha),

60412500-Marketing (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)

 

Magistratura talim yo'nalishi bo'yicha;

70310102-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha),

71010401-Turizm(faoliyat turlari boʻyicha

70410101-Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)

70410401-Davlat moliyasi va xalqaro moliya

70310107-Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish,  

 70411201-Menejment (tarmoklar va soxalar buyicha)

 

San'atshunoslik fakulteti quyidagi bo'limlardan iborat.

1.Tasviriy san'at
2.Pedagogika va psixologiya

 

Bakalavriyat ta'lim yo'nalishi bo'yicha;

60210400-dizayn (kiyim va gaz),
60210500-rasm (dastgoh),
60210800-amaliy san'at (badiiy keramika),
60211400-vokal san'ati: an'anaviy  xonandaligi,
60211400-vokal san'ati:estrada xonandaligi ,
60211500-instrumental ijro: an'anaviy asboblar,
60212000-madaniyat va san'at muassasalarini tashkil etish va boshqarish
60310900-psixologiya (amaliy psixologiya)

Magistratura ta'lim yo'nalishi bo'yicha;

70310901-psixologiya (faoliyat turlari bo'yicha)

       

 

malumot kutilmoqda

Ta'lim yo'nalishlari

Amaliy filologiya 60230700 Bakalavr
Amaliy matematika (sohalar bo‘yicha) 70540201 Magistr
Amaliy san'at (badiiy kulolchilik) 60210800 Bakalavr
Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (kimyo) 70530104 Bakalavr
Arxeologiya 60220400 Bakalavr Magistr
Arxitektura 60730100 Bakalavr
Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi 60730800 Bakalavr
Axborot xavfsizligi 60610200 Bakalavr
Bino va inshootlar qurilishi (inshootlar turi bo‘yicha) 70730301 Magistr
Biologiya (fan yo‘nalishi bo‘yicha) 70510101 Magistr
Biologiya (matematik biologiya) 60510100 Bakalavr
Biologiya (turlari bo‘yicha) 60510100 Bakalavr
Biznes huquqi 70420108 Magistr
Budjet nazorati va g‘aznachiligi 60410700 Bakalavr
Buxgalteriya hisobi 60410200 Bakalavr Magistr
Cholg'u ijrochiligi (xalq cholg'ulari) 60211500 Bakalavr
Davlat boshqaruvi huquqi 70420106 Magistr
Davlat moliyasi va xalqaro moliya 70410401 Magistr
Dizayn (Arxitektura muhitlari dizayni) 60210400 Bakalavr
Dizayn: libos va gazlamalar 60210400 Bakalavr
Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi 70811101 Bakalavr Magistr
Ekologiya 70520202 Magistr
Ekonometrika 60310200 Bakalavr
Elektr energetikasi (energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash) 60710600 Bakalavr
Elektr stansiyalari 70710408 Magistr
Elektr ta’minoti 70710407 Bakalavr
Energetika (issiqlik energetikasi) 60710500 Bakalavr
Falsafa (sharq falsafasi va madaniyati) 60220500 Bakalavr
Falsafa (sohalar bo‘yicha) 70220501 Magistr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 Bakalavr
Fizika 60530500 Bakalavr
Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha) 70530501 Magistr
Folklorshunoslik va shevashunoslik 60230900 Magistr
Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi 60720400 Bakalavr
Geodeziya va geoinformatika 60721500 Bakalavr Magistr
Geografiya 60530200 Bakalavr
Geografiya 70530201 Magistr
Geologiya (faoliyat sohasi bo‘yicha) 60530500 Bakalavr
Gidrometeorologiya 60520100 Bakalavr
Gidrometeorologiya (faoliyat turi bo‘yicha) 70520102 Magistr
Gidrotexnika qurilishi (turlari bo‘yicha) 60730900 Bakalavr
Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi 60730600 Bakalavr
Ijtimoiy ish 70920101 Magistr
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi (huquq ta'limi) 70112101 Magistr
Iqtisodiyot 60310100 Bakalavr Magistr
Jinoyat qonunchiligini qo‘llash nazariyasi va amaliyoti 70420114 Magistr
Jismoniy madaniyat 60112200 Bakalavr
Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi 70112201 Magistr
Jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha) 60320100 Bakalavr Magistr
Kimyo (fan yo‘nalishi bo‘yicha) 70530101 Magistr
Kimyo (oziq-ovqat mahsulotlari kimyosi) 60530100 Bakalavr
Kimyo (turlari bo‘yicha) 60530100 Bakalavr
Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar texnologiyasi) 70710101 Magistr
Kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish 60730200 Bakalavr
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) 60610100 Bakalavr
Kompyuter lingvistikasi 70230801 Bakalavr
Konchilik ishi 60720800 Bakalavr
Lingvistika (ingliz tili) 70230101 Magistr
Lingvistika (nemis tili) 70230101 Magistr
Lingvistika (rus tili) 70230101 Magistr
Logistika 61010400 Bakalavr
Madaniyatshunoslik 60211800 Bakalavr
Marketing 60411200 Bakalavr
Matematika 60540100 Bakalavr
Matematika (yo‘nalishlar bo‘yicha) 70540101 Magistr
Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (qurilish) 60720600 Bakalavr
Menejment 60410800 Bakalavr Magistr
Menejment (kimyo va oziq-ovqat sanoati) 60411200 Bakalavr
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (kimyo va oziq-ovqat) 60711300 Bakalavr
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 60111100 Bakalavr
Moliya 70410501 Magistr
Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410500 Bakalavr
Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish 70310107 Magistr
Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji 70730401 Magistr
Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va montaji (turlari bo‘yicha) 60730400 Bakalavr
Muzeyshunoslik (turlari bo‘yicha) 60212100 Magistr
Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish 70721801 Magistr
Neft va gazni qayta ishlash va kimyoviy texnologiyasi 70721102 Magistr
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi 60720600 Magistr
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi 70720601 Bakalavr
Noshirlik ishi 60230600 Bakalavr
O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish. 60820100 Bakalavr
O‘simliklar himoyasi va karantini 60810500 Bakalavr
O‘zbek tili va adabiyoti 70111401 Bakalavr
Professional ta’lim (yo‘nalishlar bo‘yicha) 60112400 Bakalavr
Psixologiya 60310300 Bakalavr
Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: ingliz tili 70230201 Magistr
Qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalari va ularni ishlab chiqarish texnologiyalari 70730309 Magistr
Qurilish muhandisligi 70730301 Bakalavr
Qurilish muhandisligi 60730300 Bakalavr
Rangtasvir (dastgohli) 60210500 Bakalavr
Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) 60310500 Bakalavr
Shahar transporti xo‘jaligi va aloqa yo‘llari 70730202 Magistr
Siyosatshunoslik 60310100 Bakalavr
Soliqlar va soliqqa tortish (faoliyat turlari bo‘yicha) 60410200 Bakalavr
Sotsiologiya 60310400 Bakalavr
Sport faoliyati (basketbol) 61010201 Bakalavr
Sport faoliyati (kurash) 61010200 Bakalavr
Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60410700 Bakalavr
Sun’iy intellekt (magistratura) 70610501 Magistr
Tarix 60220300 Bakalavr
Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha) 70220301 Magistr
Tarjima nazariyasi va amaliyotii: Ingliz tili / Rus tili / Nemis tili 60230200 Bakalavr
Televideniye va radioeshittirish 70320103 Magistr
Texnologik mashinalar va jihozlar (oziq-ovqat sanoati) 60720700 Bakalavr
Transport logistikasi (transport turlari bo‘yicha) 61040100 Bakalavr
Tuproqshunoslik 60530700 Bakalavr
Turizm va mehmondo‘stlik 61010100 Bakalavr Magistr
Vokal san’ati (An'anaviy xonandalik) 60211400 Bakalavr
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 60110900 Bakalavr
Yarim o‘tkazgichlar fizikasi 70530905 Magistr
Yo‘l harakatini tashkil etish 61040200 Bakalavr
Yurisprudensiya 60420100 Bakalavr
Yurisprudensiya: (faolioyat turlari bo'yicha) 60420100 Bakalavr

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti

Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi

Bakalavr 4 yil uz

16 000 000 so'm

yiliga

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti

Yurisprudensiya: (faolioyat turlari bo'yicha)

Bakalavr 4 yil uz

18 000 000 so'm

yiliga

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti

Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha)

Bakalavr 4 yil uz

16 000 000 so'm

yiliga

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti

Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (kimyo)

Bakalavr 4 yil uz

16 000 000 so'm

yiliga

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti

Texnologik mashinalar va jihozlar (oziq-ovqat sanoati)

Bakalavr 4 yil uz

16 000 000 so'm

yiliga

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti

Sotsiologiya

Bakalavr 4 yil uz

16 000 000 so'm

yiliga

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti

Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili

Bakalavr 4 yil uz

16 000 000 so'm

yiliga

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti

Biologiya (turlari bo‘yicha)

Bakalavr 4 yil fr en es ko de uz qr kz ru tk tr zh

16 000 000 so'm

yiliga

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti

Biologiya (turlari bo‘yicha)

Bakalavr 4 yil uz

16 000 000 so'm

yiliga

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti

Ijtimoiy ish

Magistr 2 yil uz

18 000 000 so'm

yiliga

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti

Televideniye va radioeshittirish

Magistr 2 yil uz

18 000 000 so'm

yiliga

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti

Sport faoliyati (basketbol)

Bakalavr 4 yil uz

16 000 000 so'm

yiliga

Mashhur bitiruvchilar

Dawletova Guliston O'temisovna

Dawletova Guliston Otemisovna, 1958-yili 20-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tuman Shaxaman qishlog‘ida ishchi oilasida tavallud topgan. 1976-yili o‘rta maktabni tamomlagan. 1978-yili Nukus Davlat Universitetining Roman-german filologiya fakulьtetining ingliz tili mutaxassisligi bo‘limiga o‘qishga kirgan. 1983-yili shu mutaxassislikni a'lo baholarga to‘gatgan va shu yili Nukus shahar xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 27-sonli maktabga o‘z mutaxassisligi buyicha ishga qabul qilingan. 2006-2011 yillar oralig‘ida Nukus shahar xalq ta'limi bo‘limi mudirasi lavozimida faol ishlagan. 2011-yili 9-sentyabrdan boshlab Nukus shahar xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 32-sonli umumta'lim maktab direktori lavozimida ishlab kelmoqda. O‘zbekston Respublikasi «Ta'lim to‘g‘risida»gi Nizomi, «Kadrlar tayorloshning milliy dasturi» asosida maktabida zamon talablariga mos o‘quvchilarga ta'lim tarbiya berishda o‘z hissasini qo‘ship kelmoqda. O‘zbekston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a'zosi. "Sening darding bilan yashayman, ayol" 2001 yili, "Ayol ishqi" o‘zbek tilida "Yangi asr avlodi" nashriyoti 2007 yili, "Qiz taxtim" Toshkent nashriyotida 2009 yili, "Kuzgi to‘lg‘onishlar" 2012 yili, "Tumar qiz" 2014 yili, «Qalbimdagi esdalik» 2017 yili Qoraqalpog‘iston nashriyotida she'rlar to‘plami yozib xalqga taqdim etti. Ellikdan ortiqroq she'rlarga kompozitorlar ko‘ylar bastalab, taniqli qo‘shiqchilar ijro etib kelmoqda. "Ona yer ona", "Qiz sog‘inchi", "Sezmading mi sen", "Men qiziman qoraqalpoq xalqining", "Qizingman" , "Kechir jonim kechira alsang", "Qumay ko‘zni sevaman», "Tug‘ilgan yer", "Arman", "Dardlarimga darmon bo‘larmikansan" xalqimizning sevib tinglaydigan qo‘shiqlarim va shu bilan bir qancha bolalar qo‘shiqlarining ham muallifi. "Baxtli bolalik". "Men chavandoz bolaman" qo‘shiqlarini bolalar sevib kuylaydi. She'rlari o‘zbek shoiri Rustam Musurmon, Muzaffar Axmad tarjimasida o‘zbek tiliga tarjima etildi. 2014 yili "O‘zbekston–Vatanim manim" qo‘shiqlar tanlovida O‘zbekston Respublikasida "Ona yer" qo‘shig‘i uchun sovrinli 1 -o‘rinni egalladi.

Reymova Zuxra Abatbaevna

Reymova Zuxra Abatbaevna 1972 yil 18 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida tug‘ilgan. Millati qoraqalpoq. 1989-1994 yillarda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti huquqshunoslik yo‘nalishida tahsil olgan. 1995-2020 yillarda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridika fakultetida faoliyat olib borgan. Yuridika fanlari doktori, professor. 2020 yildan shu kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengeshining Qonuniylik, sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari qo‘mitasi raisi. O‘z. LiDeP a'zosi.

Ermashev Jen'is Maratovich

Ermashev Jen'is Maratovich 1977 yil 14 noyabrь kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida to‘g‘ilgan. Millati qoraqalpoq. 1996-2002 yillarda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat Universitetida Yuridika fakulьteti yo‘nalishining bakalavr va magistratura bosqichlarida taьlim olgan. Yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga ega. 2002-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi tizimida turli xil lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2017 yil "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan taqdirlangan. 2018 yildan hozirgi paytgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani hokimi.

Tarixov Kamal Maksetbaevich

Tarixov Kamal Maksetbaevich 1981 yil 10 fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida tug‘ilgan. Millati Qoraqalpoq. 1997-2003 yillarda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bakalavr va magistratura bosqichlarida ta'lim olgan. 2007-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sud tizimida faoliyat o'lib borgan. 2018 yildan hozirgi kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi raisi.

Matchanov Azat Taubaldievich

Matchanov Azat Taubaldievich, 30.06.1952 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xo‘jayli tumanida tug‘ilgan. Millati Qoraqalpoq, ma'lumoti - oliy. Umumiy ish staji 54 yil, shundan pedogogik staj 44 yil. 1972-1977 yillarda Nukus davlat universitetining kimyo-biologiya fakultetida taxsil olgan. 1977-1979 yillarda Nukus davlat universitetida stajyor-tadqiqotchi bo‘lgan. 1979-1982 yillarda I.P.Pavlov nomidagi Rossiya Ilimlar Akademiyasi fiziologiya instituti aspiranti bo‘lgan. 1983-1987 yillarda Nukus davlat universiteti «Zoologiya» kafedrasi o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. 1987-1989 yillarda Nukus davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini. 1989-1991 yillarda Rossiya Fanlar Akademiyasi fiziologiya instituti ilmiy xodimi. 1991-1994 yillarda Rossiya Fanlar Akademiyasi fiziologiya instituti doktoranti. 1994-1995 yillarda Qoraqalpoq davlat universiteti «Zoologiya» kafedrasi dosenti. 1995-1996 yillarda Qoraqalpoq davlat universiteti «Odam va hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi» kafedrasi dosenti 1996-1999 yillarda Qoraqalpoq davlat universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, «Odam va hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi» kafedrasi mudiri. 1999-2001 yillarda Qoraqalpoq davlat universiteti ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha prorektori, «Anatomiya va fiziologiya» kafedrasi mudiri. 2001-2005 yillarda Nukus davlat pedagogika instituti rektori, «Anatomiya va fiziologiya» kafedrasi mudiri. 2005-2012 yillarda Qoraqalpoq davlat universiteti rektori 2012-2015 yillarda Qoraqalpoq davlat universiteti «Ekologiya va fiziologiya» kafedrasi professori. 2015-yili Qoraqalpoq davlat universitetining «Ekologiya va tuproqshunoslik» kafedrasi professori. 2015 -2018 yillarda Qoraqalpoq davlat universitetining «Biologiya» kafedrasi professori. 2018-2023 yillarda Qoraqalpoq davlat universitetining «Umumiy biologiya va fiziologiya» kafedrasi mudiri. 2023 oktyabrьdan Qoraqalpoq davlat universitetining «Umumiy biologiya va fiziologiya» kafedrasi mudiri bo'lib ishagan. 2002-yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi tarafidan professor ilmiy unvoni berildi. 1999-yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan «Oliy ta'lim a'lochisi» ko‘krak nishoni bilan, Shu bilan bir qatorda 25 avgust 1999 yili O‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidentining farmoniga binoan «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan. 2002- yili ko‘p yillik samarali mehnati hamda ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishda erishgan muvaffaqiyatlari uchun Xalq ta'limi vazirligining buyrug‘iga asosan «Xalq ta'limi a'lochisi» nishoni berildi. 2004-2009 yillarda ta'lim sohasidagi mehnatlari natijasida xalqimiz tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi deputati bo‘lib saylangan. 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan «Ta'lim xomiysi » ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan. Ta'lim tizimidagi tinimsiz xizmatlarim uchun 2014-yilda «Qoraqolpog‘iston Respublikasi xalq ta'limi a'lochisi» ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan.

Talabalar fikri

TOREMURATOVA MEXRIBAN ALPISBAEVNA

Men Toremuratova Mexriban Alpisbaevna 2004 yili Rossiya Shaxrida tu'g'ildim. Xozirda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universitetida chet tillari fakultetida rus tili ta'lim sohasida 2-kurs talabasiman.Bizning Universitetimizda talabalarning bilim olishlari uchun juda ko'b imkoniyatlar yaratilgan.Shulardan aytib o'tadigan bo'lsam zamonaviy kompyuter xonalari mavjud bo'lib hammasida Ineternet ulangan, talabalarning bilim olishlari va izlanishlari uchun bibletekalar, viloyat,tumanlardan kelgan talabalar uchun zor, zamonaviy sharayitlarga ega yotoqxonalar mavjud. Men shu universitetta oqib bilim oliyotganima maqtanaman.