WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Innovatsion texnologiyalar universiteti

Qoraqalpog`iston Respublikasi Nodavlat Veb-sayt

8,982

Talabalar

4

Xorijiy talabalar

177

O'qituvchilar

2

Fakultetlar

1

Kafedralar

2022

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

University of Innovation Technologies (UIT) Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat boshlagan ilk nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitet o‘z faoliyatini 2022-yil noyabr oyida tegishli litsenziya asosida boshlagan.

Bugungi kunda universitetda 200 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar 8 mingdan ziyod talaba va yoshlarga zamonaviy bilim va ko‘nikmalar berib kelmoqda. Ta’lim jarayoni kunduzgi va sirtqi shakllarda tashkil etilgan bo‘lib, innovatsion pedagogik yondashuvlar hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida olib boriladi.

Universitet dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilib, o‘quv jarayoniga xorijiy professor-o‘qituvchilarni keng jalb etmoqda. UITning asosiy maqsadi — innovatsion ta’lim tamoyillari asosida yuqori malakali, raqobatbardosh va zamonaviy bilimlarga ega mutaxassislarni tayyorlash hamda ularni jamiyat rivojiga samarali integratsiya qilishdan iborat.

Universitetda ta’lim jarayoni O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Davlat ta’lim standartlari va malakaviy talablar asosida tashkil etilgan. Auditoriyalar va ma’ruza zallari multimedia uskunalari, video va audio tizimlar, masofaviy ta’lim vositalari hamda zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan.

Shuningdek, kredit-modul tizimi va elektron ta’lim platformalari orqali barcha fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy materiallardan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Bu esa ta’lim sifatini xalqaro standartlar darajasida ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Universitet yosh avlodni har tomonlama barkamol, intellektual salohiyatga ega va ijtimoiy mas’uliyatli shaxs sifatida tarbiyalashni ustuvor vazifalaridan biri deb biladi. Shu bilan birga, ta’lim tizimidagi islohot va yangilanishlarga mos ravishda o‘z faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirib bormoqda.

Yutuqlar va xalqaro e’tirof

  • 2024-yil oktabr oyida universitet Times Higher Education World University Rankings 2025 reytingida “Reporter” maqomini qo‘lga kiritdi.
  • 2024-yil dekabr oyida UI GreenMetric World University Rankings 2024 reytingida munosib natijalarni qayd etdi.
  • Hozirgi kunda universitet ushbu reytingda dunyoning 30 mingdan ortiq oliy ta’lim muassasalari orasida 1364-o‘rinni, O‘zbekistondagi 200 dan ortiq OTM orasida esa 50-o‘rinni egallab turibdi.
  • 2024-yil yanvar oyidan boshlab professor-o‘qituvchilarga ilmiy unvonlar berish tizimi joriy etildi.
  • 2024-yilda universitet tomonidan Nukus shahrida respublika miqyosidagi va Samarqand shahrida xalqaro ilmiy konferensiyalar tashkil etildi.
  • Universitetning iqtidorli talabalari “Texno Ways” texnologik taraqqiyot marafonida innovatsion loyihalari bilan muvaffaqiyatli ishtirok etdilar.
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-dekabrdagi 464-son buyrug‘iga muvofiq universitetning 4 nafar talabasi davlat stipendiyasi sohibiga aylandi.

Universitet dunyoning 12 davlatidagi 21 ta oliy ta’lim muassasasi bilan samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.

 

Xorijiy talabalar uchun

Hozirgi vaqtda Innovatsion Texnologiyalar Universitetida zamonaviy va barcha qulayliklarga ega auditoriyalar tashkil etilgan bo‘lib, ular barcha o‘quv qo‘llanmalari va resurslar bilan ta’minlangan. Talabalar kutubxonalarda qo‘shimcha ilmiy va o‘quv resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega. Shuningdek, chet ellik talabalarni ham mamlakatimizdagi barcha talabalar qatori turar joy bilan ta’minlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Universitetning 2 va 3 o‘rinli yotoqxonalari barcha zarur sharoitlarga ega holda foydalanishga topshirilgan. Yotoqxonalar zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan. Talabalarning ta’lim jarayonida yetarli bilim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Xalqaro hamkorlik

«Universitetimiz xalqaro talabalar va global hamkorlar uchun zamonaviy, ochiq va innovatsion ta’lim muhitini taklif etadi.»
«Universitetimizning xalqaro faoliyati zamonaviy ta’lim talablari, global akademik standartlar va innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etilgan bo‘lib, ta’lim va fan sohalarida xalqaro integratsiyani ta’minlashga qaratilgan. Ushbu yo‘nalish universitetning strategik rivojlanishida muhim o‘rin tutadi va uni global ta’lim makonining faol ishtirokchisi sifatida namoyon etadi.
Xalqaro sa’y-harakatlarimiz doirasida universitet Osiyo va Yevropaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Ushbu hamkorliklar talabalar va professor-o‘qituvchilarga o‘zaro bilim almashish, ilg‘or tajribalarni tatbiq etish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish imkonini beradi

Innovatsion texnologiyalar universiteti 15 ta davlatdagi 25 ta oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan

Innovatsion texnologiyalar universiteti “Times Higher Education” xalqaro reyting agentligining “World University Rankings — 2025” (Jahon universitetlari reytingi — 2025) reytingida “Reporter” maqomiga ega bo‘ldi.

“Times Higher Education” xalqaro reyting agentligining “Asia University Rankings — 2025” (Osiyo universitetlari reytingi — 2025) reytingida Innovatsion texnologiyalar universiteti 601+ “Reporter” maqomiga ega bo‘ldi.

Ayni vaqtda Innovatsion texnologiyalar universiteti ushbu nufuzli jaxon reytingida dunyo bo‘yicha OTMlar ichida 1364-o‘rinda, O‘zbekistondagi 200 dan ortiq OTMlar ichida 50-o‘rinda bormoqda

 

Til kurslari

 

“Creative Zone” to‘garagi faoliyati haqida


       “Creative Zone” to‘garagi o‘z faoliyatini 2023–2024 o‘quv yilidan boshlagan bo‘lib, talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish, ingliz tilida erkin muloqot qilish, ijodiy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. To‘garak mashg‘ulotlari Filologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari rahbarligida muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.

        Faoliyat davomida talabalar turli mavzulardagi munozaralar, taqdimotlar, esse va maqola yozish, hamda ijodiy topshiriqlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Mashg‘ulotlar talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlash, mustaqil fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.


        2025–2026 o‘quv yilida to‘garak doirasida 10 ta mashg‘ulot o‘tkazildi. Yakuniy uchrashuvda yil davomida erishilgan natijalar sarhisob qilinib, faol ishtirok etgan talabalar taqdirlandi. Tadbirda Filologiya kafedrasi mudiri Olimjon Zaripov so‘zga chiqib, “Creative Zone” to‘garagi talabalarning ijodiy salohiyati va kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda muhim o‘rin tutayotganini ta’kidladi. To‘garak kelgusida ham o‘z faoliyatini davom ettirib, talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

 

 

Fakultetlar

Fakultet tarkibidagi kafedralar ro‘yxati:

 

Filologiya kafedrasi

Pedagogika va psixologiya kafedrasi

Maktabgacha va boshlang‘ich taʼlim kafedrasi

Ta’lim yo‘nalishlari

60110200-Maktabgacha taʼlim(kunduzgi va sirtqi).
60110400-Boshlang'ich ta'lim (kunduzgi va sirtqi)).

60110100-Pedagogika va psixologiya;

60110100-Pedagogika;

60310900-Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha).

60230100-Filologiya va tillarni o‘qitish

Innovatsion pedagogika fakulteti 2024-2025-oʻquv yilidan faoliytaini boshlagan.

Bugungi kunda fakultetda 1700 dan ortiq talaba yoshlar ta’lim olib, har yili 150 dan ortiq talaba fakultetni bitirib, bakalavr diplomiga ega bo‘lmoqda.  Fakultet dekani dotsent O.Zaripov rahbarligida ta’lim, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda bir qancha yutuqlar qo‘lga kiritilib kelinmoqda. Hozirgi vaqtda fakultet tarkibida Filologiya kafedrasi, Pedagogika va psixologiya kafedrasi

Maktabgacha va boshlang‘ich taʼlim kafedralari bor bo‘lib, jami 85 nafar professor-o‘qituvchi mavjud. Shundan, 3 nafar fan doktori, 25 nafar fan nomzodi va (PhD) lar yoshlarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda.

Fakultet tarkibida quyidagi kafedralar faoliyat yuritadi:

Moliya va iqtisodiyot kafedrasi

Dasturiy injiniring kafedrasi

Tarix va ijtimoiy fanlar kafedrasi

 

Mazkur kafedralar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, innovatsion fikrlaydigan va amaliy faoliyatga tayyor mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qilmoqda

 

Fakultetda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

60410500-Moliya va moliyaviy texnologiyalar
60610400-Dasturiy injiniring

60410100-Iqtisodiyot

30220300-Tarix

60410200-Buxgalteriya hisobi

 

2022–2023-o‘quv yilidan boshlab o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, bugungi kunda universitetning eng faol va istiqbolli tarkibiy bo‘linmalaridan biri sifatida ta’lim, ilmiy-tadqiqot hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Fakultet zamonaviy mehnat bozori talablariga mos, raqobatbardosh, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni o‘zining asosiy maqsadi deb biladi. Hozirgi kunda fakultetda 1300 nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda hamda har yili yuzlab bitiruvchilar bakalavr darajasiga ega bo‘lib, turli sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Innovatsion texnologiyalar va biznes fakulteti qisqa vaqt ichida o‘zining yuksak ilmiy salohiyati, tajribali professor-o‘qituvchilari hamda zamonaviy ta’lim muhiti bilan universitetning yetakchi fakultetlaridan biriga aylandi. Hozirgi kunda fakultetda jami 64 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Ular orasida 3 nafar fan doktori hamda 39 nafar fan nomzodi va PhD darajasiga ega mutaxassislar mavjud bo‘lib, talaba-yoshlarga sifatli ta’lim va tarbiya berib kelmoqda.

 

Fakultetda talabalar uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan auditoriyalar, ilmiy izlanishlar olib borish hamda amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Ta’lim jarayoni zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etilib, talabalarni kelajak kasbiy faoliyatiga puxta tayyorlashga xizmat qilmoqda.

 

Kelgusida fakultet xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, yangi ta’lim dasturlarini joriy etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy kasbiy kompetensiyalarga ega bo‘lgan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash borasidagi faoliyatini izchil davom ettirishni maqsad qilgan.

Ta'lim yo'nalishlari

Boshlang‘ich ta’lim 60110400 Bakalavr
Buxgalteriya hisobi 60410200 Bakalavr
Dasturiy injiniring 60610400 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Koreys tili 60230100 Bakalavr
Iqtisodiyot va yo'nalishlari 60410100 Bakalavr
Maktabgacha ta’lim 60110200 Bakalavr
Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410500 Bakalavr
Pedagogika 60110100 Bakalavr
Psixologiya 60310300 Bakalavr
Tarix 60220300 Bakalavr

Mashhur bitiruvchilar

Qutlimurodova Ozodaxon Polvon qizi

Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi (2024-2025)

Rajapova Hilola Komiljon qizi

Toʻlepbergen Qaipbergenov nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi (2024-2025)

Abdikalieva Aruxan Jenisbay qizi

To‘lepbergen Qayipbergenov nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi (2025–2026 o‘quv yili) Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi (2024–2025 o‘quv yili)

Egenmuradova Nurgozel Annamirat qizi

Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi (2024–2025 o‘quv yili) Prezident davlat stipendiyasi sohibasi (2025–2026 o‘quv yili)