WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

O'zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali

Qoraqalpog`iston Respublikasi Filial Veb-sayt

245

Talabalar

0

Xorijiy talabalar

30

O'qituvchilar

1

Fakultetlar

2

Kafedralar

2021

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 186-sonli qarori asosida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali tashkil topgan va hozirda filialda 1 ta fakultet, 2 ta kafedra va 4 ta taʼlim yoʻnalishi mavjud. Ular quyidagicha tasniflanadi:

  • 60211500 - Cholgʻu ijrochiligi (turlari bo'yicha)
  • 60211000 - San'atshunoslik (musiqashunoslik)
  • 60211300 - Dirijyorlik: Akademik xor dirijyorligi 
  • 60211400 - Vokal san'ati: Akademik xonandalik

Qisqa muddatli faoliyati davomida filial ko‘plab yutuqlarga erishdi. Jumladan, 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan filialning 4-bosqich talabasi Yoʻldoshev Abbos Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek, 2-bosqich talabasi Abutov Alibek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan taʼsis etilgan “Umid uchquni” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

2023/2024-oʻquv yilida filial talabalaridan Gaipova Mohigul Ibroyim Yusupov nomidagi, Muratbayeva Ayzada Tolepbergen Qaipbergenov nomidagi hamda Orazaliyeva Guljayna Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyalari sohibalari bo‘lishdi. 2024/2025-oʻquv yilida esa Dauletbayeva Gulxumar Islom Karimov nomidagi, Sagidanova Asemay Ibroyim Yusupov nomidagi va Reymbayeva Ramuza Tolepbergen Qaipbergenov nomidagi davlat stipendiyalariga sazovor bo‘lishdi.

Bugungi kunga qadar filial professor-o‘qituvchilari tomonidan 8 ta darslik, 26 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma hamda 12 ta monografiya nashr etildi.

Talabalarning musiqa va san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning musiqiy bilimlarini yanada boyitish maqsadida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining tajribali professor-oʻqituvchilari hamda xorijiy oliy taʼlim muassasalari mutaxassislari ishtirokida muntazam ravishda mahorat darslari tashkil etildi. Jumladan, Antaliya davlat simfonik orkestri sozandasi, Akdeniz universiteti dotsenti Leyla Bayramoğullari, Toshkent Gyote instituti bilan hamkorlikda fortepianochi M. Zekkini va royal ustasi T. Bross, shuningdek, fransiyalik kompozitor va pianinochi Juanna Goodale ishtirokida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida professor Hikmat Rajabov rahbarligidagi “Xalq cholgʻulari” orkestri hamda dotsent Polat Tnibayev boshchiligidagi “Simfonik orkestr” ishtirokida konsert dasturlari namoyish etildi.

2025-yil aprel oyida mashhur fransuz dirijyori Natali Maren mahorat darslarini o‘tkazish maqsadida filialga tashrif buyurdi. Mehmon “Xalq sazlari” orkestri va iqtidorli talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar bilan tantanali ravishda kutib olindi. Shuningdek, 2025-yil 15-aprel kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida Natali Maren boshqaruvida filialning “Simfonik orkestri” ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi.

Filialning “Xalq cholgʻulari” va “Simfonik” orkestrlari respublika hamda xalqaro miqyosdagi nufuzli tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, “Madaniyat va sanʼat fidoyisi” ko‘krak nishoni sohibi, dotsent Polatbay Tnibayev rahbarligidagi “Simfonik orkestr” tomonidan 2024-yil 22-fevral kuni P. Chaykovskiyning “1-simfoniya”, 11-dekabr kuni esa Lyudvig van Betxovenning “5-simfoniya” asarlari ijro etildi.

2025-yil 22-may kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida filial talaba-yoshlari ishtirokida Aleksandr Pushkinning “Lo‘lilar” poemasi asosida, Vladimir Nemirovich-Danchenko librettosi hamda Sergey Raxmaninov musiqasi bilan yaratilgan “Aleko” operasi sahnalashtirildi.

2024-yil 26-aprel kuni Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filialida xormeyster M.M. Kulchigayeva va dirijyor M.M. Zuxurov rahbarligida Antonio Vivaldining “Gloria” kantatasi talaba-yoshlar xori ijrosida namoyish etildi.

Filial tomonidan ilk bor tashkil etilgan “Jayhun toʻlqinlari” I Respublika xalq cholgʻulari orkestrlari festivali-tanlovida oliy taʼlim muassasalari orasida birinchi o‘rin qo‘lga kiritildi. Shuningdek, joriy yilning 25–27-mart kunlari Qozon shahrida Jiganov nomidagi Qozon davlat konservatoriyasining 80 yilligi va xalq cholgʻulari orkestrlari tashkil etilganining 60 yilligiga bagʻishlangan xalqaro tanlovda professor, kompozitor Hikmat Rajabov rahbarligidagi “Jayxun” xalq cholgʻulari orkestri 1-oʻrinni, “Aydin” ansambli esa 2-oʻrinni egalladi.

Filial tashkil etilgan yili 47 nafar talaba o‘qishga qabul qilingan bo‘lsa, bugungi kunda talabalar soni 245 nafarga yetdi. 2025-yilda ilk bitiruvchilar o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlab, ulardan 10 nafari magistratura bosqichiga qabul qilindi.

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali 2025/2026-oʻquv yilini yangi binoda boshladi. 300 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy o‘quv binosida talabalar uchun sifatli taʼlim olishlari va ijodiy faoliyat bilan shugʻullanishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Xorijiy talabalar uchun

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali 2025-2026 o‘quv yiliga o‘qishga xorijiy fuqarolarini taklif etadi.

Xorijiy fuqarolarni 2025-yilning 10-avgust kuniga qadar qabul qilinishini ma’lum qiladi. Xorijiy fuqarolar filialning 4 ta bakalavr ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirishi mumkun. Abiturentlar ijobiy imtixon va suhbat asosida qabul qilinadi.

Xorijiy fuqarolar hujjatlarini elektron shaklda ham taqdim qilishlari mumkin:

XORIJIY FUQAROLARDAN QABUL QILINADIGAN HUJJATLAR

 1 . Pasport va xorijga chiqish pasporti;

2. O‘zbekistonda yashash guvohnomasi nusxasi – (agar mavjud bo‘lsa);

3. Xorijiy fuqaroning o‘rta yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotini tasdiqlovchi xujjat (shahodatnoma/diplom/ sertifikat)ning asl nusxasi o‘zbek yoki rus tiliga tarjima qilingan hamda notarial tasdiqlangan shakli;

4. Tibbiy ma’lumotnoma (086 shakli)

5. Fotosurat (3,5-4,5); (alohida elektron shakli)

Talab etiladigan hujjatlarning elektoron shakli (PDF shaklida, ko‘rsatilgan hujjatlar tartibi raqami saqlangan 1 fayl bo‘lgan holda) filialning xalqaro aloqalar bo‘limining  https://t.me/kuatamanbaev telegram manziliga yuborilishi kerak.

Abituriyentning yashash manzili, telefon raqami, elektron manzili aniq ko‘rsatilish kerak.

Qo‘shimcha ma’lumot sifatida  abituriyentning O‘zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan yaqin qarindoshlariga oid ma’lumotlarni (manzili, telefon raqami, elektron manzili) kiritish tavsiya etiladi.

Suhbat vaqtida kelgan xorijiy abituriyentning elektron shaklda yuborilgan hujjatlarning asl nusxasi TALAB etiladi.

Agarda sizda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialiga hujjat topshirishda qo‘shimcha ma’lumotlar kerak bo‘lsa filialning O‘QUV USLUVIY BO‘LIMIGA MUROJAAT ETISHINGIZ MUMKUN.

O‘QUV ISHLARI BO‘YICHA DIREKTOR O‘RINBOSARINING TELEFONI: +998 (90) 971-97-42

Pochta: conservatorynukus@uzdknf.uz

 

 

Viza uzaytirish bo‘yicha talabnoma va arizalarni qabul qilish, rasmiylashtirish tartibi.

Korxona va tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan shug'ullanayotgan (V-1, V-2 va E turdagi viza) xorijiy fuqarolar uchun MvaFR xizmatiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

- korxona blankasida rahbar imzosi va muhri bilan tasdiqlangan 2 nusxada viza talabnomasi;

-Tashkilot guvohnomasi;

- xorijiy fuqaroning pasporti va pasport nusxasi;

- xorijiy fuqaroni O'zbekiston Respublikasiga taklif etish bo'yicha korxona, tashkilot va muassasa tomonidan O'zbekiston Respublikasi TIVga berilgan ariza (teleks) nusxasi (birinchi marotaba uzaytirilayotganda);

- hujjatlarni rasmiylashtirish va topshirish uchun tashkilot tomonidan mas'ul shaxsga berilgan ishonchnoma va uning pasport nusxasi.

Ushbu hujjatlarga qo'shimcha ravishda agar mavjud bo'lsa O'zbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarning mehnat faoliyati huquqi tasdiqnomasi (litsenziya) yoki O'zbekiston Respublikasida doimiy akkreditatsiyadan o'tgan chet el vakolatxonalar vakillarining akkreditatsiya guvohnomasi taqdim etiladi.

 

Xalqaro hamkorlik

O'zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali tomonidan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va filialni xorijda targ'ib qilish bo'yicha maqsadli ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda bizning oliy ta'lim muassasamiz 9 ta xorijiy oliy ta'lim muassasasi bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatgan:

  • Qurmong'azo nomidagi Qozoq milliy konservatoriyasi;
  • Astraxan davlat konservatoriyasi;
  • Qaliqiya Moldobasanov nomidagi Qirg'iz milliy konservatoriyasi;
  • T. Sattarov nomidagi Tojik milliy konservatoriyasi;
  • Mirzo Tursunzoda nomidagi Tojikiston madaniyat va san'at instituti;
  • N. G. Jiganov nomidagi Qozon davlat konservatoriyasi;
  • «Alfredo Kazella» konservatoriyasi (Italiya);
  • Uxan musiqa konservatoriyasi (Xitoy);
  • Gnesinlar nomidagi Rossiya musiqa akademiyasi.

Tashqi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida, O'zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali direktori, professor R. Allanbayev rahbarligida, bir qator o'qituvchilar Qurmong'azo nomidagi Qozoq milliy konservatoriyasi, T. Sattarov nomidagi Tojik milliy konservatoriyasi, Italiyaning «Alfredo Kazella» konservatoriyasi, shuningdek Moldabasanov nomidagi Qirg'iz milliy konservatoriyasiga xizmat safarlarini amalga oshirdilar.

«ItArts» grant loyihasi doirasida, filialimiz talabasi Italiyadagi «Alfredo Kazella» konservatoriyasida o'tkazilgan tadbirlarda ishtirok etdi.

Qirg'iziston Respublikasining Bishkek shahrida filial talabalaridan uchtasi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning "I yoshlar o'yinlari" (Delfik o'yinlari)da ishtirok etdi.

«Umumkasbiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi assistent-o'qituvchisi Lyubimtseva Viktoriya Qozoqiston Respublikasidagi Qurmong'azo nomidagi Qozoq milliy konservatoriyasida «Musiqashunoslik va kompozitsiya» yo'nalishi bo'yicha 160 soatlik malaka oshirish kursini tamomladi.

Shuningdek, cholg'u ijrochiligi kafedrasi dotsenti Tnыbayev Polatbay Karimbayevich ham Qurmong'azo nomidagi Qozoq milliy konservatoriyasida malaka oshirish kurslarini tamomladi.

2025 yil 10 mayda Uxan musiqa konservatoriyasi (Xitoy) bilan xodimlar almashinuvi, madaniy hamkorlik, ilmiy tadqiqotlar, o'qitish va ta'limning ilg'or tajribasini almashish, shuningdek tadbirlar o'tkazishda hamkorlikni nazarda tutuvchi shartnoma imzolandi. Xususan, 2025 yil 14 sentabrda filialning to'rt nafar talabasi akademik mobillik dasturi bo'yicha Xitoy Xalq Respublikasidagi Uxan musiqa konservatoriyasiga yo'naltirildi. Mazkur xalqaro dastur doirasida talabalar nazariy va amaliy bilimlarini chuqurlashtirish bilan birga, musiqa ijrochiligi sohasidagi ilg'or xorijiy tajribani ham o'zlashtira oldilar.

2026 yilning kuziga filialning yana to'rt nafar talabasini akademik mobillik dasturi bo'yicha xorijda o'qishga yo'naltirish rejalashtirilgan.

Til kurslari

{}

Talabalar uchun imkoniyatlar

asdasdasd

Fakultetlar

O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi Nukus filialida 1 fakultet va 2 kafedra bor, ular quyidagicha.

Fakultet nomi: "Musiqa san’ati"

Birinchi kafedra: "Cholg‘u ijrochiligi" kafedrasi

Ikkinchi kafedra: "Umumkasbiy va ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi

Ta'lim yo'nalishlari

Cholg‘u ijrochiligi: (turlari bo‘yicha) 60211500 Bakalavr
Dirijyorlik: akademik xor dirijyorligi 60211300 Bakalavr
San'atshunoslik (musiqashunoslik) 60211000 Bakalavr
Vokal san’ati (turlari bo‘yicha) 60211400 Bakalavr

Mashhur bitiruvchilar

Segizbaeva Guldana Qalmurza qizi

To'lepbergen Qayipbergenov nomidagi  davlat stipendiyasi

Yuldasheva Gulbahar Quwanishbay qizi

Ibrayim Yusupov nomidagi davlat stipendiyasi

GAYIPOVA MOXIGUL ANVAR KIZI

Ibrayim Yusupov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori imtihonsiz O'zbekiston davlat konservatoriyasi magistranti 60211400-Vokal san'ati (akademik xonandalik) bo'ldi

YO‘LDOSHEV ABBOS BAHROM O‘G‘LI

O'zbekiston davlat konservatoriyasi magistranti, Mard og'lon mukofati sovrindori

MURATBAYEVA AYZADA AXMETOVNA

To‘lepbergen Qayipbergenov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori imtihonsiz O'zbekiston davlat konservatoriyasi magistranti bo'ldi

ORAZALIYEVA GULJAYNA SABIT QIZI

Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori imtihonsiz O'zbekiston davlat konservatoriyasi magistranti bo'ldi.

SAGIDANOVA ASEMAY BAXTIGALI QIZI

Ibrayim Yusupov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori imtihonsiz O'zbekiston davlat konservatoriyasi magistranti bo'ldi

REYMBAYEVA RAMUZA BAXADIR QIZI

To‘lepbergen Qayipbergenov nomidagi davlat stipendiyasi sovrinbori imtihonsiz O'zbekiston davlat konservatoriyasi magistranti bo'ldi

DAULETBAEVA GULXUMAR KILISHBAY QIZI

Prezident stipendianti sovrindori

Talabalar fikri

Yo'ldoshev Abbos Bahrom o'g'li

Men 4-kurs talabasiman. Konservatoriya Nukus filialida o'qish juda qiziqarli va tarjibali professor-o'qituvchilar dars beradi