Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar Universiteti Nukus filiali
1,003
Talabalar
0
Xorijiy talabalar
52
O'qituvchilar
1
Fakultetlar
14
Kafedralar
2018
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Samarqand veterinariya medicinasi instituti respublikamizning qishloq xo’jaligida veterinariya medicinasi, veterinariya, zooinjeneriya, biologiya fanlarining rivojlanishiga hissa qo’shayotgan hamda ilmiy, ilmiy pedagogik kadrlar va etuk mutaxassislar tayyorlashda o’z hissasini ko’shib kelayotgan oliy ta`lim muassasalaridan biri hisoblanadi.
Samarqand veterinariya medicinasi instituti Nukus filiali O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 13 noyabrdagi №926-sonli qarori asosida tashkil etildi.
Filialning direktori 2018 yil 1-dekabrida biologiya fanlar doktori (DSc), professor Esimbetov Adilbay Tlepovich tayinlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentiniń 2022 yil 31 martdagi «Veterinariya va chorvachilik tarmoqlarida kadrlar tayyorlash tiziminiSamarqand veterinariya medicinasi instituti faoliyati ko’lamini kengaytirish, xalqaro nufuzini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni tizimli olib borish, innovacion ta`lim va texnologiyalar transferini qo’llab-quvvatlash tizimini yaratish, ta`lim va ishlab chiqarishni uzviy boǵlash, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi oliy ta`lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish koncepciyasiga muvofiq belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida Samarqand davlat veterinariya medicinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali deb qayta nomlandi.
SDVU Nukus filiali O’zbeksiton Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi tizimida faoliyat yuritadi.
Samarqand davlat veterinariya medicinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialiga yangi bakalavriat ta`lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ro’yxati tasdiqlandi.
Xozirda filial mintaqada veterinariya, chorvachilik, biotexnologiya va agrotexnologiya sohalarida mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan zamonaviy ta`lim yo’nalishlarini inobatga olgan holda, kafedralarining ilmiy faoliyatini soha va tarmoqlar muammolarining echimiga yo’naltirish maqsadida faoliyat olib kelmoqda.
SDVU Nukus filiali hozirda Nukus shahri A.Otepova ko’chasi 31 joyda umumiy kampus maydoni 3,7 ga joyda joylashgan. Filialda 3 o’quv binosi zamonoviy o’quv xonalari, 1 o’quv laboratoriyasi binosi, 1 ta Veterinariya o’quv tajriba klinikasi, 3 kompyuter sinfi talabalarning tahsil olishi uchun o’quv adabiyotlari bilan ta`minlangan kutubxonasiga egadir.
Filialda ilmiy unvonga ega professor-oʻqituvchilar soni 2024-yilda 7 nafarni tashkil etgan boʻlsa, 2025–2026-yillarda bu koʻrsatkich 8 nafarga yetkazilgan. Ulardan 2 nafari professor, 6 nafari dotsent unvoniga ega. 2026-yilda birinchi marta ayol dotsent tarkibga qoʻshilgan, shuningdek 40 yoshgacha boʻlgan 1 nafar yosh olim doimiy ravishda faoliyat yuritib kelmoqda.
Filialda fan nomzodlari (PhD) soni sezilarli oʻsishni koʻrsatdi: 2024-yilda 19 nafardan 2025-yilda 28 nafarga, 2026-yilda 25 nafarga yetdi. Fan doktorlari (DSc) soni esa 2 nafardan 5 nafarga koʻpaydi. Fan nomzodlarining oʻrtacha yoshi 45–47 yosh oraligʻida, fan doktorlariniki esa 49 yoshdan 60 yoshgacha koʻtarilgan.
Doktoranturaga qabul kvotasi yildan yilga oshirib borilgan: 2024-yilda 3 nafar, 2025-yilda 6 nafar, 2026-yilda esa rejadagi 8 oʻrniga 10 nafar qabul qilingan, bu reja koʻrsatkichidan yuqori natija. Asosiy qabul tayanch doktoranturaga toʻgʻri kelmoqda.
Jami doktorant, mustaqil tadqiqotchi va stajyor-tadqiqotchilar soni 2024-yildagi 11 nafardan 2026-yilda 17 nafarga yetkazildi. Dissertatsiya himoyalari boʻyicha 2024-yilda 5 ta (4 PhD, 1 DSc), 2025-yilda 10 ta (9 PhD, 1 DSc) himoya muvaffaqiyatli oʻtkazilgan. 2026-yilda hozircha 2 ta himoya amalga oshirilgan (1 PhD, 1 DSc).
Ilmiy loyihalar va moliyaviy koʻrsatkichlar
Fundamental, amaliy, innovatsion va yosh olimlar loyihalari boʻyicha koʻrsatkichlar nolga teng — bu yoʻnalish kelgusida rivojlantirishni talab etadi.
Xalqaro loyihalar boʻyicha 2024-yilda 25,3 ming AQSH dollari, 2025-yilda 52 ming AQSH dollari miqdorida mablagʻ jalb qilingan. 2026-yilga 1000 ming AQSH dollari rejalashtirilgan boʻlsa-da, hozircha bu yoʻnalishda natija qayd etilmagan.
Filialda filial Kengashi, Vosiylar kengashi, Boshlanǵich kasaba uyushmasi, Xotin-qizlar kengashi, Ustoz-murabbiy kengashi, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlanǵich tashkilotlari faoliyat yuritib kelmoqda.
Hozirda filial missiyasi sifatida Qoraqalpoǵiston Respublikasining veterinariya va zooinjeneriya sohasida etuk mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan Respublikada munosib tan olingan muassasa sifatida faoliyat ko’rsatishga barcha imkoniyatlar yo’naltirilgan.
Filialning ta`lim sohasidagi asosiy maqsadi – ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy ko’rsatmalarga, texnologiyalarga, ta`lim olish hamda xizmat ko’rsatishga qaratilgan davlat, jamiyat va buyurtmachilarning talab extiyojlarini kondiradigan sifatli oliy malakali bitiruvchilar bilan domiy ta`minlash. Bundan tashqari filialdabitiruvchilar kompetentligi va malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini ta`minlovchi, oliy ta`limning mutaxassislariga ko’yiladigan davlat ta`lim standartlar talablarini bajarish boshli siyosatlaridan biri hisoblanadi. Filial rahbariyati sohaga oid Respublikamizning va Rossiya, Qozoǵiston ilmiy-tadqiqot institutlari veterinariya hamda qishloq xo’jalik oliy ta`lim muassasalari bilan yaqin aloqalar o’rnatgan.
Filialda 2022-2023 o‘quv yilida 3 nafar (1 ta “Islom Karimov” nomli davlat stipendianti, 1 ta “To‘lepbergen Qayipbergenov” nomli davlat stipendianti, 1 ta “Ibrayim Yusupov” nomli davlat stipendianti) 2023-2024 o‘quv yilida 4 nafar (1 ta “Prezident” davlat stipendianti, 1 ta “Islom Karimov” nomli davlat stipendianti, 1 ta “To‘lepbergen Qayipbergenov” nomli davlat stipendianti, 1 ta “Ibrayim Yusupov” nomli davlat stipendianti), 2024-2025 o‘quv yilida 5 nafar talaba (1 ta “Prezident” davlat stipendianti, 1 ta “Islom Karimov” nomli davlat stipendianti, 1 ta “Beruniy”nomli davlat stipendianti, 1 ta “To‘lepbergen Qayipbergenov” nomli davlat stipendianti, 1 ta “Ibrayim Yusupov” nomli davlat stipendianti) 2025-2026- o‘quv yilida 5 nafar talaba (1 ta “Prezident” davlat stipendianti, 1 ta “Islom Karimov” nomli davlat stipendianti, 1 ta “To‘lepbergen Qayipbergenov” nomli davlat stipendianti, 1 ta “Ibrayim Yusupov” nomli davlat stipendianti va 1 nafar talaba O’zbekiston Respublikasi “Kasaba uyushma”si stipendiyasi sohibi bo‘lishdi.
Filialda 2025/2026 o‘quv yilida 1 ta “Veterinariya va zooinjeneriya” fakulteti, 4 ta kafedrada asosiy 58 shtat birligida 53 nafar professor-o‘qituvchilar tomonidan 57622 soat yuklama bajarilmoqda.
Filialda 2025/2026 o‘quv yilida qabuli amalga oshirilgan 16 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va 8 ta magistratura mutaxassisliklari o‘quv rejalari TOP-300 ro‘yxatdagi 8 ta oliy ta’lim tashkilotlari ta’lim dasturlari asosida takomillashtirilgan.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali jami 1001 nafar, shundan, 16 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kunduzgi shaklida 507 nafar, kechki 57 nafar, sirtqi 371 nafar), 8 ta magistratura mutaxassisliklarida 66 nafar talaba tahsil olmoqda.
Filialda hozirgi kunda 42 nafar professor-o‘qituvchilarining xalqaro yoki unga tenglashtirilgan milliy chet til sertifikalari va
128 nafar talabalarining (12,8%) milliy chet til sertifikalari mavjud.
Filialda 2025 va 2026 yillarida 11 nafar professor-o‘qituvchilar TOP-1000 talikga kiruvchi OTMlarida, shuningdek ITMida Rossiya Federatsiyasi, Xitoy xalq Respublikasi, Belarusiya, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Respublikasi universitetlarida malaka oshirib va stajirovkalarda bo‘lib kelgan. Filialga 6 nafar xorijiy professor-o‘qituvchilar TOP-1000 talikga kiruvchi Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universiteti va Osh agrar universitetlaridan ta’lim jarayoniga jalb etilgan.
Filialda hozirgi kunda HEMIS platforma tizimida 1 ta fakultet (sirtqi va magistratura bo‘limlari bilan), 4 ta kafedra, 21 ta bo‘lim yaratilgan. HEMIS platformasiga 17578 ta o‘quv uslubiy resurslari kiritilgan. Filialga yangi server qurilmasi o‘rnatilgan, MinVUZ-1 tarmog‘i internet tezligi 150 m/sek oshirildi, 15 ta WiFi zonasida 90% qamrovi tashkil qiladi.
Filial ARMi umumiy kitob fondi 10128 nusxadan iborat bo‘lib, shundan 1942 nusxada darslik, 2689 nusxada o‘quv qo‘llanmalar,
2654 nusxada badiiy adabiyot va boshqa adabiyotlarga yetkazildi. Filialda 4251 nomdagi 19104 elektron shaklida resurslarlar mavjud. ARMga guvohnomasi bo‘ymcha 1204 nafar kitobxonlar tizimga olingan. Shundan 116 ta professor-o‘qituvchilardir. Foydalanuvchilarga tezkor va sifatli axborot-kutubxona xizmatlarini taqdim etishda elektron kitoblar fondini ARM kompyuterlarida uzliksiz ravishda saqlashda ARM veb-sayti https://sdvunf.uz/, https://sdvunf.uz/elektron-kutubxona/ sahifasida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining http://unilibrary.uz. elektron kutubxona ta’lim tizimiga yuklanmoqda.
Talabalarning 628 nafari o‘z uyida, 123 nafari yaqin qarindoshining uyida, 68 nafari ijara xonadonlarida hamda 182 nafari Talabalar turar joyida yashab kelmoqda.Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 martdagi “Veterinariya va chorvachilik soxasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish tug‘risida” gi PK-187-son qarori va O‘zbekiston Resputlikasi Vazirlar Maxkamasining 2021 yil 9 sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari tug‘risida” gi 563-son qarori bilan davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida “ARGONIYA” MCHJ tomonidan 29,865 mln. so‘mlik 400 o‘ringa mo‘ljallangan 4 qavatli TTJ binosi qurilish ishlari 2026 yil aprel oyida yakunlandi va foydalanishga topshirildi.
Xorijiy talabalar uchun
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida chet ellik talabalarning ta’lim olishi va yashashi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.
- Chet ellik talabalar uchun talabalar turar joyidan o‘rin ajratish rejalashtirilgan bo‘lib, unda yashash va mustaqil ta’lim olish uchun barcha zarur sharoitlar mavjud.
- Filial xorijiy talabalarni O‘zbekiston Respublikasiga kirish va chiqish vizalarini rasmiylashtirish, viza muddatini uzaytirish hamda vaqtinchalik yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatadi.
- Talabalarga belgilangan tartibda tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan.
- Chet ellik talabalarning xavfsizligi filial rahbariyati nazoratida bo‘lib, ular uchun xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalar va ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan.
- Filialda zamonaviy o‘quv binolari, laboratoriyalar, kompyuter sinflari, veterinariya o‘quv-klinikasi va axborot-resurs markazi faoliyat yuritadi.
- Talabalar HEMIS elektron ta’lim tizimi, elektron kutubxona va internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyatiga ega.
Xalqaro hamkorlik
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib, dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘ygan.
Filial Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasining nufuzli universitetlari hamda ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Hamkorlik doirasida professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun akademik almashinuvlar, ilmiy stajirovkalar, malaka oshirish kurslari hamda qo‘shma ilmiy tadqiqotlar tashkil etilmoqda.
2025–2026-yillarda filialning 11 nafar professor-o‘qituvchisi TOP-1000 talikka kiruvchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy markazlarda malaka oshirib, stajirovka o‘tab qaytdi.
Shuningdek, filial ta’lim jarayoniga Qozog‘iston Milliy Agrar Tadqiqot Universiteti hamda Osh Agrar Universitetidan 6 nafar xorijiy professor-o‘qituvchini jalb qilgan. Ular talabalarga zamonaviy bilim va xalqaro tajribalarni yetkazib, ta’lim sifatini oshirishga munosib hissa qo‘shmoqda.
Filial xalqaro grantlar, qo‘shma ilmiy loyihalar, akademik mobillik dasturlari hamda xorijiy talabalarni jalb etish orqali xalqaro hamkorlik geografiyasini yanada kengaytirib bormoqda. Xalqaro hamkorlikning asosiy maqsadi — ta’lim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni mustahkamlash va xalqaro standartlarga mos raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.
Til kurslari
{}
Fakultetlar
Veterinariya va zooinjeneriya fakulteti Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Nukus filialining 2021-yil №39-T/2-sonli buyrug‘i bilan tashkil etildi. Fakultetga 2021-yildan hozirgi kungacha biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Kunisov Bawirjan dekan v.v.b bo'lib rahbarlik qilib kelmoqda.
Fakultetda 2021/2022 o’quv yilida birinchi marta Zooinjeneriya (baliqchilik) ta’lim yo’nalishi talabasi Dosekyeva Aqsungul Yesmaganbet qizi O’zbekiston Respublikasi bakalavriat uchun ta’sis etilgan To’lepbergen Qaipbergenov nomli davlat stipendiyasi 2021/2022 o’quv yili tanlovi sohibi deb topildi. Ilmiy rahbari b.f.n. Atanazarov Kuralbay Maulenovich
Bundan tashqari kiyingi yillarda ham fakultet talabalari nomdor davlat stipendiyasi sohiblari bo’ldi ular quydagisha:
2022/2023 o’quv yilida Veterinariya meditsinasi (yirik shoxli mollar kasalliklari) ta’lim yo’nalishi talabasi Ataniyazov Saparniyaz Barlikbayevich O’zbekiston Respublikasi bakalavriat uchun ta’sis etilgan Islam Karimov nomli davlat stipendiyasi 2022/2023 o’quv yili tanlovi sohibi bo’ldi. Ilmiy rahbari Seypullaev Azamat Kutlimuratovich
Zooinjeneriya (baliqchilik) ta’lim yo’nalishi talabasi Koshenova Ugilxan Kurbanbayevna O’zbekiston Respublikasi bakalavriat uchun ta’sis etilgan Ibrayim Yusupov nomli davlat stipendiyasi 2022/2023 o’quv yili tanlovi sohibi bo’ldi. Ilmiy rahbari q/x.f.b.f.d. (PhD) Toreshova Amina Ubbiniyazovna
Zooinjeneriya (baliqchilik) ta’lim yo’nalishi talabasi Allamuratova Bibizada Kadirbay qizi O’zbekiston Respublikasi bakalavriat uchun ta’sis etilgan To’lepbergen Qaipbergenov nomli davlat stipendiyasi 2022/2023 o’quv yili tanlovi sohibi bo’ldi. Ilmiy rahbari Dauletova Zamira Abdigapbarovna
2023/2024 o’quv yilida Veterinariya diagnostikasi va labaratoriya ishlari ta’lim yo’nalishi talabasi Abatbaeva Aygul Muratbaevna O’zbekiston Respublikasi bakalavriat uchun ta’sis etilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti nomli davlat stipendiyasi 2023/2024 o’quv yili tanlovi sohibi bo’ldi. Ilmiy rahbari v.f.n. Arziyev Xidir Yuldashovich
Zooinjeneriya (baliqchilik) ta’lim yo’nalishi talabasi Allamuratova Bibizada Kadirbay qizi O’zbekiston Respublikasi bakalavriat uchun ta’sis etilgan Islam Karimov nomli davlat stipendiyasi 2023/2024 o’quv yili tanlovi sohibi bo’ldi. Ilmiy rahbari Dauletova Zamira Abdigapbarovna
Veterinariya sanitariya ekspertizasi ta’lim yo’nalishi talabasi Madetova Nilufar Mahkamjon qizi O’zbekiston Respublikasi bakalavriat uchun ta’sis etilgan Ibrayim Yusupov nomli davlat stipendiyasi 2023/2024 o’quv yili tanlovi sohibi bo’ldi. Ilmiy rahbari i.f.n., dotsent Xodjalepesov Polat Zinatdinovich
Veterinariya meditsinasi (yirik shoxli mollar kasalliklari) ta’lim yo’nalishi talabasi Reyipnazarova Nargiza Ernazar qizi O’zbekiston Respublikasi bakalavriat uchun ta’sis etilgan To’lepbergen Qaipbergenov nomli davlat stipendiyasi 2023/2024 o’quv yili tanlovi sohibi bo’ldi. Ilmiy rahbari Seypullaev Azamat Kutlimuratovich
2024/2025 o’quv yilida Veterinariya sanitariya ekspertizasi ta’lim yo’nalishi talabasi Madetova Nilufar Mahkamjon qizi O’zbekiston Respublikasi bakalavriat uchun ta’sis etilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti nomli davlat stipendiyasi 2024/2025 o’quv yili tanlovi sohibi bo’ldi. Ilmiy rahbari i.f.n., dotsent Xodjalepesov Polat Zinatdinovich
Veterinariya diagnostikasi va labaratoriya ishlari ta’lim yo’nalishi talabasi Saginova Aygerim Sisenbayevna O’zbekiston Respublikasi bakalavriat uchun ta’sis etilgan Islam Karimov nomli davlat stipendiyasi 2024/2025 o’quv yili tanlovi sohibi bo’ldi. Ilmiy rahbari b.f.b.f.d. (PhD) Kaniyazov Amaniyaz Janadilovich
Veterinariya sanitariya ekspertizasi ta’lim yo’nalishi talabasi Yelubayeva Raya Orazbay qizi O’zbekiston Respublikasi bakalavriat uchun ta’sis etilgan Beruniy nomli davlat stipendiyasi 2024/2025 o’quv yili tanlovi sohibi bo’ldi. Ilmiy rahbari q/x.f.d. professor Turganbayev Ruzimbay Urazbayevich
Veterinariya meditsinasi (foliyat turlari bo’yicha) ta’lim yo’nalishi talabasi Sarsenbaev Ilham Eliubay uli O’zbekiston Respublikasi bakalavriat uchun ta’sis etilgan Ibrayim Yusupov nomli davlat stipendiyasi 2024/2025 o’quv yili tanlovi sohibi bo’ldi. Ilmiy rahbari b.f.b.f.d. (PhD) Kaniyazov Amaniyaz Janadilovich
Zooinjeneriya (qorako’lchilik) ta’lim yo’nalishi talabasi Amangeldiyev Uluǵbek Alisherovich O’zbekiston Respublikasi bakalavriat uchun ta’sis etilgan To’lepbergen Qaipbergenov nomli davlat stipendiyasi 2024/2025 o’quv yili tanlovi sohibi bo’ldi. Ilmiy rahbari b.f.d., professor Esimbetov Adilbay Tlepovich
Ta'lim yo'nalishlari
| Veterinariya sanitariya ekspertizasi 60840300 | Bakalavr |
| Zooinjeneriya 60810800 | Bakalavr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar Universiteti Nukus filiali
Zooinjeneriya
22 200 000 so'm
yiliga
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar Universiteti Nukus filiali
Veterinariya sanitariya ekspertizasi
22 200 000 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
Azbergenov Erkin
Karlibaeva Shahida Quwanishbay qizi