WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Nukus davlat texnika universiteti

Qoraqalpog`iston Respublikasi Davlat Veb-sayt

1,697

Talabalar

1

Xorijiy talabalar

52

O'qituvchilar

1

Fakultetlar

24

Kafedralar

2018

Tashkil etilgan

Universitet haqida

        Qoraqalpog’iston Respublikasining sanoatini oshirish, iqtisodiyotining bazaviy tarmoqlarida oliy darajali kadrlar tayyorlashni kengaytirish maqsadida. Vazirlar mahkamasining qarori bilan 2018-yilning noyabr oyida Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali (keyingi vaqtda Nukus konchilik instituti ) tashkil etilib, 2022-yil 31-marttagi PQ-186 – sonli qaroriga asosan  Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti etip qayta tashkillashtirildi.
       Qoraqalpog‘iston Respublikasida konchilik sohasi bo‘yicha yuqori ma’lumotli kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli etib tayyorlashni ta’minlashlik, oldingi xorijiy tajribalardan foydalangan holda konchilik sohasiga yo‘naltirilgan, ilmiy ,amaliy, metodik aloqalarni rivojlantirish, institutining ilmiy pedagogik va xorijiy, xalqaro etakchi Oliy talim o‘quv yurtlari va ilmiy markazlar, metodik aloqalarni rivojlantirish, yuqori o‘quv yurtlariga qobiliyatli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga jo‘natish orqali maqsadli ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish asosiy vazifalaridan demakdir.
       Hozirgi paytda Nukus konchilik instituti o‘qish binosı Nukus –To‘rtko‘l avtomagistral yo‘li, 181-uy da joylashgan. Institut binosida kutubxona markazi, kompyuter xonalari, sportlar zal, laboratoriya xonalari talabalarning sifatli bilim olishi uchun xizmat etmoqda.
     

Xorijiy talabalar uchun

      Institutimizda jami 80 o'ringa mo'ljallangan talabalar turar joylari faoliyat ko'rsatmoqda. Talabalar turar joyi     Nukus-To'rtkul avtomagistral yo'li 181-uyda joylashgan. Institutda tahsil olayotgan talabalardan hamda viloyatlardan kelgan talaba va malaka oshirishga kelgan professor-oqituvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilib, mazkur turar joylar zamon talablari darajasiga keltirilgan. Dam olish xonalari yuqori saviyada jihozlangan, qattiq va yumshoq mebellar qo'yilgan, gilamlar to'shalgan. Talabalar madaniy dam olishlari uchun televizorlar qo'yilgan va barcha xonalar yangi yumshoq mebellar bilan ta'minlangan. Talabalar uchun barcha qavatlarda yuvinish xonalari mavjud va ular issiq suv bilan ta'minlangan. Muntazam ravishda issiqlik bilan ta'minlash maqsadida zamonaviy isitish tizimlari o'rnatilgan. Talabalar turar joylarida dars tayyorlashlari uchun kerakli jihozlar bilan ta'minlangan bo'lib, yuqori tezlikdagi WI-FI orqali internet tarmog'iga ulangan. Talabalar uchun institutimizda Axborot-resurs markazi doyimi ravishda xizmat ko'rsatmoqda.
  Bugungi kunda Axborot resurs markazi umumiy fondi 15353 adabiyot ulardan darsliklar 5515, o'quv qo'llanmalari 6093, ilmiy adabiyotlar 28, badiiy adabiyotlar 995 va boshqa adabiyotlar 2722 ta kitobni tashkil etadi.             Foydalanuvchilarga tezkor va sifatli axborot-kutubxona xizmatini ko'rsatishda telegramm messendjerida https://t.me/ndkinfkitapxana elektron adabiyotlar joylashtirilgan hamda Navoiy kon metallurgiya kombinati http://kitob.ngmk.uz elektron kutubxonasidan kitoblarni o'qish imkoniyati mavjud.      

Xalqaro hamkorlik

Hozirgi kunga qadar Navoiy davlat konshilik va texnologiyalar huzuridagi Nukus konchilik institutida  ja’mi 21 nafar xorijiy oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.
  
2019-2024-yillar  davomida xalqaro hamkorlik doirasida 21 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan Nukus konchilik instituti  o‘rtasida hamkorlik kelishuvga erishildi. Shundan,  A.A nomidagi kimyosi instituti. Chuyko nomidagi Ukraina milliy fanlar akademiyasi 2020-yil, Rossiya Federatsiyasining
"Aleksandr Grigoryevich va Nikolay Grigoryevich Stoletov nomidagi Vladimir davlat universiteti" Federal davlat byudjeti oliy ta'lim muassasasi.

  Qozogʻiston Respublikasining “Baishev universiteti” bilan 2019-yil, Qozogʻiston Respublikasi K.Jubanov nomidagi Aqto‘be viloyat universiteti, Rossiya Federatsiyasining federal davlat byudjeti oliy ta'lim muassasasi "STANKIN" Moskva davlat texnologiya universiteti.
  Rossiya Federatsiyasining Ulyanovsk davlat texnika universiteti bilan 2021-yil, Qozogʻiston Respublikasining Karagʻanda indrustriyalik universiteti,  India National Institute of texnology Karnataka Surathal, Bolgariya University of Mining and Geology “St. Ivan Rilski”.
  Technical university of Moldova 2022- yil, Qozogʻiston Respublikasi “M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti”,  Qozogʻiston Respublikasi "Qozog'iston-Rossiya xalqaro universiteti" xalqaro oliy ta'lim muassasasi,
Rossiya Federatsiyasi Qozon (Volga viloyati) Federal universiteti, Qozogʻiston Respublikasi K.I.Satpayev nomidagi Qozogʻiston milliy tadqiqot texnika universiteti.
   Qozogʻiston Respublikasi "Sh. Yessenov nomidagi Kaspiy davlat texnologiya va injiniring universiteti" 2023-yil, Qozogʻiston Respublikasi Markaziy Osiyo innovatsion universiteti, , Qozogʻiston Respublikasi Akademik A.Kuatbekov nomidagi “Xalqlar do‘stligi universiteti” muassasasi, Tadjikiston Respublikasi Togʻ-kon instituti, Rossiya Federatsiyasi "Aleksandr Grigoryevich va Nikolay Grigoryevich Stoletov nomidagi Vladimir davlat universiteti".
   Qirg'iziston Respublikasining M.M Adyshev nomidagi O‘sh texnologiya universiteti. 2024- yil.

 

Talabalar uchun imkoniyatlar

2023-2024 oʻquv yilida Islam Karimov, Ibroyim Yusupov va Toʻlepbergen Qaipbergenov nomidagi nomdor davlat stipendiyalari stipendiyantlari

 

T/r F.I.Sh Fakultet Yo'nalishi O'quv yili Rasmi Stipendiya nomi
1

Asanov Azizbek Nazarbay ulı

Umumtexnika fakulteti

Kimyoviy texnologiya

2021/2022

Toʻlepbergen Qaipbergenov

2

Abdirazakov Islam Ayniyaz ulı

Umumtexnika fakulteti

Kimyoviy texnologiya

2021/2022

Ibroyim Yusupov

3

Abdullayeva Shaxzoda Farmon qizi

Umumtexnika fakulteti

Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish

2022/2023

Islom Karimov

4

Rametullayeva Mehriban Polatbek qızı

Umumtexnika fakulteti

Konchilik ishi

2022/2023

Toʻlepbergen Qaipbergenov

5

Yembergenov Allabergen Polatbayevich

Umumtexnika fakulteti

Konchilik ishi

2022/2023

Ibroyim

Yusupov

6

Kulmuratova Aliya Jańabay qızı

Umumtexnika fakulteti

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish

2023/2024

Islom Karimov

7

Yoldoshova Hilola Baxtiyor qizi

Umumtexnika fakulteti

Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish

2023/2024

Toʻlepbergen Qaipbergenov

8

Maulenov Nurlıbek Axmet ulı

Umumtexnika fakulteti

Konchilik ishi

2023/2024

Ibroyim

Yusupov

 

Fakultetlar

Fakultet haqida

Qoraqalpog`iston Respublikasining sanoatini rivojlantirish, iqtisodiyotining bazaviy tarmoqlarida oliy darajali kadrlar tayyorlashni kengaytirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yilning 13-noyabrdagi 925-sonli qarori bilan Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali (hozirgi vaqtda Nukus konchilik instituti) tashkil etilib o`z faoliyatini boshladi. 

“Umumtexnika fakulteti” Navoiy davlat konchilik institutining 2021-yil 15-sentyabrdagi 1/273-sonli “Nukus filialida fakultet va kafedra tashkil etish toʻgʻrisidagi buyrugʻi” ga asosan tashkil etildi va shu yildan o`z faoliyatini boshladi.

 Fakultet tarkibidagi kafedralar:

Konchilik va metallurgiya kafedrasi.
Energo-mexanika va avtomatlashtirish kafedrasi.
Ishtimoiy-gumanitar va aniq fanlar kafedrasi.
Kimyoviy texnologiya, mehnat va atrof-muhit muhofazasi kafedrasi.
Hozirgi kunda fakultetda kunduzgi ta`lim shakli bo`yicha:

60710100-Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari boyi bo’yisha);
60721500-Konchilik ishi (oshiq konchilik ishlari);
60711400-Texnologik jaroyaonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish;
60720800-Mashinasozlik texnologiyasi, ishlab chiqarishni jihozlash va avtomatlashtirish;
60710600-Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo’nalishlar bo’yicha)
60721900- Konchilik elektr mexanikasi;
6072100-Metallurgiya;
60710400-Ekologiya va atrof muhit muhofazasi (sanoatda);
60410100-Iqtisodiyot;
61020200-Mehnat muhofazasi va texnika xavsizligi;


 Fakultetning oliy ta`lim va ishlab chiqarish korxonalari bilan birga ishlash yo`nalishida aloqalari:

Fakultetda ta`lim sohasida birga ishlash va ta’limni ishlab shiqarish bilan integratsiyalash maqsadida innovatsion hamkorlik doirasida bir qator oily ta`lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari bilan aloqalar o`rnatilgan. Jumladan, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Tojikiston kon-metallurgiya instituti, Volgograd davlat texnika universiteti, Sh. Esenov nomidagi Kaspiy davlat texnologiya va injiniring universiteti, O`rta Osiyo innovaciyalar universiteti, akademik A.Kuatbekov nomidagi xalqlar do`stligi  universiteti, Shimoliy Kavkaz kon-metallurgiya institutlari va «Navoiyazot» AJ, «Uzbekgeofizika»  AJ , «Ustyurt geofizika ekspediciyasi»,   «Qo`ng`irot soda zavodi» MCHJ, «Taxiatosh IES» AJ, «Nukus polimer» MCHJ, «Qoraqalpoq cement» MCHJ, «Enter Engineering PTE.LTD ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik aloqalari yo`lga qo`yilgan.

Ta'lim yo'nalishlari

Elektr muhandisligi 60710500 Bakalavr
Ipakchilik va tutchilik 60810900 Bakalavr
Iqtisodiyot 60310100 Bakalavr
Logistika 61010400 Bakalavr
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi 61020200 Bakalavr
Metallurgiya muhandisligi 60711200 Bakalavr
Mexanika muhandisligi 60712300 Bakalavr
O‘simliklar himoyasi va karantini 60810500 Bakalavr
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish 60810100 Bakalavr
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish 60710900 Bakalavr

Mashhur bitiruvchilar

Asanov Azizbek Nazarbay uli

Asanov Azizbek Nazarbay uli 2023 yil Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti "Umumtexnika" fakulteti Kimyoviy texnologiya yo'nalishini bitirgan. 2021-2022 o'quv yilida Toʻlepbergen Qaipbergenov nomli nomdor davlat stipendiyasi sohibi