WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Qarshi shahar

Qashqadaryo viloyati

295,600

Aholi

11

Universitetlar

2

Muzeylar

8

Kutubxonalar

1

Aeroportlar

1

Temir yo'l vokzallari

Qarshi – zamonaviy yangi binolar qadimiy obidalar bilan uyg‘unlashib ketgan qiziqarli maskan.  Qarshi (Naxshab, Navtaka, Nasaf, Behbudiy)- Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyati markazi hisoblanadi. O’zbekistonda mashhur bo’lgan tarixiy, madaniy va iqtisodiy markazlardan biridir. Qarshi shahri Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro temir yoʻl va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda joylashgan. Qarshi Oʻzbekistonning qadimiy shaharlaridan biri. U turli davrlarda Bolo, Nashebolo, Naxshab, Navtaka, Nasaf, nomlari bilan yuritilib, XIV asrdan Qarshi deb atala boshlagan.
 

O’zbekiston Respublikasining Samarqand, Buxoro, Xiva, Termiz, Shahrisabz kabi qadimiy shaharlari kabi boy tarixi va madaniy merosiga ega bo‘lgan Qarshi shahri ham 2006-yilda UNESCO shafeligida o’zining 2700-yillik yubileyini nishonladi. Shaharga Iskandar Makedonskiyning o‘zi tashrif buyurganligi haqida afsonalar mavjud. Afsonada aytilishicha, shaharda mashhur jasur va so‘g‘d harbiy qo‘mondoni Spitamen tug‘ilgan. Uning jasoratidan Makedonskiy hayratda qolgan.

Bu qadimiy shahar nomining tarixi qiziq. Bobur toponimning tarixiniBoburnomaasarida tilga olgan. U shunday deb yozgan edi: “Yana bir tuman Qarshi boʻlib, u ham Nasaf va Nahshab deb ataladi. Qarshi - mogʻulcha nomi; qalʼa yoki maqbara moʻgʻulcha - “Qarshi”. Bu nom shu yerda oʻz qarorgohiga asos solgan Kepekxonning qurilish ishlarini aks ettiradi. Keyinchalik Amir Temur davrida shahar atrofida mudofaa devori barpo etilgan.

Qarshi juda maftunkor shahar. Qadimiy me’morchilik, go‘zal ko‘chalar, shahar markazidagi favvoralar, mehmondo‘st aholisi, lazzatli dasturxoni bilan barchani o‘ziga tortadi.

QARSHI SHAHRINING DIQQATGA SAZOVOR JOYLARI:

Qarshi shahrining me'moriy yodgorliklari

Abu Ubayda bin al-Jarroh ziyoratgohi

Qashqadaryo ko‘prigi

Odina madrasasi va masjidi

Ko‘kgumbaz masjidi

Qilichboy madrasasi

Xo‘ja Abdulaziz madrasasi

Qarshi sardobasi

Qarshi hammomlari

 

Qarshi shahridagi dam olish maskanlari

Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog'i

Vatanparvarlar bog'i

Qashqadaryo sohili

Navro'z maydoni

Mustaqillik maydoni

 

Shahardagi Zamonaviy bilimlarni olish uchun maskanlar

It park

It texno park

Inkubatsiya markazlari

 

 

Shaharda bo'sh vaqtni o'tkazishga mo'ljallangan joylar

Sport maydonlari

Cho'milish uchun suv havzalari

Teatrlar va kutubxonalar

Muzeylar va diqqatga sazovor maskanlar

Restoran va kafelar

 

Iqlim.Iqlimini dashtlarga xos deb taʼriflash mumkin, juda kam yogingarchilik va qurgoqchilik bilan xarakterlanadi. Yoz issiq, qishi esa ko‘pincha sovuq, ammo qorsiz.

Sovg’alar va suvenirlar.

Qarshiga kelganda diqqatga sazovor joylar tasvirlari tushirilgan suvenirlarni sotib olish mumkin. Shaharda mahalliy naqshlar bilan bezatilgan idishlar, lavhlar, o‘yma naqshli yog‘och sandiqchalar, mahalliy hunarmandlar tomonidan qimmatbaho va yarim qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlarini topish mumkin.

Oshxona (gastronomiya).

Qarshi shahrining xilma-xil va rang-barang taomlari bilan o‘z gastronomik xususiyatlariga ega. Agar dunyodagi eng mazali palovdan, ko‘mir cho‘g‘ida pishirilgan qo‘y go‘shtidan va tandir-kabobdan, og‘izda eriydigan issiq somsadan zavq olishni istasangiz – Qarshi shahriga keling.

Bu yerda eng ajoyib taomlardan biri, qadimgi zamonlardan bizgacha yetib kelgan retseptlar asosida tayyorlanadigan zira bilan pishirilgan qo‘y go‘shti – tandir go‘sht hisoblanadi. Tandir kabob tayyorlanishida ishlatiladigan qo‘y-qo‘zilar erta tongdan to qosh qoraygunga qadar 100 dan ortiq bo‘lgan turdagi o‘t-o‘lanlardan oziqlanadi, daryo o‘zani va buloqlardan suv ichadi. Shuningdek, ular har kuni 10−15 km masofada harakatlanib, o‘tlashi ulardan tayyorlanadigan tandir go‘shtining beqiyos mazali bo‘lishiga sabab hisoblanadi. Bundan tashqari, tandir kabob tayyorlanishida tabiiylikka ko‘proq e’tibor qaratiladi. Hech qanday zamonaviy ta’m beruvchi vositalarsiz, qayla, mayonezlarsiz faqatgina tog‘ archasi-yu, tog‘ zirasidan foydalaniladi.

Sizni befarq qoldirmaydigan mahalliy oshxonaning yana bir taomi – somsadir! Tandirdan yangi uzilgan somsaning sehrli hidini so‘z taʼriflashga ojiz. Somsa odatda pomidorli achchiq qayla bilan dasturxonga tortiladi. Bu yerda tayyorlangan rang-barang taomlar orasida Qashqadaryo palovi, chuchvara va no‘xat sho‘rvani alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, qatiqdan tayyorlangan betakror ichimlik – chalop ham shu yerda tayyorlanadi.

Qarshi shahar bozorlarida sotilayotgan o’ziga xos milliy qandolatchilik mahsulotlari: novvot, holva, parvardalar va nisholda, tandirda g’ozapoya chog’ida pishgan nonlar va patirlar, quruq va ho’l mevalar gastronomik jozibadorlikni yanada oshiradi.

Fotosuratlar sohalari.

Fotosuratlar har qanday sayohatning ajralmas qismi hisoblanadi! Ushbu bo‘limda sizni mazkur shaharning eng go‘zal joylari bilan tanishtiramiz.

Abu Ubayd ibn al-Jarroh yodgorlik majmuasi, Odina komleksi, Qashqadarayo ko’prigi, istirohat bo’g’lari va sohil bo’yi, favvoralar chiroyli va esdalik suratlarini olishga imkoniyat beradi. 

Qadimgi manbalarda Bolo, Nashebolo, Nikshopa, Naxshab, Nasaf nomlari bilan yuritilgan. XIV asrdan boshlab Qarshi deb yuritilgan.

Hozirgi Yerqo’rg’on o’rnida eng qadimgi davri, ya’ni miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda kichik bir turar joylar majmui sifatida paydo bo’lib, uning atrofi devor bilan o’rab olingan. Miloddan avvalgi VI asrda shahar atrofida odamlar kelib o’rnashishi natijasida umumiy maydoni ancha kengaygan va Naxshab deb atalgan. Makedoniyalik Aleksandr miloddan avvalgi 329-yilda Oksni, ya’ni Amudaryoni kechib o’tganda o’sha davrdagi So’g’dning poytaxti Marokanda yo’lida qadimgi Kesh va Naxshab turar edi. Albatta Aleksandr shaharni vayron qiladi. Miloddan avvalgi II-I asrlarda Zahhoki-Moron qal’asi bunyod etilib, uning atrofiga odamlar ko’chib kelib, shahar tusini oladi va u ham Naxshab deb ataladi. Milodiy V asrda Kidariylar davrida Qarorgoh bo’lib xizmat qilgan. Turk xoqonligi va Sosoniylar ittifoqining VI asrdagi Eftaliylar bilan bo’gan urushlari davrida Naxshab tamoman vayron bo’lgan. Oradan vaqt o’tgach odamlar hozirgi Shulliktepa atrofiga Qashqadaryoning chap qirg’og’iga ko’chib o’tganlar va baland mudofaa devori bilan o’ralgan shahar bunyod etganlar. Bu shahar ham Naxshab deb atalgan.

Arablar davrida X asrda shahar Nasaf deb atalib, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanib, o’ziga xos musulmon markazlaridan biriga aylanadi. O’z davrida Nasafdan juda ko’plab olimlar yetishib chiqqan.

Chingizxon qo’shini 1220-yilda shaharni vayron qiladi. Keyinchalik chingiziy hukmdorlardan Kepakxon poytaxtni ilk bor Movarounnahrga ko’chirmoqchi bo’ladi va shu maqsadda Nasafdan 5 km uzoqlikda bo’lgan joyda saroy qurdiradi. Yangi bunyod qilingan shaharni Qarshi deb ataydi. “Qarshi” so’zi mo’g’ul tilida saroy ma’nosini bildirgan. Kepakxon 1318-1326-yillarda xonlik qilgan. Bu joy hozirgi Qarshi shahrining 3-joyda o’rnashishi bo’ldi.

Shahar Buyuk Ipak yo‘li hududida joylashganligi sababli, bosqinchilar eʼtiborini doimo tortgan. Samarqand va Buxorodan Hindistonga yo‘l ham u orqali o‘tar edi.

Amir Temur davrida shaharga katta e’tibor berilib, g’isht va paxsa devorlar bilan o’rab olinadi. Bu davrda shahar mudofaa xandaqli 4 ko’prikli mustahkam qo’rg’on bo’lgan. Keyinchalik Ashtarxoniylar va Mang’itlar sulolalari davrida bo’lg’usi hukmdorlar, ya’ni taxt vorislari boshqaradigan viloyat maqomida bo’lgan. Buxoro amirligi davrida Qarshi beklikning markazi bo’lib, amirlikning muhim iqtisodiy markazlaridan biri bo’lgan.

Qarshida pul zarb qilinadigan zarbxona va porox ishlab chiqariladigan o’ziga xos korxonalar bo’lgan. Buxoro Rossiya imperiyasining protektoratiga aylangach, Samarqand, Jizzax kabi shaharlar Turkiston general gubernatorligi tarkibiga o’tib ketgach Qarshi amirliknning, deyarli, markaziy shaharlaridan biri bo’lib qildi.

Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi — madaniy-maʼrifiy muassasa boʻlib Qashqadaryo viloyatining madaniy hayoti, hududning oʻziga xos boʻlgan tarixi va madaniy hayotiga oid boʻlgan 38 mingdan ziyod eksponatlar mavjud.

Zamonaviy Qarshi shahri klassik arxitektura elementlarini va o'zining xususiy joylarini saqlab qolish bilan birga, yangi binolar, yuqori qavatli komplekslar va zamonaviy dizayn qo'llanishlarini uyg’unlashtiradi.

Qarshi shahri o’zining tarixiy muzeylari, zamonaviy binolari, ijtimoiy-madaniy maskanlari, istirohat bo’g’lari, ko’chalar va chiroqlar, savdo do’konlari, bozorlari, favvoralari, restoranlar va kafelar, mehmonxonalar, sport majmualari hamda o’zining tungi ko’rinishidagi jozibadorligi bilan ham mehmonlarni hayratga soladi.

Qarshi shahri aholisi mehmondo’st, ochiq ko’ngil va samimiy insonlar. Shaharda 2024-yil 1-yanvar holatiga ko’ra 295 600 nafar aholi istiqomat qiladi. Ularning ko’pchiligini yoshlar hamda o’rta yoshli aholi tashkil etadi.

Zamonaviy Qarshi innovatsion va iqtisodiy yangiliklarni qabul qilish va rivojlantirishga ajralib turadi. Bu shahar, yuqori sifatli biznes markazlari, savdo va servis sohalari, sanoat zonalar va innovatsion markazlar orqali iqtisodiy rivojlanishda o'ziga o'xshash joy olib boradi

Qarshi keng turizm potensaliga ega. Tarixiy joylar, madaniy meroslar, zamonaviy bog'lar va ziyoratgohlar shaharning turizmni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.

Qarshi ta'lim sohasida ham o'zini rivojlantirayotgan shahar. Universitetlar, akademiyalar va ilmiy markazlar shahar taraqqiyotida muhim o'rin egallaydi. Bu, ta'limning sifatini oshirish, yangi sohalarda innovatsiyalarni rivojlantirish va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda katta ro'lini o'ynaydi.

Zamonaviy Qarshi texnologiyalar va innovatsiyalar sohasida ham ilg'orlik ko'rsatmoqda. Sanoat, agrar soha, tibbiyot, va boshqa sohalarda yangi texnologiyalar, avtomatlashtirish va boshqa innovatsiyalar qo'llanilmoqda.

Shahar, atrof-muhitni saqlash, tabiiy resurslarni sarmoya qilish, energiya samaradorligini oshirish va ekologik qonunlar bilan mustahkamroq bo'lishga intiladi. Bu shahar fuqarolarining hayot sifatini oshirish, yangi imkoniyatlarni yaratish va ekologik turmush tarzini mustahkam qilishga yo'l qo'ymoqda.

Zamonaviy Qarshi, yuqori sifatli transport tarmoqlariga ega, shu jumladan avtomobil yoʻllarining, temir yoʻllarning va umumiy transport tarmoqlarining yanada rivojlanishi. shaharning transport infrastrukturasida zamonaviy texnologiyalar, axborot va kommunikatsiya tizimlari muhim o'rin egallaydi.

Xaritada ochish

Universitetlar