WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

Qarshi xalqaro universiteti

Qashqadaryo viloyati Nodavlat Veb-sayt

6,832

Talabalar

122

Xorijiy talabalar

151

O'qituvchilar

1

Fakultetlar

1

Kafedralar

2022

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

Qarshi xalqaro universiteti 2022-yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tashkil topgan.O‘zbekiston Respublikasidagi  Oliy ta’lim  markazlaridandir. Bizning maqsad talabalarga sifatli ta’lim+soft skills ya’ni  ta’lim berish bilan cheklanib qolmasdan, kerakli ko‘nikma berib, muhimi ularni imtihonga emas hayotga tayyorlash. Eng muhimi O‘zimizga ravo ko‘rgan eng yaxshi narsani o‘zgalarga ham ravo ko‘ramiz!

“Ta’lim tizimi”

Universitetning Muhandislik va pedagogika fakulteti tarkibidagi 3 ta kafedra orqali 10 ta yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi:

Kafedralar:
Iqtisodiyot va muhandislik
Ijtimoiy-gumanitar fanlar
Filologiya va tillarni o‘qitish
Yo‘nalishlar:
Iqtisodiyot
Neft va gaz ishi
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
Boshlang‘ich ta’lim
Maktabgacha ta’lim
Filologiya va tillarni o‘qitish
Psixologiya
Buxgalteriya hisobi
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
Dasturiy injiniring

Bu yo‘nalishlar orqali universitet zamonaviy talablar va bozor ehtiyojlariga mos keladigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi.

Talabalar kunduzgi, sirtqi shakllarda tahsil olishlari mumkin.

Universitetimizda iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga imkoniyat yaratish maqsadida dastur ishlab chiqilgan.Yuqori baholarga ega bo‘lgan talabalar uchun grant tizimi joriy etilgan bo‘lib, talabalarning ilmiy salohiyatini rivojlanishi va rahbarlik qobiliyatlarini shakllanishida yordam beradi.

Ilmiy faoliyat va innovatsiyalar

Universitetimizda ta’limning ilg‘or texnologiyalari va innovatsiyalaridan foydalangan holda, talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi.Dunyoning yetakchi universitetlari talabalari bilan fikr almashib o‘zlarining liderlik qobiliyatlarini shakllantirish uchun imkoniyatlar yaratilgan.

Tuzilmasi

Universitetning asosiy binosi, eng so‘nggi ta’lim texnologiyalari bilan jihozlangan   o‘quv xonalari, kutubxona

 

Xorijiy talabalar uchun

Chet ellik talabalarimiz uchun juda qulay va komfort bo‘lgan yotoqxonamiz mavjud. Yotoqxona Filialdan 100 m uzoqlikda joylashgan bo‘lib, atrofi tabiat va toza havo bilan boyitilgan.

Talabalar kirish vizasi
(oliy ta’lim muassasalararo almashish asosida — vaqtincha ta’lim olish davriga)

Talabalar kirish vizasi (oliy ta’lim muassasalararo almashish asosida — vaqtincha ta’lim olish davriga) O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan oliy ta’lim muassasalarida qisqa muddatda (oliy ta’lim muassasalararo almashishga binoan yoki oliy ta’lim muassasalararo o‘zaro aloqalar doirasida vaqtincha asosda) ta’lim oluvchi xorijiy talabalarga 1 yilgacha muddatga beriladi, o‘z tasarrufida ta’lim muassasasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi.

O‘quv kirish vizasi
(doimiy asosda — ta’lim davriga)

O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi xorijiy talabalarga 1 yilgacha muddatga beriladi, o‘z tasarrufida ta’lim muassasasiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalari, vazirliklar, idoralar va tashkilotlar iltimosnomalariga ko‘ra rasmiylashtiriladi.

Stipendiyalar

Xorijiy talabalar uchun stipendiya (yoki scholarship) mavjud emas.

Xorijiy talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi

Mahalliy va xorijiy talabalar uchun qabul tartibi bir xil.

 
Xorijiy talabalar uchun maxsus sharoitlar!
  • Bepul mehmonxona

  • Iqtidorli talabalar uchun Grant asosida o‘qish

  • Markaziy Osiyo madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniyati:
    🕌 Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy shaharlarga ekskursiyalar
    🏡 O‘zbek oilalarida yashash va milliy urf-odatlar bilan tanishish

🔬 Innovatsiya, fan, amaliyot — barchasi bir joyda!
Biz sizni global dunyo uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantiramiz. 

Xalqaro hamkorlik

Xalqaro hamkorlik

Bizning universitetimiz xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan faol hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Ayni paytda universitetimiz quyidagi nufuzli xalqaro universitetlar bilan hamkorlik bosqichida:

  • ICFAI University (Hindiston)

  • Turiba University (Latviya)

  • Gdańsk University (Polsha)

  • Mediterranea University (Italiya)

Ushbu hamkorliklar doirasida talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, malaka oshirish dasturlari va boshqa xalqaro loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Til kurslari

{}

Talabalar uchun imkoniyatlar

{La Universidad Internacional Karshi se fundó en 2022 en la ciudad de Karshi, región de Kashkadarya. Es uno de los centros de educación superior de la República de Uzbekistán. Nuestro objetivo es brindarles a los estudiantes no solo una educación de calidad + habilidades blandas, sino también las habilidades necesarias y, lo más importante, prepararlos para la vida, no para los exámenes. ¡Lo más importante es que deseamos a los demás lo mejor que deseamos para nosotros mismos!}

Fakultetlar

Agar siz muhandislik tafakkuri va pedagogik mahoratni birlashtirgan ta’limni izlayotgan boʻlsangiz, bizning universitet — siz uchun eng toʻgʻri tanlov.
Yagona, ammo kuchli fakultet quyidagi 3 kafedrani oʻz ichiga oladi:

🔹 Iqtisodiyot va muhandislik
🔹 Ijtimoiy va gumanitar fanlar
🔹 Filologiya va tillarni oʻqitish

📚 Ta’lim yoʻnalishlari:

  • Iqtisodiyot

  • Neft va gaz sohasi

  • Milliy gʻoya, ma’naviyat asoslari va huquqiy tarbiya

  • Boshlang‘ich ta’lim

  • Maktabgacha ta’lim

  • Filologiya va tillarni oʻqitish

  • Psixologiya

  • Buxgalteriya hisobi

  • Moliya va moliyaviy texnologiyalar

  • Dasturiy ta'minot ishlab chiqish

Ta'lim yo'nalishlari

Aktuar va moliyaviy matematika 70540103 Magistr
Boshlang‘ich ta’lim 60110400 Bakalavr
Buxgalteriya hisobi 60410200 Bakalavr
Dasturiy injiniring 60610400 Bakalavr
Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili 60230100 Bakalavr
Iqtisodiyot 60310100 Bakalavr Magistr
Lingvistika (ingliz tili) 70230101 Magistr
Lingvistika (rus tili) 70230101 Magistr
Lingvistika (rus tili) 70230101 Magistr
Maktabgacha ta’lim 60110200 Bakalavr
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 60111100 Bakalavr
Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410500 Bakalavr
Neft va gaz ishi 60721100 Bakalavr
Neft va gaz ishi (faoliyat turlari bo‘yicha) 60721800 Bakalavr
O‘zbek tili va adabiyoti 70111401 Bakalavr
Psixologiya (amaliy psixologiya) 60310900 Bakalavr