Qarshi davlat texnika universiteti
21,317
Talabalar
9
Xorijiy talabalar
810
O'qituvchilar
7
Fakultetlar
34
Kafedralar
1975
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Qarshi Davlat Texnika Universiteti (QDTU) 1975-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Qarshi filiali sifatida tashkil etilgan.
Qarshi davlat texnika universiteti (QDTU) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-428-sonli qarori bilan 2024-yilda qayta tashkil etildi. Universitet Qarshi va Shahrisabz shaharlaridagi 4 ta oliy ta’lim muassasasi negizida tuzildi.
O‘zbekiston Respublikasining janubida joylashgan zamonaviy texnik oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, muhandislik, energetika, axborot texnologiyalari va ishlab chiqarish yo‘nalishlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan.
Universitet texnik ta’limning amaliy va innovatsion modeliga asoslangan holda faoliyat yuritib, sanoat bilan integratsiyalashgan ta’lim tizimini rivojlantirib kelmoqda. QDTU bugungi kunda mintaqaning muhim ilmiy-ta’lim va texnologik rivojlanish markazlaridan biriga aylanib bormoqda.
Universitetning asosiy maqsadi — texnika, energetika, raqamli texnologiyalar, neft-gaz, qurilish va iqtisodiyot sohalari uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashdir.
QDTU barqaror rivojlanish tamoyillariga asoslangan holda:
- ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish,
- sanoat bilan hamkorlikni kengaytirish,
- xalqaro ta’lim va akademik almashinuvni rivojlantirish
orqali mintaqaviy va xalqaro miqyosda tan olingan texnik universitetga aylanishni maqsad qilgan.
Akademik va ilmiy salohiyat
Qarshi Davlat Texnika Universitetida:
- bakalavriat,
- magistratura,
- doktorantura
ta’lim bosqichlari mavjud.
Ta’lim yo‘nalishlari mehnat bozori ehtiyojlari asosida shakllantirilgan bo‘lib, muhandislik va texnologiyaga yo‘naltirilgan fanlar ustuvor hisoblanadi. Universitetda energetika, neft-gaz muhandisligi, IT va avtomatlashtirish, mashinasozlik, qurilish hamda iqtisodiy yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi.
Professor-o‘qituvchilar tarkibi tajribali mutaxassislar va yosh olimlardan iborat bo‘lib, talabalar ilmiy loyihalar, startaplar va amaliy tadqiqotlarga keng jalb etiladi.
Infratuzilma va innovatsiyalar
Universitetda zamonaviy ta’lim va ilmiy infratuzilma shakllantirilgan:
- zamonaviy auditoriyalar va laboratoriyalar,
- kompyuter va IT sinflari,
- ilmiy-tadqiqot markazlari,
- axborot-resurs markazi (kutubxona),
- sport majmualari,
- talabalar turar joylari.
QDTUda raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish, amaliy mashg‘ulotlarni kuchaytirish va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi.
Xalqaro hamkorlik
Qarshi Davlat Texnika Universiteti xalqaro hamkorlikni strategik yo‘nalish sifatida belgilagan. Universitet xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan:
- akademik almashinuv,
- qo‘shma ilmiy loyihalar,
- professor-o‘qituvchilar va talabalar mobiliteti
yo‘nalishlarida faol hamkorlik olib bormoqda.
Xalqaro konferensiyalar, seminarlar va grant dasturlarida ishtirok etish universitetning global akademik maydondagi nufuzini oshirmoqda.
Talabalar uchun imkoniyatlar
QDTU talabalari uchun quyidagi imkoniyatlar yaratilgan:
- ilmiy va innovatsion loyihalarda ishtirok etish,
- sanoat korxonalarida amaliyot o‘tash,
- startap tashabbuslarini rivojlantirish,
- sport, madaniy va ijtimoiy faoliyatlarda qatnashish,
- xalqaro almashinuv dasturlarida ishtirok etish.
Kelajak strategiyasi
Universitet o‘z rivojlanish strategiyasida quyidagi ustuvor maqsadlarni belgilagan:
- texnik va muhandislik ta’limi sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib chiqish
- ta’lim jarayonini to‘liq raqamlashtirish
- ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni kengaytirish
- xalqaro hamkor universitetlar sonini oshirish
- mintaqaviy sanoat uchun yetakchi kadrlar tayyorlash markaziga aylanish
Qarshi Davlat Texnika Universiteti texnika va innovatsiyalar orqali kelajakni barpo etishga intilayotgan yoshlarni, olimlarni va hamkorlarni ta’lim, ilm-fan va innovatsiya yo‘lida hamkorlikka chorlaydi.
Xorijiy talabalar uchun
Universitetimizda chet ellik talabalar uchun o‘zbek tilini o‘rganish kurslari tashkil etilgan. Shuningdek, ingliz, rus va nemis tillari bo‘yicha ham maxsus kurslar yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu kurslar talabalarning til ko‘nikmalarini rivojlantirish, xalqaro muloqot imkoniyatlarini kengaytirish va ta’lim jarayonida faol ishtirok etishlariga xizmat qiladi.
Darslar tajribali o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy va interaktiv metodlar asosida olib boriladi. Mashg‘ulotlar boshlang‘ich, o‘rta va yuqori darajalarda tashkil etilib, tinglovchilarning bilim darajasiga mos ravishda o‘qitiladi.

Xalqaro hamkorlik
Xalqaro hamkorlik
Qarshi davlat texnika universiteti xalqaro ta’lim va ilmiy hamkorlikni rivojlantirishni ustuvor yo‘nalishlardan biri deb biladi. Universitet Yevropa, Osiyo va MDH davlatlaridagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlar bilan faol hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik
Universitet Yevropa Ittifoqi, Hindiston, Malayziya, Belarus Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va boshqa davlatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan 80 dan ortiq ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari va memorandumlar imzolagan. Hamkor universitetlar orasida Vengriya, Polsha, Latviya, Ruminiya, Turkiya, Ispaniya, Chexiya, Belgiya, Bolgariya, Albaniya va Bosniya va Gersogovina oliy ta’lim muassasalari mavjud.
Talabalar akademik mobilligi
Qarshi davlat texnika universiteti talabalari Erasmus+ (ICM KA-171) dasturi doirasida Polsha, Ruminiya, Vengriya va Serbiya universitetlarida 1 semestrlik o‘quv almashinuvi dasturlarida muvaffaqiyatli tahsil olib kelishmoqda. Ushbu mobillik dasturlari talabalar bilimini oshirish, xalqaro tajriba va madaniyatlararo kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Xalqaro va qo‘shma grant loyihalari
Universitet Yevropa Ittifoqining Erasmus+ “Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE)” yo‘nalishidagi yirik loyihalarda faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, MechaUz loyihasi doirasida:
- “Mexatronika va robototexnika” ta’lim yo‘nalishi ochildi;
- Yevropa universitetlarida seminar va treninglar tashkil etildi;
- Zamonaviy laboratoriya jihozlari xarid qilindi.
Shuningdek, xalqaro hamkorlikdagi innovatsion va amaliy loyihalar orqali milliard so‘mlik grant mablag‘lari jalb etilgan.
Professor-o‘qituvchilar va xodimlar mobilligi
Universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari Yevropa Ittifoqi grantlari hamda milliy tanlovlar asosida AQSh, Hindiston, Turkiya, Latviya, Ruminiya, Vengriya, Tojikiston va boshqa davlatlarning nufuzli universitetlarida malaka oshirish va stajirovka dasturlarida ishtirok etib kelmoqdalar.
Xorijiy delegatsiyalar va xalqaro professorlar
Qarshi davlat texnika universitetiga muntazam ravishda xorijiy rasmiy delegatsiyalar tashrif buyuradi. Xitoy, Eron, Ruminiya, Polsha, Portugaliya, Rossiya va Vengriyadan kelgan professor-o‘qituvchilar universitetning o‘quv jarayoniga jalb etilib, talabalarga xalqaro tajriba asosida dars mashg‘ulotlari olib bormoqda.
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari
Xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Qarshi davlat texnika universiteti yangi xorijiy hamkorlarni jalb etish, qo‘shma va ikki diplomli (Double / Joint Degree) dasturlarni joriy etish hamda ingliz tilida o‘qitiladigan ta’lim dasturlari sonini oshirish ustida izchil ish olib bormoqda.
Universitet Erasmus+ va boshqa xalqaro dasturlar orqali akademik mobillikni kengaytirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini kuchaytirish hamda xorijiy talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun qulay, xalqaro talablarga mos ta’lim muhitini yaratishni o‘z oldiga ustuvor vazifa qilib qo‘ygan.
Til kurslari
Qarshi davlat texnika universitetida talabalar, yoshlar va tashqi tinglovchilar uchun xorijiy tillarni o‘qitishga alohida e’tibor qaratilgan. Universitetda ingliz, nemis, fransuz, rus, xitoy, koreys, turk va boshqa xorijiy tillar bo‘yicha zamonaviy o‘quv kurslari tashkil etilgan bo‘lib, ular xalqaro sertifikatlarga tayyorgarlik hamda xorijda ta’lim olish va ishlash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Universitetda Germaniyaning “Prosica GmbH” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Yoshlarni nemis tiliga o‘qitib, tartibli migratsiyaga yuborish” markazi tashkil etilgan. Mazkur markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–96-son qarori asosida faoliyat yuritib, dastlabki bosqichda Germaniyadan jalb qilingan 6 nafar malakali o‘qituvchi tomonidan 250 nafar yoshni nemis tiliga o‘qitishni yo‘lga qo‘ydi.
Loyiha doirasida Germaniyaning “Prosica GmbH” va Motiba kompaniyalari bilan hamkorlikda 2026-yilda 3 ming nafar, 2030-yilgacha esa 50 ming nafar yoshni nemis tiliga o‘qitish hamda Germaniyaning nufuzli kompaniyalariga ishga joylashtirish rejalashtirilgan. Bu tashabbus universitetning xalqaro hamkorligini rivojlantirish va bitiruvchilarning xalqaro mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Talabalar uchun imkoniyatlar
IQTIDORLI TALABALAR
2021 yilda Qashqadaryo viloyati hokimligining talabalar va magistrlar uchun Metsenat.uz saytida qiymati 1 mlrd. 800 mln. sо‘m bо‘lgan 6 ta yо‘nalishda “Innovatsion loyihalar” tanlovi e’lon qilindi. Tanlovda institut talabalari va magistrlari tomonidan 37 ta innovatsion loyiha taqdim etildi. Viloyat ishchi guruhi tomonidan har bir yо‘nalish bо‘yicha 3 tadan tanlov g‘oliblari aniqlandi. Ushbu tanlovda institut talabalari va magistrlari tomonidan taqdim etilgan 3 ta loyiha g‘olib deb topildi.
2021 yilning 12-13 mart kunlari Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida о‘tkazilgan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari oliy ta’lim muassasalari о‘rtasida hududiy “Innovatsion g‘oya va ishlanmalar” kо‘rgazmasida institut professor-о‘qituvchilari va talabalari 16 ta innovatsion ishlanmalar bilan faol ishtirok etishdi. Institutning 2-kurs talabasi Pо‘latov Navrо‘z Mirtemir о‘g‘li kо‘rgazma doirasida о‘tkazilgan “POWER OF INNOVATION” robototexnika sohasidagi eng yaxshi ishlanmalar tanlovida 1-о‘rinni egalladi va Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 15 mln. sо‘m pul mukofoti sohibi bо‘ldi.
Institutning iqtidorli iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida 2021 yil 28-30 aprel kunlari bо‘lib о‘tgan “Qishloq va suv xо‘jaligining zamonaviy muammolari” mavzudagi XX – yosh olimlar, magistrantlar va iqtidorli talabalarning ilmiy-amaliy anjumanida 71 ta ilmiy maqolalari chop etildi.
2021 yil “Shoir xalq qalbining tarjimoni” mavzusidagi “Mejdunarodnaya konferensiya akademicheskix nauk” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari tо‘plamida “QXM” yо‘nalishi 302-guruh talabasi Shirinboyev Xudoynazarning ilmiy maqolasi chop etildi.
2021 yil “Obrazovaniye i nauka v XXI veke” xalqaro ilmiy jurnalida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida “Yer kadastri va yerdan foydalanish” ta’lim yо‘nalishi 307-guruh talabasi Murtozova Dilorom Sherzod qizining ilmiy maqolasi chop etildi.
“Qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yо‘nalishi talabasi Shirinboyev Xudoynazarbek Tolib о‘g‘li 2021 yil 15-16 mart kunlari Buxoro viloyatida о‘tkazilgan “BIR ZAMIN-BIR MAQSAD” online yoshlar forumida faol ishtiroki uchun sertifikat, 29-30 aprel kunlari О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil – “О‘ZBEKISTON YOSHLAR FORUMI” doirasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “YOSHLAR KELAJAK POYDEVORI” online forumida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi.
2021 yil 18 mart kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida “22 mart - Butunjahon suv kuni” ga bag‘ishlab “Yer qadri” shiori ostida о‘tkazilgan tanlovda talabalar tomonidan 11 ta ilmiy kо‘rgazma va modellar tayyorlandi.
2021 yil 20 aprel kuni “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida “22 aprel – Butun ittifoq yer kuni” ga bag‘ishlab “Yer yoshlar kelajagi” shiori ostida о‘tkazilgan tanlovda talabalar tomonidan 17 ta ilmiy kо‘rgazma va modellar tayyorlandi. Unda “Yer kadastri va yerdan foydalanish” ta’lim yо‘nalishi 307-guruh talabasi D.Murtozova “Yer bizning yagona uyimiz” posterlar tanlovida 1-о‘rinni egalladi hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar о‘rtasida targ‘ib qilish hamda adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 502-sonli qaroriga asosan, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti “QXM” yо‘nalishi 302-guruh talabasi X.Shirinboyev “ABDULLA ORIPOV” nomidagi maxsus stipendiya sovrindoriga aylandi hamda diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida iyul oyida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari bо‘yicha tanlov e’lon qilinib, 16 nafar iqtidorli talabalardan hujjatlar yig‘ma jildi qabul qilindi va institut miqyosida tanlovning dastlabki bosqichi о‘tkazildi. Tanlov natijalariga kо‘ra, ikki nafar iqtidorli talabalarning sinov natijasidan olgan ballari, hujjatlari, tarjimai holi, о‘quv va ilmiy faoliyatida erishgan yutuqlari natijalariga kо‘ra Respublika bosqichiga tavsiya etildi.
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida noyabr oyida “Yil talabasi -2021” tanlovi bо‘lib о‘tdi. “Yil talabasi -2021” tanlovida 7 ta nominatsiya bо‘yicha 18 nafar talabalar ishtirok etishib, juda qizg‘in hamda kо‘tarinki ruhda bо‘lib о‘tdi. Jumladan, “Yilning о‘z mutaxassisligi bо‘yicha eng bilim-don talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha QXM fakulteti 3 kurs talabasi X.Shirinboyev 1-о‘rinni, QXM fakulteti 2 kurs talabasi A.Eshnazarov 2-о‘rinni, QXM fakulteti 2 kurs talabasi M.Almasova 3-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng faol tashabbuskor-targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha QXM fakulteti 3-kurs talabasi D.Murtozova 1-о‘rinni, SXM fakulteti 3 kurs talabasi О‘.Tо‘xtayev 2-о‘rinni, QXM fakulteti 3 kurs talabasi A.Abdu-samadov 3-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha QXM fakulteti 2 kurs talabasi S.Xazrat-qulov 1-о‘rinni, SXM fakulteti 3 kurs talabasi T.Shopulatov 2-о‘rinni, QXM fakulteti 2 kurs talabasi A.Davlatov 3-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha QXM fakulteti 2 kurs talabasi J.Ergashev 1-о‘rinni, SXM fakulteti 2 kurs talabasi O.Mannonov 2-о‘rinni, egallashdi. “Yilning eng yaxshi ijodkor talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha QXM fakulteti 3 kurs talabasi S.Mulkamalov 1-о‘rinni, QXM fakulteti 2 kurs talabasi AAsqarov 2-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng yaxshi bloger talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha QXM fakulteti 3 kurs talabasi O.Yarmanov 1-о‘rinni, QXM fakulteti 3 kurs talabasi D.Normurodov 2-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng namunali tadbirkor talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha SXM fakulteti 3 kurs talabasi S.Sag‘dullayeva 1-о‘rin-ni, SXM fakulteti 3 kurs talabasi A.Begimqulova 2-о‘rinni, QXM fakulteti 2 kurs talabasi K.Maxmayusupova 3-о‘rinni egalladi va bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.
2021 yil 24 dekabr kuni О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama-sining 2020 yil 9 martdagi “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 133-sonli Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida "Agro Start-up of the year" kо‘rik-tanlovi bо‘lib о‘tdi. Kо‘rik-tanlovda 20 dan ortiq “Star-up” loyihalari taqdim etildi. Unda institutning faol talabalaridan A.G‘ulomov faxrli 1-о‘rinni egallab, 500000 sо‘m pul mukofoti va 1-darajali diplomga, SH.Xudoyberdiyev va O.Yо‘ldoshevlar 2-о‘rinni egallab, 400000 sо‘m pul mukofoti va 2-darajali diplomga, D.Normurodov 3-о‘rinni egallab, 300000 sо‘m pul mukofoti va 3-darajali diplomga ega bо‘lishdi.
2022 yil 20 mart kuni institutida “22 mart - Butunjahon suv kuni” ga bag‘ishlab “Suv zar – suvchi zargar” shiori ostida о‘tkazilgan tanlovda 25 ta talaba-yoshlar 4 ta nominatsiya bо‘yicha sovrinli о‘rinlarni qо‘lga kiritdilar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Iqtidorli talaba-yoshlari tomonidan 2022 yilning 11-12 mart kunlari institutda “Suv resurslaridan samarali foydalanish: muammo va yechimlar (janubiy viloyatlarda sug‘oriladigan yerlar misolida)” mavzusida, 2022 yilning 15-16 aprel kunlari “Sirtqi ta’limda о‘qitishning innovatsion texnologiyalari: muammo va yechimlar” mavzularida Respublika miqyosida ilmiy-amaliy konferensiyalarda 52 ta ilmiy maqolalari chop etildi.
2021 yil 20 aprel kuni institutida “22 aprel– Butunittifoq yer kuni” ga bag‘ishlab о‘tkazilgan tanlovda talabalar tomonidan 21 ta ilmiy kо‘rgazma va modellar tayyorlandi. Unda “Yer kadastri va yerdan foydalanish” ta’lim yо‘nalishi talabasi D.Murtozova “Yer bizning yagona uyimiz” posterlar tanlovida 1-о‘rinni egalladi hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
2022 yilda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar о‘rtasida targ‘ib qilish hamda adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 502-sonli qaroriga asosan, institutning “CH va QXM” yо‘nalishi 302-guruh talabasi Sobirjon Mulkamolov “ABDULLA ORIPOV” nomidagi maxsus stipendiya sovrindoriga aylandi hamda diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
2022 yilda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari bо‘yicha tanlov e’lon qilinib, 17 nafar iqtidorli talabalardan hujjatlar yig‘ma jildi qabul qilindi va institut miqyosida tanlovning dastlabki bosqichi о‘tkazildi. Tanlov natijalariga kо‘ra, 8 nafar iqtidorli talabalarning sinov natijasidan olgan ballari, hujjatlari, tarjimai holi, о‘quv va ilmiy faoliyatida erishgan yutuqlari natijalariga kо‘ra Respublika bosqichiga tavsiya etildi. О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022 yil 19 dekabrdagi “2022/2023 о‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichi talabalariga О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash tо‘g‘risida”gi 413-sonli buyrug‘iga asosan, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti “Chorvachilik va qishloq xо‘jaligini mexaniza-siyalash” fakulteti 5430100 – “Qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Shirinboyev Xudoynazarbek Tolib о‘g‘li О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, 5430100 – “Qishloq xо‘jaligini mexanizatsiya-lashtirish” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabasi Almasova Munavvar Abdusamad qizi Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi, 5311001 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (suv xо‘jaligi) ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabasi Hamdamov Burgut-Ali Shodmon о‘g‘li Beruniy nomli davlat stipendiyasi sovrindori bо‘lishdi hamda diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
2022 yilning 27 iyunidan 7 iyuligacha “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida tashkil etilgan “Startap: nazariya, amaliyot, ilmiy tadqiqotlar va biznes integratsiyasi” mavzusidagi yozgi maktabda institutning 10 nafar iqtidorli talabalari faol ishtirok etishdi va “Talaba ish” nomli startap loyihasini ishlab chiqib, 1-о‘rinni egallashdi.
2022 yil 5-7 sentabr kuni о‘tkazilgan “InnoWeek-2022” Qashqadaryo viloyati hududiy innovatsion g‘oyalar kо‘rgazmasi doirasida “TECHNOWAYS” texnologik marafonibо‘yicha institutimiz talabasi B.Turdiyev faxrli 2-о‘rinni egalladi va О‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan sertifikat va 3D printeri bilan mukofotlandi.
2022 yil 25 sentabr kuni Samarqand shahrida "Best Publication" ilmiy-tadqiqotlari va yoshlarni qо‘llab-quvvatlash markazi tomonidan Mustaqil davlatlar hamdо‘stligi doirasida о‘tkazilgan “TASHABBUSKOR ISLOHOTCHI” tanlovida institutning “Chorvachilik va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 4 nafar talabalari Xazratqulov Sirojiddin Zoyirjon о‘g‘li, Almasova Munavvar Abdusamad qizi, Raupova Orasta Ikrom qizi, Karimova Inobat Umidjon qizilar faol ishtirok etib, estalik nishoni va nishon belgisi, guvohnoma, sertifikat, diplom, tashakkurnoma hamda qimmmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
2022 yilda 17-22 oktabr kunlari О‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan о‘tkazilgan “InnoWeyek-2022” Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasidagi “TECHNOWAYS” Texnologik rivojlanish marafonining Respublika bosqichida faol ishtirok etgani uchun institutining “Chorvachilik va qishloq xо‘jaligini mexaniza-siyalash” fakulteti 5311001 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomat-lashtirish va boshqarish (suv xо‘jaligi) ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi talabalari Bekzod Davron Normurodov, Asadbek Jabborovlar sertifikat bilan taqdirlandi.
Qashqadaryo viloyati hokimining 2022 yil 2 noyabrdagi “Axborot texnologiyalar sohasida “Istiqbolli IT–loyihalar (Ideathon)” viloyat hokimi sovrini uchun kо‘rik-tanlovni о‘tkazish tо‘g‘risida”gi 898-4-0-Q/22-sonli qarori asosida viloyat IT texnoparkida tashkil etilgan tanlovda institut talaba-yoshlari tomonidan shaxsiy texnologik biznesni yaratish va ishlab chiqilgan g‘oyani minimal hayotiy mahsulotga aylantirishga imkon beradigan 28 ta startap loyihalari taqdim etildi. Tanlovga 212 nafar iqtidorli yoshlar ishlanma-laridan 100 tasi tanlab olindi va ularning 15 nafarining loyihalari munosib deb topildi. Tanlov natijalariga kо‘ra, 2022 yil 24 dekabrda institutning “Gidromelioratsiya” fakulteti 60710400 – “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (suv xо‘jaligida)” ta’lim yо‘nalishi 2-kurs 210-guruh talabasi Isomiddinova Hulkar rahbarligidagi 3 nafar talaba-yoshlardan iborat bо‘lgan “Ekologlar” jamoasi Istiqbolli IT Loyihalar “IDEATHON” kо‘rik-tanlovining “Eng dolzarb muammoga yechim qilgan jamoa” nominatsiyasi bо‘yicha sovrinli sertifikatga ega bо‘ldi. Ular viloyat hokimligining statuetka, serifikat va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
2022 yil institutda bо‘lib о‘tgan “Yil talabasi-2022” tanlovida 36 nafar iqtidorli talabalar faol ishtirok etishdi. Unda “Yilning о‘z mutaxassisligi bо‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha “CH va QXM” fakulteti 4-kurs talabasi X.Shirinboyev 1-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 3-kurs talabasi B.Hamdamov 2-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 3-kurs talabasi S.Xazratqulov 3-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha “CH va QXM” fakulteti 4-kurs talabasi F.Yusupov 1-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 3-kurs talabasi M.Almasova 2-о‘rinni, “Gidromelioratsiya” fakulteti 4-kurs talabasi О‘.Tо‘xtayev 3-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha “CH va QXM” fakulteti 4-kurs talabasi B.Turdiyev 1-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 4-kurs talabasi A.Jabborov 2-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 4-kurs talabasi D.Normurodov 3-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha “CH va QXM” fakulteti 4-kurs talabasi A.Normatov 1-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 3-kurs talabasi J.Ergashev 2-о‘rinni, “Gidromelioratsiya” fakulteti 3-kurs talabasi O.Mannonov 3-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha “CH va QXM” fakulteti 4-kurs talabasi S.Mulkamalov 1-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 3-kurs talabasi O.Raupova 2-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 3-kurs talabasi T.Xolbotirov 3-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha “CH va QXM” fakulteti 3-kurs talabasi R.Ergasheva 1-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 2-kurs talabasi M.Tо‘rayeva 2-о‘rinni, “Gidromeliora-siya” fakulteti 4-kurs talabasi S.Sag‘dullayeva 3-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng faol iqtidorli talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha “CH va QXM” fakulteti 2-kurs talabasi I.Karimova 1-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 3-kurs talabasi O.Yо‘ldoshev 2-о‘rinni, “Gidromeliorayiya” fakulteti 3-kurs talabasi O.Mulkamolova 3-о‘rinni egallashi hamda bir martalik pul mukofotlari va diplomlar bilan taqdirlanishdi.
2023 yilda yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviy-axloqiy, jismoniy barkamol, о‘z yurtiga sadoqatli etib tarbiyalash maqsadida Qarshi davlat universitetida “Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch qudratimiz - Vatan uchun!” shiori ostida “Talabalar shou”si о‘tkazildi. О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni о‘tagan, harbiy qism qо‘mondonligi tomonidan berilgan tavsiyanomasiga asosan imtiyozli ravishda tо‘lov-kontrakt shakli bо‘yicha о‘qishga qabul qilinib, 2023-2024 о‘quv yili uchun tо‘lov-kontrakt summasining 35% miqdori tо‘langani tо‘g‘risida “Gidromelioratsiya” fakulteti 60812300 - “Suv xо‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabasi Rо‘zimurodov Hasan Baxtiyor о‘g‘liga 2,25 mln. sо‘mlik VAUCHER topshirildi.

2023 yil 20 mart kuni institutda “22 mart - Butunjahon suv kuni” ga bag‘ishlab “Suv zar – suvchi zargar” shiori ostida о‘tkazilgan “Suv zar - suvchi zargar” mavzusidagi posterlar tanlovida “Gidromelioratsiya” fakulteti 60812300 – “Suv xо‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs 306-guruh talabasi Sevara Sa’dullayeva faxrli 1-о‘rinni, “Chorvachilik va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 60810100 - “Qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabasi Sadoqat Suyarova faxrli 2-о‘rinni, “Chorvachilik va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 60711400 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabasi Farrux Sohibnazarov 3-о‘rinni egallashdi; “Suv xо‘jaligi sohasidagi innovatsion ishlanmalar” tanlovida “Gidromelioratsiya” fakulteti 60812300 – “Suv xо‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yо‘nalishi 2-kurs talabasi Jо‘rabek Mannonov faxrli 1-о‘rinni, 60812300 – “Suv xо‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Turdimurod Shopо‘latov faxrli 2-о‘rinni, 60710400 - “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” ta’lim yо‘nalishi 2-kurs talabasi Anvar Abduzoirov 3-о‘rinni egallashdi. Ular maxsus sertifikat, qimmatbaho sovg‘alar va 1 000 000 sо‘m, 800 000 sо‘m va 600 000 sо‘m miqdorida moddiy rag‘batlantirildi.
2023 yil 18-20 aprel kunlari “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida “22 aprel – Butunjahon yer kuni”ga bag‘ishlab “Sayyoramizga sarmoya kiriting” shiori ostida о‘tkazilgan tanlovlarda institut “Chorvachilik va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 3-kurs talabasi Sirojiddin Xazratqulov “GEOSIENCE” ilmiy maqolalar tanlovida faxrli 1-о‘rinni egalladi. U maxsus sertifikat, qimmatbaho sovg‘alar va 400 000 sо‘m miqdorida moddiy rag‘batlatirildi; “GEOMOVIE” videoroliklar tanlovida institut “Chorvachilik va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 3-kurs talabalari Zaytuna Xonimqulova faxrli 1-о‘rinni, Islom Saidmurodov esa faxrli 3-о‘rinni egallashdi. Ular maxsus sertifikat, qimmatbaho sovg‘alar va 400 000 sо‘m va 200 000 sо‘m miqdorida moddiy rag‘batlantirildi.

2023 yilda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Atoqli adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar о‘rtasida targ‘ib qilish hamda adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 502-sonli qaroriga asosan, institutning “Chorvachilik va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 60711400 - Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ta’lim yо‘nalishi 305-guruh talabasi Raupova Orasta Ikrom qizi “ABDULLA ORIPOV” nomidagi maxsus stipendiya sovrindoriga aylandi hamda diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
2023 yilda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari bо‘yicha tanlov e’lon qilinib, 18 nafar iqtidorli talabalardan hujjatlar yig‘ma jildi qabul qilindi va institut miqyosida tanlovning dastlabki bosqichi о‘tkazildi. Tanlov natijalariga kо‘ra, 8 nafar iqtidorli talabalarning sinov natijasidan olgan ballari, hujjatlari, tarjimai holi, о‘quv va ilmiy faoliyatida erishgan yutuqlari natijalariga kо‘ra Respublika bosqichiga tavsiya etildi. О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023 yil 4 dekabrdagi “2023/2024 о‘quv yili uchun Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichi talabalariga О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash tо‘g‘risida”gi 516-sonli buyrug‘iga asosan, “TIQXMMI” MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti “Chorvachilik va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 5430100 – “Qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Almasova Munavvar Abdusamad qizi О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, 5410700 – “Yer kadastri va yerdan foydalanish” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Davlatov Abdullajon Davlat о‘g‘li Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi, 5410700 – “Yer kadastri va yerdan foydalanish” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Nosirov Jahongir Komil о‘g‘li Beruniy nomli davlat stipendiyasi sovrindori bо‘lishdi hamda diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
2023 yilda Muhtaram Prezidentimizning 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomalarida ta’lim sifatini oshirish bо‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish, 2023 yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ularni ta’lim olishda yanada yuqori kо‘rsatkichlarga erishishiga undash maqsadida Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining qarori bilan, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun 2023-2024 о‘quv yili uchun “Viloyat hokimi stipendiyasi” joriy etildi. Viloyat hokimi stipendiyasi bо‘yicha tanlov 6 nafar iqtidorli talabalardan hujjatlar yig‘ma jildi qabul qilindi. Institut miqyosida tanlovning dastlabki bosqichi о‘tkazildi va 3 nafar iqtidorli talabalarning hujjatlari viloyat bosqichiga topshirildi. Viloyat bosqichi natijalariga kо‘ra, institutning “Chorvachilik va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 60811300 - Qishloq xо‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs 307-guruh talabasi Abdurahmonova Lazokat Abdivohid qizi “Viloyat hokimi stipendiyasi” sovrindori bо‘ldi. Viloyat bо‘yicha 14 nafar g‘oliblarga 2023-2024 о‘quv yilining sentabr oyidan iyun oyigacha har oy bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari miqdorida stipendiya tо‘lanmoqda.

2023 yilda “Uzbekistan GTL” kompaniyasi tomonidan о‘tkazilayotgan 5-tur stipendiyalar tanlovida institutning 32 nafar iqtidorli talabalari ishtirok etdi. Stipendiyalar tanlovida ishtirok etgan 3061 nafar viloyat oliy ta’lim muassasalari talabalaridan 16 nafari “Uzbekistan GTL” kompaniyasi stipendiyasiga sazovor bо‘ldi. Institutning “Chorvachilik va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 60711400 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabasi Ulug‘murodov Elshod Abdusalim о‘g‘li “Nazorat о‘lchov asboblari va avtomatika” yо‘nalishida 2023-2024 о‘quv yili bо‘yicha “Uzbekistan GTL” kompaniyasi stipendiyasi sovrindori bо‘ldi hamda diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
2023 yil 17-20 oktabr kunlari “TIQXMMI” MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida о‘tkazilgan “InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar kо‘rgazmasi doirasida “Innovatsion maketlar” tanlovida 60711400 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabasi Ulug‘murodov Elshod Abdusalim о‘g‘li faxrli 1-о‘rinni, 60811600 – “Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi” ta’lim yо‘nalishi 2-kurs talabasi Xolmurotov Asror Yashin о‘g‘li 2-о‘rinni, 60711400 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabasi Turdiyev Botir Bahodir о‘g‘li 3-о‘rinni egalladi; “Videoroliklar” tanlovida 60812500-“Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Umurzaqov Bobomurod Akbar о‘g‘li 1-о‘rinni, 60812300-“Suv xо‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Haqberberdiyev Yoqubjon Mansur о‘g‘li 2-о‘rinni, 60812500-“Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi G‘ulomov Azizbek Muso о‘g‘li 3-о‘rinni egalladi; “Zakovat” intellektual tanlovida 1-о‘rinni “Innovatsiya” jamoasi, jamoa a’zolari – 60810600 - “Yer kadastri va yerdan foydalanish” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabasi Maxmatqulov Doston Yusufali о‘g‘li, 60811300-“Qishloq xо‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabasi Habibullayev Husan Shokirjon о‘g‘li, 60810600 - “Yer kadastri va yerdan foylanish” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabasi Bazarbayeva Gо‘zal Rustamovna, 60811300 - “Qishloq xо‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabasi Norboyev Sirojiddin Abdurahmon о‘g‘li egalladi. 2-о‘rinni “Lochin” jamoasi, jamoa a’zolari – 60711400-“Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabalari Ulug‘murodov Elshod Abdusalim о‘g‘li, Erkinov Sherbek Ulug‘bek о‘g‘li, Aynazarov Boburbek Ilhom о‘g‘li, Shoymardonov Olmos Almardon о‘g‘li egalladi. 3-о‘rinni 70810101-“Qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalashtirish” magistratura mutaxassisligi 1-kurs magistri Yusupov Fuzayl Farxod о‘g‘li, 60812500-“Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Samadov Yigitali Asamali о‘g‘li, 60412300-“Suv xо‘jaligini tashkil etish va boshqarish” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabasi Sayfullayev Sirojjon Ikrom о‘g‘li, 60812500-“Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” ta’lim yо‘nalishi 2-kurs talabasi Narzullayev Quvonchbek Dilshod о‘g‘li egalladi; “Posterlar” tanlovida 60722600 - “Geodeziya va geoinformatika” ta’lim yо‘nalishi 3-kurs talabasi Karimova Inobat Umidbek qizi 1-о‘rinni, 5410700-“Yer kadastri va yerdan foydalanish” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Qahhorov Elbek Karimovich 2-о‘rinni, 5410700-“Yer kadastri va yerdan foydalanish” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Davlatov Abdulla Davlat о‘g‘li 3-о‘rinni egalladi; “Startap loyihalari” tanlovida 60811600-“Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi” ta’lim yо‘nalishi 2-kurs talabasi Tojiyev Qodirbek Ikromovich 1-о‘rinni, 60811600-“Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi” ta’lim yо‘nalishi 2-kurs talabasi Xolmurodov Asror Yashin о‘g‘li 2-о‘rinni, 60812200-“О‘simlikshunoslik” ta’lim yо‘nalishi 1-kurs talabasi Fatxullayev Abdulla Ziyodulla о‘g‘li 3-о‘rinni egalladi; “Ilmiy maqolalar” tanlovida 60810600-“Yer kadastri va yer tuzish” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Poyonova Javohirbonu Zoxid qizi 1-о‘rinni, 60812300-“Suv xо‘jaligi va melioratsiya” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi G‘avsiyeva Saida Umar qizi 2-о‘rinni, 60710400- “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Mulkamolova Ozoda Orol qizi 3-о‘rinni egalladi. Ular maxsus sertifikat, qimmatbaho sovg‘alar va 450 000 sо‘m, 350 000 sо‘m va 200 000 sо‘m miqdorida moddiy rag‘batlantirildi.
2023 yilda Shahrisabz shahrining markazida “Yangi О‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostidagi Qashqadaryo vtloyati hokimligi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Qashqadaryo hududiy boshqarmasining ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda mavjud muammolar yechimlariga qaratilgan innovatsion va startap loyihalar tanlovida institutning “Chorvachilik va qishloq xо‘jaligini mexanizatsiyalash” fakulteti 60711400 – “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs talabasi Davron Normurodov g‘olib bо‘ldi va 100,0 mln. sо‘mlik VAUCHER bilan taqdirlandi.

Qashqadaryo viloyati hokimining 2022 yil 2 noyabrdagi “Axborot texnologiyalar sohasida “Istiqbolli IT - loyihalar (Ideathon)” viloyat hokimi sovrini uchun kо‘rik-tanlovni о‘tkazish tо‘g‘risida”gi 898-4-0-Q/22-sonli qarori asosida viloyat IT Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki Direksiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy filiali tomonidan tashkil etilgan tanlovda institut talaba-yoshlari tomonidan shaxsiy texnologik biznesni yaratish va ishlab chiqilgan g‘oyani minimal hayotiy mahsulotga aylantirishga imkon beradigan 17 ta startap loyihalari taqdim etildi. Tanlov natijalariga kо‘ra, 2023 yil 18 dekabrda institutning “Gidromelioratsiya” fakulteti 60812500 – “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” ta’lim yо‘nalishi 4-kurs 405-guruh talabasi Shermamatov Yusufxon Shokir о‘g‘li rahbarligidagi 3 nafar talaba-yoshlardan iborat bо‘lgan “Infinity” jamoasi Istiqbolli IT Loyihalar “IDEATHON” kо‘rik-tanlovida faxrli 1-о‘rinni egallab, maxsus DIPLOM ega bо‘ldi. Ular viloyat hokimligining statuetka, serifikat va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

2023 yil institutda bо‘lib о‘tgan “Yil talabasi-2023” tanlovida 78 nafar iqtidorli talabalar faol ishtirok etishdi. Unda “Yilning о‘z mutaxassisligi bо‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha “CH va QXM” fakulteti 4-kurs talabasi A.Davlatov 1-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 4-kurs talabasi J.Nosirov 2-о‘rinni, “Gidromelioratsiya” fakulteti 3-kurs talabasi D.Abduvaliyev 3-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha “Gidromelioratsiya” fakulteti 2-kurs talabasi N.Bobojonov 1-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 3-kurs talabasi M.Tо‘rayeva 2-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 4-kurs talabasi T.Xolbotirov 3-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha “Gidromelioratsiya” fakulteti 3-kurs talabasi YO.Haqberdiyev 1-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 3-kurs talabasi E.Ulug‘muro-dov 2-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 2-kurs talabasi B.Kattabekov 3-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng faol sportchi talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha “Gidro-melioratsiya” fakulteti 2-kurs talabasi H.Shaxiyev 1-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 2-kurs talabasi S.Naimova 2-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng faol ijodkor talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha “Gidromelioratsiya” fakulteti 3-kurs talabasi O.Beg‘amov 1-о‘rinni, “Gidromelioratsiya” fakulteti 3-kurs talabasi SH.Muhidinov 2-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 3-kurs talabasi R.Pardayev 3-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha “CH va QXM” fakulteti 3-kurs talabasi I.Karimova 1-о‘rinni, “CH va QXM” fakulteti 3-kurs talabasi N.Turg‘unboyeva 2-о‘rinni, “Gidromelioratsiya” fakulteti 2-kurs talabasi R.Rizvonov 3-о‘rinni egallashdi. “Yilning eng faol iqtidorli talabasi” nominatsiyasi bо‘yicha “CH va QXM” fakulteti 3-kurs talabasi S.Pardayeva 1-о‘rinni, “Gidromeliora-siya” fakulteti 4-kurs talabasi M.Toshmurodova 2-о‘rinni, “Gidromeliora-siya” fakulteti 3-kurs talabasi M.Qodirova 3-о‘rinni egallashdi. Ular, ya’ni 1-о‘rin g‘oliblariga bazaviy hisoblash miqdorining 8 barobari miqdorida, 2-о‘rin g‘oliblariga bazaviy hisoblash miqdorining 6 barobari miqdorida, 3-о‘rin g‘oliblariga bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobari miqdorida moddiy rag‘batlantirildi, maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Fakultetlar
Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti haqida umumiy ma’lumot
Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti Qarshi davlat texnika universiteti tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-dekabrdagi PQ–428-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Fakultet sobiq Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali negizida shakllantirilgan.
Fakultet oziq-ovqat sanoati, qayta ishlash texnologiyalari hamda zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari uchun yuqori malakali muhandis va texnolog mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan. Ta’lim jarayonlari zamonaviy o‘quv dasturlari asosida nazariya va amaliyot uyg‘unligida olib boriladi.
Fakultet ishlab chiqarish korxonalari bilan yaqin hamkorlik asosida talabalar uchun amaliyot va stajirovka imkoniyatlarini taqdim etadi. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Fakultet tarkibidagi kafedralar
Fakultet tarkibida quyidagi kafedralar faoliyat yuritadi:
Sanoat axborot texnologiyalari va turizm
Sanoat muhandisligi va menejment
Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari
Fakultetda oziq-ovqat sanoati va texnologiya sohalari bo‘yicha zamonaviy bakalavriat dasturlari amalga oshiriladi:
Oziq-ovqat texnologiyasi (yog‘-moy mahsulotlari; don mahsulotlari)
Vinochilik texnologiyasi, bijg‘ish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi
Funksional va bolalar oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi
Parfyumeriya va kosmetika mahsulotlari texnologiyasi
Yog‘lar, efir moylari hamda parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi
Aholi va turistlar uchun ovqatlanish hamda servisni tashkil etish
Magistratura mutaxassisliklari
Magistratura bosqichida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi:
Oziq-ovqat texnologiyasi
Oziq-ovqat xavfsizligi
Oziq-ovqat sanoati mashinalari va agregatlari
Xalqaro va amaliy yo‘naltirilgan ta’lim
Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakultetida ta’lim jarayoni zamonaviy texnologiyalar, innovatsion ishlab chiqarish yechimlari hamda amaliy mashg‘ulotlar asosida tashkil etilgan. Talabalar real ishlab chiqarish jarayonlariga yaqinlashtirilgan bilim va ko‘nikmalarni egallaydilar.
Fakultet oziq-ovqat sanoati, servis va texnologik yo‘nalishlarda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda bitiruvchilarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.
Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt fakulteti Qarshi davlat texnika universitetining zamonaviy va jadal rivojlanayotgan fakultetlaridan biri hisoblanadi. Fakultet axborot texnologiyalari, dasturiy injiniring, telekommunikatsiya hamda sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan.
Mazkur fakultet tarixan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali negizida shakllangan. 2024-yil 10-dekabrdagi PQ–428-son qaroriga muvofiq Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etilishi natijasida filial “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” fakulteti sifatida qayta tashkil etildi.
Fakultet zamonaviy raqamli iqtisodiyot, axborot jamiyati va innovatsion texnologiyalar rivoji uchun zarur bo‘lgan muhandis va IT mutaxassislarni tayyorlashda muhim o‘rin egallaydi.
Fakultet tarkibidagi kafedralar
Fakultet tarkibida quyidagi ixtisoslashgan kafedralar faoliyat olib boradi:
Kompyuter tizimlarining dasturiy va texnik ta’minoti
Optik aloqa tizimlari va tarmoqlar
Axborot tizimlari va texnologiyalari
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari
Fakultetda zamonaviy IT bozori talablariga mos bakalavriat dasturlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi:
Kompyuter injiniringi
Telekommunikatsiya texnologiyalari
Axborot tizimlari va texnologiyalari
Axborot xavfsizligi
Dasturiy injiniring
Pochta aloqasi texnologiyalari
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasbiy ta’lim
Magistratura mutaxassisliklari
Magistratura bosqichida chuqurlashtirilgan ilmiy va muhandislik tayyorgarligi amalga oshiriladi:
Sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlari
Kompyuter injiniringi (kompyuter tizimlarini loyihalash)
Telekommunikatsiya injiniringi (axborot uzatish tizimlari va tarmoqlar)
Zamonaviy infratuzilma
Fakultet talabalari uchun zamonaviy o‘quv laboratoriyalari, kompyuter sinflari hamda raqamli texnologiyalar asosidagi ta’lim muhiti yaratilgan. Talabalarning qulay yashashi uchun 540 o‘rinli zamonaviy Talabalar turar joyi faoliyat ko‘rsatadi.
Talabalar turar joyida dam olish, mustaqil ta’lim, internetdan foydalanish va ijtimoiy-madaniy faoliyat uchun barcha sharoitlar mavjud.
Xalqaro va amaliy yo‘naltirilgan ta’lim
Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt fakultetida ta’lim jarayoni zamonaviy dasturlash texnologiyalari, tarmoq tizimlari, kiberxavfsizlik hamda raqamli yechimlar asosida tashkil etilgan. O‘quv jarayonlari amaliyot bilan uyg‘unlashtirilgan bo‘lib, talabalar real IT loyihalar va innovatsion ishlanmalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega.
Fakultet xalqaro hamkorlik va akademik mobillikni rivojlantirish orqali bitiruvchilarning global mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.
Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti Qarshi davlat texnika universitetining muhim akademik bo‘linmalaridan biri bo‘lib, iqtisodiyot, menejment, moliya va raqamli iqtisodiyot sohalari uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan.
Fakultet o‘z faoliyatini 1992-yildan boshlagan bo‘lib, hududda iqtisodiy ta’lim va boshqaruv sohalarini rivojlantirishda muhim o‘rin egallab kelmoqda. Universitetning tarixiy rivojlanish bosqichlari natijasida fakultet bugungi kunda “Iqtisodiyot va boshqaruv” nomi bilan faoliyat yuritmoqda.
Ko‘p yillik faoliyati davomida fakultet bitiruvchilari respublika hamda xorijiy davlatlardagi turli tashkilotlar, moliya institutlari va biznes tuzilmalarida muvaffaqiyatli mehnat qilib kelmoqda.
Fakultet tarkibidagi kafedralar
Fakultet tarkibida quyidagi ixtisoslashgan kafedralar faoliyat olib boradi:
Buxgalteriya hisobi va audit
Innovatsion iqtisodiyot
Biznes va boshqaruv
Moliya va bank ishi
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari
Fakultetda zamonaviy mehnat bozori talablariga mos bakalavriat dasturlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi:
Iqtisodiyot
Logistika (iqtisodiy faoliyat)
Raqamli iqtisodiyot
Suv resurslarini tashkil etish va boshqarish
Menejment
Statistika
Buxgalteriya hisobi
Bank ishi
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
Magistratura mutaxassisliklari
Magistratura bosqichida chuqurlashtirilgan nazariy va amaliy tayyorgarlikka ega mutaxassislar tayyorlanadi:
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
Mintaqaviy iqtisodiyot
Menejment
Buxgalteriya hisobi
Audit
Moliya
Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori
Investitsiyalarni boshqarish
Xalqaro va amaliy yo‘naltirilgan ta’lim
Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetida ta’lim jarayoni zamonaviy axborot texnologiyalari, raqamli iqtisodiyot yondashuvlari hamda amaliy mashg‘ulotlar asosida tashkil etilgan. Talabalar real biznes jarayonlari, moliyaviy tahlil, boshqaruv strategiyalari va raqamli iqtisodiyot mexanizmlarini o‘rganadilar.
Fakultet xalqaro hamkorlik, akademik almashinuv va innovatsion loyihalar orqali talabalarni global mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh mutaxassislar sifatida tayyorlashni maqsad qilgan.
Neft-gaz va geologiya fakulteti Qarshi davlat texnika universitetining muhim va strategik fakultetlaridan biri hisoblanadi. Fakultet o‘z faoliyatini 1995 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti hamda Toshkent politexnika institutining Qarshi filiallari negizida tashkil etilgan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti tarkibida “Muhandis-texnika” fakulteti sifatida boshlagan.
2013 yil avgust oyida oliy ta’lim muassasasining yangi tashkiliy tuzilmasiga o‘tilishi munosabati bilan fakultet “Neft va gaz” fakulteti sifatida qayta tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-dekabrdagi PQ–428-sonli qarori asosida Qashqadaryo viloyatidagi to‘rtta oliy ta’lim muassasasi negizida Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etildi hamda universitetda “Neft va gaz” hamda “Geologiya va konchilik ishi” fakultetlari birlashtirilib, hozirgi kunda “Neft-gaz va geologiya” fakulteti nomi bilan faoliyat yuritmoqda.
Fakultet tarkibi
Neft-gaz va geologiya fakulteti tarkibida quyidagi 4 ta kafedra faoliyat olib boradi:
Neft-gaz ishi va ularni qayta ishlash texnologiyasi
Texnologik mashinalar va jihozlar
Geologiya va konchilik ishi
Tabiiy fanlar
Ta’lim yo‘nalishlari
Fakultetda zamonaviy sanoat talablariga mos, amaliyotga yo‘naltirilgan hamda texnologik va muhandislik kompetensiyalariga asoslangan bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:
Neft va gaz ishi
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi
Neft-gaz kimyo sanoati texnologiyasi
Texnologik mashinalar va jihozlar
Qurilish muhandisligi (neft-gaz sanoati obyektlari)
Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi
Konchilik ishi
Marksheyderlik ishi
Metallurgiya muhandisligi
Magistratura mutaxassisliklari (o‘zbek tilida):
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi
Neft va gaz konlarini ishlatish va ulardan foydalanish
Neft-gaz konlari mashina va jihozlarini ekspluatatsiya qilish
Neft va gaz quduqlarini burg‘ilash
Foydali qazilma konlarini qazib olish muhandisligi
Foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash
Foydali qazilma konlari geologiyasi (qidiruv va razvedka)
Nodir va radioaktiv metall rudalarini qazib olish, qayta ishlash va boyitish texnologiyasi
Metallurgiya
Neft-gaz sanoati mashinalari va jihozlari
Xalqaro va amaliy yo‘naltirilgan ta’lim
Neft-gaz va geologiya fakultetida ta’lim jarayoni zamonaviy laboratoriyalar, ilg‘or texnologiyalar hamda ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan o‘quv dasturlari asosida tashkil etilgan. Fakultet neft-gaz sanoati, geologiya va konchilik yo‘nalishlarida real ishlab chiqarish jarayonlariga yaqinlashtirilgan amaliy ta’limni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi.
Shuningdek, fakultet xalqaro hamkorlik, ilmiy loyihalar va akademik mobillik dasturlari orqali talabalarni global mehnat bozori talablariga mos mutaxassislar sifatida tayyorlashni maqsad qilgan.
Energetika muhandisligi fakulteti Qarshi davlat texnika universitetining muhim va strategik fakultetlaridan biri hisoblanadi. Fakultet o‘z faoliyatini 1995 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti hamda Toshkent politexnika institutining Qarshi filiallari negizida tashkil etilgan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti tarkibida “Muhandis-texnika” fakulteti sifatida boshlagan.
2013-yil avgust oyida oliy ta’lim muassasasining tashkiliy tuzilmasi yangilanishi munosabati bilan fakultet “Energetika” fakulteti sifatida qayta tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil
10-dekabrdagi PQ–428-sonli qarori asosida Qashqadaryo viloyatidagi to‘rtta oliy ta’lim muassasasi negizida Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etildi va fakultet hozirgi kunda “Energetika muhandisligi” fakulteti nomi bilan faoliyat yuritmoqda.
Fakultet tarkibi
Energetika muhandisligi fakulteti tarkibida quyidagi 5 ta kafedra faoliyat olib boradi:
- Elektr ta’minoti va intellektual energetik tizimlar
- Energetika muhandisligi
- Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
- Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish
- Oliy matematika
Ta’lim yo‘nalishlari
Fakultetda zamonaviy mehnat bozori talablariga mos bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:
Energetika muhandisligi
Elektr muhandisligi
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (sanoatda)
Magistratura mutaxassisliklari:
Sanoat issiqlik energetikasi
Energiya tejamkorligi va energiya auditi
Elektr energetikasi tizimlari va tarmoqlari
Elektr mexanikasi
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
Elektr ta’minoti
Muqobil energiya manbalari
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
Xalqaro va amaliy yo‘naltirilgan ta’lim
Energetika muhandisligi fakulteti ta’lim jarayonida zamonaviy laboratoriyalar, raqamli texnologiyalar hamda xalqaro tajribaga asoslangan o‘quv dasturlaridan foydalanadi. Fakultet xalqaro grantlar, akademik mobillik va sanoat bilan hamkorlik orqali talabalarni global mehnat bozoriga tayyorlashni maqsad qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-maydagi 437-son qarori asosida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali tashkil etildi. Keyinchalik, Prezidentning PQ–42-son (2021-yil 10-dekabr) qaroriga muvofiq filial negizida Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Prezidentning PQ–428-son (2024-yil 10-dekabr) qarori asosida Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etilib, irrigatsiya, gidromelioratsiya, gidroenergetika hamda ekologiya yo‘nalishlari izchil rivojlantirilmoqda.
Irrigatsiya muhandisligi yo‘nalishi suv resurslarini boshqarish, gidrotexnika inshootlarini loyihalash va ekspluatatsiya qilish, tejamkor sug‘orish texnologiyalari hamda raqamli va geoaxborot tizimlariga asoslangan zamonaviy muhandislik yechimlariga ixtisoslashgan.
Akademik baza va kafedralar
Yo‘nalish bo‘yicha ta’lim jarayoni quyidagi ixtisoslashgan kafedralar ishtirokida amalga oshiriladi:
Irrigatsiya va melioratsiya
Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalari
Agrotexnologiyalar
Ekologiya va gidrologiya
Gumanitar fanlar
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari
Yo‘nalish doirasida zamonaviy mehnat bozori talablariga mos bakalavriat dasturlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi:
Gidrotexnika inshootlari qurilishi (suv xo‘jaligi)
Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalarini ekspluatatsiya qilish
Gidroenergetika muhandisligi
Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash
Avtomobil va traktorsozlik
Kasbiy ta’lim (qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash)
Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnika va texnologiyalarni qo‘llash
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi
Atrof-muhit muhandisligi (sanoat sohasi)
Geodeziya, kartografiya va kadastr
Geodeziya va geoinformatika
Kartografiya va masofadan zondlash
Kadastr
Agronomiya
O‘simliklarni himoya qilish va karantin
Zooinseneriya
Meva-sabzavotchilik va uzumchilik
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi
O‘rmon xo‘jaligi va urbanizatsiya hududlarini ko‘kalamzorlashtirish
Magistratura mutaxassisliklari
Magistratura bosqichida yuqori malakali ilmiy va muhandis kadrlar tayyorlanadi:
Nasos stansiyalari va qurilmalarini ekspluatatsiya qilish va diagnostika
Gidrotexnika inshootlari
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash (o‘simlikchilik)
Sanoat korxonalarida atrof-muhit muhofazasi
Atrof-muhit muhandisligi
Kadastr (mutaxassis tayyorlash dasturlari)
Organik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi
O‘rmon xo‘jaligi
Manzarali bog‘dorchilik va landshaft dizayni
Xalqaro va amaliy yo‘naltirilgan ta’lim
Irrigatsiya muhandisligi yo‘nalishida ta’lim jarayoni zamonaviy laboratoriyalar, raqamli texnologiyalar, geoaxborot tizimlari hamda ilg‘or muhandislik dasturlari asosida tashkil etilgan. O‘quv jarayonlari ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan bo‘lib, talabalar real loyihalar, amaliy mashg‘ulotlar va ilmiy tadqiqotlarda faol ishtirok etadilar.
Yo‘nalish suv xo‘jaligi, gidroenergetika, ekologiya va raqamli qishloq xo‘jaligi sohalarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda bitiruvchilarning global mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan.
Transport va qurilish muhandisligi fakulteti Qarshi davlat texnika universitetining tarixan shakllangan, muhim va strategik fakultetlaridan biri hisoblanadi. Fakultet o‘z faoliyatini 1975 yildan boshlab olib borgan bo‘lib, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar asosida bir necha bor qayta tashkil etilgan.
1995 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti hamda Toshkent politexnika institutining Qarshi filiallari negizida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti tashkil etilgach, “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash”, “Gidromelioratsiya” va “Yer tuzish” fakultetlari birlashtirilib, Agromuhandislik fakulteti tashkil etildi. Keyingi yillarda fakultet “Qishloq va suv xo‘jaligi muhandisligi”, “Muhandis-texnika” hamda “Muhandislik texnikasi” nomlari bilan faoliyat yuritdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-dekabrdagi PQ–428-sonli qarori asosida Qashqadaryo viloyatidagi to‘rtta oliy ta’lim muassasasi negizida Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etildi va fakultet hozirgi kunda “Transport va qurilish muhandisligi” fakulteti nomi bilan faoliyat olib bormoqda.
Fakultet tarkibi
Transport va qurilish muhandisligi fakulteti tarkibida quyidagi 5 ta kafedra faoliyat olib boradi:
Transport muhandisligi
Gidravlika va muhandislik inshootlari qurilishi
Metrologiya va materialshunoslik muhandisligi
Kimyo muhandisligi va biotexnologiya
Umumtexnik fanlar
Ta’lim yo‘nalishlari
Fakultetda zamonaviy mehnat bozori talablariga mos, amaliyotga yo‘naltirilgan va muhandislik kompetensiyalariga asoslangan kunduzgi bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:
Transport muhandisligi
Qurilish muhandisligi
Yo‘l muhandisligi
Arxitektura
Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari
Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi
Transport vositalari muhandisligi
Yo‘l harakatini tashkil etish
Metrologiya va standartlashtirish
Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi
Mexanika muhandisligi
Kimyo muhandisligi
Kimyoviy texnologiyalar
Biotexnologiya
Muhandislik kommunikatsiyalari va qurilish ekspluatatsiyasi
Yengil sanoat muhandisligi
Magistratura mutaxassisliklari:
Quruqlikdagi transport vositalari va tizimlari
Transport muhandisligi
Gidrotexnik inshootlar
Gidravlika
Gidroelektr va nasos stansiyalarini ekspluatatsiya qilish
Gidroenergetika muhandisligi
Gidrotexnik inshootlarning ekspluatatsiyasi, ishonchliligi va xavfsizligi
Kimyoviy texnologiya (yuqori molekulali birikmalar)
Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar texnologiyasi)
Kimyoviy texnologiya (organik moddalar texnologiyasi)
Katalizatorlar va adsorbentlar texnologiyasi
Kimyoviy texnologiya jarayonlari va apparatlari
Biotexnologiya
Xalqaro va amaliy yo‘naltirilgan ta’lim
Transport va qurilish muhandisligi fakultetida ta’lim jarayoni zamonaviy laboratoriyalar, raqamli modellashtirish va loyihalash texnologiyalari hamda xalqaro tajribaga asoslangan o‘quv dasturlari orqali olib boriladi. Fakultet sanoat korxonalari, loyiha institutlari va xalqaro hamkorlar bilan yaqin hamkorlik asosida talabalarni real muhandislik muammolarini hal qilishga va global mehnat bozoriga tayyorlashni maqsad qilgan.
Ta'lim yo'nalishlari
| Agronomiya 60810400 | Magistr |
| Arxitektura 60730100 | Bakalavr |
| Atrof-muhit muhandisligi 60711800 | Magistr |
| Axborot tizimlari 70610103 | Magistr |
| Axborot tizimlari va texnologiyalari 60610100 | Bakalavr |
| Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60610100 | Bakalavr |
| Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi 60611300 | Bakalavr |
| Bank ishi 60410600 | Bakalavr |
| Barqaror-aqilli qishloq xo’jaligi 60810400 | Bakalavr |
| Bino va inshootlar qurilishi (inshootlar turi bo‘yicha) 70730301 | Magistr |
| Biotexnologiya 60710200 | Magistr |
| Biotexnologiya 70510103 | Magistr |
| Buxgalteriya hisobi 60410200 | Bakalavr |
| Dasturiy injiniring 60610400 | Bakalavr |
| Dasturiy injiniring | Magistr |
| Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi 60520200 | Bakalavr |
| Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60710400 | Bakalavr |
| Elektr muhandisligi 60710500 | Bakalavr |
| Elektronika va asbobsozlik 60710700 | Bakalavr |
| Energetika muhandisligi. 60710400 | Bakalavr |
| Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi 60720400 | Bakalavr |
| Geodeziya va geoinformatika 60721500 | Bakalavr |
| Gidroenergetika 60710600 | Bakalavr |
| Gidrologiya (o‘rganish obyektlari bo‘yicha) 70530801 | Magistr |
| Gidrologiya (tarmoqlar bo‘yicha) 60530800 | Bakalavr |
| Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish | Bakalavr |
| Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish 60812500 | Bakalavr |
| Gidrotexnika qurilishi (turlari bo‘yicha) 60730900 | Bakalavr |
| Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi 60730600 | Bakalavr |
| Iqtisodiyot 60310100 | Bakalavr |
| Iqtisodiyot 70410102 | Magistr |
| Iqtisodiyot (matematik iqtisodiyot) 60310100 | Bakalavr |
| Kadastr 60721700 | Bakalavr |
| Kartografiya va masofadan zondlash 60721600 | Bakalavr |
| Kimyo muhandisligi 60710100 | Bakalavr |
| Kimyo muhandisligi. 70710101 | Magistr |
| Kimyoviy texnologiya 70710101 | Bakalavr Magistr |
| Kompyuter injiniringi 70610301 | Magistr |
| Kompyuter injiniringi 60610300 | Bakalavr |
| Kompyuter injiniringi (АТ-servis, aхborot xavfsizligi, multimedia texnologiyalari) 60610500 | Bakalavr |
| Konchilik ishi 60720800 | Bakalavr |
| Logistika 61010400 | Bakalavr |
| Materialshunoslik 60720300 | Bakalavr |
| Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi 61020200 | Bakalavr |
| Meliorativ gidrogeologiya 60812600 | Bakalavr |
| Menejment 70410801 | Magistr |
| Menejment 60410800 | Bakalavr |
| Metallurgiya muhandisligi 60711200 | Bakalavr |
| Metrologiya va standartlashtirish 60710800 | Bakalavr |
| Mexanika muhandisligi 60712300 | Bakalavr |
| Mexatronika va robototexnika 60711000 | Bakalavr |
| Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410400 | Bakalavr |
| Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410500 | Bakalavr |
| Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va ekspluatatsiyasi. 60730400 | Bakalavr |
| Neft va gaz ishi 60721100 | Bakalavr |
| Neft va gaz ishi (faoliyat turlari bo‘yicha) 60721800 | Bakalavr |
| Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi 60720600 | Magistr |
| Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi 70720601 | Magistr |
| Oziq-ovqat texnologiyasi. 60720100 | Bakalavr |
| O‘simliklar himoyasi va karantini 70810501 | Magistr |
| O‘simliklar himoyasi va karantini 60810500 | Bakalavr |
| O‘simliklar karantini va himoyasi 60811000 | Bakalavr |
| Professional ta’lim: yer kadastri va yer tuzish 60112400 | Bakalavr |
| Qayta tiklanuvchi energiya manbalari 60712100 | Magistr |
| Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar bo‘yicha) 70810101 | Bakalavr |
| Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha) 60811300 | Bakalavr |
| Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi. 60810700 | Bakalavr |
| Qurilish inshootlari muhandisligi 70730304 | Bakalavr |
| Qurilish muhandisligi 70730301 | Magistr |
| Qurilish muhandisligi 60730300 | Bakalavr |
| Soliqlar va soliqqa tortish 60410300 | Bakalavr |
| Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60410700 | Bakalavr |
| Sun'iy intelekt 70610701 | Magistr |
| Sun'iy intellekt 60610500 | Bakalavr |
| Sun'iy intellekt 60610500 | Magistr |
| Sun’iy intellekt 70610501 | Magistr |
| Sun’iy intellekt 60610500 | Bakalavr |
| Sun’iy intellekt (magistratura) 70610501 | Magistr |
| Suv ta’minoti muhandislik tizimlari 60812900 | Bakalavr |
| Suv xo‘jaligi va melioratsiya 60811200 | Bakalavr |
| Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”) 60611000 | Bakalavr |
| Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”, Teleradioeshittirish”, “Mobil tizimlar”) 60611000 | Bakalavr |
| Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari) 60710900 | Bakalavr |
| Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish 60710900 | Bakalavr |
| Texnologik mashinalar va jihozlar 60720400 | Bakalavr |
| Transport vositalari muhandisligi 60711400 | Bakalavr |
| Transport vositalari muhandisligi (transport vositalariga xizmat ko‘rsatish) 60712500 | Bakalavr |
| Transport vositalari muhandisligi. 70711401 | Magistr |
| Turizm va mehmondo'stlik 71010101 | Magistr |
| Yengil sanoat muhandisligi 60720700 | Bakalavr |
| Yer kadastri va yer tuzish 60811600 | Bakalavr |
| Yer kadastri va yerdan foydalanish 60810600 | Bakalavr |
| Yo'l muhandisligi 60730500 | Magistr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Qarshi davlat texnika universiteti
Elektr muhandisligi
9 000 000 so'm
yiliga
Qarshi davlat texnika universiteti
Transport vositalari muhandisligi (transport vositalariga xizmat ko‘rsatish)
9 000 000 so'm
yiliga
Qarshi davlat texnika universiteti
Qurilish muhandisligi
9 600 000 so'm
yiliga
Qarshi davlat texnika universiteti
Menejment
13 200 000 so'm
yiliga
Qarshi davlat texnika universiteti
Biotexnologiya
9 600 000 so'm
yiliga
Qarshi davlat texnika universiteti
Qurilish muhandisligi
10 800 000 so'm
yiliga
Qarshi davlat texnika universiteti
Menejment
13 200 000 so'm
yiliga
Qarshi davlat texnika universiteti
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi
10 000 000 so'm
yiliga
Qarshi davlat texnika universiteti
Kimyoviy texnologiya
10 000 000 so'm
yiliga
Qarshi davlat texnika universiteti
Kompyuter injiniringi
10 000 000 so'm
yiliga
Qarshi davlat texnika universiteti
Iqtisodiyot
13 200 000 so'm
yiliga
Qarshi davlat texnika universiteti
Iqtisodiyot
13 200 000 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
Nuriddin Zayniyev Zayniyevich
Zafar Ro'ziyev Sharipovich
Shuxrat Aslanov Chariyevich
Normumin Xolboyev Yaxshiyevich
To‘xtamurod Meyliyev Abdixalikovich
Jasur Shukurov Nigmatovich
Ibrat Ismailov Ilxomovich
Berdiyev Abdumalik Xakimovich
Norinov Faxriyor Qurbonovich
Farmonov Jasur Boyqarayevich
Talabalar fikri
Amonov Lazizjon
Inatova Maftuna
Chinori Tokita
Lia Baltador
G‘aniyev Asadbek
Eui Seob Song