Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Inson resurslarini boshqarish
Dastur haqida
INSON RESURSLARI VA MAHALLA TARAQQIYOTINI BOSHQARISH INSTITUTI
60411400 – Inson resurslarini boshqarish
Bu yo‘nalishda tahsil olgan talabalar iqtisodiy va boshqaruvga oid fanlarni mukammal o‘rganadi.
|
Kredit |
Jami soat |
Auditoriya soati |
Kurs ishi |
Malakaviy amaliyot |
Mustaqil ta’lim |
||||
|
Jami |
Ma’ruza |
Amaliy |
Laboratoriya |
Seminar |
|||||
|
240 |
7200 |
2610 |
1208 |
1390 |
|
12 |
|
420 |
3420 |
1-bosqichda milliy iqtisodiyotda axborot texnologiyalari, matematikadan praktikum, o`zbek (rus tili), xorijiy til, O`zbekistonning yangi tarixi fanlari hamda mutaxassislik bo`yicha iqtisodiyot nazariyasi fani o`tiladi.
2-bosqichdan boshlab ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish korxona va tashkilotlarida malakaviy ishlab chiqarish amaliyotini o‘taydilar.
3, 4-bosqichda malakaviy amaliyotdan tashqari to`liq mutaxassislik fanlari o`qitiladi.
4 yillik o‘qishni muvaffaqiyatli bitirgandan so‘ng talabalarga inson resurslarini boshqarish bo`yicha mutaxassislik beriladi.
1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
GPA ko‘rsatkichi har yili avgust oyining uchinchi haftasida aniqlanadi.
Tanlov fanlari bloki OTM Kengashi qarori bilan mehnat bozori va kadrlar buyurtmachilarining talablari, moslanuvchanligi va harakatchanligini ta'minlovchi fanlar majmuasidan belgilanadi.
O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 % gacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10% gacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.
Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.
O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta'lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
Nazariy va amaliyot yaxlitligini ta'minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
Jismoniy tarbiya va sport fani fakultativ kurs sifatida talabaning ixtiyoriy tanlovi asosidagi sport seksiyalarida tashkil etiladi.
Kurs ishlari shu fanga ajratilgan mustaqil ta'lim soatlari hisobidan I kredit asosida bajariladi.
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestr |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
116 |
1-8 |
|
Attestatsiyalar |
24 |
1-8 |
|
Fanlarni tanlash uchun ro‘yxatdan o‘tish |
4 |
1,3,5,7 |
|
Amaliyot |
12 |
4,6,7 |
|
Yakuniy davlat attestatsiyalari |
4 |
8 |
|
Ta’til haftalari |
41 |
1-8 |
|
GPA ko‘rsatkichini hisoblash |
3 |
2,4,6 |
|
Jami |
204 |
|
TA’TIL VAQTI:
- 1-kurs:
- dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1-haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)
- iyun oyining 2-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 10.06.2024-02.09.2024)
- 2-kurs:
-dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1-haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)
- iyul oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 01.07.2024-02.09.2024)
- 3-kurs:
-dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1-haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)
- iyul oyining 1-haftasidan sentabr oyigacha (2024-yil uchun 01.07.2024-02.09.2024)
- 4-kurs:
-dekabr oyining 5-haftasidan yanvar oyining 1-haftasi (2024-yil uchun 25.12.2023-07.01.2024)
- iyul oyining 1-haftasidan iyul oyi oxirigacha.
FANLAR
- Milliy iqtisodiyotda axborot texnologiyalari
- Matematikadan praktikum
- O`zbek (rus tili)
- Xorijiy til
- O`zbekistonning yangi tarixi
- Iqtisodiyot nazariyasi
- Iqtisodchilar uchun matematika
- Biznes asoslari
- Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish
- Mehnat statistikasi
- Rekrutment
- Marketing
- Ekonometrikaga kirish
- Mikroiqtisodiyot
- Makroiqtisodiyot
- Menejment
- Raqamli iqtisodiyot
- Buxgalteriya hisobi
- Inson resurslarini boshqarish
- Global iqtisodiy rivojlanish
- Inson kapitali iqtisodiyoti
- Kadrlarni innovatsion boshqarish
- Mehnat iqtisodiyoti
- Jahon iqtisodiyoti va XIM
- Falsafa
- Innovatsion menejment
- Personal motivatsiyasi
- Inson resurslari iqtisodiyoti
- Sifat menejmenti
- Xodimlar bilan munosabatlarni boshqarish
- Ijtimoiy soha iqtisodiyoti
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Menejment
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Iqtisodiyot
14 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Marketing
14 000 000 so'm
yiliga
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Iqtisodiyot
62 937 500 so'm
yiliga
Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti
Moliya va moliyaviy texnologiyalar
40 000 000 so'm
yiliga
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
Iqtisodiyot
15 000 000 so'm
yiliga