Termiz davlat pedagogika instituti
11,275
Talabalar
7
Xorijiy talabalar
336
O'qituvchilar
6
Fakultetlar
20
Kafedralar
2022
Tashkil etilgan
Video va rasmlar
Universitet haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5-martdagi 170-son «Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filialini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qaroriga asosan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filiali sifatida tashkil etilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 16-martdagi 141-son qarori bilan Filial va Termiz davlat universitetining pedagogika ta'lim sohasi negizida Termiz davlat universitetining Pedagogika institutiga aylantirilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21-iyundagi PQ-289-son qarori bilan Termiz davlat pedagogika instituti tashkil qilingan.
Hozirgi kunda institutda 332 nafar professor-oʻqituvchi faoliyat yuritmoqda. Shundan 58 nafar professor-oʻqituvchilar ilmiy darajagi ega. Ilmiy salohiyat 18.6 % ni tashkil etadi.
2023-2024 oʻquv yilida institutda 9 ta fakultet, magistratura boʻlimi, sirtqi (maxsus sirtqi) boʻlim va 20 ta kafedra faoliyat yuritmoqda.
Institut professor-oʻqituvchilari tomonidan 2023-yilda chop ettirilgan ilmiy maqola va tezislar soni jami 943 tani, shulardan Scopus va Web of Science bazalarida indekslangan jurnallarda 12 ta, OAK e'tirof etgan Xalqaro ilmiy jurnallarda 304 ta, OAK e'tirof etgan Respublika ilmiy jurnallarida 248 ta, Xalqaro ilmiy anjumanlar toʻplamlarida 172 ta va Respublika ilmiy anjumanlari toʻplamlarida 196 tani tashkil etmoqda. Shu bilan bir qatorda professor-oʻqituvchilar va xodimlar tomonidan Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligidan 59 ta dasturiy mahsulotlarga mualliflik guvohnomalari qoʻlga kiritildi hamda 11 ta monografiyalar chop etildi. Termiz davlat pedagogika institutida hozirgi kunda 3 nafar professor oʻqituvchilar va 5 nafar dosent unvonidagi oʻqituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. Shu bilan birga 6 nafar professor-oʻqituvchilar dissertasiya ishlarini yakunlab, himoyaga tayyorgarlik koʻrmoqdalar (F.Toshpoʻlatov, A.Umarov, S.Koʻcharov, G.Xolboeva va Gʻ.Salomov).
Institut professor-oʻqituvchi va xodimlaridan 139 nafari mustaqil tadqiqotchi maqomida tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Shulardan ; 11 nafari fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun, 128 nafari falsafa doktori (Phd) ilmiy darajasini olish uchun, jumladan:
-13.00.00-Pedagogika fanlari ixtisosligidan jami 121 ta, shundan 8 tasi (DSc) va 113 tasi (PhD);
-10.00.00-Filologiya fanlari ixtisosligidan jami 11 ta, shundan 2 tasi (DSc) va 9 tasi (PhD);
-19.00.00-Psixologiya fanlari ixtisosligidan jami 6 ta, shundan 1 tasi (DSc) va 5 tasi (PhD);
-11.00.00-Geografiya fanlari ixtisosligidan 1 ta (PhD);
Institutda 40 nafar tayanch doktorantura, PhD maqomida tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Jumladan:
02.00.14- Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi 3 nafar
10.00.02 - Oʻzbek adabiyoti 5 nafar
11.00.05- Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish 3 nafar
13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi 9 nafar
13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar boʻyicha) 14 nafar
19.00.05-Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya 3 nafar
19.00.06- Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi 3 nafar.
Xorijiy talabalar uchun
Til kurslari
Hurmatli talabalar!
Termiz davlat pedagogika institutiga xush kelibsiz!
Sizning institutimizga qiziqish bildirganingizdan mamnunmiz. Biz bilan tahsil olish nafaqat sifatli ta’lim olish, balki kasbiy rivojlanish, yangi do‘stlar orttirish va unutilmas taassurotlarga ega bo‘lish imkonini beradi. Institutimizda o‘quv jarayoni bilan bir qatorda turli madaniy, ma’rifiy va sport tadbirlari muntazam tashkil etiladi. E’lonlarni kuzatib boring, tadbirlarda faol ishtirok eting va institut hayotining faol a’zosiga aylaning.
Xalqaro hamkorlik bo‘limi chet el talabalari va tinglovchilarga quyidagi yo‘nalishlarda amaliy yordam ko‘rsatadi:
O‘zbekistonga kelgandan so‘ng ro‘yxatdan o‘tish jarayoni
Viza va immigratsiya hujjatlarini rasmiylashtirish
Talabalar turar joyiga joylashish yoki ijara uy topishda ko‘mak
Shahar va diqqatga sazovor joylar bo‘yicha tanishtiruv tadbirlari
Shuni yodda tutish muhimki, xalqaro talabalar o‘qish bilan bir qatorda migratsiya talablari va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilishlari shart. O‘zbekistonga kelgan barcha chet el fuqarolari 72 soat ichida vaqtinchalik yashash manzili bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Viza olish tartibi:
Elchixona yoki konsullik orqali – agar mamlakatingizda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasi mavjud bo‘lsa.
Elektron viza (e-visa) – ayrim davlat fuqarolari evisa.mfa.uz sayti orqali onlayn murojaat qilishlari mumkin. Elektron viza 30 kungacha amal qiladi va bir martalik kirish uchun beriladi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin:
Email:terdpi@terdpi.uz
Tel/Telegram/WhatsApp: +998 94 922 27 17
Xalqaro til kurslari va sertifikatlar
Institutda til o‘rganish va til darajasini xalqaro miqyosda tasdiqlash uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. ETS (Educational Testing Service) hamda iTEP (International Test of English Proficiency) bilan hamkorlik asosida TOEFL iBT va iTEP xalqaro imtihonlari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Mazkur loyiha doirasida maktab, professional ta’lim va kasb-hunar muassasalari bitiruvchilari hamda o‘qituvchilarning til ko‘nikmalarini aniqlash va ularni xalqaro testlarga tayyorlash ishlari yo‘lga qo‘yilgan. TOEFL iBT yoki iTEP sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlar institutning bakalavriat va magistratura yo‘nalishlariga hujjat topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, ushbu sertifikatlar pedagog xodimlarga amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida ustamalar olish imkonini beradi.
Rus tiliga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganini inobatga olib, institutda TRKI (TORFL) C1 darajasi bo‘yicha xalqaro imtihonlar ham tashkil etilgan. Ushbu imtihonlar Herzen State Pedagogical University of Russia hamkorligida o‘tkaziladi.
Termiz davlat pedagogika instituti sizning akademik va kasbiy rivojlanishingizni qo‘llab-quvvatlashga doimo tayyor. Xalqaro hamkorlik bo‘limi jamoasi barcha jarayonlarda sizga amaliy yordam ko‘rsatadi va institutimizda qulay hamda samarali ta’lim olishingiz uchun zarur sharoitlarni yaratadi.
Xalqaro hamkorlik
Xalqaro hamkorlik va reytinglar yo‘nalishida erishilgan natijalar Times Higher Education platformasining THE Impact Rankings reytingida Termiz davlat pedagogika instituti tomonidan Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) bo‘yicha zarur ma’lumotlar taqdim etildi. Natijalarga ko‘ra: SDG 1 (Qashshoqlikka barham berish) – 801–1000-o‘rin SDG 2 (Ochlikka qarshi kurash) – ma’lumotlar topshirilgan SDG 4 (Sifatli ta’lim) – 401–600-o‘rin SDG 5 (Gender tengligi) – 201–300-o‘rin SDG 10 (Tengsizlikni kamaytirish) – 601–800-o‘rin SDG 13 (Iqlim o‘zgarishi) – ma’lumotlar joylashtirish rejasiga kiritilgan Umumiy natijalarga ko‘ra, institut 2024-yilda 1001+, 2025-yilda esa 1500+ toifasida qayd etildi. UI GreenMetric World University Rankings reytingida institut ekologik barqarorlik, infratuzilma va “yashil” rivojlanish yo‘nalishlarida faol ishtirok etib kelmoqda. 2025-yil may oyida e’lon qilingan natijalarga ko‘ra institut dunyo bo‘yicha 892-o‘rinni egalladi. 2026-yil uchun barcha ma’lumotlar portalga to‘liq yuklanib, yangi natijalarga ko‘ra institut 790-o‘ringa ko‘tarildi. Asosiy yo‘nalishlar kesimida: Setting and Infrastructure – 800-o‘rin Energy and Climate Change – 790-o‘rin Waste – 675-o‘rin Water – 550-o‘rin Transportation – 1150-o‘rin Education and Research – 1250-o‘rin Shuningdek, QS World University Rankings reytingida ishtirok etish maqsadida institut tomonidan rasmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi va tizimda institut sahifasi ochildi. Hozirda 2026-yil reytingi uchun zarur statistik va akademik ma’lumotlar bazasini shakllantirilib portalga yuklandi. Umuman olganda, Termiz davlat pedagogika instituti so‘nggi yillarda ta’lim sifati, ilmiy salohiyat, ijtimoiy mas’uliyat va ekologik barqarorlik yo‘nalishlarida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida nufuzli xalqaro reyting platformalarida o‘z mavqeini mustahkamlab bormoqda. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2023-yil 16-avgustdan 2026-yilning birinchi yarmiga qadar Termiz davlat pedagogika institutida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatini rivojlantirish yo‘l xaritasiga muvofiq, Janubiy Koreya, AQSh, Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya, Xitoy, Polsha, Italiya va Tojikistondan 46 nafar xorijiy professor-o‘qituvchi jalb qilindi. Ular pedagogika, psixologiya, filologiya, ekologiya, tarix, texnologiya, kimyo, fizika, STEAM ta’limi kabi yo‘nalishlarda dars va mashg‘ulotlar olib bordilar. Bu bilan PF–5847-son farmonga muvofiq, professorlar ulushi 6,73% ni tashkil etib, belgilangan 5% dan yuqori natija qayd etildi. Institutda hozirgi kunda 7 nafar xorijiy talaba tahsil olmoqda, ularning aksariyati Tojikistondan bo‘lib, boshlang‘ich ta’lim, maktabgacha ta’lim hamda o‘zga tilli guruhlarda rus tili yo‘nalishlarida (kunduzgi va sirtqi) ta’lim olmoqda. Institut tomonidan Rossiya, Belarus, Turkiya, Qozog‘iston va Malayziya davlatlarining yetakchi OTMlari bilan 61 ta memorandum va hamkorlik shartnomasi imzolangan. Hamkorlik doirasida akademik almashuv, qo‘shma tadqiqotlar, konferensiyalar va malaka oshirish dasturlari amalga oshirilmoqda. Educational Testing Service bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida maktab bitiruvchilari, o‘qituvchilar va abituriyentlar uchun til darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari tashkil etiladi. Loyiha ishtirokchilari TOEFL ITP sertifikatini qo‘lga kiritish hamda institutning bakalavriat va magistratura yo‘nalishlariga hujjat topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Professor–o‘qituvchilar Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya va Polsha davlatlarida ilmiy–amaliy konferensiyalar, malaka oshirish kurslari va qo‘shma loyihalarda ishtirok etishdi. Jami 2025/2026 yilgi o'quv yilida jami 52 nafar professor-o‘qituvchi xorijiy xizmat safarida bo‘ldi. Talabalar orasidan 37 nafari xalqaro tanlov va sport musobaqalarida Xitoy, Qatar, Yaponiya, Qozog‘iston va Rossiya davlatlariga safar qildi. Xorijiy OTMlarda malaka oshirish dasturi doirasida 69 nafar professor–o‘qituvchi xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi.
Bu umumiy pedagoglar soniga nisbatan 22,12% ni tashkil etib, belgilangan 10% ko‘rsatkichdan yuqori natija qayd etildi. Rossiyaning Kazan Federal University Elabuga instituti bilan hamkorlikda “Rus tili va adabiyoti” yo‘nalishida magistratura bosqichi uchun ikki diplomli (1+1) qo‘shma dastur ochildi va 2024–2025 o‘quv yilidan talabalar tahsil olmoqda. Shuningdek, Europa International University bilan hamkorlikda “Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)” magistratura yo‘nalishida qo‘shma dastur ochildi va hozirgi kunda 44 nafar talaba o'qishni davom ettrimoqda. Xulosa qilib aytganda, Termiz davlat pedagogika instituti so‘nggi yillarda xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xorijiy mutaxassislarni jalb etish, akademik mobillikni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda nufuzli xalqaro reytinglarda faol ishtirok etish orqali o‘zining xalqaro nufuzini izchil oshirib bormoqda.
Til kurslari
Xorijiy talabalarni til va qo‘shimcha ko‘nikmalarga o‘qitish maqsadida institutda tashkil etilgan kurslar faoliyati haqida
MA’LUMOT
Xorijiy talabalarni institut ta’lim muhitiga moslashtirish, ularning o‘quv jarayonida faol ishtirok etishini ta’minlash, til bilish darajasini oshirish hamda zamonaviy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida institutda til kurslari va qo‘shimcha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilgan.
Mazkur kurslar xorijiy talabalar uchun o‘zbek tili, rus tili, ingliz tili hamda kompyuter savodxonligi yo‘nalishlarida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mashg‘ulotlar tajribali va malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan olib borilmoqda. O‘quv jarayonida talabalar til bilish darajasidan kelib chiqib boshlang‘ich, o‘rta va yuqori bosqich guruhlariga ajratilgan holda ta’lim olmoqdalar.
Kurslar davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda:
- o‘zbek tilida kundalik va akademik muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish;
- rus va ingliz tillarida og‘zaki hamda yozma nutqni rivojlantirish;
- grammatika, talaffuz va tinglab tushunish malakalarini oshirish;
- ta’lim jarayonida zarur bo‘ladigan akademik terminologiyani o‘rgatish;
- kompyuter savodxonligi va raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
- elektron ta’lim platformalari, onlayn resurslar va ofis dasturlari bilan ishlashni o‘rgatish.
Shuningdek, xorijiy talabalarning institut hayotiga moslashuvini yengillashtirish maqsadida ular bilan muntazam ravishda amaliy mashg‘ulotlar, interaktiv darslar, suhbat klublari, madaniy-ma’rifiy uchrashuvlar hamda test sinovlari tashkil etib borilmoqda.
Kurslar doirasida talabalar nafaqat til bilimlarini mustahkamlash, balki o‘quv jarayonida, ilmiy faoliyatda va kundalik hayotda zarur bo‘ladigan qo‘shimcha ko‘nikmalarga ham ega bo‘lmoqdalar. Bu esa xorijiy talabalarning institutdagi ta’lim jarayoniga tezroq moslashishi, darslarni samarali o‘zlashtirishi hamda xalqaro ta’lim muhitida faol ishtirok etishiga xizmat qilmoqda.
Hozirda mazkur kurslar xorijiy talabalar uchun tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Talabalar uchun imkoniyatlar
Bakalavr yoʻnalishida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻyicha. Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻyicha belgilangan reja-dastur asosida, shuningdek talabalarning salohiyatini oʻrganish va namoyon qilishga imkoniyat va sharoitlar yaratish bilan bogʻliq keng koʻlamli amaliy ishlar olib borilmoqda.
Oʻquv yili davomida talabalarni ilmiy faoliyat sohasiga jalb qilish boʻyicha fakultetlar kesimida talabalar bilan davra suxbatlari, seminar- treninglar oʻtkazilib kelinmoqda. Jumladan, Filologiya, Jismoniy madaniyat, Maktabgacha ta'lim, Boshlangʻich ta'lim, Tarix fakultetlarida talabalar bilan uchrashuvlar oʻtkazildi. Institut talabalari orasida a'lo oʻqish koʻrsatkichi, koʻrik tanlovlar, turli tadbirlardagi faol ishtiroki, ilmiy sohaga boʻlgan qiziqishi va sohada erishgan yutuqlari asosida 248 nafar iqtidorli talabalar jamoasi shakllantirilgan.
Talabalarning nomdor stipendiya tanlovlari, fan olimpiadalari, koʻrik tanlovlardagi ishtiroki taminlanmoqda. Iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish maqsadida ta'sis etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va nomli davlat stipendiyalariga nomzodlarni tayyorlash va taqdim etish bilan bogʻliq vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar natijasida 2021-2022 oʻquv yilida 2 nafar, shundan 1 nafari Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sovrindori Yarieva Shaxnoza Baxtiyor qizi, “Informatika va uni oʻqitish metodikasi” yoʻnalishi 401 guruh talabasi, 1 nafari Alisher Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindori Geldimurodova Merjan Otomurod qizi, “Boshlangʻich ta'lim va sport tarbiyaviy ishi” yoʻnalishi 401 guruh talabasi nomli davlat stipendiyasi sohiblari boʻlishdi.
2022-2023 oʻquv yili uchun ushbu tanlovning respublika bosqichiga nomzodlarni saralash boʻyicha institutda OTM bosqichi oʻtkazildi. OTM bosqichida yuqori natijalarni qayd etgan 8 nafar talaba nomzodi Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan taqdim etilgan kvota asosida, shundan 1 nafari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasiga Panjiev Joʻraqul Menglimamat oʻgʻli, 3 nafari Islom Karimov nomli davlat stipendiyaga Normamatova Mavluda Toʻlqin qizi, Tursunqulova Zarina Abduvait qizi, Mamatmurotova Muhlisa Kamol qizi nomzodlarining, 4 nafari Alisher Navoiy nomli davlat stipendiyasiga Xayitalieva Nasiba Bahodir qizi, Azimova Dilorom Xamza qizi, Toʻraeva Maftuna Odiljon qizi, Xollieva Sevara Rustam qizi nomzodlarining hujjatlari rasmiylashtirilib stipendiya.edu.uz elektron platformasiga joylashtirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oliy ta'lim muassasalariga talabalikka qabul qilingan iqtidorli yoshlarni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 6-iyuldagi PQ–5172-son qarorida oliy ta'lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta'lim shakliga kirish imtihonlarida eng yuqori ball toʻplagan 200 nafar talabalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti granti tanlovini oʻtkazish vazifasi belgilangan edi. Ushbu tanlovga institutdan Eshquvvatova Laylo Joʻrabek qizining xujjatlari rasmiylashtirilib prezidentgranti.edu.uz elektron platformasiga joylashtirildi.
Hokim stipendiyasi tanlovida nominasiyalar boʻyicha 15 nafar talaba (Umirzoqova Gulmira Egamberdi qizi, Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yoʻnalishi 301-guruh talabasi; Qudratova Manija Shohmansur qizi, Filologiya fakulteti Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 206-guruh talabasi; Ramazonov Islom Abrayqul oʻgʻli, Tarix fakulteti Tarix ta'lim yoʻnalishi 201-guruh talabasi; Juraev Murod Baxtiyor oʻgʻli, Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yoʻnalishi 302-guruh talabasi; Oʻralova Mehrinso Jumanazar qizi, Boshlangʻich ta'lim fakulteti Boshlangʻich ta'lim yoʻnalishi 403-guruh talabasi; Hamraeva Munisa Xikimat qizi, Pedagogika va san'at fakulteti Musiqa ta'limi yoʻnalishi 201-guruh talabasi; Nuriddinova Jasmina Oybek qizi, Jismoniy madaniyat fakulteti Jismoniy madaniyat va xotin-qizlar sporti yoʻnalishi 204-guruh talabasi; Oʻroqov Orif Ashurali oʻgʻli, Matematika va informatika fakulteti Informatika oʻqitish metodikasi yoʻnalishi 401-guruh talabasi; Ismoilova Gulmira Erkin qizi, Pedagogika va san'at fakulteti Pedagogika va psixologiyasi yoʻnalishi 201-guruh talabasi; Xursandova Sayyora Yoʻldosh qizi, Tarix fakulteti Tarix yoʻnalishi 201-guruh talabasi; Xonimqulov Quvonchbek Furqat oʻgʻli, Matematika va informatika fakulteti Matematika yoʻnalishi 401-guruh talabasi; Chorieva Asila Habibullo qizi, Pedagogika va san'at fakulteti Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi yoʻnalishi 201-guruh talabasi; Berdimurodova Surayyo Bahodir qizi, Xorijiy til va adabiyoti fakulteti Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yoʻnalishi 201-guruh talabasi; Hayitmurodova Mohigul Oʻrol qizi, Pedagogika va san'at fakulteti Texnologik ta'lim yoʻnalishi 202-guruh talabasi; Ismoilova Mashhura Eshmamat qizi, Boshlangʻich ta'lim fakulteti Boshlangʻich ta'lim yoʻnalishi 302-guruh talabasi) eng yuqori natijalarni koʻrsatib, nominasiyalari boʻyicha stipendiantlar boʻlishdi.
Surxondaryo viloyatidagi oliy ta'lim muassasalari iqtidorli talabalarining ijodiy qobiliyatlarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish, qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida 2022-yil 6-7-dekabr kunlari Termiz davlat universitetida “Surxon sanoat qurilish” kompaniyasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan “Talaba-yoshlar ilmiy ishlari va innovasion gʻoyalari” tanlovida, institut iqtidorli talabalari orasidan 5 nafar ilgʻor talabalar oʻzlarining innovasion loyihalari bilan faol ishtirok etishdi. Raqamli texnologiyalar, matematik va dasturiy ta'minot, sun'iy intelekt yoʻnalishi boʻyicha, Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlangʻich ta'lim) 1-kurs magistranti Ziyoqulova Maftuna Shuhrat qizining, Kimyo sanoati, muhandislik fizikasi, texnika va texnologiyalar yoʻnalishi boʻyicha, Biologiya yoʻnalishi 3-kurs talabasi Umirzoqova Gulmira Egamberdi qizining loyihalari e'tirof etilib, pul mukofotlari va sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.
Fakultetlar
PEDAGOGIKA VA IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI HAQIDA UMUMIY MA'LUMOT
Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakultetida hozirda jami 2 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi mavjud bo‘lib, ular:
5111700 – Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish;
5110900 – Pedagogika va psixologiya.
Mazkur ta’lim yo‘nalishlarda jami 828 nafar talaba tahsil oladi. Shundan 195 nafari davlat granti asosida, 633 nafari kontrakt asosida tahsil oladi.
Jami talabaning 767 nafari o‘zbek millatiga, 49 nafari tojik, 4 nafari turkman, 1 nafari qozoq, 2 nafari qoraqalpoq, 2 nafari turk, 2 nafari eronlik, 1 nafari moldavan millatiga mansub. 828 nafar talabaning 681 nafari Surxondaryo viloyatining turli tumanlaridan, 147 nafari boshqa viloyatlardan kelib tahsil olmoqda. Jami talabalardan 21 nafari nogiron, 9 nafari yetim talabalar hisoblanadi.
Fakultetda 3 ta kafedra mavjud ular:
Boshlang‘ich ta’lim
Pedagogika
Psixologiya
Fakultet professor o‘qituvchilarining soni jami 23 nafar bo‘lib shundan 3 nafari fan nomzodi, 2 nafari dotsent.
Pedagogika-psixologiya va boshlangʻich ta’lim fakulteti haqida ma’lumot
Pedagogika-psixologiya va boshlangʻich ta’lim fakulteti (avvalgi nomi – Pedagogika fakulteti) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 mart “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filialini tashkil etish to‘gʻrisida”gi 170-son qarori asosida tashkil etilgan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali tarkibida ish faoliyatini boshlagan.
2018 yil 5 fevraldan boshlab pedagogika fanlari nomzodi Q.B.Qodirov fakultet dekani sifatida hozirgi kungacha ishlab kelmoqda.
Fakultet dekanining o`rinbosarlari sifatida - yoshlar bilan ishlash bo‘yicha U.Oʻ.Toʻramurodov (2018 yil 5 fevraldan), o‘quv ishlari bo‘yicha A.N.Muratov (2019 yil 8 noyabrdan) faoliyat olib bormoqda.
O‘tgan vaqt davomida fakultet dekanining o‘quv ishlari bo‘yicha o`rinbosarlari sifatida - Z.Y.Bozorov (2018 yil fevraldan 2018 yil avgustgacha); A.A.Allamuratov (2018 yil avgustdan 2019 yil fevralgacha); T.X.Avliyaqulov (2019 yil fevraldan 2019 yil noyabrgacha) ishlagan.
Fakultetda 2018 yil fevraldan 2021 yil avgustgacha 2 ta kafedra (2018 yil fevraldan “Boshlangʻich ta’lim va aniq fanlar”, 2020 yil yanvardan
“Boshlangʻich ta’lim metodikasi” hamda “Maktabgacha taʼlim metodikasi”) faoliyat koʻrsatgan.
“Boshlangʻich ta’lim va aniq fanlar” kafedrasi mudiri lavozimida 2018 yil fevraldan 2018 yil martgacha pedagogika fanlari nomzodi, professor M.E.Jumayev; 2018 yil martdan 2019 yil martgacha pedagogika fanlari doktori, dotsent G.O.Ernazarova; 2019 yil martdan 2019 yil oktyabrgacha filologiya fanlari nomzodi, dotsent B.Y.Yoriyev; 2019 yil oktyabrdan pedagogika fanlari nomzodi A.A.Raxmatullayev ishlagan.
“Maktabgacha taʼlim metodikasi” kafedrasi mudiri lavozimida 2018 yil martdan 2020 yil yanvargacha pedagogika fanlari nomzodi, dotsent O.X.Qodirova; 2020 yil fevraldan 2021 yil avgustgacha geografiya fanlari nomzodi Oʻ.Sh.Yoqubov ishlagan.
2021 yil sentyabr oyidan boshlab, Pedagogika fakultetining nomi “Pedagogika-psixologiya va boshlangʻich ta’lim” fakulteti deb qayta nomlandi.
Fakultetda 2021/2022 oquv yilidan boshlab 3 ta - Pedagogika (mudiri - pedagogika fanlari nomzodi A.S.Samiyev); Psixologiya (mudiri - psixologiya fanlari nomzodi, dotsent M.A.Norbasheva) va Boshlangʻich ta’lim metodikasi (mudiri - pedagogika fanlari nomzodi A.A.Raxmatullayev) kafedralari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Fakultetning birinchi bitiruvchilari “qaldirg‘och”lari sifatida 2020/2021 oʻquv yilida 4-bosqich “boshlangʻich ta’lim va sport tarbiyaviy ish” ta’lim yo‘nalishini 44 nafar; 4-bosqich “oʻzga tilli guruhlarda ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishini 47 nafar hamda 3-4-bosqich “maktabgacha ta’lim” ta’lim yo‘nalishini 138 nafar talaba tugatgan va “bakalavr” darajasini olgan.
Mazkur 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab, fakultetda “Pedagogika va psixologiya” va “Boshlangʻich ta’lim” ta’lim yo‘nalishlarida 828 nafar talaba tahsil olmoqda. Jumladan, “Boshlangʻich ta’lim” ta’lim yo‘nalishi 1 bosqichida rus va tojik tillarida ta’lim olayotgan 2 ta guruh talabalari ham mavjud.
Shu bilan bir qatorda fakultet kafedralariga 2021/2022 oquv yilidan boshlab 184 hafar yigit-qiz magistraturaga qabul qilinib, ularni (Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim); Pedagogika nazariyasi va tarixi; Pedagogika va psixologiya) sohalari boʻyicha tayyorlash ishlari tashkil etildi.
Fakultet talabalari tashabbusi bilan 2020 yilda tashkil etilgan “Mehrli qo‘llar” hayriya volontyorlar jamgʻarmasi bugungi kunda ham oʻz faoliyatini davom ettirmoqda. Shu bilan birgalikda, talabalarni jalb etgan holda davlat va mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan bayramlar yoki profilaktik tadbirlar doimiy ravishda oʻtkazib boriladi.
Fakultet 2018 yilning noyabr oyidan boshlab Rossiya Federatsiyasi Volgograd davlat ijtimoiy-pedagogik universiteti (VDIPU) bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.
2019 yilning 1-4 iyun kunlari VDIPUning mas’ul vakillari muasassaga tashrif buyurishgan. Tashrif davomida hamkorlar tomonidan professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun seminar-treninglar, darslar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilgan.
2019 yilning sentyabr oyida institut va fakultet vakillari Rossiya Federatsiyasi Volgograd davlat ijtimoiy-pedagogik universitetida malaka oshirganlar hamda rossiyalik talabalar uchun seminar-trening oʻtkazganlar.
Hozirgi kunda barcha hamkorlik ishlari masofaviy tarzda olib borilmoqda.
Fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan 2018-2021 yillarda “Scopus”, “ScienceDirect”, “Web of Science” ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi jurnallarida 5 ta, impakt-faktori yuqori bo‘lgan xalqaro jurnallarda 39 ta maqola e’lon qilingan.
“Xirsh” indeksi (h-indeks) 3 va undan yuqori bo‘lgan fakultet professor-o‘qituvchilarining soni 2018-2021 yillarda 2 nafarni tashkil etdi.
JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI HAQIDA UMUMIY MA'LUMOT
Jismoniy madaniyat fakultetida Hozirda jami 2 ta ta’lim yo’nalish hamda 3 ta mutaxassilik mavjud bo’lib, ular:
60112200-Jismoniy madaniyat (kunduzgi) ta’lim yo’nalishi
60112200-Jismoniy madaniyat (kunduzgi) xotin-qizlar sporti ta’lim yo’nalishi
60112200-Jismoniy madaniyat (sirtqi) ta’lim yo’nalishi
70112201 - Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi
Mazkur ta’lim yo’nalishlarda jami 470 nafar talaba, 98 nafar magistrant tahsil oladi. Shundan 127 nafari davlat granti asosida, 441 nafari kontrakt asosida tahsil oladi.
568 nafar talabaning 555 nafari Surxondaryo viloyatining turli tumanlaridan, 13 nafari boshqa viloyatlardan kelib tahsil olmoqda. Talabalardan 5 nafari nogiron, 1 nafari yetim talabalar hisoblanadi.
Fakultetda 1 ta kafedra mavjud ular:
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasida jami 22 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib, shundan 18 nafar professor-o‘qituvchi asosiy shtatda, 2 nafari esa ichki o‘rindoshlik, 4 nafari tashqi o’rindoshlik asosida faoliyat ko‘rsatadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibidan 1 nafar fan nomzodi, 3 nafar dotsent, 2 nafar katta o‘qituvchilar, 9 nafar ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar kafedrada faoliyat ko‘rsatishmoqda.
Kafedra 2021-2022 o’quv yilining 26-avgustida “Jismoniy madaniyat” kafedrasi negizida tashkil topdi.
· Tarix, san`at va sport fakulteti qoshida “Jismoniy madaniyat” kafedrasi deb nomlandi.
· 2022 yildan boshlab kafedra “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” deb nomlandi.
· Dotsent Daminov Ilxomjon Ashiralievich 2021 yil 6 sentyabrdan xozirgi vaqtgacha kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Kafedra o’qituvchilarining o’rtacha yoshi 44 yosh, kafedrada o’qitiladigan fanlar soni – 29 ta, shundan 11 tasi tanlov fanlardan iborat.
Jismoniy madaniyat fakulteti
Termiz davlat pedagogika instituti qoshida jismoniy madaniyat va sport sohasi bo’yicha mutaxasis kadrlar tayyorlash 2021 yilda Tarix, san’at va sport fakulteti qoshida jismoniy madaniyat kafedra ochilishi bilan boshlangan. 2022 yilda Jismoniy madaniyat fakulteti tashkil etilgan.
TABIIY VA ANIQ FANLAR FAKULTETI HAQIDA UMUMIY MA'LUMOT
Tabiiy fanlar fakultetida hozirda jami 2 ta ta’lim yo’nalishi hamda 1 ta mutaxassislik mavjud bo'lib, ular:
60110900-Biologiya ta’lim yo'nalishi
60110800- Kimyo ta’lim yo'nalishi
70110901-Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (biologiya).
Mazkur ta’lim yo'nalishlarda jami 375 nafar talaba tahsil oladi. Shundan 106 nafari davlat granti asosida, 169 nafari kontrakt asosida tahsil oladi, ushbu talabalarning 1 nafari harbiy qism tavsiyasi asosida o'qishga qabul qilingan, 10 nafari yoshlar daftariga, 1 nafari temir daftarga, 2 nafari ayollar daftariga kiritilgan, 1 nafari chin yetim, 23 nafari yetim, 10 nafari nogiron talabalardir.
Jami talabaning 365 nafari o'zbek millatiga, 8 nafari tojik millatiga, 2 nafari turkman millatiga mansub. 375 nafar talabaning 325 nafari Surxondaryo viloyatining turli tumanlaridan, 50 nafari boshqa viloyatlardan kelib tahsil olmoqda.
TILLAR FAKULTETI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
Tillar fakultetidagi mavjud ta’lim yo‘nalishlari.
- 60111400 - O‘zbek tili va adabiyoti
- 60111700 - O‘zga tilli guruhlarda rus tili
- 60111800 - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
- 60111800 - Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili)
- 60112600 - Maktabgacha va boshlang`ich ta`limda xorijiy til (ingliz tili)
Tillar fakultetidagi mavjud kafedralar.
- O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi
- Rus tilli va adabiyoti kafedrasi
- Fransuz va ingliz tili kafedrasi
- Gumanitar yo‘nalishlarta Xorijiy til kafedrasi
Tillar fakultetidagi mavjud kafedralar proffessor-o‘qituvchilar.
1. O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi 22 nafar proffessor-o‘qituvchilar
2. Rus tilli va adabiyoti kafedrasi 25 nafar proffessor-o‘qituvchilar
3. Amaliy ingliz tili kafedrasi 27 nafar proffessor-o‘qituvchilar
4. Gumanitar yo‘nalishlarta Xorijiy til kafedrasi 18 nafar proffessor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi.
TILLAR FAKULTETI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
Tillar fakultetidagi mavjud ta’lim yo‘nalishlari.
- 60111400 - O‘zbek tili va adabiyoti
- 60111700 - O‘zga tilli guruhlarda rus tili
- 60111800 - Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
- 60111800 - Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili)
- 60112600 - Maktabgacha va boshlang`ich ta`limda xorijiy til (ingliz tili)
Tillar fakultetidagi mavjud kafedralar.
- O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi
- Rus tilli va adabiyoti kafedrasi
- Fransuz va ingliz tili kafedrasi
- Gumanitar yo‘nalishlarta Xorijiy til kafedrasi
Tillar fakultetidagi mavjud kafedralar proffessor-o‘qituvchilar.
1. O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi 22 nafar proffessor-o‘qituvchilar
2. Rus tilli va adabiyoti kafedrasi 25 nafar proffessor-o‘qituvchilar
3. Amaliy ingliz tili kafedrasi 27 nafar proffessor-o‘qituvchilar
4. Gumanitar yo‘nalishlarta Xorijiy til kafedrasi 18 nafar proffessor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi.
Maktabgacha ta’lim fakultetida hozirda jami 3 ta ta’lim yo’nalish hamda 3 ta mutaxassilik mavjud bo'lib, ular:
-60110200- Maktabgacha ta’lim yo’nalishi
-60110200-Maktabgacha ta’lim (kechki) ta’lim yo'nalishi
-60110300-Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi ta’lim yo‘nalishi
-60112300-Texnologik ta’lim yo'nalishi
Mazkur ta’lim yo'nalishlarda jami 736 nafar talaba tahsil oladi. Shundan 130 nafari davlat granti asosida, 606 nafari kontrakt asosida tahsil oladi, 2 nafari harbiy qism tavsiyasi asosida o’qishga qabul qilingan bo’lib, shundan 1 nafari, 1 nafari to’lov shartnoma asosida, davlat granti 1 nafar ,IIB tomonidan1 nafar Xotin qizlar kvotasi bo‘yicha 1 nafar qabul qilingan qabul qilingan.
Jami 736 nafar talabaning 715 nafari o’zbek millatiga, 14 nafari tojik, 1 nafar qozoq, 4 nafari turkman, 2 nafar qoraqalpoq millatiga mansub. 736 nafar talabaning 557 nafari Surxondaryo viloyatining turli tumanlaridan, 179 nafari boshqa viloyatlardan kelib tahsil olmoqda. Jami talabalardan 14 nafari nogiron, 56 nafari yetim talabalar hisoblanadi.
Fakultetda 2 ta kafedra mavjud ular:
Maktabgacha ta’lim
Texnologik ta’lim
Fakultet professor o’qituvchilarining soni jami 18 nafar bo’lib shundan 4 nafar nomzodlari hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim
Kafedra mudiri Berdieva Muhabbat Meylievna 1968 yilda tug‘ilgan. 2020 yil 29 mayda «Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini pedagogik qo‘llab-quvvatlash orqali intellektual imkoniyatlarini rivojlantirish» mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini himoya qildi.
Kafedraning 4 nafar Professor o‘qituvchilari ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.
Texnologik ta’lim
Kafedra mudiri Do‘syorov Xudoymurod Chorshanbievich 1960 yilda tug‘ilgan. Termiz davlat pedagogika institutini Maktabda umumtexnika fanlari fizika va mehnat o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 1997 yil 21 noyabrda Pedagogika fanlari nomzodi, «Umumta’lim maktablarida amaliy fizikani o‘rganish metodikasi» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2000 yildan dotsent vazifasida ishlab kelmoqda. 2021 yil sentyabrdan texnologik ta’lim kafedrasi mudiri vazifasida ishlab kelmoqda. 1ta monografiya,1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta uslubiy qo‘llanma muallifi. Kafedrada 2021-2022 o‘quv yilida 6,5 shtat birligida professor o‘qituvchilar faoliyat olib bordi. 2022-2023 o‘quv yiliga 12 ta shtat birligida professor o‘qituvchilar faoliyat olib boradi.
Imanov Baxtiyor Berdievich 1957 yil 20 sentyabrda tug‘ilgan. Termiz davlat pedagogika institutini Maktabda umumtexnika fanlari fizika va mehnat o‘qituvchisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2001 yil Pedagogika fanlari nomzodi, «Fizikadan o‘lkashunoslikka oid masalalar tuzish va yechish metodikasi» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2005 yildan dotsent vazifasida ishlab kelmoqda.
Magistratura bo‘limining vazifalari
· Termiz davlat pedagogika institutida mavjud 14 ta kafedra va fakultet dekanatlari bilan birgalikda faoliyatini muvofiqlashtirish;
· O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
· O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga yetkazib borish;
· Magistratura mutaxassisliklari uchun zaruriy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, kadrlar buyurtmachilari talab va takliflari asosida ularni muntazam takomillashtirib borish;
· institut bilan korxona, tashkilot, xususiy korxona va firmalar o‘rtasida yo‘nalish bo‘yicha manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish;
· institut barcha bo‘linmalarining magistrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
· magistrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirishga ko‘maklashish;
· magistrantlarga taqdim etilayotgan ta’lim va o‘qitish sifatini nazorat qilish;
· magistraturada pedagogik faoliyatga jalb etiladigan o‘qituvchilarga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishlarini nazorat qilish, ularni ijtimoiy-kasbiy va shaxsiy faolligini oshirish;
· magistraturada mavjud holatni tizimli ravishda tahlil qilish, muammoli holatlarni aniqlash, magistraturani rivojlantirish tendensiyalari bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni aniqlash;
· magistrlarni kelgusida ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish;
· magistrantlarning ilmiy-pedagogik, ilmiy-tadqiqot va magistrlik dissertasiyasini tayyorlash bo‘yicha faoliyatini “Magistratura to‘g‘risida” Nizomga muvofiq magistrantlarning kalendar ish rejasiga binoan amalga oshirilishini nazorat qilish;
· magistrlar tayyorlash masalalarini tahlil qilish va ular yuzasidan muntazam ravishda hisobotlar tayyorlashni ta’minlash
· YaDA sinovlari va magistrlik dissertasiyasi himoyalarining samarali tashkil etishini ta’minlash.
Ta'lim yo'nalishlari
| Amaliy matematika 60540200 | Bakalavr |
| Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (kimyo) 70530104 | Bakalavr Magistr |
| Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi(Geografiya) 70530203 | Magistr |
| Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (fizika va astronomiya) 70110701 | Magistr |
| Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika) 70110601 | Magistr |
| Axborot tizimlari va texnologiyalari 60610100 | Bakalavr Magistr |
| Axborot xavfsizligi 60610200 | Bakalavr Magistr |
| Biologiya 60510100 | Bakalavr Magistr |
| Boshlang‘ich ta’lim 60110400 | Bakalavr |
| Chaqiriqqacha harbiy ta’lim 60111000 | Bakalavr |
| Fizika 60530500 | Bakalavr |
| Geografiya 60530200 | Bakalavr Magistr |
| Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari 60111000 | Bakalavr |
| Ijtimoiy ish 60920100 | Bakalavr |
| Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari) 70111101 | Magistr |
| Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi (huquq ta'limi) 70112101 | Magistr |
| Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o`qitish metodikasi(ma'naviyat asoslari) 70112101 | Magistr |
| Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (tarix) 70111101 | Magistr |
| Iqtisodiyot 60410100 | Magistr |
| Jismoniy madaniyat 60112200 | Bakalavr |
| Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi 70112201 | Magistr |
| Kimyo 60110800 | Bakalavr Magistr |
| Kompyuter lingvistikasi 70230801 | Bakalavr Magistr |
| Maktabgacha ta’lim 60110200 | Bakalavr |
| Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi 60110300 | Bakalavr |
| Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport 60111900 | Bakalavr |
| Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) 60112600 | Bakalavr |
| Matematika 60540100 | Bakalavr Magistr |
| Matematika va informatika 60110600 | Bakalavr |
| Maxsus peadagogika (oligofrenopedagogika) 60112700 | Bakalavr |
| Maxsus pedagogika (logopediya) 60110300 | Bakalavr |
| Mexatronika va robototexnika 60711000 | Bakalavr Magistr |
| Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi 60111100 | Bakalavr |
| Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi 70111202 | Magistr |
| Musiqa ta’limi 60110600 | Bakalavr |
| Musiqa ta’limi va san’at 70111301 | Magistr |
| Ona tili va adabiyoti: rus tili 7010801 | Bakalavr Magistr |
| Ona tili va adabiyoti: rus tili 60110800 | Bakalavr |
| O‘zbek tili va adabiyoti 70111401 | Bakalavr Magistr |
| O‘zbek tili va adabiyoti 60110700 | Bakalavr |
| O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili 70111601 | Bakalavr |
| Pedagogika 60110100 | Bakalavr Magistr |
| Pedagogika 70110102 | Magistr |
| Pedagogika nazariyasi va tarixi 70110101 | Magistr |
| Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha) 70110101 | Magistr |
| Psixologiya 60310300 | Bakalavr |
| Psixologiya 70310301 | Magistr |
| Psixologiya 60310300 | Bakalavr |
| Sport faoliyati (kurash) 61010200 | Bakalavr Magistr |
| Sport faoliyati (voleybol) 61010200 | Bakalavr |
| Sport faoliyati: futbol 61010200 | Bakalavr |
| Sun'iy intellekt 60610500 | Magistr |
| Tarix 60220300 | Bakalavr Magistr |
| Tarjima nazariyasi va amaliyoti: hind tili 60230200 | Bakalavr |
| Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi 60110500 | Bakalavr |
| Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) 70110401 | Magistr |
| Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) 70110501 | Magistr |
| Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) 70110201 | Magistr |
| Ta’limda axborot texnologiyalari 70110105 | Magistr |
| Testologiya va bilimlarni baholash 70110103 | Magistr |
| Texnologik ta’lim 60111300 | Bakalavr |
| Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 60110900 | Bakalavr Magistr |
| Xorijiy til va adabiyoti (rus tili) 60111800 | Bakalavr |
| Xorijiy til va adabiyoti: Nemis tili 60111800 | Bakalavr Magistr |
| Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 70110901 | Magistr |
Dasturlar
Barcha dasturlar →
Termiz davlat pedagogika instituti
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)
18 178 425 so'm
yiliga
Termiz davlat pedagogika instituti
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
18 178 425 so'm
yiliga
Termiz davlat pedagogika instituti
Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha)
18 178 425 so'm
yiliga
Termiz davlat pedagogika instituti
Musiqa ta’limi
14 542 740 so'm
yiliga
Termiz davlat pedagogika instituti
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili)
14 542 740 so'm
yiliga
Termiz davlat pedagogika instituti
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport
14 542 740 so'm
yiliga
Termiz davlat pedagogika instituti
Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi
18 178 425 so'm
yiliga
Termiz davlat pedagogika instituti
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (tarix)
18 178 425 so'm
yiliga
Termiz davlat pedagogika instituti
Psixologiya
18 178 425 so'm
yiliga
Termiz davlat pedagogika instituti
Psixologiya
14 542 740 so'm
yiliga
Termiz davlat pedagogika instituti
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
14 542 740 so'm
yiliga
Termiz davlat pedagogika instituti
Xorijiy til va adabiyoti: Nemis tili
14 542 740 so'm
yiliga
Mashhur bitiruvchilar
Soatova Raykhona Sadriddin qizi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindori
Hasanova Sabohat Komil qizi Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindori
Xurramova Madina Abdunazar qizi Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindori
Raximova Xosiyat Uralovna Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindori
Kamoliddinov Shavkat Jamshid o'g'li Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindori
Saidova Dilnoza Meliboy qizi Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindori
Kenjayeva Sevinch Sherzod qizi Navoiy nomli davlat stipendiyasi sovrindori
Qobilova Madina Sobir qizi Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sovrindori
Maxmudov Mirsaid Mavlon o'g'li Bobur nomli davlat stipendiyasi sovrindori
Omonov Shohrux Orzimurot o‘g‘li — Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi sovrindori
Farxodova Durdona Mansur qizi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindori
Talabalar fikri
Sage Friese
Dani Raviprokash Govindron
Rosaline Friese