WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

Toshkent shahri Davlat Veb-sayt

1,154

Talabalar

16

Xorijiy talabalar

232

O'qituvchilar

2

Fakultetlar

0

Kafedralar

1936

Tashkil etilgan

Video va rasmlar

Universitet haqida

1934-yilda ochilgan Oliy musiqa bilim yurti negizida 1936-yilda Toshkent davlat konservatoriyasi tashkil etilgan. Dastlabki yillarda Moskva konservatoriyasidan Oʻzbekistonga yuborilgan taniqli oʻqituvchilardan Viktor Tsukkerman, Lev Danilevich, Yuriy Fortunatovlar faoliyat olib borgan. Rossiya musiqa arboblarining ikkinchi toʻlqini Ulugʻ Vatan urushi yillarida evakuatsiya paytida Toshkentga kelgan. Bu universitetning tashkil topishiga va Oʻzbekistonda musiqa fanining rivojlanishiga xizmat qildi.
     Konservatoriya uzoq vaqt davomida butun mintaqadagi musiqa muassasalari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlab kelayotgan Markaziy Osiyodagi yagona shunday muassasa edi. Konservatoriya bitiruvchilari qoʻshni sovet respublikalari – Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmanistonning yetakchi musiqali teatrlarida ishlaganlar
Konservatoriya faoliyatining yoʻnalishlaridan biri Oʻzbekiston musiqa merosini oʻrganish edi. Milliy anʼana musiqa tarixi va nazariyasi kafedralari, 1972-yildan esa Sharq musiqasi maxsus kafedrasi tashkil etilgan. 1939-yildan V. A. Uspenskiy nomidagi Markaziy musiqa maktab-internati, hozirda iqtidorli bolalar uchun akademik litseyga aylantirilgan
   1976-yilda konservatoriyaga 1971–1975-yillarda konservatoriya rektori boʻlgan Muxtor Ashrafiy nomi berilgan.
  2002-yilda Toshkent konservatoriyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi etib qayta tashkil etilgan.
 Oʻzbekiston konservatoriyasida 3 ta fakultet, 15 kafedra, bakalavriat, magistratura, assistentstajyorlik, aspirantura va malaka oshirish bosqichlari, iqtidorli bolalar akademik litseyi mavjud. 1000 dan ziyod talaba va oʻquvchilar kompozitsiya, musiqashunoslik, xor va operasimfonik dirijyorligi, yevropa klassik, milliy va estrada yoʻnalishidagi ijrochilik (sozandalik va xonandalik turlari) zamonaviy texnologiyalar (musiqiy ovoz rejissyorligi), musiqiy pedagogika. Shuningdek, uning tarkibida musiqali teatr-studiya, simfonik, oʻzbek xalq puflama cholgʻulari orkestr va ansambllari (Faxriddin Sodiqov nomidagi „Maqom“ ansambli, bigbend, torli kvartetlar va boshqalar), xor jamoalari, „Milliy cholgʻular“ muzeyi va ilmiy ishlab chiqarish laboratoriyasi, Ixtisoslashgan ilmiy tekshirish markazi, „Musiqa“ nashriyoti, fonoteka, kutubxona, „Xalq musiqa ijodiyoti“ laboratoriyasi, ovoz yozish studiyalari faoliyat koʻrsatadi. Oʻzbekiston konservatoriyasida turli yillarda K. Lisovskiy, V. Uspenskiy, Y. Pekker, Nadejdin, M. Ashrafiy, A. Kozlovskiy, B. Zeydman, N.Yablonovskiy, Giyenko, H. Rahimov, N. Hoshimov, I. Akbarov, I. Rajabov, F. Sodiqov, F. Karomatli, F. Mamadaliyev, M. Reyson, A. Gekkelman, V. Poʻlatov va boshqalar dars bergan. Konservatoriyada 2004–2005-oʻquv yilida 50 nafar professor (S. Qobulova, T. Alimatov, Z. Haqnazarov, Q. Muhiddinov, O. Yusupova, F. Yanovskiy, A. Odilov, T. Gʻafurbekov, R. Yunusov va boshqalar), 70 dan ziyod dotsent faoliyat yuritgan
Oʻzbekiston konservatoriyasida oʻquv jarayonining muhim bosqichi – ijodiy faoliyatidir. Konservatoriya jamoasi yiliga 300 dan ziyod turli konsert oʻtkazadi. Konsert ijrochilik faoliyatiga 38 ta Oʻzbekiston xalq artisti, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist va boshqalar faxriy unvonlarga ega mutaxassislar, shuningdek, 80 dan ziyod xalqaro va respublika tanlov laureatlari oʻz hissalarini qoʻshadi. Konservatoriyaning ilmiy uslubiy faoliyati, asosan, oʻzbek mumtoz va zamonaviy musiqa, Markaziy Osiyo va jahon xalqlari musiqa ijodi, musiqa nazariyasi va tarixi, ijrochilik masalalari bilan bogʻliq.
   2002-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan qurilgan yangi binosi (bosh meʼmor V. Spivak, meʼmorlar A. Kalislomov, R. Shokirov va boshqalar, rassomlar O. Xabibulin, V. Gan, R. Xudoyberganov va boshqalar) eng zamonaviy uskunalar va cholgʻular bilan taʼminlangan. Umumiy hajmi 35.180 kv.m ni tashkil etib, 305 auditoriya, 4 konsert zali, 4 ovoz yozish studiyasi, sport zallari va boshqalarni oʻz ichiga oladi.
   1939-yilga qadar Toshkent konservatoriyasi Oliy musiqa bilim yurtining sobiq binosini egallab, keyinchalik meʼmorlar V. Brilevich, N. Goloshanov va A. Sidorovlar loyihasi boʻyicha qurilgan balet maktabi binosiga koʻchib oʻtgan. U „Stalin imperiyasi“ uslubida yaratilgan. Oʻtgan asrning 90-yillarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning farmoyishi bilan Botir Zokirov koʻchasida milliy uslubda yangi bino qurilishi boshlangan. Eski binosi Hamza nomidagi musiqa kollejiga oʻtkazilgan va 2010-yilda buzib tashlangan
    Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi tarkibiga 2 fakultet 15 ta kafedra kiradi:


MUSIQA SAN’ATI FAKULTETI

Akademik xonandalik va opera tayyorlov kafedrasi
Akademik xor dirijorligi kafedrasi
Maxsus fortepiano kafedrasi
Musiqa nazariyasi kafedrasi
Musiqa tarix va tanqid kafedrasi
Konsertmeystrlik mahorati kafedrasi
Kamer musiqasi kafedrasi
Kompozitorlik va cholg’ulashtirish kafedrasi

CHOLG’U IJROCHILIK FAKULTETI

Torli cholg’ular kafedrasi
Puflama va zarbli cholg’ular kafedrasi
Xalq cholg’ularida ijrochilik kafedrasi
Orkestr dirijorligi kafedrasi

2020-yilda konservatoriya rektori etib Kamoliddin Oʻrinboyev tayinlangan.
Oʻzbekiston Davlat Konservatoriyasida „MUSIQA“ ilmiy-metodik jurnali yiliga 4 marta, Yevroosiyo musiqa fanlari jurnalining onlayn versiyasi esa yiliga 2 marta chop etiladi.

Xorijiy talabalar uchun

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida o‘qish istagini bildirgan  xorijiy fuqarolarga Xalqaro aloqalar bo‘limi quyidagilarni ma’lum qiladi:

Bakalavriat bosqichida tahsil olish to‘lov-shartnoma asosida bo‘lib, 1-yilga 3300 AQSh dollari etib tayinlangan. Yotoqhona bilan ta’minlanasiz. Yotoqhona uchun 1 oyga 500000 so‘m etib tayinlangan.

Magistraturada tahsil olish to‘lov-shartnoma asosida bo‘lib, 1-yilga 3630 AQSh dollari etib tayinlangan. Bakalavriat va Magistratura bosqichida kutubxona va fonotekadan bepul foydalashingiz mumkin. Ta’lim o‘zbek va rus tillarda olib boriladi. Bakalavriat va Magistratura bosqichlarini muvaffaqiyatli tugatganingizdan so‘ng Sizga o‘zbek, rus va ingliz tillarida diplom beriladi. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rahbariyati 2024-yil  25-iyundan 5 iyulgacha   Bakalavriat bosqichiga xujjatlar topshishingiz hamda qabul imtihonlarini topshirish mumkin.

Magistraturaga xujjatlar 1-iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.  O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizasi  Sizga 1 oy muddatga beriladi, shu vaqt mobaynida imtihon topshirib, shartnoma tuzilib hujjatlar rasmiylashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizasini olishingiz uchun O‘zbekiston davlat konservatoriyasi manziliga (rus yoki o‘zbek tiliga o‘girilgan va davlat notarial idorasida tasdiqlangan) quyidagi hujjatlarni yuborishingiz lozim:

               

  • Milliy pasport nusxasi
  • Diplom nusxasi
  • Rasm  ¾ -  10 dona
  • Ish joyingizdan ma’lumotnoma
  • Tibbiy ma’lumotnoma
  • Rezume

 

Xalqaro hamkorlik

1

Estoniya musiqa va teatr Akademiyasi

Estoniya, Tallinn

2014-2019

2

Ya.Vitols nomidagi Latviya musiqiy akademiyasi

Latviya Respublikasi, Riga

2015-2020

3

Xitoy Respublikasi Millatlar Shimoliy-G‘arb Universiteti

XitoyXalqRespublikasi

2015-2020

4

Santa Chechiliya konservatoriyasi

Italiya Respublikasi, Rim

2015-2020

5

Qozog‘iston milliy san’at universiteti

 

Qozog‘izston, Astana

 

2015-2020

6

Koreya Musiqiy ta’lim Jamoasi

Janubiy Koreya, Seul

2016-2021

7

Hannover fortepiano Akademiyasi

Germaniya Federativ Respublikasi, Gannover

2016-2021

8

Xitoy Xalq Respublikasi Daulin san’at kolleji

XitoyXalqRespublikasi, Daulin

2017-2022

9

Xitoy Xalq Respublikasi Kashgar universiteti

XitoyXalqRespublikasi, Kashgar

2017-2022

10

Ozerbayjon davlat madaniyat va san’at universiteti

OzerbayjonRespublikasi, Baku

2017-2022

11

P.I.Chaykovskiy  nomidagi  Moskva davlat konservatoriyasi

Rossiya Federatsiyasi, Moskva

2017-2022

12

Shanxay musiqa konservatoriyasi

Xitoy Xalq Respublikasi, Shanxay

2017-2022

 

13

Uzeir Gadjibekov nomidagi Baku musiqa akademiyasi

Ozerbayjon Respublikasi, Baku

2017-2022

14

Ozarbayjon milliy konservatoriyasi

Ozerbayjon Respublikasi, Baku

2017-2022

15

Di Musica San Pietro a Majella konservatoriyasi

Italiya Respublikasi, Neapol

2018-2023

16

Turkiya Ardaxan Universieti

 

Turkiya Respublikasi

2018-2023

 

17

N.A. Rimskiy-Korsakov nomidagi Sankt-Peterburg davlat konservatoriyasi

Rossiya Federatsiyasi, Sankt-Peterburg

2019-2024

18

P.Chaykovskiy nomidagi Ukraina milliy musiqa akademiyasi

 

Ukraina Respublikasi, Kiev

 

2019-2024

 

19

Gnesinlar nomidagi Rossiya musiqa akademiyasi

 

Rossiya Federatsiyasi, Moskva

 

2019-2024

20

T.Sattorov nomidagi Tojikiston milliy konservatoriyasi

 

Tojikiston, Dushanbe

 

 

2020-2025

21

Chung-Ang universiteti

 

Koreya, Seul

 

2021-2026

22

Verdi nomidagi Milan konservatoriyasi

 

Italiya, Milan

 

2021-2026

23

Osh davlat pedagogika universiteti

Kыrgыzstan, Osh

2021-2026

24

Pavel Chubinskiy nomidagi Kiev san’at akademiyasi

 

Ukraina, Kiev

 

2021-2026

25

Chexiya musiqa akademiyasi

 

Chexiya , Praga

 

2021-2026

26

Kurmangazы nomidagi Qozog‘iston milliy konservatoriyasi

Qozog‘iston Respublikasi, Almatы

2022-2027

27

Belorussiya davlat musiqa akademiyasi

Belarus Respublikasi, Minsk

2022-2027

28

M.Glinka nomidagi Nijegorodskaya  davlat konservatorisiya

Rossiya, Nijniy Novgorod

2022-2027

29

N.Jiganov nomidagi Qozon davlat konservtaoriyasi

Rossiya, Qozon

2023-2028

30

Shuan musiqa  konservatoriyasi

Xitoy, Shuan

2023-2028

31

S.Ayni nomidagi Tojik davlat akademik opera va balet teatri

Tojikiston, Dushanbe

2023-2028

32

Kazella musiqiy konservatoriyasi

Italiya

2023-2028

33

L.V. Sobinov nomidagi davlat konservatoriyasi

           Rossiya

   2023-2028

34

Rossiya Federatsiyasi san’atlar tarixi ilmiy tadkikot instituti

 

Rossiya

 

2023-2028

Til kurslari

{}

Talabalar uchun imkoniyatlar

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalarini qo‘lga kiritganliklari munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman!
Kozimjonova Moxigul (3-bosqich, xalq cholg’ulari) – Navoiy nomli davlat stipendiyasi; 
Gabrielyan Nikolya (4-bosqich, bastakorlik sa’nati) – Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi. 

Erishilgan yutuqlar bilan cheklanmay, olg‘a yurishda davom eting! Biz sizlar bilan faxrlanamiz

Fakultetlar

Ta'lim yo'nalishlari

Bastakorlik san’ati 60210900 Bakalavr
Cholgʻu ijrochiligi: puflama va zarbli cholgʻular Magistr
Cholgʻu ijrochiligi: torli cholgʻular Magistr
Cholgʻu ijrochiligi: xalq cholgʻulari Magistr
Cholg‘u ijrochiligi: (turlari bo‘yicha) 60211500 Bakalavr Magistr
Dirijyorlik (turlari bo‘yicha) 60211300 Bakalavr Magistr
Fortepiano (organ) 70211501 Magistr
Musiqa san’ati 70211002 Magistr
Musiqa ta’limi 60110600 Bakalavr
Musiqa ta’limi va san’at 70111301 Magistr
Ovoz rejissyorligi: musiqiy ovoz rejissyorligi 70210101 Magistr
Professional ta’lim (yo‘nalishlar bo‘yicha) 60112400 Bakalavr
San'atshunoslik (musiqashunoslik) 60211000 Bakalavr
Texnogen san’at: musiqiy ovoz rejissyorligi 60210100 Bakalavr
Vokal san’ati (turlari bo‘yicha) 60211400 Bakalavr
Vokal san’ati: akademik xonandalik 70211401 Magistr

Mashhur bitiruvchilar

Kamoliddin Turdimurodovich Urinboyev

Kamoliddin Turdimurodovich Oʻrinboyev — Oʻzbekiston yoshlar simfonik orkestri asoschisi, badiiy rahbari va bosh dirijyori. Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti, 2020-yil 16-iyundan hozirgi kunga qadar Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi rektori. 1985-yilda tug‘ilgan. Musiqiy taʼlimni Glier nomidagi musiqa akademik litseyida gʻijjak va skripka chalishni oʻrganishdan boshlagan. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining bakalavr bosqichini 2007-yilda, magistratura bosqichini 2009-yilda tugatgan. 2009-yili Chaykovskiy nomidagi Moskva davlat konservatoriyasining dirijyorlik fakultetiga oʻqishga kirdi. Sovet Ittifoqi xalq artisti Gennadiy Rojdestvenskiydan tahsil oldi[4]. Janubiy Koreyaning „Buyuk ipak yo‘li“ (koreyscha: 그레이트 실크로드), Rossiyaning „Yangi nomlar“ (ruscha: Новые имена), „Spivakov taklif qilmoqda“ (ruscha: Спиваков приглашает) tanlovlarida ishtirok etgan. Qozog‘istonda oʻtkazilgan O‘zbekiston madaniyati kunlarida qatnashgan. 1998-yilda Qirgʻizistonda boʻlib oʻtgan Xalqaro musiqa festivali laureati, 2007-yilda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari 2-xalqaro tanlovida 1-darajali diplomga sazovor boʻlgan. 2009-yilda MDHga aʼzo davlatlar mumtoz musiqa ijrochilarining „Kreml yulduzlari“ (ruscha: Кремлёвские звёзды) xalqaro festivali laureati boʻlgan[5]. Rossiya Davlat akademik simfonik orkestri, Ukraina milliy simfonik orkestri, Katta simfonik orkestri, Ippolitov-Ivanov simfonik orkestri, Brandenburg simfonik orkestri, Oʻzbekiston milliy simfonik orkestriga dirijyorlik qilgan[6]. Opera dirijyori sifatida ham Katta teatrda chiqish qilgan. „Alisher Navoiy“ va „Fidelio“ operasiga dirijyorlik qilgan[7]. 2014-yilda bir guruh yosh hamfikr musiqachilar bilan birgalikda O‘zbekiston yoshlar simfonik orkestriga asos solgan[8]. 2015-yil avgust oyida "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi qarori bilan ushbu tashkilot qoshida orkestr rasman o‘z faoliyatini boshladi. 2020-yilda orkestr davlat rahbarining qarori bilan Madaniyat vazirligiga oʻtkazildi. Mukofotlari 2014-yilda Kamoliddin O‘rinboyev „Oʻzbekiston belgisi“ ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Shu yil dekabr oyida Prezident Islom Karimovning farmoni bilan „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ unvoni berildi. 2022-yil 31-avgustda Ozarbayjonning "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlandi. 2024-yil 24-avgustda Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan „Oʻzbekiston xalq artisti“ unvoni berildi

Oydin Abdullayeva Utamuradovna

Oydin Abdullayeva Oydin Oʻtamurodovna Abdullayeva (1976-yil 6-martda Toshkent shahrida, Oʻzbekiston SSRda tugʻilgan) — oʻzbek kompozitori, pedagog va jamoat arbobi. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi professori hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureati va “Doʻstlik” ordeni sohibasi. Asosiy faktlar Tugʻilgan sanasi: 1976-yil 6-mart Maʼlumoti: Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi (1999-yil) Unvon va mukofotlari: Mirzo Ulugʻbek nomidagi mukofot laureati (1999), Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureati (2000), “Doʻstlik” ordeni (2021) Lavozimlari: Professor, Kompozitsiya va cholgʻulashtirish kafedrasi mudiri (2011-yildan), Oliy Majlis deputati (2020-yildan) Ijodiy faoliyati O. Abdullayeva — koʻplab simfonik, kamer va vokal asarlar, shuningdek, teatr spektakllari va kinofilmlar uchun yozilgan musiqalar muallifidir. Uning eng muhim asarlari qatoriga “Komde va Modan” hamda “Jadidlar xotirasi” simfoniyalari, “Vafo” opera-oratoriyasi (2001), rubob va xalq cholgʻulari orkestri uchun konsertlar, turli ansambllar uchun poema va fantaziyalar kiradi. Uning estrada qoʻshiqlari va xor asarlari Oʻzbekistonning milliy jozibasi hamda zamonaviy musiqiy tafakkurini oʻzida aks ettiradi. Pedagogik va jamoatchilik faoliyati 1999-yildan buyon Abdullayeva Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida dars berib keladi. U Kompozitsiya va cholgʻulashtirish kafedrasiga rahbarlik qiladi hamda yosh kompozitorlarga ustozlik qilishda “ustoz-shogird” anʼanalarini faol rivojlantirmoqda. Uning shogirdlari orasida xalqaro tanlovlar laureatlari va milliy mukofotlar sohiblari bor. Eʼtirof va nufuz Oydin Abdullayeva — zamonaviy oʻzbek akademik musiqa sanʼatining yetakchi vakillaridan biridir. Uning mamlakat madaniyatiga qoʻshgan hissasi davlat mukofotlari hamda yangi kompozitorlar maktabini shakllantirish va Oʻzbekiston madaniy merosini mustahkamlashga qaratilgan keng koʻlamli pedagogik faoliyati bilan yuksak baholangan.

Alibek Kabduraxmanov Asatullayevich

Alibek Kabduraxmanov Alibek Asatullayevich Kabduraxmanov — oʻzbek dirijyori, kompozitori va musiqiy rahbari, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. 2025-yil iyul oyidan boshlab Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatrining bosh direktori lavozimida ishlab kelmoqda. Kabduraxmanov mamlakatimiz zamonaviy akademik sahnasining eng muhim siymolaridan biridir. Asosiy faktlar Tugʻilgan yili: 1984-yil Tugʻilgan joyi: Toshkent, Oʻzbekiston Maʼlumoti: Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi (zarbli cholgʻu asboblari, opera-simfoniya dirijyorligi) Hozirgi lavozimlari: Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatri bosh direktori, Milliy simfonik orkestr bosh dirijyori Faxriy unvoni: Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (2024) Faoliyati va erishgan yutuqlari Kabduraxmanov oʻz musiqiy yoʻlini Davlat konservatoriyasi huzuridagi teatr-studiya orkestrida zarbli cholgʻu ijrochisi sifatida boshlagan. 2007-yildan Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestrining zarbli cholgʻular guruhi konsertmeysteri, 2018-yilga kelib esa ushbu orkestrning bosh dirijyori va badiiy rahbariga aylandi. U Denis Matsuyev, Maksim Vengerov va Anna Netrebko kabi taniqli solistlar bilan hamkorlik qilgan, shuningdek, Berlin filarmoniyasi, Dubay operasi va Viktoriya-xoll (Victoria Hall) kabi nufuzli sahnalarda dirijyorlik qilgan. Kompozitorlik va xalqaro faoliyati Kabduraxmanov oʻzini kompozitor sifatida ham namoyon etib, “Dengiz sharpalari” (2019) filmiga musiqa bastalagan. U BAAda oʻtgan “InClassica”, shuningdek, “Turksoy” va “Ipak yoʻli” kabi xalqaro festivallarda ishtirok etgan, Qozogʻiston orkestrlari hamda Oʻzbekiston yoshlar simfonik orkestriga rahbarlik qilgan. Bu esa uning xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini yanada mustahkamladi. Teatr rahbariyati va ijodiy strategiya Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatri direktori etib tayilangach, Kabduraxmanov repertuarni modernizatsiya qilish, xalqaro hamkorlik va yosh artistlarni jalb etishga alohida eʼtibor qaratib, teatrni yangilash kursini boshladi. Uning rejalarida teatrning Markaziy Osiyodagi yetakchi madaniyat maskani sifatidagi mavqeyini mustahkamlash hamda tomoshabinlarning opera va balet sanʼatiga boʻlgan qiziqishini oshirish koʻzda tutilgan.

Ramiz Beknazarovich Usmonov

Mariinskiy teatrining taklif etilgan solisti Ramiz Usmonovning o‘zbek tilidagi tarjimasi (akademik va opera jurnali uslubida): Ramiz Usmonov (Tenor) Mariinskiy teatrining taklif etilgan solisti O‘zbekiston Xalq artisti (2015) Gran-pri sohibi – I Minsk xalqaro Rojdestvo vokalchilar tanlovi (2014) II mukofot lavreati – XIII Competizione dell’Opera xalqaro tanlovi (Lins, Avstriya, 2013) Gran-pri sohibi – VI Bibigul Tulegenova nomidagi xalqaro vokalchilar tanlovi (Almati, 2012) I mukofot lavreati va "Tanlovning eng yaxshi tenori" unvoni – V Bul-Bul nomidagi xalqaro vokalchilar tanlovi (Boku, 2010) II mukofot lavreati – "Romansiada" Moskva xalqaro yosh rus romansi ijrochilari tanlovi (2008) I mukofot lavreati – "Qozog‘iston romansiadasi" tanlovi (Chimkent, 2008) Biografiya Ramiz Usmonov 1981-yilda Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida (O‘zbekiston) tug‘ilgan. Y. Rajabiy nomidagi Toshkent musiqa-pedagogika bilim yurtini "rubob" mutaxassisligi bo‘yicha, so‘ngra O‘zbekiston Davlat konservatoriyasini (Toshkent) "akademik xonandalik" mutaxassisligi bo‘yicha (Abduxalil Abduqodirov sinfi) tamomlagan. 2000–2005-yillarda stajyor-solist, 2005-yildan – yetakchi solist, 2021-yildan esa Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik Katta teatri (Toshkent) bosh direktori lavozimida ham faoliyat yuritib kelmoqda. Repertuar Xonandaning repertuaridan quyidagi yetakchi partiyalar o‘rin olgan: Nadir ("Marvarid izlovchilari") Alfred Jermon ("Traviata") Mantuya gersogi ("Rigoletto") Rudolf ("Bogema") va boshqalar. Ijodiy faoliyat va sahnalar U Davlat Kreml saroyi, Sankt-Peterburg filarmoniyasining Katta zali, K. S. Stanislavskiy va Vl. I. Nemirovich-Danchenko nomidagi Moskva akademik musiqali teatri, Belarus Katta teatri va boshqa nufuzli sahnalarda chiqishlar qilgan. Ramiz Usmonov Mariinskiy teatridagi debyutini 2023-yilda "Trubadur" operasida Manriko partiyasini ijro etish bilan boshlagan.