Dastur haqida
Ta’lim dasturi mazmuni
Nomi: Bastakorlik san’ati
Tavsif:
Fanning vazifasi. Bastakorlikni oʼqitish metodikasi fanining asosiy maqsadi - bastakor boʼlish uchun oʼqishga kirgan talabalarga bastakorlikni oʼqitish haqidagi mukammal bilimlarni oʼrgatishdan iborat.
Bastakorlik fanini oʼqitish fanini oʼzlashtirishdan kelib chiqadigan vazifalar - talabalar turli yoʼnalishlarda bilimlarga ega boʼlganliklarini namoyish etishlaridan iboratdir.
Bastakorlik oʼqitish uslubiyoti kursining maqsad va vazifalari. “Ustoz-shogird anʼanalari” tushunchasi. Bastakorlik sanʼatining paydo boʼlishi, rivojlanish bosqichlari. Jahon va Oʼzbek kompozitorlik ijodiyotida vujudga kelgan oqimlar, janrlar paydo boʼlishi evolyutsiyasi.
Siz 4 yil davomida Texnogen san’at (musiqiy ovoz rejissyorligi)ning nazariy va amaliy ko’nikmalariga ega bo’lasiz.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida jami: 240 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan:
Jami auditoriya soati: 240 soat
Malakaviy amaliyot: 240 soat
Bitiruv malakaviy ish: 25 soat
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestr |
Davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
120 |
1-8 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Malakaviy amaliyot |
13 |
2-4-6-8 |
|
|
Attestatsiyalar |
22 |
1-8 |
|
|
Bitiruv malakaviy ishi |
5 |
8 |
|
|
Kredit tizimiga kirish |
4 |
1-3-5-7 |
|
|
Ta’til |
40 |
1-8 |
|
|
Jami: |
204 |
|
Izoh:
- 1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
- O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 foizgacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 foizgacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.
- Bitiruv malakaviy ishini bajarish muddatlari tarkibiga uni himoya qilish ham kiritiladi.
- O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari zarur hollarda oliy ta’lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
- Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta’minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi: O‘quv-tanishuv amaliyoti (60), Folklor amaliyoti (60; 2-semestrda jami 120 soat), Pedagogik amaliyot (4-, 6-semestrlarda jami 240 soat), Bitiruv oldi amaliyoti (8-semestrda jami 30 soat).
- Oliy ta’lim muassasasi mutaxasislik fanlar o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda kadrlar buyurtmachilarining talablarini e’tiborga oladi.
- San’at sohasidagi OTMlari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mashg‘ulotlar ayrim fanlarda yakka tartibda (1-10 nafar), kichik guruhchalarda esa 2-12 nafargacha, guruhlarda 13-25 nafargacha, birlashgan akademik guruhlarda 100 nafargacha talabaga o‘tilishi ko‘zda tutiladi.
- Bitiruv malakaviy ishi (ijodiy asarlar notasi va ularning matn ko‘rinishidagi qisqacha yozma tavsifi)ga rahbarlik uchun o‘quv jarayoni jadvalida ko‘rsatilgan 5 hafta mobaynida jami 25 soat ajratiladi.
- Mashg‘ulotlar uchun jo‘rnavozlik soatlari quyidagicha belgilanadi: - Kompozitorlik san’ati faniga jo‘rnavozlik soatlari o‘quv rejasida ko‘rsatilgan umumiy vaqtning 400% hisobidan; - *Dirijorlik sinfi bo‘yicha o‘quv rejada ko‘rsatilgan umumiy vaqtning 200% hisobidan belgilanadi, Bitiruvchilarning ijodiy asarlarini ijro etish uchun orkestrlarga 10 soatgacha (har bir asar uchun) vaqt ajratilishi, 10-15 nafargacha qo‘shimcha ijrochilar taklif qilinishi ko‘zda tutiladi.
- An’anaviy musiqaning zamonaviy nota grafikasi, Partituralarda zamonaviy nota grafikasi fanidan amaliy soatlar hisobiga soatbay hajmida 10 nafargacha bo‘lgan illustrator-sozandalarga ko‘rsatilgan umumiy vaqtning 200% hisobidan soat ajratiladi.
O'xshash dasturlar
Qo‘qon Davlat Universiteti
Amaliy san'at (badiiy kulolchilik)
—
Buxoro davlat universiteti
Amaliy san’at: amaliy san’at asarlarini ta’mirlash
—
Yangi asr universiteti
Dizayn (Arxitektura muhitlari dizayni)
20 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Dizayn (to‘qimachilik dizayni)
13 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Dizayn (kostyum)
13 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Dizayn (sanoat dizayni)
13 000 000 so'm
yiliga