Dastur haqida
Ta’lim dasturi mazmuni
Nomi: Cholg‘u ijrochiligi (xalq cholg‘ulari)
Tavsif:
Fanni o‘qitishdan maqsad–xalq cholg‘ularida ijrochilik kafedrasi talabalariga ijro apparati, tovush hosil qilish vositalari va imkoniyatlar, zarblar va ularning turlari, musiqiy bezaklar, pozitsiya va applikatura asoslari haqida atroflicha ma’lumot berish, ularni o‘rganish va o‘zlashtirishdan iborat. Kompozitorlar asarlarini mukammal darajada yoritib berishlari uchun ijro texnikasi va mahoratini egallashlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu fanni o‘zlashtirish jarayonida bo‘lajak mutaxassislar xalq cholg‘ularida o‘qitish uslubiyotining bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtiradilar.
Siz 4 yil davomida Cholg‘u ijrochiligi (xalq cholg‘ulari) nazariy va amaliy ko’nikmalariga ega bo’lasiz.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida jami: 240 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan:
Jami auditoriya soati: 60 soat
Malakaviy amaliyot: 13 soat
Bitiruv malakaviy ish: 5 soat
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestr |
Davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
120 |
1-8 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Malakaviy amaliyot |
13 |
2-4-6-8 |
|
|
Attestatsiyalar |
22 |
1-8 |
|
|
Bitiruv malakaviy ishi |
5 |
8 |
|
|
Kredit tizimiga kirish |
4 |
1-3-5-7 |
|
|
Ta’til |
40 |
1-8 |
|
|
Jami: |
204 |
|
Izoh:
- 1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
- O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 foizgacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 foizgacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.
- Bitiruv malakaviy ishini bajarish muddatlari tarkibiga uni himoya qilish ham kiritiladi.
- O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari zarur hollarda oliy ta’lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
- Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta’minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi: O‘quv-tanishuv amaliyoti (2-semestrda jami 120 soat), Ijrochilik amaliyoti (4-semestrda jami 120 soat), Pedagogik amaliyot (6-semestrda jami 120 soat), Bitiruv oldi amaliyoti (8-semestrda jami 30 soat).
- Oliy ta’lim muassasasi mutaxasislik fanlar o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda kadrlar buyurtmachilarining talablarini e’tiborga oladi.
- San’at sohasidagi OTMlari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mashg‘ulotlar ayrim fanlarda yakka tartibda (1-10 nafar), kichik guruhchalarda esa 2-12 nafargacha, guruhlarda 13-25 nafargacha, birlashgan akademik guruhlarda 100 nafargacha talabaga o‘tilishi ko‘zda tutiladi.
- Bitiruv malakaviy ishi (ijro dasturi - asarlar notasi va ularning matn ko‘rinishidagi qisqa yozma tavsifi)ga rahbarlik uchun o‘quv jarayoni jadvalida ko‘rsatilgan 5 hafta mobaynida jami 25 soat ajratiladi.
- Mashg‘ulotlar uchun jo‘rnavozlik soatlari quyidagicha belgilanadi: "Xalq cholg‘ularida ijrochilik" va "Ansambl sinfi (xalq cholg‘ulari)" (ijrochiga extiyoj bo'lgan hollarda) fanlariga jo‘rnavozlik soatlari o‘quv rejasida ko‘rsatilgan umumiy vaqtning 100% hisobidan; *Dirijorlik sinfida 200% hisobidan.
- “Dirijorlik”, “Cholg‘ulashtirish (o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri)”, “Dirijorlikni o‘qitish uslubiyoti” va “Orkestr bilan ishlash uslubiyoti” fanlari “Xalq cholg‘ulari orkestri dirijori” malakasini berish uchun 2 kursda saralangan talabalarga 3-semestrdan boshlab tegishli semestrlar davomida o‘tiladi. Mazkur fanlarni davom ettirmayotgan talabalar uchun 3-semestrdan boshlab tegishli semestrlar davomida ushbu fanlar soatlari hisobiga “Turdosh cholg‘ularni o‘rganish”, “Xalq kuylarini notalashtirish (xalq cholg‘ulari)”, “Xalq cholg‘ularida o‘qitish uslubiyoti” va “Ansambl bilan ishlash uslubiyoti” fanlari o‘tiladi.
O'xshash dasturlar
Qo‘qon Davlat Universiteti
Amaliy san'at (badiiy kulolchilik)
—
Buxoro davlat universiteti
Amaliy san’at: amaliy san’at asarlarini ta’mirlash
—
Yangi asr universiteti
Dizayn (Arxitektura muhitlari dizayni)
20 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Dizayn (to‘qimachilik dizayni)
13 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Dizayn (kostyum)
13 000 000 so'm
yiliga
Namangan davlat texnika universiteti
Dizayn (sanoat dizayni)
13 000 000 so'm
yiliga