WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi

Cholg‘u ijrochiligi: (turlari bo‘yicha)

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Ta’lim dasturi mazmuni

 

Nomi: Cholg‘u ijrochiligi (fortepiano (organ)

Tavsif:

Fanni o’qitishdan maqsad – magistrantlarning kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarini chuqurlashtirish, individualligini rivojlantirishdan iborat. Keng va har tomonlama yuqori darajadagi fortepiano ijro mahoratiga, texnikasiga ega bo’lishlari. Ansamblda, yakkaxon ijrochilikda yuksak artistizmga, erkinlikka erishish. Ijodiy imkoniyatlarni to’la ochib berish, musiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish. Zamonaviy musiqiy-pedagogik texnologiyalardan, o’quv faoliyatini faollashtiruvchi uslublardan foydalanishi, talabalarni badiiy saviyada tarbiyalashdir.

Siz 4 yil davomida Cholg‘u ijrochiligi (fortepiano (organ) nazariy va amaliy ko’nikmalariga ega bo’lasiz.

Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida jami: 240 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan:

Jami auditoriya soati: 480 soat

Malakaviy amaliyot: 13 soat

Bitiruv malakaviy ish: 5 soat

 

O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestr

Davlat attestatsiyasi

Nazariy va amaliy ta’lim

120

1-8

Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Yakuniy davlat attestatsiyasi

Malakaviy amaliyot

13

2-4-6-8

Attestatsiyalar

22

1-8

Bitiruv malakaviy ishi

5

8

Kredit tizimiga kirish

4

1-3-5-7

Ta’til

40

1-8

Jami:

204

 

 

                                                                                         

1.

1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.

 

2.

O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 foizgacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 foizgacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.

 

3.

Bitiruv malakaviy ishini bajarish muddatlari tarkibiga uni himoya qilish ham kiritiladi.

 

4.

O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari zarur hollarda oliy ta’lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.

 

5.

Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta’minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi:

 
 

O‘quv-tanishuv amaliyoti (2-semestrda jami 120 soat), Ijrochilik amaliyoti (4-semestrda jami 120 soat), Pedagogik amaliyot (6-semestrda jami 120 soat), Bitiruv oldi amaliyoti (8-semestrda jami 30 soat).

 

6.

Oliy ta’lim muassasasi mutaxasislik fanlar o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda kadrlar buyurtmachilarining talablarini e’tiborga oladi.

 

7.

San’at sohasidagi OTMlari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda  mashg‘ulotlar ayrim fanlarda yakka tartibda (1-10 nafar), kichik guruhchalarda esa 2-12 nafargacha, guruhlarda 13-25 nafargacha, birlashgan akademik guruhlarda 100 nafargacha talabaga o‘tilishi ko‘zda tutiladi.

 

8.

Bitiruv malakaviy ishi (ijro dasturi -  asarlar notasi va ularning matn ko‘rinishidagi qisqa yozma tavsifi)ga rahbarlik uchun o‘quv jarayoni jadvalida ko‘rsatilgan 5 hafta mobaynida jami 25 soat ajratiladi.

 

9.

Mashg‘ulotlar uchun jo‘rnavozlik soatlari quyidagicha belgilanadi:

 
 

 - Torli cholg‘ular ijrochiligi, Qadimiy cholg‘ularda ijrochilik, Kamer ansambli, Kvartet sinfi fanlariga jo‘rnavozlik soatlari o‘quv rejasida ko‘rsatilgan umumiy vaqtning 100% hisobidan;

 
 

­ *Dirijorlik sinfida 200% hisobidan;

 
 

 - Kamer ansambli (8-semestr) va Kvartet sinfi (8-semestr) fanlaridan bitiruvchi kurs talabalari davlat attestatsiyasi topshiradi.

 

10.

Arfa, Kontrabas ixtisosligi talabalari “Kvartet sinfi" va "Kamer ansambli" fanidan ozod etiladi, bu fanlar o‘rniga “Ansambli sinfi” fani o‘tiladi va ularga jo‘rnavozga extiyoj tug‘ulganida jo‘rnavozlik soatlari o‘quv rejasida ko‘rsatilgan umumiy vaqtning 100% hisobidan etib belgilanadi;

 

11.

“Dirijorlik”, “Cholg‘ulashtirish (kamer yoki simfonik orkestr)”, “Dirijorlikni o‘qitish uslubiyoti” va “Orkestr bilan ishlash uslubiyoti” fanlari “Simfonik orkestr dirijori” malakasini berish uchun 2 kursda saralangan talabalarga 3-semestrdan boshlab tegishli semestrlar davomida o‘tiladi. Mazkur fanlarni davom ettirmayotgan talabalar uchun 3-semestrdan boshlab tegishli semestrlar davomida ushbu fanlar soatlari hisobiga “Qadimiy cholg‘ularda ijrochilik”, “Orkestr partiyalarini o‘rganish (torli cholg‘ular)”, “Torli cholg‘ularda o‘qitish uslubiyoti” va “Ansambl bilan ishlash uslubiyoti (torli cholg‘ular)” fanlari o‘tiladi.

 
                                                                                           
 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O'xshash dasturlar