O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
Cholgʻu ijrochiligi: puflama va zarbli cholgʻular
Dastur haqida
Ta’lim dasturi mazmuni
Nomi: Cholg‘u ijrochiligi (puflama va zarbli cholg‘ular)
Tavsif:
Fanni o‘qitishdan maqsad – puflama va zarbli cholg‘ular ijrochiligi kafedrasi talabalariga ijro apparati (lab va nafas tizimi), tovush hosil qilish vositalari va imkoniyatlari, puflash va zarb berish usullari, shtrixlar hamda ularning turlari, musiqiy bezaklar, applikatura va pozitsiya asoslari haqida atroflicha ma’lumot berish, ularni o‘rganish va o‘zlashtirishdan iborat. Kompozitorlar asarlarini mukammal darajada yoritib berishlari uchun ijro texnikasi, badiiy talqin va mahoratini egallashlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu fanni o‘zlashtirish jarayonida bo‘lajak mutaxassislar puflama va zarbli cholg‘ularda o‘qitish uslubiyotining bilim va ko‘nikmalarini o‘zlashtiradilar.
Siz 2 yil davomida Cholg‘u ijrochiligi (xalq cholg‘ulari) nazariy va amaliy ko’nikmalariga ega bo’lasiz.
Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestr (2 yil) davomida jami: 120 kredit to’plashingiz zarur bo’ladi. Jumladan:
Jami auditoriya soati: 1800 soat
Ilmiy amaliyot: soat 480 soat
Ilmiy-pedagogik ish 240 soat
Magistrlik dissertatsiyasini tayyyorlash: 1080 soat
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestr |
Davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
60 |
1-4 semestr |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Ilmiy amaliyot |
5 |
2-semestr |
|
|
Attestatsiyalar |
8 |
1-4 semestr |
|
|
Magistrlik dissertatsiyasini tayyyorlash |
5 |
4-semestr |
|
|
Kredit tizimiga kirish |
4 |
1-va 3-semestr |
|
|
Ta’til |
18 |
1-4 semestr |
|
|
Jami: |
100 |
|
Izoh:
- 1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
- O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 foizgacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 foizgacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.
- Magistrlik dissertatsiyasini bajarish muddatlari tarkibiga uni himoya qilish ham kiritiladi.
- O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari zarur hollarda oliy ta’lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
- Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta’minlash uchun Ilmiy amaliyot 2-semestr uchun 240soat 4-semesr uchun 240 saot ajratilgan .
- Oliy ta’lim muassasasi mutaxasislik fanlar o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda kadrlar buyurtmachilarining talablarini e’tiborga oladi.
- San’at sohasidagi OTMlari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda mashg‘ulotlar ayrim fanlarda yakka tartibda (1-10 nafar), kichik guruhchalarda esa 2-12 nafargacha, guruhlarda 13-25 nafargacha, birlashgan akademik guruhlarda 100 nafargacha talabaga o‘tilishi ko‘zda tutiladi.
- Magistrlik dissertatsiyasini tayyyorlash (ijro dasturi - asarlar notasi va ularning matn ko‘rinishidagi qisqa yozma tavsifi)ga rahbarlik uchun o‘quv jarayoni jadvalida ko‘rsatilgan 5 hafta mobaynida jami 50 soat ajratiladi.
- Mashg‘ulotlar uchun jo‘rnavozlik soatlari quyidagicha belgilanadi: "Puflama va zarbli cholg‘ularda ijrochilik" va "Ansambl sinfi (puflama va zarbli cholg‘ular)" (ijrochiga ehtiyoj bo‘lgan hollarda) fanlariga jo‘rnavozlik soatlari o‘quv rejasida ko‘rsatilgan umumiy vaqtning 100% hisobidan; "Orkestr va dirijorlik sinfi"da 200% hisobidan.
O'xshash dasturlar
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti
Vokal san’ati: estrada xonandaligi
43 341 192 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
Cholgʻu ijrochiligi: torli cholgʻular
38 900 000 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
Cholgʻu ijrochiligi: xalq cholgʻulari
42 000 000 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
Vokal san’ati: akademik xonandalik
42 000 000 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
Fortepiano (organ)
42 000 000 so'm
yiliga
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti
Ovoz rejissyorligi: musiqiy ovoz rejissyorligi
43 341 192 so'm
yiliga